Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


ABDUVALI QUTBIDDIN SHE’RIYATIDA ISHQ MAVZUSI



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   431
Anjuman Boku (6)

ABDUVALI QUTBIDDIN SHE’RIYATIDA ISHQ MAVZUSI 
TALQINLARI 
Nasiba DJUMANIYAZOVA. 
Urganch Davlat universiteti dotsenti 
 
Annotatsiya.
Mazkur maqolada shoir Abduvali Qutbiddin ijodida muhabbat 
mavzusi tadqiq qilingan. She’rlari tahlili orqali mavzu ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar:
Obraz, badiiyat, mahorat, ruhiyat, majoz, shakliy–uslubiy 
izlanishlar, tashbeh. 
Аннотатсия.
В этой стате анализируется тема любви в творчестве А. 
Кутбиддина. Тема раскрыта через анализ стихов поета. 
Ключевые слова:
Образ, искусство, мастерство, дух, символ, 
аллегория, формално-методологические исследования, сравнение. 
Annotation: 
The theme of love in the work of the poet Abduvali Qutbiddin is 
explored in this article. The topic is revealed through the analysis of his poems. 
Key words:
Image, art, skill, spirit, symbol, trope, formal and stylistic 
research, comparison. 
O‘zbek adabiyotida o‘z ovoziga, o‘z individual uslubiga ega bo‘lgan 
shoirlardan biri Abduvali Qutbiddindir. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatining yetuk 
namoyandalaridan bo‘lgan shoir Abduvali Qutbiddin she’riyati o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. “Bu davr she’riyatida o‘tkir gap aytish, dono fikr 
bildirish, nasihat, aql o‘rgatish emas, balki inson ruhining murakkab, ismsiz 
manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish,
odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish 
kuchaydi”.(3.77) Darhaqiqat, yangicha fikr va poetik ifoda tarzi shoir uslubiy 
xususiyatlarida bo‘y ko‘rsatdi. 
U o‘zining “Izohsiz lug‘at”, “Nayson”, “Xayol kechasi”, “Xumo”, “Baxtli 
yil”, “Sen va sen uchun” kabi qator to‘plamlari orqali kitobxonlar qalbidan chuqur 
joy oldi. Shoir Rauf Parfi shoir haqida quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan edi:
“Abduvali she’riyati dunyoni obrazli idrok etishning ajoyib namunasidir. U 
borliqni yalang‘och tasavvur qila olmaydi. Qalbiga har bir lahzani, voqea va 
hodisani his qilib, kamalakdek jilo beradi”. 


529 
Poetik obraz qalb olamidagi zohiriy va botiniy jarayonlarni asosiy tasvir 
ob’ektiga aylantirish, uning fikr va hissiyot tarzini, axloqiy qiyofasini kashf 
etishda 
an’anaviylik 
bilan 
yangicha 
yondashuv 
tamoyillari 
dadil 
omuxtalashtirilmoqda. Zero, inson moddiyati va ma’naviyatining serqirra 
qatlamlarini tadqiq qilish, ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas kechinmalar talqini orqali 
uni murakkkab oliy hilqat sifatida yaxlit tasvirlash etakchilik qilmoqda. Tabiiyki, 
bu jarayonda shakliy–uslubiy izlanishlar sohasida ijodiy tajribalar qilish, yangi 
kutilmagan ifoda yo‘llarini qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. 
Darhaqiqat, shoir she’rlarida yangicha ohang va ifoda yaratishga intiladi. 
Tuyg‘ular tarannumida kitobxonni o‘ylantiruvchi go‘zal o‘xshatishlar, istioralar 
jilolanib turadi. Har bir tasvir vositasi mazmunida shoirning hayotga nisbatan teran 
va sinchkov nigohi ko‘rinib turadi.
Xazoning to‘pla, ko‘m meni, bog‘, 
Teringni kafan et, ey ilon, 
Yuzini o‘girdi 
Axir yor — 
Chiqsang — chiq, 
Ketsang — ket, endi, jon. 
Daryo, sen muruvvat qil bir bor, 
Yo‘lingga qo‘shib ol laxta qon. 
Yuzini o‘girdi 
Axir yor — 
Chiqsang — chiq, 
Ketsang — ket, endi, jon.(5.15)
Lirik qahramon sevgi girdobida azob chekayotganligi bu she’rda “bog‘”, 
“ilon” timsollari orqali aks ettirilgan. Yorning bevafoligi uning bu hayotdan ketish 
ilinji orqali azoblardan qutilish yo‘li deb qaralgan. Sevgi ilohiy qudrat. Har bir 
odam bu dunyo mohiyatini sevgida ekanligini chuqur anglamog‘i kerak. Agar 
kimki bu toza, hayotbaxsh tuyg‘usiz yashasa, uning hayoti albatta hech qanday 
mazmunga ega bo‘lmasligi shubhasiz. Bu muhabbat goh dunyo ishqiga, goh 
odamlarga, goh ilohiyga bog‘langan bo‘lishi mumkin. She’rda lirik qahramon o‘z 
mahbubasidan ayrilish azobiga dosh berolmaydi. 
Shoir ijodida muhabbat mavzusi teran va sof tuyg‘ular jamuljami asosida 
yoritiladi. Shoir har bir tashbehda o‘ziga xos jilo beradigan ma’no ifodalashga 
harakat qilgan. Ilon teri tashlashi – bu uning yangi bir pog‘onaga o‘tishi dab e’tirof 
qilsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Lirik qahramon ilon terisidan kafan tayyorlanishini 
istashi ham shu eski fikrlardan uzilib, yangi darajaga ko‘tarilish, ya’ni ruhiy o‘sishi 
uchun harakat qilishi deyish mumkin.Chunki ishq iztirobi, uning achchiq azob-
uqubatlari qanchalik kuchli bo‘lsa, lirik qahramon qalbi shu darajada poklanib, 


530 
tozalanib boraveradi. Shoir go‘zal o‘xshatishlar orqali fikrlarini chiroyli ifodalab 
beradi.
Jarangdor soching ham bo‘lar po‘pakli, 
Tillaqosh topilar ko‘k sandig‘ida. 
Uch gaz bulut kessa bo‘lar chimildiq, 
Visol tog‘ida. 
Kiprikka ilingan shabnam cho‘g‘dayin, 
Bir kun haqiqatgo‘y bo‘lmadi aprel. 
Men sening kelishing sira istamayman, 
Biroq kel. 
Tabiat bizni makonimiz, sayyoradagi barcha jonli-jonsiz narsalar, hodisalar 
bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Inson ruhiyatini tabiat tasviri bilan tasvirlanishi ham 
bejiz emas. Sochning jarangdor bo‘lishi go‘zal qizning ichki his-tuyg‘ularining 
aksi deb olishimiz, ajdodlarimizdan qolgan o‘sha tillaqoshlarning osmon 
sandig‘ida topilishi ham shoirning o‘ziga xos badiiy topilmasi deyish mumkin. 
Bulutlarning oppoq, sofligi chimildiqqa mengzanishida ham azaliy urf-
odatlarimiz bo‘lmish ayollarimizdagi ibo-hayo, bokiralik kabi xislatlarning aks 
ettirilishidir. 
Zar ip eshayapti yog‘dular toshib, 
Zim-ziyo hovoncha ezg‘ilaydi un. 
Qavib, taxlab qo‘ydi shoyi ko‘rpani 
Sen uchun. 
Bu she’rida shoir xalqimizga xos go‘zal urf-odatlarning, to‘y-marosimlariga 
qanchalik ixlos va ezgu niyatlar bilan yondashishini badiiy lavhalarga jo qila 
olgan.
Hech kim suygan emas meni senchalik, 
Qaqnus tumshug‘ida yongan alanga. 
Azizam, azizam, g‘amgin azizam, 
Saodat olmoqqa eturmi tangam. 
Abduvali Qutbiddinning ushbu she’rida tasavvufiy ohanglar aks etib turibdi. 
Inson uchun eng buyuk ishq –bu Olloh ishqi hisoblanadi. Bu o‘rinda hech bir 
muhabbat yartaganni muhabbatiga teng kelolmaydi. Garchi ma’shuqa obrazi 
sevimli ayol kabi tasvirlansa-da, aslida yaratuvchi timsoli desak, yanglishmaymiz. 
Qaqnus (Samandar) qushi olovda tug‘ilib, olovda kulga aylanadigan, tumshug‘idan 
ajib kuy taratishi abadiy davom etadigan afsonaviy qushdir. Qaqnus orqali lirik 
qahramon qalbida olovlangan Allohga bo‘lgan ishqini so‘nmas va abadiy deb 
biladi.
Ne deyin sahroda dardkashim sarob. 
Sir aytarim saksovul, ne deyin. 


531 
Kundan kun ahvolim xarobdan xarob, 
Tanu jon ozor... .(5.7) 
May mumtoz adabiyotda ilohiy ishq ma’nosini anglatadi. Inson ilohiy ishq 
komida qovrilar akan, dil sahrosida faqat bir ilinj visol ilinji uni yashashga 
undaydi. Ishq mayi jonu jahonini xarob aylaydi. Majnun holini zabun aylagan ishq 
lirik qahramon dardini ham badtar xarob aylaydi. 
Ko‘p kezdim ko‘rmadim birorta karvon, 
Bilmadim qayonda mag‘ribu mashriq. 
Mashaqqat sohibim, arkonim armon, 
Amirim qashqir... 
Dunyo misoli katta sahro, unda karvonlar bisyor. Lekin lirik qahramon 
dunyosida karvonlar ko‘rinmaydi. Chunki karvonlar bu olamdagi biz anglab 
etishimiz kerak bo‘lgan siru sinoatlar bo‘lsa ajabmas. Qachonki bu sirlar bizga 
ayyon bo‘lsa, shunda biz o‘zligimizni anglab etamiz. Albatta bu yo‘l mashaqqatli 
yo‘l. Manzil uzoq, uning nihoyasiga etmoq uchun, biz juda ko‘plab bizga berilgan 
to‘siq va sinovlardan o‘tmog‘imiz kerak.
Qishdan o‘tib olsak… 
Lolalar yurtiga qarab ketarmiz. 
Qishdan o‘tib olsak… 
Dunyodan 
Gul-u rayhon bo‘lib o‘tarmiz.
Ushbu she’rida “qish” obrazi majoziy ma’noda qo‘llanilgan. Unda tabiat 
tasviri orqali ijodkor o‘zining qalb kechinmalarini yoritib bergan. Qish go‘yoki biz 
yashab turgan foniy dunyo, agar shu dunyoda ezgu amallarimiz bilan nom 
qoldirsak, “lolalar yurtiga qarab ketamiz” ya’ni boqiy dunyoga. She’rga tashqi 
tomondan qarasak, qish faslining zo‘r mashaqqati tasvirlanadi, qish faslidan keyin 
kelgan bahor fasli va unda gul-u rayhonlarning unishi, muhabbatning yorqin 
tarovati kabilar aks ettiriladi. Inson ruhi yuksalishi uchun u zo‘r mashaqqatlarni 
yengib, iztiroblar olovida qovrilib poklanishi zarur. Shundagina ishqni o‘z qalbida 
unish dardini anglab yetadi. 
Xulosa qilib aytsak, Abduvali Qutbiddin ijodida muhabbat mavzusi o‘ziga 
xos tarzda ifodalangan. Ilohiy ishq mavzusini kuylash uchun shoirda ilohiy 
fayzlardan bahramand bo‘lish nasibasi bo‘lishi shart. Abduvali Qutbiddin ana 
shunday ijodkorlardan biri. U she’rlarida mavzuni ochish uchun o‘ziga xos 
timsollardan foydalangan.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin