Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   431
Anjuman Boku (6)

Kima qilsam ziyofat, yaxshi xizmat, 

 
Chiqib kulbamdin ettilar nadomat. 

 
Man aylardim hama mo‘ming‘a ixlos, 

 
Mani o‘ynar edilar om ila xos [5]. 
Faqiriyning ijodidagi o‘ziga xoslik shundaki, u rasmiy vazifalarda xizmat 
qilgan va badiiy ijod bilan shug‘ullangan Munis, Ogahiy, Tabibiy va 
Bayoniylardan farqli o‘laroq, barcha she’rlarida tanqidiy ruh kuchli bo‘lgan. 
Shoir ijodida zamondoshlari: Ogahiy, Munis, Komil Xorazmiylar bilan bir 
qatorda hazrat Navoiy asarlarini o‘rganish va undan ilhomlangan holda uning 
an’analarini munosib davom ettirishga bevosita harakat qildi. 
“Ey ko‘ngul, nazm 
ichra yorumand Navoiydur senga”, 
degan Faqiriy uning badiiyatini, so‘z 
qo‘llashdagi mahoratini va o‘ta kuchli mushohada yurita olish qobiliyatini
yetarlicha o‘zlashtirib oldi. Garchand Faqiriy she’rlarida yor, mahbuba, suyukli, 
oshiq va raqib obrazlaridan unumli foydalanib, tasavvufona maslak-qarashlarni 
ifodalashga harakat qilsa-da, biz uning ijodini to‘laligicha tasavvuf ta’limoti bilan 


571 
bog‘lay olmaymiz. Ma’lumki, Navoiy ijodi g‘oyasining, fikrlari va xulosalarining 
negizi bo‘lgan tasavvuf ta’limoti asosida shakllangan mumtoz adabiyotimizda ishq 
tushunchasi asosiy tasvir markazi hisoblanadi. Bu ta’limotga ko‘ra, ishq ikki xil, 
ya’ni haqiqiy va majoziy bo‘ladi. Majoziy ishq deganda bandaning o‘ziga 
o‘xshagan insonga, ya’ni Payg‘ambarlarga, avliyolarga, ota-onaga, yorga, 
farzandga, do‘stga bo‘lgan muhabbati tushuniladi. Haqiqiy ishq esa faqat ma’shuqi 
azalga, ya’ni Allohga bo‘lishi kerak. Shuning uchun Navoiy g‘azallarida 
uchraydigan yor, mahbuba, dildor obrazlari Yaratganni anglatsa, oshiq deganda 
Xudo yo‘liga o‘zini baxsh etgan solik banda tushuniladi. Raqib, dushman, g‘anim 
obrazlari bevosita insonni haddan ziyod tubanlashtiradigan nafsni, o‘tkinchi 
dunyoga bo‘lgan sevgini anglatadi. Tasavvuf adabiyoti mana shunday o‘ziga 
xoslikka ega. Lekin Faqiriy bu adabiyotning to‘laqonli vakili bo‘lmasa-da, Navoiy 
ijodiga bo‘lgan qiziqishi va undan ijodiy oziqlanishi natijasida tasavvuf adabiyoti 
namoyandalari: Mashrab, So‘fi Olloyor, Ubaydiy asarlariga hamohang she’rlar 
yarata olgan. Faqiriyning she’rlari, asosan, dunyoviy adabiyotga xos gumanistik 
g‘oyalar bilan sug‘orilganligini unutmasligimiz kerak. Bu esa bevosita shoir 
she’riyatini haqqoniy baholay olishimizga turtki beradi.
Feruz davrida gullagan adabiyot bo‘stoni undan keyin hukmdorlik qilgan 
Asfandiyorxon zamonida tanazzulga yuz tuta boshladi. Iqtidorli shaxslarga 
g‘oyatda mehr bilan qaragan Feruzning o‘g‘li Isfandiyorni valiahd etib tayinlashiga 
ham uning Farrux taxallusi bilan she’rlar yoza boshlagani sabab bo‘lgan. Feruz 
ijod ahlining qalbida go‘zallik va ezgulik bo‘lishiga qattiq ishongan. Ammo o‘g‘li 
Isfandiyorxon noqobilligi uchun ijodkorlarga muruvvat qo‘lini cho‘zmadi. 
Xususan, o‘sha davr Xiva adabiy muhitining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri 
Avaz O‘tarni ikki yuz darra urdirgani ham ayni haqiqat edi. Shoir Faqiriy esa 
bevosita markazdan chetlatildi. Bu davrda omma hayoti yanada og‘irlashadi. 
Turmush va xizmat taqozosi bilan xalqning azobi, iztirobga to‘la ahvolini o‘z 
ko‘zi bilan ko‘rgan Faqiriy saroy a’yonlarining chirkin muhitidan nafratlana 
boshlaydi. Tarixiy taraqqiyot, ijtimoiy muhitdagi muttasil o‘zgarishlar shoir 
dunyoqarashiga ijobiy ta’sir qiladi. 1905-1907 yillarda avj olgan inqilobiy 
qo‘zg‘alishlar Faqiriy nazmining ruhini o‘zgartirgan bo‘lsa, Asfandiyorxonning
kirdikorlari uning ijodida saroy muhitiga nisbatan tanqidiy munosabatni
kuchaytirdi. Ya’ni Faqiriy ijodining bu davrdagi mohiyati xalq hayotini haqqoniy 
tasvirlashni o‘ziga maqsad qilib olganidan iboratdir. Shoir sifatida olam 
go‘zalliklari va inson latofatini tarannum etuvchi ishqiy g‘azallar yaratib kelgan 
Faqiriy bevosita Xiva xoni Isfandiyorxonning jabr-zulmini, xalq boshiga keltirgan 
qayg‘u-kulfat va alamlarini, axloqiy buzuqligini fosh etishga qaratilgan bir qancha 
she’rlar yoza boshladi. Shoir “Ey palid” she’rida Isfandiyorxonni tubandagicha 
tasvirlaydi: 


572 
Zulmingni haddan oshirib, 

 
 
Haqgo‘y og‘izga tosh urib, 

 
 
Har dam fahshingni yashirib, 

 
 
Bezoridirsan, ey palid [6]. 
Faqiriy yoshi o‘tib qolganiga qaramasdan, madaniyat va maorif idoralarida, 
jumladan, Laffasiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1920-1921 yillarda
“Xorazm xalq 
Sho‘rolar Jumhuriyati zamonida hukumatga anchagina xizmatlar qilgan”
[7].
Faqiriyning nafaqat ijodiy merosi, balki hayot yo’li ham xalq hayotini 
kuylash, uning og’riqli nuqtalarini chuqur his etish barobarida bugungi davr uchun 
ibrat maktabi bo’lib qolganligini alohida e’tirof etmoq lozim. Shoirning ijodiy 
merosi esa yetarlicha o’rganilmayotgani ham ayni haqiqatdir. Chunki Xiva adabiy 
muhiti haqida chuqur to’xtamga ega bo’lish uchun shu davr adabiy harakatining 
barcha namoyandalari ijodini atroflicha o’rganish, o’ziga xosliklari va mushtarak 
jihatlarini aniqlash kerak. Faqiriy o’zidan oldingi shoirlarning ham, 
zamondoshlarining ham she’riy merosini to’laqonli o’rganib, ularga o’xshash va 
o’xshamagan qarashlarini ifodalay olgan. Ayniqsa, uning ayrim she’rlarida 
zamondosh shoirlardan Chokar, Mutrib kabilarning she’rlariga o’xshatmalar 
yozgani ham shundan dalolat beradi. Faqiriy ham safdoshlari qatorida
insonparvarlik g‘oyalarini tarannum etgan
“boshig‘a hardam tiyri sitam 
yog‘ilmish mardum”
ahvolidan benihoya aziyat chekkan, xalqni olg‘a chorlagan, 
eskilik sarqitlarini inkor etgani holda xalq ma’rifatini o‘stirish, dunyo mamlakatlari 
qatorida savodli va madaniyatli jamiyat barpo etish yo‘lida jonkuyarlik ko‘rsatgan. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, jadidchilik harakati maydonga keldi. 
Faqiriy ham shu harakatning peshqadamlaridan biri edi. Ularning fikricha, savod 
chiqarishning dastlabki yoʻli toʻxtovsiz rivojlanib borayotgan dunyo ilm-fanini 
qamrab olgan jadid maktablarini tashkil qilish edi. Faqiriy ham “Yangi maktablar” 
she’rida shunday qarashlarni badiiy jihatdan goʻzal satrlarda ifodalab beradi: 
Bilingkim, toza davron jarchisidur yangi maktablar, 

Jaholat qasrini ham buzgʻusidur yangi maktablar

Faqiriy ijodida yosh avlodni ma’rifatli qilish, xalqning savodxon boʻlishini 
koʻrish orzusi, pand-nasihatga alohida e’tibor qaratish asosiy oʻrin tutadi. U o’sha 
davrdayoq millat taqdiri, uning istiqbolini belgilovchi omillardan biri xalqning turli 
xil ilm-hunarlarni o’zlashtirishidan iborat ekanligini teran angladi.
Umrining ijtimoiy, adabiy faol kechgan so‘nggi davri ijtimoiy ruh, 
ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan Abdurazzoq Faqiriydan bizga boy 
adabiy meros qoldi. Bugun bizning oldimizda turgan vazifalardan biri ham Xiva 
adabiy muhitida alohida mavqega ega bo’lgan shoirlardan biri bo’lmish 
Abdurazzoq Faqiriyning lirik merosini to’laqonli o’rganish va uning ijodida 
yetakchilik qiladigan ustuvor g’oyaviy yo’nalishlarni belgilash orqali shoirning 


573 
ijodi bilan keng ommani tanishtirishdan iborat bo’ladi. Faqiriy ijodining 
o’rganilishi zarur bo’lgan qirralari juda ko’p. Uning adabiy merosi mazmuni 
jihatidan ham, hajmi jihatidan ham salmoqdor.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin