610
Necha guftora kelar durchi la’ling ey pariy paykar,
Rumuzi ishqdin so‘zla bana har lahza guftor et.
Chu ul mushkin salosil mehri dil kaminim jafo birla
Anga ey ishqi Majnun ko‘ngluma anjoq
griftor et.
V–– –– ––/V–– –– ––/V–– –– ––/V–– –– ––
mafoilun
/
mafoilun
/
mafoilun
/
mafoilun
Hazaji musammani solim
Bayt: 6
Misra: 12
Qofiya:
xabardor, nolai zor, griftor, takror,
guftor.griftor(radd ul qofiya)
Muraddaf g‘azal- et
Uchunchi baytda kelgan “griftor” maqtada ham qofiya bo‘lib kelmoqda. Radd
ul qofiya [8]( ar.:qofiyaning qaytishi, takror kelishi)
Xonning “Sabo,…” gʻazalida bir qarashda oshiqning dil izhoriga oid
tuygʻular ifodasi aks etayotganday koʻrinsa-da, aslida, obektiv voqelikka boʻlgan
estetik munosabat ifodasi bosh oʻrinda turganligini payqash qiyin emas.
Hazrat Navoiy g‘azalining har bir baytida lirik qahramon Saboga murojaat
qilgan bo‘lsa, Xon she’rida esa shohbayt - xusni matlada Saboga murojaat bo‘ladi.
Ikkinchi, uchinchi va oltinchi bayt- Ko‘ngilga, to‘rtinchi bayt- oshiq o‘z-o‘ziga,
beshinchi bayt Pariy paykar- mashuqaga murojaat qiladi. Bu aslida o‘ziga
murojaatdir. Ritorik murojaat- …mohiyati uslubiy jilolari shoirning murojaat
doirasining tabiati bilan bog‘liq.
[9.150]
Sabo bir lutf go‘rsaturmi dildora izhor et,
Yetur arzimni ul janona xabardor et.
.
G‘azal matlasidagi birinchi misrasida “go‘rsaturmi” so‘zida Fuzuliy tili aniq
ko‘rinib turibdi. (
yo‘x, dutting, elina, guftora, bana, ko‘ngluma, anjoq)
Matnda
“go‘starurmi”
tarzda yozilgan esada, ozarbayjon tilidan o‘girganimizda
“ko‘rsaturmi” tarjima qilinadi. Shuning uchun tabdilda “go‘rsaturmi” so‘zini
yozishga qaror qildik.
Sabo [10] –sahar paytida mayin, yoqimli esadigan shabada. Lirik qahramon
dardini aytmagan inson va jonzot qolmagach, oshiq tongda turib, saboga murojaat
qiladi, Sabo oliyjanoblik qilarmikin? Sabodan kutilayotgan iltifot bitta: oshiqning
holatini, chekayotgan iztiroblarini maʼshuqaga yеtkazish. Hijron tunida jabr
ko‘rgan Oshiq “holi” uning “g‘amlarining shiddati” ifodasida ochiq koʻrsatilgan.
Oshiq ko‘ngliga murojaat qilarkan. Shiddati kuchaygan jafo va g‘amlar bilan do‘st
bo‘lib qolganini nola qilib aytishini so‘raydi Maʼshuqa –
buni anglasa, oshiq
koʻngli tasalli topadi.
“Devoni xon Muhammad
Alixon”
O‘zR FA Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik
instituti fondi, 1808-raqamli
qo‘lyozma 2b, 3a
varoq.
611
Shabi hijrona yo‘x bir hamdamim erdi sitam,
Farog‘am shiddatin so‘zla ey dil nolai zor et.
Ahd-u paymon qilgan yor so‘zidan qaytganligi aniq. Bundan g‘am va ishq
savdosiga uchragan oshiq yorning zulfi orqali bundanda kuchliroq bog‘lanishi
oshiq uchun ozodlikdan ko‘ra baxtli bo‘lishini aytadi. Bu baytda qaytarish
san’atining go‘zal namunasini ko‘ramiz. …shoir olg‘a
surayotgan firning
emotsional ta’sir kuchini oshirish bilan birga, bu fikning nozik va yashirin
tomonlarini ham o‘quvchiga yetkazish uchun xizmat qiladi.
[11]
Giriftor so‘zini
ikki ma’noda qo‘llaydi. Baytdagi birinchi “griftor” uchramoq, ikkinchi “giriftor”
bog‘lamoq ma’nosini anglatadi.
Griftori g‘am savdoim ozodam taalluqdin,
Kamandi zulfig‘a mundin griftor et.
Muhammad Alixonning onasi Mohlaroyim Nodira ijodida ham “et”
radifli
g‘azal mavjud bo‘lib, unda shoira muhabbat Alloh taolo tomonidan insonlar
qalbiga solingan mangu yogʻdu ekanligini kuyladi va jigarbandiga nasihat
qilganday bo‘ladi:
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan muhabbat ixtiyor et!..
Muhammad Alixon esa shu fikrni davom ettitib: “o‘ziga murojaat qiliadi.
Sen ko‘nglingda ishq sirini saqlaganing uchun jahonni (dutting) egallading,
Muhabbat eliga bu muhabbat so‘zini takror so‘zlashini ayt”-deydi
Sani dil ishq sirrin asroyub eldin jahon dutting,
Muhabbat elina zohir qilib bu so‘zni takror et
Oshiqning dil iztiroblari soʻngsiz, adoqsiz.
U pariy-paykarga murojaat
qiladi. Yorning qizil labi ag‘yorlarga qaratilmasdan ishqning belgi, sifatlarini faqat
oshiqqa xabardor qilishini aytadi
Necha guftora kelar durchi [12.988] la’ling ey pariy paykar,
Rumuzi ishqdin so‘zla bana har lahza guftor et
.
Mazkur gʻazaldagi oshiq mumtoz adabiyotimizdagi boshqa oshiqlar bilan bir
nuqtada hamfikr va oʻxshash: u oʻz yoridan boshqa goʻzallardan qizg‘onadi.
Buning sababi ham yana yorning oʻzi – u goʻzallikda tengsiz, qiyossiz: Pariy
paykar faqatgina oshiqning o‘ziga so‘zlashini xohlaydi.
Bu baytda ham takrir
san’ati borligini ko‘ramiz. Guftor so‘zini baytning boshi va oxirida takrorlaydi va
ikki ma’noda qo‘llaydi.1- ag‘yor.2- xabardor
Chu ul mushkin salosil mehri dil kaminim jafo birla
Anga ey ishqi Majnun ko‘ngluma anjoq griftor et
Xon juda ko‘p she’rlarida Majnunga ishora qiladi. O‘zining “Laylov-u
Majnun” degan doston yozgani esa fikrimizga dalolat. (topilgan emas) Majnun
[13] — telba, devona, jinni demakdir.
Ishq, muhabbat yoʻlida devona boʻlgan
612
kimsa; savdoyi.
«Sharqdagi eng mashhur qahramonlardan. Qadimiy arab
manbalarining
shahodat berishicha, Majnun tarixiy shaxs bo‘lib, Arabistondagi
Bani Omir qabilasiga mansub bo‘lgan. Majnunning oshiqlik qismati haqida
Sharqda juda ko‘p rivoyatlar to‘qilgan. U Nizomiy, Dehlaviy, Navoiy kabi ulug‘
san’atkorlarning ijodida fojiaviy qahramon sifatida o‘rin egallagan». [14.359]
Ushbu gʻazalda qoʻllangan soʻzlar oshiq va maʼshuqa holatining oʻziga
xosligi va darajasini baholashning mezoni boʻlib xizmat qilmoqda. Savdoyi oshiq
ishqga shunday mubtalo bo‘lganki,
Majnun Sabo, Ko‘ngil, ko‘ziga ko‘ringanday
bo‘lib turgan Pariy paykar-mashuqa va o‘zi bilan o‘zi suhabtlashadi. Lirik
qahramon ishq yo‘lidan qaytmasligi, jafolar- yorning zulfidan kelayotgan mushki
anbar, sitamlar- yorning chin dilidan ko‘rsatayotgan mehri. Ollohga murojaat
qilgan oshiq ishqni yorning ko‘ngliga shunday bog‘lasinki, Majnun ko‘ngil yana
ham ishqqa mubtalo bo‘lsin.
Dostları ilə paylaş: