Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


ERKIN SAMANDARNING “DARYOSINI YO‘QOTGAN QIRG‘OQ”



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   431
Anjuman Boku (6)

ERKIN SAMANDARNING “DARYOSINI YO‘QOTGAN QIRG‘OQ” 
ROMANIDA MAQOLLARNING ISTIFODA ETILISHI 
 
Sarvar ATAJANOV, 
Urganch davlat universiteti
katta o‘qituvchisi, PhD. 
 
 Annotatsiya:
Maqolada Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” 
romanidagi maqollar va ularning badiiy matndagi roli xususida so‘z yuritiladi. 
 Kalit so‘zlar: 
Erkin Samandar, roman, folklorizm, maqol, obraz, mavzu, 
tarixiy shaxs 
 Аннотация:
В статье речь идёт о пословицах и их роли в 
художественном тексте в романе Эркина Самандара “Берег, потерявший 
свою реку”. 
Klyuchevыe slova:
Erkin Samandar, roman, folklorizm, poslovitsa, obraz, 
tema, istoricheskaya lichnost. 
 Annotation:
In this article illustrates about the proverbs in Erkin Samandar’s 
novel “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” and their role in the literary text. 
 Key words:
Erkin Samandar, novel, folklorism, proverb, image, theme, 
historical person 
Har bir yozuvchi, shoir o‘z asarida, albatta, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan 
unumli foydalanadi va yaratgan asarining badiiy qimmatini oshiradi. Ular bu bilan 
asarining tilini, xalq tarixi va maishiy hayoti, voqea-hodisalar va jamiyatdagi turli 
shaxslarning xulq atvorini xalqchil, jonli tarzda ochib beradi.


538 
Erkin Samandar ijodida ham ko‘plab xalq og‘zaki ijodi namunalarini 
kuzatamiz. Adibning she’riy hamda nasriy asarlarida oddiy folklorizmlardan tortib, 
murakkab folklorizmlar o‘z ifodasini topgan. Shulardan biri oddiy folklorizmlar 
sirasiga kiruvchi xalq maqollaridir. Maqollar yozuvchining badiiy niyatini 
kitobxonga yetkazishda alohida ahamiyatga egadir.
Erkin Samandar, asosan, tarixiy mavzuda ijod qiladigan, xalqning 
o‘tmishidan uning bugungi qiyofasini izlab topadigan ijodkor hisoblanadi. 
Jumladan, “Quyun izlari yoxud Ogahiy”, “Sulton Jaloliddin”, “Qiron g‘ildiragi”, 
“Tangri qudug‘i” kabi bir qator asararida Ko‘hna Xorazmda bo‘lib o‘tgan tarixiy 
voqelar yoritilgan.
“Erkin Samandar deyarli butun ijodini o‘mishni badiiy tadqiq etishga, 
ajdodlar ruhiyatidagi hissiy to‘lg‘amalarni aks ettirishga bag‘ishladi. Adib uchun 
moziyni tasvirlashning o‘zi maqsad emas. U o‘tmishnig puchmoqlaridan xalqimiz 
tabiatidagi ulug‘lik va maydaliking ildizlarini qidiradi, kechdan bugunni topishga, 
hozirni o‘tmish orqali ifodalashga urinadi”. [1, 152] 
Adib romanlarida Ko‘hna Xorazmning uzoq va yaqin o‘tmishida bo‘lib 
o‘tgan tarixiy voqealarni va tarixiy shaxslarning hayotini jonli tasvirlagan bo‘lsa, 
“Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida insoniyatning tabiatga qilgan ziyoni 
qoralanib, uning ayanchli oqibatlari bilan birgalikda, Amudaryo va asar 
qahramonlari Ganja, Qumri va boshqa obrazlarnig mashaqqatli hayot manzaralari 
tasviri yorqin akslantirilgan. 
Ushbu roman ijodkorning boshqa romanlariga o‘xshamagan o‘ziga xos bir 
asar bo‘lib, muallifning professional romannavis sifatida tanilishida va keyingi 
romanlarini yaratishga rag‘bat bo‘lgan asardir. Romanda asosiy muammo inson va 
tabiat, to‘g‘rilik va egrilik, yaxshilik va yomonlik, muhabbat va qabohat o‘rtasidagi 
munosabat ifodalangan.
Erkin Samandar “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” asarida maqollardan unumli 
foydalangan. Bu esa asarning xalqchilligi, xaqqoniyligini ta’minlash bilan birga 
muallifning so‘z mahoratini ham namoyon qilishga xizmat qilgan. Yozuvchi 
maqollar orqali asar qahramonlarining xarakterini, ularning iztiroblari va
tuyg‘ularini jonli tarzda yoritib bergan. 
Maqol xalq og‘zaki ijodining juda ixcham shaklga ammo chuqur 
mazmunga ega bo‘lgan janrlaridan biri bo‘lib, u ko‘p asrlar davomida xalqning 
hayotiy tajribalari va kuzatishlari asosida yuzaga keladi. “Maqollar asrlar 
davomida xalqning noyob durdonalaridan biri bo‘lib, til va badiiy ijodning teran 
mazmuniga ega hodisasi sifatida yuzaga kelgan. Ular xalq ma’naviyati, 
madaniyati, donoligi, milliy qadriyatlar merosi va millatning ko‘zgusidir”. [2, 74] 
Maqollarning mavzu ko‘lami keng bo‘lib, vatanparvarlik, donolik, 
muhabbat, mardlik, to‘g‘rilik va egrilik, saxiylik, ochko‘zlik va baxillik, odob va 


539 
odobsizlik, tarbiya kabi mavzularni ifodalab keladi. Romanda ham yuqorida 
keltirilgan mavzudagi maqollarni ko‘plab uchratamiz va bular asarning badiiy 
qimmatini oshirganligini ko‘ramiz. Ushbu maqolamizda mazkur asarda keltirilgan 
maqollarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:


Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin