Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
 
ADABIY SUHBATLARDA ZAMONAVIY NASR HAQIDA 
GURUNGLAR 
Bekchanova Sevara 
Urdu o‘qituvchisi 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Istiqlol davri adabiyoti haqida yozuvchi, 
munaqqid, adabiyotshunos olimlarning adabiy suhbatlaridan o‘rin olgan fikr-
mulohazalari tahlil qilinadi. Suhbatlardagi zamonaviy nasr muammolari va 
yutuqlari haqida mushohadalar talqin etiladi.


554 
Kalit so‘zlar: 
Suhbat, nasr, modernizm, 
modernistik izlanish, 
ekzistentsializm falsafasi. 
Аннотация:
В статье анализируются мнения писателей, критиков и 
литературоведов о литературе периода Независимости. Интерпретируются 
наблюдения над проблемами и достижениями современной прозы в 
разговорах. 
Ключевые слова:
Беседа, проза, модернизм, модернистское 
исследование, философия экзистенциализма. 
Annotation:
This article analyzes the opinions of writers, critics, and 
literary scholars about the literature of the Independence period. Observations on 
the problems and achievements of modern prose in conversations are interpreted. 
Key words: 
Conversation, prose, modernism, modernist research, 
philosophy of existentialism. 
Ham nazm ham nasr sohasida barobar ijod qilishni barcha ham birdek 
uddalay olmaydi. Lekin bu ishni qoyilmaqom qilib yosh avlodga o‘rnak qilib 
ko‘rsatgudek darajada amalga oshirib kelayotgan ijodkorlardan biri Ulug‘bek 
Hamdam sanaladi. Uning adabiyotshunos olim va munaqqid sifatidagi adabiy 
suhbatlarida zamonaviy nasr haqida mulohazalarni uchratishimiz mumkin. 
Munaqqidning shoir va yozuvchi adabiyotshunos olim Rahimjon Rahmat bilan 
uyushtirilgan suhbati “Ijodiy erkinlikning totli mevalari” deb nomlanadi. Suhbat 
modernizm 
hamda nasrimiz muammolariga bag‘ishlanganligi jihatdan 
e’tiborlidir. Rahimjon Rahmat “…Aytmoqchimanki, ayrimlar nasrimizda paydo 
bo‘layotgan anchayin jiddiy yangiliklarni kimlargadir taqlid deb baholashyapti. 
Goho falonchi o‘zbekning Kortasari, pistonchi o‘zbekning Borxesi” degan gaplar 
quloqqa chalinib qoladi. Bu gapning tagida yangilanayotgan milliy nasrimizni 
kamsitadigan nozik ma’no bor”. [Ulug‘bek Hamdamov 1:193] Adabiyotshunos 
olim bu fikr noto‘g‘riligini o‘zbek adabiyoti ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar orqali 
rivojlanganini qayd etadi. Masalan, jadid adaboyotini jamiyatda yuzaga kelgan 
ijtimoiy-siyosiy kuch yuzaga keltirganini, o‘zbek millatining o‘z-o‘zini anglash 
tuyg‘usi Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdek ulkan shoirlarni adabiyot maydoniga 
chiqarganini ta’kidlaydi.
Munaqqid zamonamiz nosirlari haqida fikr bildirib: “Ayni damda, 
ko‘ngilga umidbaxsh etguvchi nosirlarimiz ham bor: siz qayd etgan nomlar 
qatorida S.O‘nar, N.Jaloliddin, A.Yo‘ldosh, L.Bo‘rixon, Sh.Ahmedov, 
Z.Qurolboy qizi kabilar jiddiy asarlar yaratish yo‘lida urinayotgandek tuyuladi. 
“O‘zAS” 
sahifalarida 
berilgan 
E.A’zamning 
“Stupka” 
va 
X.Do‘stmuhammadning 
“Qichqiriq” 
nomli 
hikoyalari 
jiddiy 
adabiy 
jamoatchilikda ijobiy rezonans uyg‘otdi. “Tafakkur” jurnalida N.Muhammad 
Raufxonning “Chilla”, “Sharq yulduzi”da “Etakdagi kulba” nomli ramziy 


555 
hikoyalari chop etildi. “Bahouddinning iti”, “Qultoy” (N. Eshonqul) – zo‘r 
hikoyalar. Kamnamo va kamsuqum N.Boqiydan ham katta badiiy kashfiyotlar 
umid qilsak arziydi. “Suratdagi ayol” hikoyasi bilan yangicha yozish mumkin 
ekanligini isbot qilgan Sh.Hamroni esa yana qalam tebratishga undaymiz. Xullas, 
nazar solsak, nasrimiz ufqlari yorisha boshlagan. Boshqacha bo‘lishi mumkin 
ham emas-da. Chunki biz keyingi 20-25 yil mobaynida chindan-da jahonshumul 
ijtimoiy-tarixiy evrilishlarni boshdan kechirdik, endi uni badiiy idrok qilish, 
anglash va his etish davriga kirib keldik. Ro‘yobga chiqqan ishlar – hali xamir 
uchidan patirdek gap. Asosiylari oldinda. Har holda, menga shunday 
tuyulmoqda”. [Ulug‘bek Hamdamov 1:201] Haqiqatan munaqqid yuqorida qayd 
etib o‘tgan nasrimiz asarlari har bir o‘qirman uchun yangilik bo‘ldi va bu asarlar 
milliy nasrimizda salmoqdor va chuqur mazmun-mohiyatga ega asarlar 
yaratilayotganligi va bundan keyin ham yaratilishda davom etishidan dalolat. 
O‘zbekiston Xalq Qahramoni taniqli adabiyotshunos olim, tanqidchi Ozod 
Sharafiddinov bilan o‘tkazilgan suhbat “Modernizm jo‘n hodisa…Emas” (2002-
yil) deb nomlanadi. Suhbat boshida modernizm bu tushunchaning mohiyati 
haqida o‘qirmanlarga ma’lumot berib o‘tiladi.Munaqqid modernizm bizning 
adabiyotimizga yot tushuncha emasligini, 20-30-yillarda o‘zbek adabiyotida
muayyan modernistik izlanishlar bo‘lganini aytib o‘tadi. Bu, jumladan, Oybek, 
Mirtemir, Cho‘lpon ijodida ko‘rinadi. Oybekning dastlabki she’rlarida 
modernistik izlanish his-tuyg‘ularining tahliliga juda keng o‘rin berilganida 
ko‘rinadi. Bugun adabiyotimiz yangicha sharoitda yashab ijod etmoqda. Avvalgi 
tazyiqlar va cheklovlar hozir yo‘q. Endi yozuvchi va shoirlar badiiy shakl va 
uslub borasida juda keng ko‘lamda izlanishlar olib borishlari mumkin va olib 
borishmoqdalar ham. Ulug‘bek Hamdamovning “Muvozanat” deb nomlangan 
romani xususida gapirib asarni an’anaviy hamda modernistik ruh aralash holda 
yozilganligini asar munaqqidda katta taassurot uyg‘otganini ta’kidlaydi. Xullas, 
suhbat so‘ngida olim bir xil shakl va mazmunga ega qoliplardan voz kechib, 
erkin ijod etish lozim degan yakuniy xulosaga keladi. Chindan ham bir xillik 
adabiyot ixlosmandlari ayniqsa, bugungi yosh avlodni ancha zeriktirib badiiy 
asarlarga bo‘lgan qiziqishni sustlashishiga olib kelishi mumkin. 
Ulug‘bek Hamdamning yana bir kitobxon ahli uchun qiziq bo‘lgan 
suhbatlaridan biri “Umidbaxsh adabiyot ehtiyoji” deya ataladi. Suhbatda 
shoirning 
bugungi 
kitobxon, 
ular 
qanday 
asarlarga 
ko‘proq 
qiziqayotganligi, internetning kitobxonlikka ta’siri, bugun adabiyot tabiatida 
qanday o‘zgarishlarni, yangilanishlarni boshdan o‘tkazayotgani, o‘zining 
“Na’matak” asari haqidagi, bugungi o‘zbek tanqidi shiddat bilan o‘zgarib, 
turlanib borayotgan dunyoda ijodkorning zimmasiga tushayotgan eng muhim 
vazifalar qaysilar kabi bir qator dolzarb savollarga javob berib fikrlarini ifodalab


556 
o‘tadi. Yozuvchi “Na’matak” deb atalgan kichik eksperimetal asarini shartli 
ravishda roman deb ataganini ta’kidlaydi. Asarda ixtiyorimizdagi tobora kamayib 
borayotgan VAQT tushunchasidan kelib chiqib, roman mazmuni bitta hikoya 
hajmiga qamalgan. Bu yozuvchi uchun bir tajriba, xolos. Albatta, asarga 
qarashlar har xil bo‘ldi, bo‘layapti. Buni yozuvchi tabiiy va samimiy qabul 
qilishini aytadi. Tomonlarning bu asar o‘yin yoki havas tarzida tug‘ilmaganligini, 
uning aynan shunday kichik hajmda yozilganligining, yuqorida bayon 
etilganidek, juda salmoqli asos – sababi borligini bir bor mushohada qilib 
ko‘rishlarini, istaydi. Mutolaadan so‘ng xotirada hikoyaning yukicha mazmun 
qoldirmagan yostiqdek romandan, romanning yukidek mazmun qoldirgan 
jimitdek hikoyani chandon afzal ko‘rishini ta’kidlaydi. Yozuvchining bu gapi 
ayni haqiqatga yaqin. Chunki hajman katta bo‘lsin, mazmunan sayoz bo‘lgan 
asarlar asrlar silsilasidan sog‘-omon o‘tib kelajak avlodga yetib borolmasligi 
tayin. 
“Yangi avlod ovozi” deb nomlagan adabiy-tanqidiy gurungning 
ishtirokchilari milliy adabiyotimizning yangi avlodi namoyandalari, istiqlol 
arafasida, istiqlol yillarida adabiyot bo‘stoniga kirib kelgan shoir, nosir va 
munaqqidlar bo‘lib, ular H.Boltaboev, Sh.Rizaev, D.Quronov, I.Yoqubov, 
R.Qo‘chqor, B.Ro‘zimuhammad, R.Rahmatlar, N.Eshonqul, A.Yo‘ldosh, 
R.Haydarovalardir. Ularning barchasi adabiyotda, adabiy tanqidda allaqachon 
o‘z mavqeyini egallab, ijodiy, ilmiy yo‘li, maslagini tayin etib olgan qalam 
sohiblaridirlar. Qolaversa, ular bosh muharrirning har bir savoliga “yetti o‘lchab 
bir kes” naqliga amal qilib, puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda javob qaytarishga 
harakat qilganlar. Ushbu davra suhbati bir qator taniqli adabiyotshunos olimlar 
jamlanganligi va ularning adabiyot va nasr haqidagi fikrlari bilan boyligi 
jihatdan ahamiyatlidir. 
Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulning 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin