Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ədəbiyyat 
1.
S.Mirvəliyev, R.Şakirova. Özbək ədibləri. – Daşkənd: “Qafur Qulam adına 
Ədəbiyyat və İncəsənət nəşriyyatı”, 2016 
2.
Mahmud Tahir. Yeni şeirlər. - Daşkənd 2018, 312 bet 
3.
Mahmud Tahir. Məndən məni soruşma. – Daşkənd: “Şərq” nəşriyyatı, 2007 
4.
https://tafakkur.net/mahmud-toir.haqida
 
5.
 
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-ozbek 
sheriyati/mahmud-toir-1952
 
 
 
RAMIZ RAVSHAN SHE’RIYATIDA INSON RUHIYATI TALQINI 
 
Muyiba OTAMURATOVA, 
Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ozarbayjonlik mahoratli ijodkor Ramiz 
Ravshan she’rlari tahlil qilinib, shoir asarlarida inson ruhiyati va qalb kechinmalari 


585 
talqini yoritib beriladi. Shuningdek, shoir ijodiga xos umuminsoniy g‘oyalar 
ifodasi teran aks ettiriladi.
Kalit so‘zlar: 
Badiiyat, mahorat, ruhiyat, obraz, ramz, tarjima, uyg‘unlik. 
Аннотация:
В данной статье анализируются стихи талантливого 
азербайджанского художника Рамиза Равшана, а также освещается 
интерпретация человеческой психики и эмоциональных переживаний в 
произведениях поэта. Также глубоко отражено выражение общечеловеческих 
идей, свойственных творчеству поэта. 
Ключевые слова:
Искусство, мастерство, дух, образ, символ, перевод, 
гармония. 
Annotation:
In this article, the poems of the talented Azerbaijani artist 
Ramiz Ravshan are analyzed, and the interpretation of the human psyche and 
emotional experiences in the poet's works is highlighted. Also, the expression of 
universal ideas typical of the poet's work is deeply reflected. 
Key words:
Art, skill, spirit, image, symbol, translation, harmony. 
O‘z she’rlari bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan ozarbayjonlik 
mahoratli ijodkor Ramiz Ravshan asarlari nafaqat o‘z yurtida, balki jahonning turli 
mamlakatlarida ham asl adabiyot ixlosmandlari tomonidan sevib o‘qiladi. 
Shoirning ijod namunalarini Xushid Davron, Karim Bahriyev, Ma’rufjon 
Yo‘ldoshev, Usmon Qo‘chqor, Xosiyat Rustamova kabi adabiyotimiz jonkuyarlari 
o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilganlar. Ramiz Ravshan she’rlari o‘zbek 
kitobxonlari orasida ham juda mashhurdir. Adabiyot til, millat, zamon, makon va 
inson tanlamaydi. Haqiqiy adabiyot tamomila umuminsoniydir. Ana shu 
umuminsoniylik Ramiz Ravshan she’riyatining-da bosh mezonidir. Uning 
yozganlarida go‘yo tuyg‘ular tilga kiradi. Shoir turli mavzularda qalam tebratadi, 
ammo bu mavzularning barini bir g‘oya – ezgulik g‘oyasi birlashtirib turadi. 
“Badiiy adabiyot uchun zamonning metrik-miqdoriy xususiyati emas, sifatli-
muammoli, dardl-orzuli, idealga bevosita aloqador xususiyatlari, ayniqsa, 
insonning qalbi, ruhi, ma’naviyati va tafakkurida o‘zgarishlar va yangilanishlar 
yasovchi jihatlari muhimdir. Bu o‘zgarishlar esa, pirovardida hayotni, jamiyatni 
yashash tarzini o‘zgartirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir eta oluvchi kuchi bilan 
qimmatlidir”. [2, 372] 
Ramiz Ravshan she’riyatida inson ruhiyati va kechinmalariga teran nigoh 
tashlanadi. Shoir asarlaridan o‘rin olgan o‘ziga xos timsollar, obrazlar, badiiy 
tasvir vositalari, ohorli poetik ifodalar va modernistik qarashlar uyg‘unligi bu 
she’riyatga sirlilik va joziba baxsh etadi. Uning asarlarida inson qalbi kashf 
etiladi. Inson ruhiyati tasviri masalasi, ayniqsa, shoirning “Ayriliq” nomli she’rida 
o‘ziga xos tashbehlar va kuchli badiiyat vositasida yoritib berilgan. Ushbu she’r 


586 
matnini tahrir qilishda ijod namunasini mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan 
adabiyotshunos Karim Bahriyev tarjimasiga tayandik.
Yana bir shaharda yuzma-yuz keldik
Nachora, boshqa bir shaharimiz yo‘q. 
Ehtimol, biz baxtli bo‘la olardik, 
Ehtimol, baxtlimiz, 
xabarimiz yo‘q. [5] 
Ramiz Ravshan she’riyati to‘laligicha tiniq tuyg‘ular she’riyatidir. Bu she’riyatda 
ramziy-majoziy xarakterdagi tasvirlar, badiiy ifodalar yetakchilik qiladi. Uning 
yuqoridagi misralarida ikki oshiq yuzma-yuz kelgan shahar timsoli aslida milliard 
insonlar orasida bir-biriga talpinib yashaguvchi, biroq ro‘para kelishdan 
cho‘chiguvchi yuraklar iztirobini aks ettiradi. Bu shahar keng ma’noda butun bir 
yer kurrasi ramzi. Oshiqlar uchun o‘zga shahar yo‘qligi ifodasi esa qismat bitigi. 
Ular o‘rtasidagi ayriliq bo‘lmaganda, ehtimol xushbaxt bo‘lardilar, ammo hozir 
shu ayriliqdan-da ehtimol, o‘zlari xabarsiz holda baxtiyordirlar. Axir bir shaharda 
(bir zamin va bir osmon ostida) suyukli insoning bilan birga nafas olishdan 
ortiqroq baxt bormi?! Zero, muhabbat tuyg‘usining o‘zi insonga berilgan eng oliy 
mukofot bo‘lib, u juda kam kishilargagina nasib etadi. Ayriliqdagi oshiqlar dilida 
esa ushbu tuyg‘u mujassam, demak ular chindan baxtiyordirlar. Mazkur she’riy 
parcha iste’dodli ozar adibi Vorisning “Umidlar intihoda o‘ladi” asari bobi uchun 
epigraf tarzida keltirilgan va qahramonlar ruhiyatini yoritish, ularning 
kechinmalarini ifodalashda kalit vazifasini o‘tagan.
Oradan shuncha yil o‘tib ko‘rganda – 
Taniy olmadim men, 
meni kechirgin. 
O‘ylardimki, sensiz o‘lib qolarman, 
Men o‘lmadim sensiz, 
meni kechirgin! 
“O‘lmadim…” – deyapman, ne bilay, axir, 
Ehtimol, men sensiz o‘lib qolganman, 
Qabrsiz, kafansiz o‘lib qolganman. 
Shoir lirik qahramon tilidan uzoq yillik ayriliqdan so‘ng yuzma-yuz uchrashuvda 
o‘z yorini tanimagani va uni yo‘qotgach o‘lishdan qo‘rqqan esa-da, hanuz tirik 
ekanligi uchun uning oldida uzr so‘raydi. Oshiq iqror bo‘lar ekan, o‘zining jisman 
emas, ruhan o‘lim topgani-yu, qabrsiz, kafansiz ko‘milganini bayon etadi. Ushbu 
misralarni o‘qir ekanmiz, beixtiyor taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripovning 
quyidagi satrlari xotiramizda jonlanadi: “Oh, qanday o‘lim bu sevgi o‘limi,
 
Unga na qabr bor va na janoza”. Ikki faylasuf shoir asarlari o‘rtasidagi 
mushtaraklik ayriliqning nechog‘liq og‘riqli ekanligini akslantiradi. Yuqoridagi 


587 
misralar ushbu ijodkorlar she’riyatiga xos badiiy tafakkur jilolarining adabiy 
ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Umuman, qardosh xalqlar adabiyotidagi 
uyg‘unlik va samimiyat, adabiyot orqali tillashish xalqlar va qalblar 
mushtarakligini ta’minlaydi.
Ramiz Ravshan “Ayriliq” she’rining keyingi bandida oshiq kechinmalarini 
shunday ifodalaydi: 
Ehtimol, biz unda ayrilmasaydik, 
Na men endigiydim, 
na sen endigi – 
Ayrildik, shaytonni kuldirdik unda: 
Bu yilning, 
bu oyning, 
bu kunidagi 
Mana shu ko‘chaning shu burchidagi 
meni ham, seni ham o‘ldirdik unda. 
She’rdagi “shaytonni kuldirganlik’ ifodasi betakror badiiy topilma bo‘lib, asar 
mohiyatini ochib berishda ko‘prik vazifasini bajaradi. Lirik qahramon ular o‘z 
fig‘onli ayrilig‘i tufayli shaytonni kuldirganliklaridan o‘kinadi. Qachondir o‘zlari 
qo‘l ushlashib, shodon o‘tgan ko‘chalardagi nurli xotiralarga nazar tashlar ekan
o‘sha ikki baxtiyor insonning qalbi va ruhini o‘ldirganlaridan afsuslanadi. Ammo 
bu holatga tushishda ular yolg‘iz emaslar: 
So‘limiz, sog‘imiz odamga to‘la, 
Qo‘l ushlashib erlar, xotinlar o‘tar. 
O‘zidan xabarsiz, 
umrida ming bor 
O‘zini o‘ldirgan odamlar o‘tar, 
Insonlar yuraklarida o‘z orzularini, o‘z tuyg‘ularini, ruhlarini o‘ldirar ekanlar, bu 
o‘lim shu qadar ayanchli bo‘ladiki, badandan tomchi qon, ko‘zdan tomchi yosh 
to‘kilmaydi. Yoshlar faqat yurakka tomadi. Atrofda to‘lib-toshgan insonlarning 
barchasi qachondir o‘z ruhining qotiliga aylangan. Shu sabab, ular bugun yasama 
tabassum ostida baxtdan mosuvo hayot kechirmoqda. Shoir asar pafosini kuchli 
qarama-qarshilik orqali yoritib beradi.
O‘tar o‘z qoniga botgan odamlar. 
Darvoqe, qon qani? 
Qon, axir, yo‘qdir… 
Hamma gunohkordir dunyoda, 
ammo 
Dunyoda hech kimning gunohi yo‘qdir. 


588 
Shoir yozganidek, aslida, dunyoda go‘zal tuyg‘ulari va qalblarini o‘limga mahkum 
etgan zotlar ko‘p. Bu olamda hamma gunohkor, ammo ular mudom o‘zini 
oqlamoqqa sabab topadilar. Shu bois, bu gunohlar ularni jismonan emas, ruhan 
qiynoqqa solishda davom etadi. Shoir lirik qahramonning o‘kinchini: “Bizsiz 
bitilmishdir bu tole, bu baxt” jumlasi orqali teran aks ettiradi. Insonning qismatga 
hokim emas, asir ekanligini yoniq bayon etadi. Shaxsning ruhiy iztiroblari va 
ayriliq fojeasini tamomila o‘zgacha yo‘sinda, mehr-u muhabbatdan yuz o‘girgan 
dunyoning charxi teskari aylangani kabi tasvirlaydi: 
Almashdi o‘rnini, balkim, qish-bahor, 
Qorishdi dunyoning shahari, kenti. 
Balkim, o‘z ichida o‘gay onalar 
O‘gay bolalarni ko‘tarar endi. 
Darhaqiqat, she’riy misralarda ifodalangan mzmun g‘oyat chuqur va g‘oyat teran. 
Bu olamda insoniyatni ezgulikka yetaklovchi yagona mezon – muhabbat barham 
topar va oshiqlar mudom ayriliqqa mahkum etilar ekan, barcha qimmatli narsalar 
o‘z qadrini yo‘qotib, yaxshi-yu yomon bir-biriga qorishib ketadi. Bu holatni daho 
ijodkor, o‘z vujudida asrayotgan farzandiga onaning va onaga farzandning o‘gay 
bo‘lmog‘i chizgisi orqali kuchli falsafiylik vositasida aks ettiradi. Shuningdek, lirik 
qahramon tilidan yorga murojaat qilar ekan, bu qorishiq olamda uning o‘zi uchun 
kim ekanligini anglamaydi va barchasini tartibga soluvchi, mukammallik baxsh 
etuvchi zotga takror-takror iymon keltiradi va: “Faqat Alloh bilar, kimimsan 
mening” – deya xitob qiladi. Shoir qismat qarshisidagi ojizlikdan oh chekayotgan 
oshiq iztiroblarini “Bizni kim ayirar bu ayriliqdan” misrasi orqali bag‘oyat ta’sirli 
tasvirlaydi. She’r yakunida lirik qahramon o‘zi qachonlardir ayrilgan va bir 
shaharda qayta-qayta yuzma-yuz kelayotgan, eslamoq og‘ir bo‘lgan nurli 
xotiralarini yodiga soluvchi malakka iztirob ila iltijo qiladi: 
O‘liksan, tiriksan, har nesan, to‘xta! 
To‘xta, hech bo‘lmasa, qo‘lingdan o‘pay… 
Degaysan: “O‘lganman men, o‘likni o‘pma…” 
Qo‘limning kaftida 
qo‘ling uvushar. 
Degaysan: “Xayringni bersin, qo‘limni o‘pma, 
qaragin, qo‘limdan qon isi kelar…” 
Ammo yori uning qo‘lidan ham o‘zini ming bor o‘ldirgan insonlar kabi qon hidi, 
ayriliq-u armon hidi ufurishini aytib, bu qo‘llarni o‘pmasligini iltijo qiladi. She’r 
boshidan oxiriga qadar insonning o‘z tuyg‘ulari va qalbi oldidagi mas’uliyatini 
bilmog‘i nechog‘lik muhim ekanligini anglatishga bag‘ishlangan. Ushbu badiiyat 
namunasida ijodkor ishq har qanday holatda ham go‘zal va muqaddas ekanligini 
donishmandona ifodalaydi. Shuningdek, ishq inson qalbini, uning ruhiyatini 


589 
soflikka, hurlikka, ezgulikka yetaklovchi, yuksaltiruvchi kuch ekanligini namoyon 
etadi.
Ijodkor o‘zbek adabiyoti vakilasi, shoira Xosiyat Rustamova bilan bo‘lgan 
suhbatda shunday ta’kidlaydi: “Shoirlik faqatgina dard chekish emas, azob 
tortganlarga hamdard bo‘lish hamdir. “Adabiyot hayotning ko‘zgusidir”, deydilar. 
Ammo u birgina hayotda ko‘rganlarimizni, eshitganlarimizni bitish, tasvirlash 
emas, hayotda yo‘qotganlarimizni badiiy taxayyulning quvvati orqali oppoq 
qog‘oz uzra qaytadan “tiriltirmoq”qa, yashatmoqqa urinishdir”. [4, 5] 
Darhaqiqat, asl adabiyot hamisha insonlar ruhiga, qalbiga malhamdir. Shoir 
tomonidan qalamga olingan she’rlar uning o‘zi ta’kidlagani kabi umuminsoniy 
dardlarga hamdardlik ruhida yaratilgan. Ijodkor insonlar va uning o‘zi ham 
hayotda yo‘qotganlarini ilohiy iste’dod va badiiy tasavvur vositasida oq qog‘ozda 
qayta jonlantirishga urinadi va bu orqali o‘zi kabi ko‘plab insonlar g‘amiga 
malham bo‘la oladi. Ramiz Ravshan mumtoz adabiyotdagi Fuzuliy an’analari, 
zamonaviy she’riyat tamoyillari va modernistik qarashlar ifodasini o‘z asarlarida 
mujassamlashtiradi. 
Ramiz Ravshan she’riyatida inson tuyg‘ulari, qalb kechinmalari, shaxs
ruhiyatidagi silsilalar turli obrazlar va keskin holatlar tasviri orqali yoritib beriladi. 
Shoir asarlari samimiy va soddaligi, falsafiyligi va umuminsoniyligi, muhabbat va 
ezgulikka yo‘g‘rilganligi bilan ahamiyatlidir. Uning ijodiga xos mavzular, 
obrazlar, ramzlar, g‘oyalar, mahorat va badiiyat uyg‘unligi ijodkor asarlarining 
mukammallligi va umrboqiyligini ta’minlovchi omillardir. Ramiz Ravshan asarlari 
markazida inson shaxsining ko‘ngil kechinmalarini ifodalash xususiyati yetakchilik 
kasb etadi. Uning she’riyatida inson ruhiyati teran talqin qilinadi va umumbashariy 
g‘oyalar mujassamlashadi. Shu bois, shoir asarlari hamisha o‘z e’tirofini 
topaveradi.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin