Key words and expressions : issue, word, definition, description,
interpretation, aphorism, rubai, form, content, sensible word, truthful word, good
word, few word, silence.
Hazrat Navoiy ijodiyotida va umuman, mumtoz adabiyotda So’z mavzusi
alohida e’tibor va e’zoz bilan qalamga olingan bo’lib, bu o’z falsafiy asosiga ega.
Adabiyot borliq dunyoning in’ikosi ekan, uning yaratilish asosida ham Allohning
birgina “Kun” – “Yaral” kalomi turgani ayni haqiqatdir. Bu Allohning buyuk
mo’jizasi bo’lmish Qur’oni Karimda va boshqa muqaddas manbalarda o’z aksini
topgan. So’zning mohiyati inson idrokidan-da yuksak bo’lib, Qur’oni Karimda
Yaratganning o’zi shunday marhamat qiladi: “So’zga quloq tutib, uning eng
go’zaliga (ya’ni najotga eltguvchi rost So’zga) ergashadigan zotlarga xabar bering!
Ana o’shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Va ana o’shalargina aql
egalaridir”[1.340].
Mazkur oyati karima So’zning Alloh taolo nazdida nechog’lik yuksak qadru
qimmatga ega ekanligini ko’rsatadi. Binobarin, adabiyotning asosida ham ana shu
ilohiy ne’mat turib, uning So’z san’ati sifatida e’tirof etilishi adabiyot
YAratganning buyuk mo’jizasi ekanligini tasdiqlab, uning barcha san’at turlaridan
mukarramligini namoyon qiladi.
Shu boisdan mumtoz adiblarimiz o’z
asarlarining avvalida hamd va na’tdan so’ng, albatta, so’z ta’rifiga ham o’rin
ajratishni o’zlarining muqaddas burchlari deb bilganlar. Va bu hol adabiyotimizda
595
an’ana tusini olgan.
Xususan,
Alisher
Navoiy
ham
«Nazm
ul-
javohir»asarining muqaddima qismida shunday so’zlarni bitadi:
“Haq subhonahu va taolokim, insonni soyiri maxluqotdin mumtoz va majmui ofarinishg’a sarvar va sarafroz qildi… Munga jihat sharafi nutq va