Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Алишер Навоий. Хамса. Қўлёзма. XIX аср. Қўқон. ЎзР ФА Адабиёт 
музейи. Инв № 23. -429 б. 
2.
Маҳзун. Қиссаи шаҳзода Фарҳод ва Ширин. Тошбосма. – Тошкент: 
Ғуломия матбааси, 1905. ЎзР ФА ШИ Ҳамид Сулаймон фонди. Инв № 
683. -118 б.
3.
Сулаймон Ҳ., Сулаймонова Ф. Алишер Навоий асарларига ишланган 
расмлар. XV-XIX асрлар. – Тошкент: Фан, 1882. 
4.
Фитрат А. Танланган асарлар. – Тошкент: Маънавият, 2000. -208 б. 
5.
Эркинов С. Алишер Навоийнинг “Фарҳод ва Ширин”и ва унинг қиёсий 
таҳлили. – Тошкент: Фан, 1971. - 276 б. 
6.
Алиев Г.Ю. Темы и сюжеты Низами в литературах народов Востока. 
М.: Наука, 1985. – 332 с. 
 
MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK LIRIKASIDA AN’ANAVIY 
POETIK OBRAZLAR 
Gulnoza ORIPOVA

Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi, 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
 
Milliy va jahon adabiyoti adabiy an’analarini ijodiy rivojlantirish, adabiy 
ta’sir masalalari adabiyotshunoslik ilmida etakchi va muhim adabiy hodisalardir. 
“Adabiy an’ana dunyoni ijodiy o‘zlashtirish davomida adabiy tajribada sinalgan 
estetik qarashlar, motiv, syujet, janr, uslub kabilar yangi davr ijodkorlari 


551 
tomonidan qabul etilib joriylanishi; muayyan davrda erishilgan ijodiy yutuqlarni 
yangi avlod o‘zlashtirib, ijodiy yondashgan holda rivojlantirmasa u an’anaga 
aylanmay o‘sha davr doirasida qolib ketadi. Olamni badiiy idrok etishda 
avlodlardan o‘tib kelgan tajribalarga izdoshlik, sobitlik bilan bir qatorda uni 
yangilash, o‘ziga xoslik asosida takomillashtirilganda har qanday badiiy topilma 
an’anaga aylanishi mumkin”[1, 218]. Demak, “badiiy adabiyotdagi an’ana – bu 
moddiy borliqni badiiy idrok etish, hissiy bilish borasida davrdan davrga, avloddan 
avlodlarga o‘tib kelayotgan adabiy tajribadir. Ya’ni o‘tmish avlod so‘z 
san’atkorlari ijodiga xos bo‘lgan eng muhim, eng xalqchil fikr va g‘oyalarni, 
badiiy tasvir vositalarini keyingi avlod san’atkorlari tomonidan ijodiy davom 
ettirish, rivojlantirish hamda qo‘llash demakdir”[2,4]. Ko‘rinadiki, har bir shoir 
an’anaga aylangan adabiy tajribalarni chuqur o‘rganadi va ularni ijodiy 
o‘zlashtiradi.
Mustaqillik davri o‘zbek lirikasi ham o‘zidan oldingi adabiy tajribalarni 
o‘rganayotgan va ijodiy o‘zlashtirayotgan she’riyat ummonidir. Janrlarning 
yangilanishi, g‘oyaviy-badiiy jihatdan boyishida an’ana va yangilanishlarning 
uyg‘unlashuvi mustaqillik davri she’riyati uchun ham xos adabiy hodisadir. Poetik 
tafakkur taraqqiyoti va unda yuz berayotgan o‘zgarishlar poetik obrazlarning 
yangilanishida ham namoyon bo‘lmoqda. Ijodkorlarimiz she’riy asarlarida poetik 
g‘oyani ifodalashdagi an’anaviy obrazlar, muhabbat, insoniylik, ezgulik, 
hayotiylik, xalqchillik kabi an’anaviy mavzular mahorat bilan qalamga 
olinganligini kuzatamiz. Sharq va mumtoz adabiyotimizning etakchi an’anaviy 
obrazlariga bugungi ijodkorlarimizning munosabatidagi o‘ziga xosligi YUsuf Xos 
Xojib, Umar Xayyom, Ahmad Yassaviy, Atoiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Mashrab, Furqat singari buyuk so‘z 
san’atkorlarimiz an’analariga izdoshligi hozirgi lirikamizning mazmun va shakl 
borasidagi yangilanishlarida ham ko‘zga tashlanmoqda.
Samoviy jismlar Quyosh, Oy, sayyoralar ham qadim she’riyatimizning 
an’anaviy obrazlari bo‘lib, dastlab mif va afsonalarda uchraydi. Keyinroq esa 
ertak, doston, xalq qo‘shiqlariga ko‘chgan. Qadimiy obidalarimizga nazar 
tashlasak To‘maris Quyosh tangrisi nomi bilan qasamyod qilgani, “Avesto” 
qo‘shiqlarining Quyosh va yulduzlarga bag‘ishlangan o‘rinlari mavjudligi, Quyosh 
xudosi Mitra deb atalgani kosmogonik qarashlarning tarixiy asoslari qadim 
zamonlarga aloqador ekanligini anglatadi. Adabiyotshunos H.Eshonqulov Quyosh 
va Oy badiiy timsolining ildizlari haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Etti sayyora 
orasida badiiy adabiyotda nisbatan timsol sifatida keng qo‘llanilgan Quyosh va Oy 
sayyoralari haqidagi kosmogonik qarashlar ibtidoiy odamlarning tabiat haqidagi ilk 
tushunchalariga borib taqaladi. Bu tushunchalar inson badiiy tafakkuridan o‘tib, 
animistik xarakterdagi afsonalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. 


552 
Zardushtiylik dini paydo bo‘lgan davrlarda Quyosh kulьtiga sig‘inilgan, u tangri 
sifatida tushunilgan. Navro‘z bayramining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq afsonalarda 
Quyosh timsoli yanada muqaddaslashtirilgan”[3,16]. Ma’lumki, yozma adabiyotda 
“turkiy dostonlar bobochinori” bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” dostonida ilk bor Quyosh, 
Oy va sayyoralar timsoli uchraydi. Mumtoz adabiyotimizda, asosan, quyosh yor 
yuziga, oy yor jamoliga, husniga nisbat berilgan. Mustaqillik davri lirikasi 
an’anaviy poetik obrazlar galereyasida quyosh va oy obrazlari ham o‘ziga xos 
badiiy timsollarni ifoda etmoqda. Abdulla Oripovning “Arslon va inson” she’rida
quyosh haqiqat timsoli sifatida ifodalangan. She’rda jamiki jonzotlar orasida faqat 
arslon quyoshga ko‘z yummay tik qarashi va shuning uchun ham jonzotlar ichida 
behadik yashashi haqida fikr yuritar ekan, shoir insonga murojaat qiladi: 
Inson! Sening uchun haqiqat – quyosh, 
O‘zingni tiriklik shohi sanaysan. 
Afsuski, boshing xam, ko‘zlaringda yosh, 
Qachon quyoshingga sen tik qaraysan? [4,80] 
Shoir yangi poetik timsolni yaratar ekan, ritorik so‘roq orqali o‘zining 
g‘oyaviy-hissiy munosabatini ifodalaydi. “To‘lin oy” she’rida esa lirik qahramon 
to‘lin oygan “keksaygan hilolim” deya murojaat qilar ekan, hanuz halovatini buzib,
sochlari oqargan muhabbatini yodiga solishi mumkinligini aytadi. Yoshlik yillari 
eldek o‘tib ketgan shoir shamolday tinganligini, otashin hislari o‘ralgan daftar 
qaerdadir sarg‘ayib yotganligini xotirlar ekan, to‘lin oydan kulbasiga mo‘ralab 
o‘tishini so‘raydi:
Endi visol o‘zga, o‘zgadir firoq,
To‘lin oy, o‘tinchim yodingda tutgin.
Bizning tomonlarga yo‘ling tushgan chog‘,
Mening kulbamga ham mo‘ralab o‘tgin 
Halima Xudoyberdievaning “Sarson oy” she’ri xalqona ohangda yozilgan 
bo‘lib, lirik qahramon oy kabi osmonga chiqadi, lekin botgani joy topolmay 
sarsonlikda iltijo qiladi: 
Xudoyim-ey, xudoyim, 
Ko‘p bo‘ldi-ku xatoyim. 
Ko‘kingdan joy bermasang 
Erlaringda yotoyin. 
Xudoyim-ey, xudoyim, 
Bo‘ldi qiyomat qoyim. 
Chiqqan edim oy kabi, 
Endi qayga botoyin?! [5, 404] 
Sirojiddin Sayyidning “Hilol” she’rida yangi chiqqan uch kunlik oy – hilolga 
lirik qahramon //Chiqdingmi hilolim, Munglug‘ yarim oy // deb murojaat qilar 


553 
ekan, hislarini oniy kechinmalarda ifodalaydi. She’rning keyingi bandida shoir oy 
obrazi orqali hayotdan erta ko‘z yumgan, yangi chiqqan hilolga orzularini ayta 
olmagan, armonga to‘lib ketgan ukasining ayanchli qismatidan o‘kinar ekan, 
armonga aylangan orzularning bu kech hilol yog‘dusi ila qabrga taralishini istaydi. 
Hilol obrazi orqali navqiron, yosh ukasini xotirlar ekan, dardli qalb kechinmalarini 
ritorik so‘roqlar orqali ifodalaydi: 
Inson kelarmikan ertami yo kech,
Dunyoga don kabi yanchilmoq uchun? 
Hilolim, osmonga chiqdingmi bu kech 
Ukamning qabriga sanchilmoq uchun? [6, 19] 
She’rda shoir bejizga Oyning uch kunlik holati, ya’ni Hilolni ifoda etmagan. 
Chunki Hilol endigina to‘lishib borayotgan osmon yoritqichlaridan biri bo‘lib, 
ukasidan erta ayrilgan lirik qahramonning qalbidagi o‘kinchlarga hamohangdir.
Xullas, mustaqillik davri o‘zbek lirikasining ham shakl, ham mazmun 
borasidagi yangilanishlarida adabiy an’analarning davom etishi va ijodkor poetik 
mahoratini belgilashdagi ahamiyati kuzatildi. An’anaviy obrazlar asosida yangi 
poetik obrazlarning yuzaga kelishi, ifoda imkoniyatlarining kengayishi lirik janrlar 
poetikasida o‘ziga xos adabiy hodisadir. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Адабиёт энциклопедияси. Тузувчи: Ҳ.Болтабоев. – Тошкент: “MUMTOZ 
SO‘Z”, 2015. – Б.218. 
2.
Жумабоева Ж. Ўзбек совет шеъриятининг шаклланиш хусусиятлари. – 
Тошкент: “Фан”, 1991. – Б.4. 
3.
Эшонқулов Ҳ. Алишер Навоий шеъриятида самовий тимсоллар:
Фил.фан.номз.дисс… - Самарқанд, 1999. - Б.16. 
4.
Абдулла Орипов. Танланган асарлар. Тўрт жилдлик. Иккинчи жилд. – 
Тошкент, Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2001. - Б.80. 
5.
Ҳалим Худойбердиева. Йўлдадирман. – Тошкент, Б. 404. 
6. Сирожиддин Саййид. Асарлар. 3-жилд. – Тошкент: “Шарқ”, 2019. – Б.19. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin