Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   431
Anjuman Boku (6)

“Feruzning huzurinda doimiy yetti-
sakkiz nafar go‘yandalar soz, tambur, g‘ijjak, bulamon mashq etib o‘ltiradurlar. 
Masalan: Muhammad Yoqub devon va Muhammad Yoqub pozachi, Avaz dorchi 
kabilar” [2].
Feruz saroyga shoirlarni to‘plab, ularga zamon ruhini talqin qiluvchi 
she’rlar yozish uchun sharoit va imkoniyat yaratib berdi. Ijodkorlarning har biriga 
Feruz o‘z qobiliyatiga qarab ijtimoiy vazifa ham topshirgan. Masalan, she’riyatda 
ko‘zga ko‘rinib qolgan, kuchli iste’dod egasi bo‘lgan Tabibiy saroy shoirlarining 


569 
sardori qilib tayinlangan. Doiy esa rostgo‘y va so‘zamolligi uchun masjidga voiz 
bo‘lgan. Qo‘rqmas va shijoatkorligi uchun Ko‘hna Urganchga hokim qilib 
qo‘yilgan Shinosiy go‘zal she’rlar yoza boshlaganidan keyin saroyga taklif etilib, 
vazirlikka tayinlangan [3]. 
 
O‘tmish shoirlarining ijodini o‘rganish, asarlar bitish, tarjima qilish keng tus 
oldi. O‘sha davrda she’riyat o‘zbek adabiyotida yetakchi janr edi. She’riyatda ijod 
qilingan asarlarda, asosan, zamon talabi bo‘lgan ishq-muhabbat, alam va iztirob, 
gul va bulbul, vasl va hijron o‘z ifodasini topardi. Lekin zamon ruhini, xalq dardini 
baralla kuylagan ko‘pgina ijodkorlar adolatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan 
she’rlari bilan mashhur edilar. Bu davrda hayot, inson erki va taqdiri 
muammolariga qiziqish har qachongidan ham kuchaydi, she’riyatda janrlar soni 20 
dan oshdi, tarixnavislik va tarjimonlik keng yoyildi. Bu yuksak saviyadagi muhit 
yosh Abdurazzoq Faqiriy dunyoqarashiga ijobiy ta’sir etdi. Uning shoirona 
hislariga turtki, serqirra iste’dod sifatida kamol topishiga asos bo‘ldi. Faqiriy 
qalbida adabiyotga nisbatan so‘nmas e’tiqod, mehr tug‘iladi. Juda yoshligidan 
boshlaboq, ziyrak, zehni tez Abdurazzoq Faqiriy she’rlar mashq qila boshlaydi.
Xiva xonligida hamda Xiva xoni Muhammad Rahimxon soniy – Feruz 
saroyida ijod qilgan 51 nafar shoirning hayoti va ijodi haqida qimmatli 
ma’lumotlarni bergan tarixnavis Hasanmurod Laffasiyning “Tazkirayi shuaro” 
asarida shoir Abdurazzoq Faqiriy ijodi yuksak baholanganligini aytib o‘tishimiz 
darkor. Abdurazzoq yoshligidan yuksak tarbiya topdi, she’rga, ilmga, musiqaga 
ko‘ngil qo‘ydi. Iste’dodli shoir, mug‘anniy va musiqa bilimdoni bo‘lib yetishdi. 
Zamondoshlari Ahmad Tabibiy, Laffasiy o‘z tazkiralarida uning hayoti va 
faoliyati haqida atroflicha ma’lumot beradilar. Uning shaxsini ham, iste’dodini 
ham yuksak baholaydilar.
Faqiriykim Maxsum qori erur, 

 
Ki ismi Abdurazzoq qori erur. 

 
...Qilibon yana sho‘x ash’orlig‘, 

 
Qilurdi naqshda xushyorlig‘ [4]. 
Biz Laffasiyning mazkur asariga tayanib shoir Faqiriy hayoti va ijodi haqida 
atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Xivadagi mana shunday adabiy muhit 
Faqiriyning yetuk shoir bo‘lib shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.
Savodini esa Xivadagi ibtidoiy diniy maktablarda chiqargan Abdurazzoq otasi 
Abdujabbor qoridan kalomullo tilovatini mukammal o‘rganadi. Otasi o‘z o‘g‘liga 
maktabdan tashqari vaqtlarda Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiy kabi mumtoz 
shoirlarning asarlarini o‘qib beradi, husni xatga o‘rgatadi. Faqiriy shundan keyin 
Xivadagi Olloqulixon madrasasida tahsil oladi. Sharq mumtoz adabiyotini 
o‘rganib, o‘zi ham she’rlar yoza boshlaydi. O‘z davrining mashhur xattotlaridan 
Xudoybergan Devondan ham ta’lim olgan Abdurazzoq ancha xushxattot bo‘lgani 


570 
uchun Feruz Muhammad Rahimxonga har turli bayozlar yozib, ma’lum muddat 
kotiblik vazifasini ham bajargan. Shoir, shuningdek, naqqoshlik hunarini ham 
mukammal darajada o‘rgangan. Laffasiyning “Tazkirayi shuaro” asarida agar 
Faqiriyning ishlagan naqshini ko‘rsalar, hatto naqqoshlik hunarining Aflotunlari 
ham unga shogird tushishni orzu qilishlari haqida haqqoniy baho berilgan.
Faqiriydan bizgacha ikkita devon yetib kelganligi haqidagi ma’lumotni 
filologiya fanlari nomzodi Valijon Mirzayev ham keltirib o‘tadi. Shoir devoni 
O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida “Devoni Faqiriy 
Xorazmiy” nomi bilan saqlanmoqda. Bu devonni shoirning o‘zi 1914-1915-
yillarda tuzgan. Shuningdek, “Daftar ul-ash’ori jadida” to‘plami shoirning 1923-
1924-yillardagi she’riy merosini o‘ziga jamlagan. Devonlarda ishqiy g‘azallardan 
tashqari, zamona adolatsizliklaridan, bevafo do‘st va yomon xulqli kishilardan 
shikoyat etilgan sermazmun asarlar bor. Shoir devonning kirish qismida o‘zi 
haqida xabar beradi. Bir masnaviy keltirib, o‘z ahvolining yomonligi va 
zamonaning nosozligidan shikoyat ham qiladi. Shunisi qiziqki, bu she’rning ayrim 
o‘rinlari Ogahiyning devonidagi kirish qismida ham uchraydi. Bu narsa Ogahiy 
bilan Faqiriyning ijtimoiy ahvolidagi muayyan o‘xshashliklar bilan izohlanadi.
Abdurazzoq Faqiriy juda ham qashshoq hayot kechirgan va shu bois 
dastlabki she’riy mashqlaridanoq “Faqiriy” degan taxallusni qo‘llay boshlaydi. Bu 
esa shoirning ijtimoiy ahvoli bevosita uning ijodiga ham ta’sir o‘tkazganini 
ko‘rsatadi. Shoir, ayniqsa, zamon ahlidan qattiq shikoyat qiladi. Odamlarda mehr-
oqibat degan tushunchalarning qolmagani, bu esa shoir ruhiyatiga chuqur ta’sir 
qilayotgani “Shoir o‘z ahvoli haqida” nomli she’rida quyuq bo‘yoqlarda aks 
ettirilgan: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin