Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   431
Anjuman Boku (6)

O‘tgan ishga salovat. 
“Yuragida birovga kek saqlab yuradigan odam 
emasman 
o‘tgan ishga salovat.
Istasang ertagayoq oldimga kel xohlagan ishingni 
beraman”. [3, 20] 
Har bir asarda ijobiy va salbiy obrazlar bo‘lgani kabi, romanda ham shunday 
obrazlarni uchratamiz. Qurilish boshlig‘i o‘rinbosari Aminov, asarning bosh 
qahramoni Ganjaning go‘zal hayotini tubdan o‘zgartirgan, oilasini buzgan, do‘sti 
Obodni nohaq o‘limiga va qamalishiga sababchi bo‘lgan salbiy obraz sifatida 
keltirilgan. Yuqorida keltirilgan maqol mamnunlik va afsuslanishni ifodalaydi. 
Aminov bo‘lib o‘tgan voqealardan afsusdaligini, ularni unutishini yana birga 
ishlashini taklif qiladi. Ganja esa Aminovga qilgan ishlari uchun javob berishini 
aytib, u bilan ishlashni rad qiladi. Chunki Ganjaning sevgi daraxtini quritgan inson 
shu edi. Asarda unga nisbatan Ganjaning nafrati kuchli tasvirlangan. 

Yoningdan oqqan ariqning qadri yo‘q.
“…dunyoning ishlari qiziq.
 
Yoningdan oqqan ariqning qadri yo‘q. Agar shu kon boshqalarning qo‘lida bo‘lsa, 
bo‘sag‘alarigacha oltindan bo‘lar edi”. [3, 33] 
- Tabib tabib emas, dard chekkan tabib. 
“…tabib tabib emas, dard 
chekkan tabib deydilar. Ko‘pdan bod kasalim bor, inim. Baxtimga shu kon bor 
ekan. Yo‘qsa shol bo‘lgan odam edim”. [3, 33] 
Asarda Qurbon aka va Ganja insonlarning tabiatga qilgan salbiy munosabati 
oqibatida tabiatning ayanchli ahvolga tushgani va Orolni, daryoni, Bog‘istondagi 
tuz konlarini saqlab qolish to‘g‘risida suhbatlashadilar. Yuqorida keltirilgan 
birinchi maqolda Qurbon aka Bog‘iston vohasiga yeyimlik tuzini shu konlar 
berishini va tayyor tabiiy boylik ekanligini aytadi. Lekin tuzni allaqayerlardan olib 
kelinishini va dunyoning ishlari qiziqligidan afuslanadi.
Ikkinchi maqol orqali Qurbon aka ko‘pdan beri bod kasali bilan og‘ringani, 
mana shu tuz konlaridagi tuz uyumlari dardiga shifo bo‘layotgani va ming dardga 
malhamligini aytib sevinadi. 
Erkin Samandar barcha romanlarida asar voqealariga bog‘liq holda biron-bir 
tarixiy afsona yoki rivoyatlarni keltirib o‘tadi. Bu esa asarning badiiy qimmatini 
yuksaltiradi va o‘quvchining asarga bo‘lgan qiziqishini, intilishini orttiradi.
Romanda Duldulsoy nomi bilan bog‘liq bir afsona keltirilgan. Afsonada 
Bog‘iston podshosi tirnoqqa zor , ya’ni farzandsizlikdan iztirob chekar edi. Yurt 
g‘amidan forig‘ bo‘lganida qarib qolyapman, benishon ketmay, taxtimga voris, 
umrimga davomchi ato et deb samoiy-muruvvatga yolvorgani-yolvorgan edi. Adib 
asarda Bog‘iston podshosining farzandsizligini, Allohga farzand tilab yolvorganini 


540 
quyidagi maqol bilan ifodalaydi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin