Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


“ Ixlos bilan yig‘lasang, so‘qir ko‘zdan yosh



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   431
Anjuman Boku (6)

“ Ixlos bilan yig‘lasang, so‘qir ko‘zdan yosh 
chiqar deganlar…”.
[3, 94] 
Haqiqattan ham, podshoning nolasi Allohga yetadi va
 
unga tangri qiz 
farzand ato etadi. Uning ismini To‘rabekxonim deb qo‘yadi.
“Har qanday shaxs o‘z nutqida maqol qo‘llashi tabiiy. Bunda maqol faqat 
nutqning ko‘lami, miqdori, sifati va mazmuniy zalvoriga xizmat qilmaydi. U nutq 
sohibining tabiati, ruhiyati, aqliy salohiyati va saviyasini ham ko‘rsatadi”. [4, 57] 
Romanda yozuvchi Qumrixon va Ganjaning ayanchli taqdirini yoritish bilan 
birga Qumrixonning onasi Zaynab ayaning ichki hislarini, ya’ni ona iztiroblarini 
maqollar bilan mahorat bilan akslantirgan. 
-
El og‘ziga elak tutib bo‘lmas
. “…Elning og‘ziga elak tutib bo‘larmidi. El 
bir narsaning shamolini sezmasin, sezdimi, tamom, tebranmay turgan teraklarning 
boshini o‘zi qimirlatib yuboradi”. [3, 230] 
Qizi Qumrixonning nobud bo‘lgani, bir begunoh insonning joniga qasd qilib, 
kuyovi Ganjaning qamalib ketgani Zaynab ayaning yuragini tirnar edi. Gap-
so‘zlardan ko‘cha-kuyga ham chiqmay qo‘yadi. Qo‘ni-qo‘shnilarning taskin 
beradigan so‘zlari ham ko‘ngilni ovutish o‘rniga yarasiga tuz separdi. Qishloqdagi 
mish-mishlar ayaning qulog‘iga har yetganida yurak-bag‘ri tilka-pora bo‘lardi.
Adib Zaynab ayaning qalb iztiroblarini tasvirlash bilan birga, xalq orasidagi 
mish-mishlarni “El og‘ziga elak tutib bo‘lmas” maqoli bilan
 
ifodalaydi. 
“Maqol kishiga g‘oyaviy yo‘nalish beradi, undagi ijobiy idellarning 
shakllanishiga, rivojlanishiga yo‘l ochadi”. [5, 24] 
Muallif asardagi har bir qahramonning ruhiy kechinmalarini his qilgan holda, 
maqollardan foydalanib obrazlilikka erisha olgan.

“…do‘stingdan top, degani shumi?
Ishonmagil do‘stingga, somon tiqar 
po‘stingga
deganlari shumi? ” [3, 107] 
Ushbu maqol Ganja tilidan aytilgan bo‘lib, ayoli Qumrining aldovlariga 
ishonib, o‘z do‘sti Oboddan shubha qiladi va o‘ziga quyidagi savollarni beradi.
“Do‘sting – qanoting. Usiz ucholmaysan. Obod qanot bo‘lib, Ganjani qayoqqa 
uchirdi? O‘zi qolib uyidagi baxt qushini uchirib yubormadimi? Uni nomus 
batqog‘iga cho‘ktirmadimi? Shu do‘stning ishimi? Do‘stingdan top deganlari 
shumi?

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin