Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   431
Anjuman Boku (6)

“Sharq yulduzi” nashri 
muharririning “Yozuvchining bosh tasvir predmeti kim yoki nima bo‘lishi 
lozim va adabiyotimizda bunga qarash qanday”
- degan savoliga qarata: 
“Yozuvchi san’atkorning bosh tasvir predmeti – Inson. Inson universal hodisa. 
San’atkor ushbu universal mavjudotni tasvirlaganda, eski gaplarni yangilamoqchi
 
bo‘lganda, universal qonun-qoidalarga rioya qiladi. Oqimlar, yo‘nalishlar, 
uslublar shu universallikka original o‘ziga xos yondashuvlarni ilgari surishga 
ko‘maklashadi”. [Ibrohim Haqqul 2:6] Darhaqiqat, adabiyot inson uchun
yaxshilik va ezgulikka xizmat qilmog‘i hamda uning bosh mavzusiyam Inson 
bo‘lmog‘i darkor. 
Munaqqid Umarali Normatov o‘z suhbatlaridan birida istiqlol davri nasri 
haqida fikr bildirib, qiyinchiliklar, ikkilanishlar bilan bo‘lsa-da, davr taqozosiga 
ko‘ra, bizda ham jahonning ilg‘or mamlakatlaridagi kabi 
mafkuraviy-falsafiy 


557 
asosi jihatidan xilma-xil yo‘nalishga mansub asarlar paydo bo‘la 
boshlagani, 
biz allaqachon so‘z san’atining o‘tmish bosqichiga mansub deb 
atagan romantizm yoxud naturalizm yo‘lida bitilgan yaxshi asarlar ham paydo 
bo‘lib, ular haqida yozilgan hamda yozilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tadi. 
Qo‘chqor Norqobilning “Nozi... Nozigul”, Jo‘ra Fozilning “Sohildagi uy”, 
Muyassar Tilovovaning “Ko‘kko‘l qo‘shig‘i” hikoyalarini bunga misol sifatida 
keltirib o‘tadi. 
Nasr haqidagi adabiy suhbatlardan shuni anglashimiz mumkinki, O‘zbek 
adabiyotida so‘nggi yillarda deyarli barcha tur, janrlarda diniy, ruhoniy-islomiy 
talqin ustuvorlik qiluvchi asarlar yaratish an’ana tusiga kirdi. Shaxsni faqat 
ijtimoiy munosabatlar mahsuli sifatida emas, ko‘proq ilohiy, tug‘ma, tabiiy, sirli-
sehrli mavjudot tarzida ko‘rsatuvchi, uning g‘aroyib tuyg‘u, xislatlarini, aql-
idrokdan tashqarida anglab yetilmagan, his-tuyg‘u, holat-kafiyatlarini badiiy 
tarzda yorituvchi, ekzistentsializm falsafasiga tayanuvchi asarlar ham 
yaratilayotgani adabiyotimizda bir qadam siljish bo‘ldi deb bemalol ayta 
olishimiz mumkin. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin