535
adabiy-estetik qarashlarini belgilashda bularni inobatga olish zarur. Qo‘qon adabiy
muhitida o‘zining erk va haq kuychisi ekanligi bilan alohida hodisa hisoblangan
Anbar Otin ham:
Agar san ustodi adabni istasang, Anbar Otin,
San Navoiy ta’limin doim, mutolaa qil, –
[1:35]
deydi. San’atkorlikda ma’naviy ustozlari kabi mazkur shoiralar ham
she’riyatining bosh mavzusi sifatida ishqni tanlashadi. Bu bandalariga mehr-
muhabbatli, shafqatli bo‘lishga, hamisha to‘g‘rilikni
yoqlashga undagan
Yaratganga bo‘lgan ishqdir. Bir so‘z bilan aytganda bandalik, qullik muhabbatidir.
Samar bonuning ushbu misralari bu qarashimizni to‘la oqlaydi:
Bonuyo, har subhidam ohing Xudog‘a tuhfa et,
Qulki bexizmat kelubdur xo‘jag‘a darkor emas
[5:121]
.
Ularning ohu faryodi, giryai nolasi qalblar Xojasi – Alloh taolaga bo‘lgan.
Mana shunday nuri rahmat, fayzi ma’rifat bilan dunyoga nazar solishgan. Bir so‘z
bilan aytganda “jahona kelish maqsadi”ni to‘g‘ri anglab, hayot tarzini belgilashga
harakat qilishgan. Oshiqlik tarixi ham tasavvufiy adabiyotning bosh mavzusi
sanalgan “Miysoq” – “Ahdlashuv” kuni bilan bog‘lanadi:
Qay kuni ishqing havosi topdi ko‘nglumda haror,
Ul sababdindurki, ahli Marg‘ilona tushdi o‘t.
Vaysiy, suyding ishq, kuymaslig‘ ilojin istama,
Avvalo qolu baloda oshiqona tushdi o‘t
[4:24]
.
Uvaysiyning ishqda kuyish va o‘rtanish olovining sabr-toqat ila
o‘chirilishiga sabab bu ishqning “balo bazmi” bilan bog‘liqligidandir. Ya’ni bu
ishqning egasi butun olamlarning Robbisi – Robbul olamiyn ekanligida. Ishqning
ta’rif-tavsifi, oshiqlik ta’nayu malomati har bir shoira ijodida o‘ziga xos, rang-
barang ifodaga ega. Biroq bu davr she’riyatida tariqatga moyillik qancha bo‘lsa,
undan uzoq bo‘lishga da’vat ham shunchalikdir.
Bu fikr-qarashlar, ayniqsa,
Dilshodi Barno va uning shogirdi Anbar Otin ijodida yaqqol ko‘rinadi. Dilshodi
Barno tarjimai holida o‘z ijodini baholab shunday deydi: “…Men kamina notavon
asar yozishida ko‘pincha rind shoirlarga ergashib o‘shal vahdat ahli va
tasavvufchilarga qarshi hamda hukmron tabaqani maqtashga berilgan maddoh
shoirlarga qarshi maydonga ot surdim” [1:9]. Shubhasiz, tasavvufshunos I.Haqqul
ta’kidlaganidek: “So‘fiylar tanqidi – alohida bir tarix. Uni maxsus o‘rganmay,
mamlakat va millat o‘tmishida so‘fiylikdan yetgan foyda,
ziyon va zarar
nimalardan iboratligini har jihatdan aniq bilmay turib, sufiyparastlikka berilish
mahdudlik barobarida xavfliroq harakat hamdir. Har bir tarixiy hodisa qanday
bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha holda, o‘sha mohiyatda o‘rganilib, to‘g‘ri baholanmas ekan,
chala haqiqat urchiyveradi” [6:78]. Ammo erkka tashna shoiraning rindparastligini
tushungan holda uning bu hurlikdan “ahli vahdat” va “tasavuvufchi”larni ajratishi
536
ajablanarli. Zero, haqiqiy hurlik din va uning amaliy hayoti bo‘lmish tariqat
bilan
ekanligi haqiqatdir. So‘fiylar ozod shaxsiyat ekanligi ham sir emas. Qolaversa,
mayxona ahli – rindlar ham mazmun-mohiyatda aslida so‘fiylardir. O‘sha
paytlarda Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida ta’riflangan “soxta mulla”, “riyokor
shayx”lar ko‘paygan, dinning bid’atu xurofot, tariqatning botilu yolg‘on bilan
aralashuvi avj olgan. Xalq ikki tomonlama zulm ostida ezilgan bu zamonning
shiddati, mafkura o‘yinlari tafakkurda bir qorong‘ulik paydo qilishi tabiiy edi.
Xalqning dardu g‘ami, millatning kelajagi uchun qayg‘urgan shoiralar zamondosh
dindoru so‘fiylarga bo‘lgan nafrati kuchidan yangi davlatni din va tariqatdan yiroq
bo‘lishini istab, targ‘ib-tashviq qiladi: “Podshoh buyurg‘on har farmon zulmdin
xoli ermas. Agar o‘ris shohi darhaqiqat odil bo‘lsa va aning xohishi qaram xalqlar
ham o‘ris misoli ozod bo‘lsin va borcha xaloyiq o‘ris birla barobar bo‘lib, ro‘zg‘or
kechursin desa, amorat va hukmronliq qonunlarini adl birla tahrir qilsun,
hukmronliq qonuni din qoidalaridan mustasno vujudg‘a keltursin,
din ahlini
hukumat orasida odil bilib, din ahlini ibodat borasida homiy bilib, davlat va
bilimdonliqni xalq ro‘zg‘oridin kashf qilsin”. Anbar Otin “Qarolar falsafasi”da
mazkur fikrlarini davom ettiirib yana shunday deydi: “Davlat ishini dini islomdan
yiroq tuting va fuqarog‘a takya qilmoq ila yo‘l tutmagan hukmron bod fursatda
halokatg‘a duchor bo‘lmog‘i muqarradur.
Vaholanki, bu zamona hukmronlarig‘a
faqat din ahli homiy emas, balki boz mosuvoi naqshbandiy va yassaviy silsilarini
shayx va so‘filari ham luqma solib, xalq boshig‘a og‘irroq, zulm solishg‘a fatvo
bersalar, boz bechora xalqni zolim zulmiga rozi bo‘lib, toqat qilmoqqa, faqat Olloh
demoqg‘a nasifat qilurlar, chunonchi Yassaviy aytur:
Zolim agar zulm aylasa, Olloh degil,
Bosh yorg‘uncha kaltaklasa valloh degil”
[1:105]
.
Anbar Otin “Yamon soatda keldim man dunyoga”, deganda haq edi. O‘sha
mudhish davrning farzandi o‘laroq qo‘liga qalam
oldi va millatni ogohlikka
chorladi. U voqelikning faol ishtirokchisi edi. Ammo biz olis o‘tmish haqiqatlarini
zakiy tomoshabini o‘laroq baho berish imkon va imtiyoziga egamiz. Shu bois
bag‘rida tarixni yashirgan badiiy asarlar tahlil va talqinida bularni inobatga
olishimiz zarur.
Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalari ijodi ham badiiy, ham tarixiy jihati
bilan qimmatli.
Darhaqiqat, ushbu davr tom ma’noda ma’rifatparvarlik
adabiyotidir. Bu irfon zamirida tariqatlarning ham sezilarli ta’siri bor. Va aytish
mumkinki, millat ozodligi va shaxs erki uchun jon fido qilgan jadid adabiyoti
namoyandalarining dunyoga kelishida ma’rifatparvar shoirlar ijodiy merosi
muhim ahamiyatga ega. Hatto erksevar shoiralar ijodida baxt va iztirob, ma’sumlik
va mahzunlik, himmat va jasoratning o‘ziga xos, yangicha bir talqini mavjud.
537
Bunda ayol ishqi, irfon va idroki va uning ifoda tarzi bugungi adabiyot uchun ham
ibratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Anbar Otin. She’rlar. Risola. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1972.
2.
Dilshodi Barno. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1972.
3.
Nodira-Komila. Devon. . – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti. 2001.
4.
Uvaysiy she’riyatidan. – Toshkent: O‘zbekiston
KP Markaziy Komitetining
nashriyoti, 1980.
5.
Sharqning yetti yog‘dusi. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 1999.
6.
Ibrohim Haqqul. Ijod iqlimi. – Toshkent: Fan, 2009.
Dostları ilə paylaş: