TURKIY FOLKLORIZMLARNING ZAMONAVIY O‘ZBEK
NASRIDAGI O‘RNI
Matnazarova Saida,
Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Isajon Sulton ijodi, xususan, uning
“Onaizorim” qissasidagi xalq og‘zaki ijodiga xos namunalar tahlil qilingan.
Qissada folklor vositalarining qo‘llanilishi shartli ravishda ma’lum guruhlarga
ajratilgan.
Kalit so‘zlar
:[Folklor, Isajon Sulton, "Onaizorim"qissasi, olqishlar]
Annotation
: In this article, Isajon Sultan's work, in particular, examples of
folk oral works in his story "Onaizorim" are analyzed. The use of folklore tools in
the story is conditionally divided into certain groups.
Key words
: [Folklore, Isajon Sultan, "Onaizorim" story, applause]
Аннотация:
В данной статье анализируется творчество Исаджона
Султана, в частности примеры, характерные для народных устных
произведений в его повести «Онайзорим». Использование фольклорных
средств в рассказе условно делится на определенные группы.
601
Ключевые слова:
[Фольклор, Исаджон Султан, рассказ «Онайзорим»,
аплодисменты]
Xalqimizning eng qadimiy hayotbaxsh milliy qadriyatlaridan biri folklor
san’atidir. Folklor asarlari ona diyorimizda yuksak madaniyatni bunyod etgan
ulug‘ ajdodlarimizning turmush tarzi, orzu-intilishlari, urf-odat va marosimlari,
an’analari-yu o‘zbekona samimiyatini bugungi rivojlangan zamon badiyatidagi
kishilik jamiyatiga bog‘lashning tarbiyaviy modeli hisoblanadi.
Har qanday yozma adabiyotning shakllanishida folklorning o‘z o‘rni va
ta’siri bo‘ladi. Zamonaviy o‘zbek nasrida turkiy xalqlar folkloriga, xususan, uning
turlariga, mifologiyasiga, etnofolklorizmlariga tez-tez murojaat qilinmoqda.
Istiqlol davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Isajon Sulton ijodida
ayniqsa, qadim turkiy folklorning turfa ko‘rinishlari doimo qalamga olinadi.
Ramzlar, timsollar tili bilan so‘zlovchi o‘ziga xos adib milliy qadriyatlarni, milliy
folklorni, milliylikni yuksak qadrlaydi
Isajon Sultonning yangi bir asari bilan tanishganigizda, u inson bilan yana
bir qadar qadrdon bo‘lib qolasiz. Yozuvchiga amin qadar yaqinlashganingiz on,
uning
daho
shaxs,
milliiy
qadriyatlarimizning
dono
bilimdoni,
xalq
donishmandligining barcha turlarini o‘z asarlari orqali avlodlar aro tashish
vazifasini mas’uliyat bilan o‘z zimmasiga olgan ma’naviyat kishisi ekanligiga
guvoh bo‘lasiz. O‘z- o‘zidan yozuvchi ertak va afsonalarning, miflarning bitmas-
tuganmas xazinasi bo‘lgan, ko‘pni ko‘rgan bobo va buvilarimiz qadar aziz bo‘lib
qoladi.
Har bir yozuvchi ijod davrining o‘z cho‘qqisi bo‘lgan ma’lum bir davri
bo‘ladi. Isajon Sultonning ijodi ayni bugungi kunda o‘z taraqqiyot cho‘qqisiga
yetgan. Yozuvchining qisqa yillar oralig‘ida juda ko‘p sermazmun asarlarining
ketma-ket chop etilishi va qalami o‘tkir adabiyotshunos-tanqidchilarning diqqat
markazida turishi bilan fikrimizni dalillaymiz.
Turkiy xalqlarga xos tarbiya, odob-axloq, ma’naviyat-u madaniyat,or-
nomus, g‘urur, sodda va samimiylik, mag‘rurlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik,
diyonat…Shu kabi qator ezgu sifatlarni uning asarlari qatiga sochilgan durlar
singari terib olaveramiz.
Yozuvchining “Onaizorim” qissasini o‘qiyotib kitobxon qissa so‘ngigacha
bir- necha bora yig‘lab, ko‘nglini yozib oladi. Bu asar Ra’no ismli o‘zi ham, umri
ham gul kabi o‘tgan kichik bir qizchaning beg‘ubor bolaligidan boshlanib, umri
poyoniga qadar bo‘lgan oddiy ammo buyuk hayotiga bag‘ishlangan. Asar
sarlavhasidagi “Onaizorim” istilohi dastlab Ra’no qizning onasiga ishora qilsa,
keyinchalik Ra’noning o‘zini anglatib keladi. Bu dunyoda taqdir charxpalagi
aylanishda davom qilar ekan, hamisha shunday bo‘lib keladi. O‘tkir Hoshimovning
602
“Dunyoning ishlari” qissasi haqida Said Ahmad “… Uni o‘qib o‘z Onalarimizni
o‘ylab ketamiz” -degan edi. Isajon Sultonning “Onaizorim” qissasini o‘qiyotib bu
e’tirof ushbu asarga ham to‘liq mos kelishini anglaymiz.
Asarda yozuvchi ko‘pgina o‘zbek folklori namunalaridan unumli va o‘z
o‘rnida foydalana olgan. Shartli ravishda “Onaizorim”qissasidagi folklor
namunalarini quyidagicha tasniflaymiz:
a) marosim va uning turlari, xususan, to‘y, aza kabilar aks etgan lavhalar
b) urf-odat va an’analar aks etgan lavhalar
d) xalq e’tiqodlar, diniy e’tiqodlar chorlovlar aks etgan lavhalar
e) duo va qarg‘ishlar, olqishlar aks etgan lavhalar
f) xayoliy yaratiqlar, dev, ajdar, ajina kabi tasavvuriy mahluqlar aks etgan
lavhalar
g) bolalar folklori o‘yinlari aks etgan lavhalar
h) xalq qo‘shiqlari, alla va yor- yorlar aks etgan lavhalar
Birgina qissaning o‘zida folklorning deyarli barcha ko‘rinishlarini aks
etishini Sharq xalqlarining azaldan xalq ijodiyoti bilan chambarchas bog‘liq
ekanligi bilan izohlash mumkin. Bu holat, ayniqsa, bizning yozuvchimizning
sevimli metodiga aylangan. Asarda o‘zbeklarning umri muqaddimasidan to
xotimasigacha bo‘lgan ibratli hayoti qalamga olinadi.U shu umri avvalini allalar
tinglash bilan boshlab, xalq o‘yinlari bilan yuzlashadi, bolalik osmonidagi hayoliy
mahluqotlar mavjudiyatidan hayratlanlanadi, katta bo‘la borib yor- yorlar
sohibasiga aylanadi, farzandli bo‘lgach chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq
marosimlarni, irimlarni o‘rganadi, yaqinlaridan ayrilgan mahalda esa marsiyalar
ham eshitish vaqti kelgan bo‘ladi. Bu qissada inson umri charxpalak singari
aylanishi tasviri uch avlod misolida yorqin akslantirilgan
O‘zbek folklorida olqishlarning ham bir qancha turlari bor.Olqish turkiy
tillarda “maqtash, sharaflash, yaxshi istaklar tilash” kabi ma’nolarni anglatadi. Bu
termin qadimgi oltoy turklari tilidagi “al” -sharaflamoq, yuksakka ko‘tarmoq,
maqtamoq fe’li o‘zagiga -qi buyruq mayli qo‘shimchasining hamda – (a)sh
harakat nomi suffiksining qo‘shilishi orqali yasalgan.
O‘zbek xalq olqishlari ijro o‘rni, vazifasi va poetik tabiatiga ko‘ra ikki katta
guruhga bo‘linadi:
1.An’anaviy marosimlar tarkibida ijro etiluvchi olqishlar;
2.Kundalik maishiy olqishlar. [2, 72]
Isajon Sulton nasrida olqishlarning har ikkala guruhiga mansub namunalari
uchraydi. Xususan, “Onaizorim” qissasida an’anaviy olqishlar tarkibiga kiruvchi
“dasturxon olqishlari” va “uchrashuv olqishlari”dan unumli foydalanilgan.
“Dasturxon olqishlari taom yeyishdan oldin va taomdan so‘ng aytiladi.
Kishilar dasturxon atrofida to‘planar ekanlar, dastlab turli-tuman ne’matlarni
603
yaratib qo‘ygan zot- Xudoga shukronalar aytadilar. Taomga qo‘l uzatishdan
oldin,albatta, “Bismillahir Rahmonir Rahim” kalimasi aytiladi va taom yeyishni
oiladagi Yoshi ulug‘ kishi boshlab beradi.Taomdan so‘ngi olqish ko‘pincha
dasturxonga baraka, kishilarga bitmas-tuganmas rizq, sihat- salomatlik kabi yaxshi
istaklar tilashdan iborat bo‘ladi” [2, 73]
“Onaizorim” qissasida folklorning marosim qo‘shiqlaridan, bolalar folklori
namunalaridan ham misollar keltirilgan:
“Chumoli chumoli-ya
Mayda chumoli-ya,
Chumolini uyasi,
Doshqozonni kuyasi,
Aqlli qiz, balli qiz,
Chiqaqolsin Ra’no qiz…”
El orasida qadimdan shunday ishonch va afsonalar bor: har bir chaqaloq
tug‘ilganda osmonda yangi bir yulduz paydo bo‘ladi. Mabodo qaysidir bir yulduz
so‘nsa, kimdir vafot etdi- degan qarash doim xalq orasida yuradi. Har kimning o‘z
yulduzi bo‘ladi deb ishoniladi kishilar orasida. “Onaizorim” qissasida ham yulduz
bilan bo‘g‘liq ushbu mifologik e’tiqod akslantirilgan. Unda yulduzga Baxt timsoli
sifatida qarash shakli mavjud: “Tunlari olislarda jivirlayotgan yulduzlarga ham
termular, ular nima uchun bu qadar olisdaligiga aqli yetmay, qaysi biri mening
baxt yulduzim ekan, deb o‘ylar edi.”
“Onaizorim” qissasida turkiy xalqlar o‘rtasidagi to‘y va aza marosimlari
bilan bog‘liq bo‘lgan marosim folklori ham batafsil izohlangan. Qissada xalqona
maqollardan ham misollar mavjud: “Xotin oqila bo‘lsa, ro‘zg‘or but, beaql bo‘lsa,
nobud bo‘ladi.” Bu maqol orqali ayollarning oiladagi o‘rni ko‘rsatib berilmoqda.
Bundan tashqari qissada qarg‘ishlardan ham namunalar keltirilgan: “Iloyo
betingni Xudo teskari qilsin” -deya salbiy qahramonga nisbatan ushbu qarg‘ishni
tanlagan.
Umri so‘ngida jannatlarni makon qilgan Ra’no haqidagi ushbu qissa Ona
mavzusida yozilgan barcha asarlar orasida yagona. Unda yozuvchi qadimiy
folklorning turfa ko‘rinishlaridan unumli foydalangan.
Dostları ilə paylaş: |