Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Hamdamov U. Jahon adabiyoti: modernizm va postmodernizm. – 
Toshkent: “Akademnashr”, 2020. 288 b. 
2. Nazarov B. Ijodning jon tomiri. – Toshkent: “Tafakkur tomchilari”, 2022. 
624 b. 
3. Ramiz 
Rövşən. Nəfəs. Kitablar kitab
ı.
– Bak
ı:
“Qanun”, 2006. 706 s. 
4. Rustamova X. Ramiz Ravshan: Adabiyot insonni yolg‘izlikdan qutqaradi. 
Suhbat. //Kitob dunyosi. 2014. 
– №11. 
5. https://kh-davron.uz 


590 
AYRIS MYORDOKNING «QO’NG’IROQ (THE BELL)» ROMANIDA 
KOMPOZITSIYA VA OBRAZ MASALASI 
Gulbahor RASULOVA 
TTYeSI o’qituvchi-assistent 
 
Annotatsiya.
Maqolada zamonaviy badiiy adabiyotda kompozitsiya va obraz 
muammolari ko'rib chiqiladi. Muallif bu atamalarga ta’riflar berib, romanning 
o‘zini tahlil qilish orqali xususiyatlarini ochib beradi. 
Kalit so’zlar:
badiiy asar kompozitsiyasi, syujet, obraz, ekspozitsiya, tashqi 
kompozitsiya, ichki kompozitsiya, postmodernism. 
Аннотация.
В статье рассматриваются проблемы композиции и образа 
в современной художественной литературе. Автором даются определения 
данных терминов и раскрываются особенности с помощью анализа самого 
романа. 
Ключевые слова:
композиция художественного произведения, сюжет, 
образ, экспозиция, внешняя композиция, внутренняя композиция, 
постмодернизм. 
Annotation. 
The article deals with the problems of composition and image 
in modern fiction. The author gives definitions of these terms and reveals the 
features through the analysis of the novel itself. 
Key words:
composition of fiction, plot, image, exposition, external 
composition, internal composition, postmodernism. 
Manbalarda badiiy asar kompozitsiyasi, tuzilishi, syujet voqealarining 
tashkillanishi, obrazlar tizimining asar voqealaridagi oʼrni haqida koʼplab fikrlar 
aytilgan. Xususan, ingliz tilidagi bir manbada kompozitsiyaga quyidagicha taʼrif 
berilgan: “Composition - In its literary sense, any work of writing or a term 
denoting the technical make-up of a piece of writing, particularly in terms of style 
and effect. Textbooks on this subject distinguish four kinds of prose composition: 
exposition, argument, description and narrative” [1] (Kompozitsiya har qanday 
badiiy asar yoki biron-bir matnning shakliy tomonini bildiruvchi atama 
hisoblanadi. Manbalarda epik asar kompozitsiyasi metod va taʼsiriga koʼra 
quyidagi toʼrt turga ajratilgan: ekspozitsiya, dalil, tavsif, rivoya).
Demak, kompozitsiya badiiy asar qismlarini maʼlum bir ijodiy konsepsiya, 
yozuvchi badiiy niyati asosida birlashtirish sifatida olinishi mumkin. Masalan, biz 
tadqiq etayotgan romanda yozuvchi voqea-qahramon-voqea tamoyili asosida oʼzi 
mansub jamiyat obrazini turli vAZ I YAt, peyzaj, portret, nutq shakllari asosida 
shakllantiradi. Bunda muallif kompozitsiya nazariyasini puxta bilishi toʼla 
namoyon boʼladi. Shuning uchun voqealar maʼlum boblarga ajratib beriladi.


591 
Maʼlumki, roman kompozitsiyasi ichki va tashqi kompozitsiya degan 
koʼrinishlarga boʼlinadi. Tashqi kompozitsiya deganda badiiy asar (bu yerda 
roman)ning qism, bob va fasllarga ajratib berilishi tushuniladi. «Qoʼngʼiroq (The 
Bell)» romani esa 26 bobdan iborat boʼlib, har bir bobi nisbiy mustaqil mazmun va 
oʼziga xos shakliy mustaqilikka ega. Yaʼni unda personaj bilan bogʼliq vAZ I YAt, 
voqea-hodisa bayon qilinadi. Masalan, birinchi bob Dora Grinfild ismli ayolning 
ruhiy holati, xarakteridagi baʼzi qirralar va Imber Kortga kelishi bilan bogʼliq 
voqealar, poezda syujetga Jeyms, Tobi kabi yetakchi obrazlar ham jalb etiladi. 
Natiajada mazkur bob umumiy syujetning ekspozitsiyasi vazifasini oʼtaydi. Ichki 
kompozitsiya deganda esa syujet qurilishi, obrazlarning mantiqiy joylashuvi, 
badiiy kutq kompozitsiyasi kabilarningasardagi oʼzaro munosabati va joylashuvi 
tushuniladi. Zero, “Аdabiy asar kompozitsiyasi uning shaklini namoyon etuvchi 
birinchi belgi boʼlib, bu – tasvirlanayotgan birliklar va badiiy nutq vositalarining 
oʼzaro munosabati va muvofiqligi, asar elementlari, belgilarini qoʼshilish tizimi” 
hisoblanadi. [2] Darhaqiqat, yozuvchi roman badiiy kompozitsiyasini yaratar ekan 
oʼzini koʼpda ham sezdirmasdan, asosiy fikr va gʼoyalarini voqealar tasviri
personajlar nutqi, xarakteri, voqealarning mantiqiy asosligi kabi jihatlar bilan ochib 
beradi. Shu yerda romandagi voqealar tuzilishi yozuvchi mahoratidan darak beradi. 
Romanning boshidan oxirigacha voqeani faqat bir kishi tilidan yoki nuqtai 
nazaridan yoritmaydi. Balki uchta personajni sharoit taqazosi bilan ketma-ket 
birinchi planga olib chiqib bayon qiladi. Natijada romandagi kompozitsiya 
qurilishi anʼanaviy usuldan polifonik usulga koʼchadi. Bu esa romandagi nuqtai 
nazar kompozitsiyasiga ham turfalik bagʼishlaydi. Chunki modernizm soʼnib, 
jamiyatda postmodernizm gʼoyalari shakllanayotgan davrda, odamlar turmushida 
yangilikka oʼchlik, milliy qadriyatlarga murojaat, diniy urf-odatlarga qaytish 
kabiqator xususiyatlar aralash boʼlgan paytda, badiiy asarga olib kirilgan 
zamonaviy qahramonlar fikrlashi ham turlicha edi. Аyris Myordokning 
«Qoʼngʼiroq» romanida XX asr ingliz jamiyatining maʼnaviy qiyofasi aks 
ettirilgan. Аyonki, hech kimning maʼnaviy olami bir xil boʼlmaydi. Аna shu 
turfalik XX asrdagi kishilik jamiyatining kichik obrazi va obrazli ifodasi sifatida 
oʼziga xoslik kasb etadi. Unda asr oʼrtalariga kelib odamlar ongida milliy-diniy 
qadriyatlarga eʼtibor pasayishi oqibatida yuz berayotgan fojealar ustida fikr 
yuritiladi. Bu, avvalo, yoshlarning hayotda oʼz-oʼrnini topishga boʼlgan intilishlari, 
ikkinchisi, oila, sevgi muhabbat kabi yuksak maʼnaviy qadriyat sifatidagi 
tushunchalar insonda birdaniga shakllanmasligi, uchinchidan, diniy qadriyatlarga 
munosabatda ehtiyotkorlik boʼlish lozimligi, kishilik jamiyati shakllanishi uchun 
faqat ishonch va eʼtiqodning oʼzi kamlik qilishi kabi bir qator maʼnaviy 
muammolar turli voqea va vAZ I YAtlar, personjlarning bugungi va oʼtmishdagi 
harakatlari zamirida ochib berilgan. Ularni ifodalashda yozuvchi zamonasining 


592 
ilgʼor ijodiy metodlari prinsiplaridan kelib chiqqan. Natijada, mazkur romanida 
realizm metodi yoniga modernizm, mifopoetika, postmodernizm unsurlarini 
mohirlik bilan singdirib yuborilgan. Bu esa roman uslubidagi oʼziga xos tuzilishni 
taʼminlagan. Masalan, uchinchi bobda Dora va Pol yolgʼiz qolishganda, Pol 
monastir qoʼngʼirogʼining «qushday uchib tushib koʼlga choʼkib ketgani» haqidagi 
afsonani aytib beradi:
"This is a very old foundation, you know,' said Paul. 'There have been 
Benedictine nuns here on and off since the twelfth century. The present order is 
Anglican, of course, but still Benedictine. Anyhow, sometime in the fourteenth 
century, that was before the dissolution, the story runs that one of the nuns 
had a lover. Not that that was so very unusual I daresay at that time, but this order 
had evidently had a high standard. It was not known who the nun was. The young 
man was seen climbing the wall once or twice and ended up by falling and 
breaking his neck. The wall, which still exists incidentally, is very high. 
'The Abbess called on the guilty nun to confess, but no one came forward. 
Then the Bishop was called in. The Bishop, who was an especially holy and 
spiritual man, also demanded that the guilty one should confess. When there was 
still no response he put a curse on the Abbey, and as the chronicler puts it, the great 
bell "flew like a bird out of the tower and fell into the lake". [3] (Bilasan, ushbu 
ibodatxona qurilganiga ancha boʼlgan. XII asrdan bu yerda benedikt-rohibalar 
yashagan, albatta, ular ingliz millatidan chiqqan, ammo benediktliklar boʼlib 
qolishgan. 
Rivoyatda 
aytilishicha, 
tahminan 
XIV 
asrda, 
har 
qalay 
Reformatsiyagacha, rohibalardan biri sevib qoladi. Аniq aytishim mumkinki, oʼsha 
paytlarda bunday hol uchrab turardi. Biroq bu orden maxsus qatʼiy nizomga ega 
boʼlgan. Oʼsha rohiba kim ekanligi nomaʼlum, ammo qayd etilishicha yigit ikki 
marta devordan oshib oʼtgan. Oxir oqibat undan yiqilib boʼynini sindirib oʼlgan. 
Devor – ha aytgandek, hozir ham bor – juda baland. 
Аyollar monastirining boshligʼi zinokorni bir necha bor hidoyatga chaqirdi, 
hatto, u tavba qilgan, ammo hech ham aybini tan olmagan. Keyin yepiskopni 
chaqirishadi. Yepiskop avliyo va dami oʼtkir odam edi. U ham gunohkor ayol 
tavbasida oʼz aybiga iqror boʼlishini talab etadi. Аmmo bu gal ham hech kim na 
ayol, na yigit ochiq aybini tan olmagach, yepiskop monastirni qargʼaydi. 
Qaydnomada yozilishicha, shunda katta qoʼngʼiroq «minoradan qushday uchib 
koʼlga qulaydi»).
Pol va Dora suhbati orasida bayon qilingan ushbu rivoyat asosida yepiskop 
qargʼishi, qoʼngʼiroq qulashi va uning koʼlga choʼqib ketishi ostida voqealikka 
gʼayritabiiy tus beriladi. Natijada bayon kompozitsiyasida mifopoetik unsurning 
taʼsiri birinchi oʼringa chiqadi. Birinchidan, bu bilan ayol va uning sevgisi diniy 
nuqtai nazardan mutloqo kechirib boʼlaydigan voqea ekanligi orqali Doraga ham 


593 
ishora qilinadi. Ikkinchidan, oʼzini bir umr diniy yoʼlga bagʼishlagan ayol oʼzining 
tabiiy huquqi boʼlgan sevish va sevilishidan mahrum boʼlishi yovuzlik bilan 
tenglashtiriladi. Chunki oʼsha paytlarda qiz-juvonlarni turli ijtimoiy bosimlar 
(maslan, yirik yer-mulk egasi boʼlgan odam vafot etsa, merosi faqat oʼgʼillariga 
qolishi uchun ham qizi monastirga yuborishga majburlashgan yoki boqishga 
qiynalgan ota-onalar ham oʼz qizlarini monastirga topshirishgan) orqali ham oʼzlari 
monastirga kirib, bir umr ibodat bilan mashgʼul boʼlishgan. Bu esa realistik nuqtai 
nazardan xato sanaladi. Lekin voqeani Pol tilidan bayon qilinishi roman 
kompozitsiyasidagi Polning oʼrnini ham koʼrsatadi. Syujet voqealari Pol va uning 
oilasi atrofida yuz berishi, uning sanʼatni yaxshi tushunishi, xarakteri qatʼiy 
ekanligi kabilar jamiyatda nisbatan yetuk shaxslardan ekanligini bildiradi. Аmmo 
koʼpdan beri koʼrishmagan xotini bilan yolgʼiz qolganda Doraga rivoyatni soʼzlab 
berishi ortida uning Doraga nisbatan vasiylik, homiylik va biroz past nazar bilan 
qarashi ham seziladi. Demak, ikki oʼrtada yoshdan tashqari eʼtiqod, dunyoqarashda 
ham tengsizlik mavjud.
Umuman olganda, esa romanda ikki olamni solishtirish, ikki odamni 
qiyoslash, qoʼngʼiroq ikkitaligi, personajlarga doimo ikki yoʼldan birini tanlash 
imkoniyati berilishi kabi oʼrinlarda postmodernizmning eklektik xususiyati 
koʼrinadi. Masalan, yagona ideal yoʼqligi, qadimdan kelgan va yetuk sanalgan 
anʼanalar tizimiga qarama qarshi zamonaviy anʼanalar shakllangani, Dorani doimo 
ikkilanishi, voqealarni turli aspektdan bayon qilinishi kabi shular jumlasidandir. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin