Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Ishonmagil do‘stingga, somon tiqar po‘stingga



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ishonmagil do‘stingga, somon tiqar po‘stingga
deganlari shu ekan”.
Yozuvchi ushbu maqol orqali yolg‘onga ishongan Ganjaning eng yaqin do‘sti 
Obodga bo‘lgan nafratini, to‘lib-toshgan iztiroblarini, ichki his–tuyg‘ularini 
ko‘rsatib bergan.
 - “Qizi borning nozi bor”. 
“…qizini Zarifdan ortiqqa berishardimi? 
Qo‘lida hunari bo‘lsa, aqli butun bo‘lsa. Berishadi. Birdaniga xo‘p deyishmaydi, 
albatta, qizi borning nozi bor-da”. [3, 177] 


541 
- “Teng tengi bilan tezak qopi bilan”. 
“…Teng tengi bilan tezak qopi bilan, 
- debdi dabdurustdan Oltinoy”. [3, 177] 
Asarda yosh sevishganlar Zarif va Gulsoralarning muhabbati ham 
ko‘rsatilgan. Zarif oddiy oiladan chiqan bo‘lib, Qurbon akaning farzandi. Gulsora 
o‘ziga to‘q oilaning farzandi. Onasining ismi Oltinoy. Pul desa o‘zini tomdan 
tashaydiganlardan. Yigit bilan qiz bir-birisini qattiq sevishadi. Ikki yoshning 
sevgi baxtiga yigit bilan qiz rozi, yigitning otasi va onasi rozi, rozi bo‘lmagan bir 
Gulsoraning ota-onasi. Zarif nomidan sovchikka borish Ganja zimmasiga 
yuklanadi. Birinchi maqol sovchilik bilan bog‘liq bo‘lib, Ganja tomonidan Qurbon 
akaga dalda berish va Zarifni sevintirish uchun aytilgan.
Ikkinchi maqol tenglik va tengsizlikni ifodalab, Oltinoy tomonidan aytilgan. 
Qizini Qurbon aka oilasiga berishni o‘ziga ep ko‘rmaydi, ya’ni o‘zining tenggi 
emasligini aytib, rad javobini beradi. Ganja sovchilikka borganidan pushaymon 
bo‘ladi. Bu qilgan ishi eng kata xatosi ekanligidan afsuslanadi. 
Romanda maqollar juda ko‘p bo‘lib, voqealar qatidagi ma’nolarni obrazli 
ifodalashda asosiy ahamiyatga egadir. Yuqoridagi namunalardan tashqari “O‘zi 
yo‘qning, yuzi yo‘q”, “Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmaydi”, “Yetti o‘lchab bir 
kesmoq”, “O‘ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan”, “Buzoqning 
yugurgani somonxonagacha”, “Cho‘pon ko‘p bo‘lsa, qo‘y harom o‘ladi”, 
“Ko‘rpangga qarab oyoq uzat” kabi ko‘plab maqollar qo‘llangan. 
Tilimiz xazinasidagi ushbu boylikdan samarali foydalanish asarning badiiy-
estetik yuksakligini ta’minlashda asosiy omillardan hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, romanda qo‘llanilgan maqollar turli xil voqealarni 
tasvirlashda, 
qahramonlar 
xarakterini 
aks 
ettirishda, 
ularning 
nutqini 
individuallashtirishda, shuningdek, adib ilgari surgan g‘oyani estetik jihatdan 
umumlashtirishda muhim vazifa bajargan. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin