Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   431
Anjuman Boku (6)

bevosita 
va 
bilvosita.


543 
Bevosita ko’rinishi
tabiiy holatdagi nurning o’z ishtiroki, nur manbalari 
vositasida: a) tabiiy – quyosh, oy, yulduz; b) sun’iy nur manbalari: chiroq (sham 
yoki lampa shaklida). 
Bilvosita ko’rinishi ilohiy olamning vositachisi sifati ruhoniy holatdagi 
nurning ishtiroki: a) Alloh, uning maxfirati, saodati; b) adolat, haqiqat, erk.
Nur mumtoz she’riyatimizda ruhoniy-ma’naviy ehtiyojga nisbatan qo’llandi. 
SHuning uchun uning bilvosita ishtiroki ustuvorligi kuzatiladi: 
Bilvosita:
Alloh, adolat, saodat. 
Bevosita :
Quyosh, oy, yulduz, sham, olov. 
Mumtoz she’riyatning yana bir muhim jihati Muhammad alayhissalom madh 
etilgan. Bu Atoyi lirikasining mohiyatini belgilovchi xususiyat bo’lib, “ul zoti 
mukarramning yuzlari “nuri hidoyat”, ya’ni, insonlarni to’g’ri yo’lga boshlovchi 
nur sifatida ulug’lanadi” [2,11]. 
Ey mushari husningg’a mening nuqtasi oyat, 
Islom eliga bo’ldi yuzung nuri hidoyat. (Atoyi. 8b)
Yana:
YUzungda obidi asnom ko’rsa Haq nurin, 
Qilib suxud, degay yo sanam yo samadi: 
 
(Atoyi. 68a) 
Bilvosita nur ishtiroki ustuvorligi Allohni, uning saodatini YOr 
timsolida ifodalasa, bevosita nur ishtiroki esa Alloh timsollashgan quyosh, oy, 
yulduz kabi obrazlarda ifodasini topganligi ko’rinadi. 
Quyosh aksimudur hayvon suyida yo ko’runmishdur
Ravonoso may ichra soqin gulchehra ruxsori.
[3,99]
 
 
 
(Navoiy. “Kamand uchiga etkurmas”) 
“Birlamchi qudrat porlashidan taralgan nur bu ko’zguda aks etadi, ya’ni 
moddiy dunyodagi jamiki mavjudot va mahluqot — zarradan quyoshgacha, eru 
ko’k, sobutu sayyora shu nur bilan yoritiladi, shu nur tufayli harakatlanadi, 
muayyan uyg’unlik ichra rivojlanib turadi” [4,10]. 
Bunday munosabat shakli ustuvorligi XX asr ostonasi davri she’riyatiga 
qadar davom etgan edi. 
Nuri ruxsoringdin islom ahli ko’nglida safo,
Tobi zulfingdin gireh kufr elining zunnorida.
[5,23]
 
(Furqat) 
O’zbek mumtoz she’riyatida tasavvufiy qarashlar asosida ilohiylikni 
ifodalangan nur zamonaviy o’zbek she’riyatida ijtimoiy-siyosiy hayot fonida 
shoirning ma’naviy-estetik idealini mujassamlashtiruvchi sifatida namoyon bo’la 
boshladi. Ya’ni ifoda mazmuni real hayotga in’ikos tarzda tasvirlanayotgan badiiy 
makonga badiiy talqin moslashib, ilohiy olam vositachisidan real hayotni chuqur 
falsafiy-ramziy ifodalovchiga aylandi. 
Keskin ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar yangicha shakl va mazmundagi 
ko’rinish ola boshlagan o’zbek she’riyatida nurning badiiy talqini yangicha 
g’oyaviy-estetik ahamiyat kasb eta boshladi. Endi u ijtimoiy-siyosiy hayot fonidagi 
lirik qahramon ma’naviy-estetik qarashlarini “yoritishga” xizmat qila boshladi. 


544 
Ayniqsa, Cho’lpon, Usmon Nosir, Oybek, Elbek va Botuning ijodiy konseptinin 
ifodalashda nur muhim vositalardan biriga aylandi. Ayniqsa, Usmon Nosirning 
“YUr, tog’larga chiqaylik”, “Nil va Rim”, Cho’lponning “Go’zal”, Oybekning 
“Na’matak” kabi she’rlarida lirik qahramonning nur vositasida o’zining 
ramziylikka yo’g’rilgan badiiy falsafasini ijtimoiy-siyosiy qarashlar fonida ifoda 
etishga yo’naltirgani ko’rinadi. 
Nurning bilvosita ishtiroki ma’naviy-estetik, ijtimoiy-siyosiy tafakkur 
doirasida faollashdi. Badiiy asardagi nurning bunday shaklda mavjudligini, albatta, 
tafakkuri “qurollangan” o’quvchi shoirning ifodalamoqchi bo’lgan ijodiy g’oyani 
anglashi mumkin bo’lardi. Bir so’z bilan aytganda, zamonaviy o’zbek she’riyatida 
nur konseptining mavqei ilohiy-ruhiy doiradan ijtimoiy-ma’naviy real hayot 
doirasi tomon kengaydi. 
“Har bir shoir bu olamga o’z qarashlari, o’zining fikrlari, dunyoni badiiy 
ko’rishi, idrok etishi va tuyg’ulari ifodasiga ega bo’lgan muhim shaxsdir. Har bir 
katta shoirning ijodi o’ziga xos, original, betakror” [6,74]
48
ekanidan badiiy 
olamda ham nur o’sha olamni yoritib beradi. 
Nur o’zining fizik hamda ma’naviy ahamiyati tufayli tabiiy va to’laqonli 
ravishda poetik g’oya manbai sifatida badiiy ijod impulьsini vujudga keltiradi. 
Ta’kidlash joizki, lirik asarda nurning obraz sifatidagi yoki lirik olamga 
singdirilgan mavjudligi tufayli boshqa obrazlar “ko’rinadi”. Bu jarayonni optika 
sohasidagi nur taralishi bilan barcha jismlarning ko’zga ko’rinishi holatiga 
qiyoslash mumkin. Mohiyatini chuqur tahlil qilgan holda e’tibor qaratilsa, lirik 
asarda ham shoir ijodiy g’oyasini ifodalovchi obrazlar o’z-o’zidan yorug’likni – 
nurning bevosita yoki bilvosita mavjud bo’lishi zaruriyatini taqazo etadi[7,12].
SHunday qilib, zamonaviy o’zbek she’riyatida nurga keng qamrovli 
ijtimoiy-siyosiy maqomdagi falsafiy-ramziy vazifa yuklandi. Bu har bir 
ijodkorning o’z qarashlarini badiiy-estetik ifodalash nuqtai nazaridan kelib chiqib 
namoyon bo’ldi. Masalan, Usmon Nosir va Botu she’riyatidan nurga murojaatni 
kuzatsak. 
YUr, tog’larga chiqaylik. 
Mayli, yur! 
Eh... qandayin chiroylik 
Oppoq nur...
[8,160]
 
( U.Nosir.“YUr, tog’larga chiqaylik...”)
Botuda: 
Qachongacha qorong’ular aro qolar bo’g’ilib? 
Etar endi, yorug’likdan mahrum etib bizlarni,
SHuncha choqlar nur yo’lini to’sibgina turdingiz.
Parda bo’lib nur sochguvchi yulduzlarning yuziga
Ko’nglimizni kuz chog’ining yaprog’idek qildingiz.
 
[9,33] 
(Botu. “Etar endi”) 
48
Мостепаненко Е.И. Свет в природе как источник художественного творчества // Художественное 
творчество. Вопросы комплексного изучения. Человек - Природа - Искусство. – Л.: Наука, 1986. – С.74. 


545 
Ko’rinadiki, har ikkisi ham nurga intilgan lirik qahramon timsolini poetik 
ramzlar vositasida chizgilashga bag’ishlangan. CHunki, “har gal shoir ulkan 
hodisani nazarda tutganida u san’atni, she’riyatni siyosiy fikrlashga, 
nasihatgo’ylikka, turlicha she’riyatga dahlsiz balandparvoz quruq ma’lumotlar 
bilan bexosdan almashtirib qo’yish xatariga duch kelganida, uning ramzlarni 
qo’llashiga to’g’ri keladi” [10,7]. “San’atdagi inson – maqsadli insondir” [11,88]. 
Bu o’rinda nur obrazi o’zlikni anglash ramzi sifatida
ham gavdalanadi.
Matnlardagi mohiyatni teran anglashga intilsak. Garchi har ikkisida ham nur 
erk, hurlik ramzini ifodalab kelayotgan bo’lsa-da, Usmon Nosirning lirik 
qahramoni ko’rgan va kuylayogan nuri Botuning “nuri”dan farqlanadi. CHunki 
birinchisi “toqqa chiqib oppoq nurni ko’rish”ga intiqyotgan sho’rolar tuzimidan 
naridagi chin haqiqatni izlayotgan qahramon timsoli tasvirlangan bo’lsa,
ikkinchisida o’sha davr o’lkadagi siyosiy harakatlarga hayrixohlik bilan 
motivasiyalangan.
Demak, Usmon Nosirning lirik qahramoni sho’rolar siyosatidan naridan nur 
izlashga chog’landi. Bunda nur shaxs o’zligini anglatuvchi vosita. Botuning lirik 
qahramoni esa sho’rolar vositasida nurga erishajagini ta’kidlashga urindi. Go’yoki 
ijtimoiy-ma’naviy erkinlik (sho’rolar in’om etayotgan) nurda timsollanadi. 
Ma’lum bo’ladiki, zamonaviy o’zbek she’riyatida nur motivi vositasida har 
bir ijodkorning individualь siyosiy-g’oyaviy qarashlariga xos falsafiy ijodiy 
konsept namoyon bo’ladi.
Xulosa qilish mumkinki, nur va uning poetik g’oya ifodasidagi ahamiyati 
zamonaviy o’zbek adabiyotida ijodkorning poetik idealini ifodalashda muhim omil 
va vosita bo’lib xizmat qildi. She’riy matndagi nur konsepti bevosita yoki bilvosita 
nur va nur manbai bo’lgan obrazlar vositasida chuqur g’oyaviy-estetik ahamiyatga 
molik poetik falsafani yuzaga chiqarishda birlamchi ahamiyat kasb eta olishi 
ma’lum bo’ladi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin