604
MILLIYLIKNI IFODALASHDA PEYZAJNING O’RNI
Shahnoza Jumanova,
Qo’qon Universiteti o’qituvchisi,
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya.
Maqolada peyzaj - hayotni aks
ettirishning muhim vositasi
sifatidagi ilk ko’rinishlari, adabiyotning turli xil metod vakillari tomonidan
qahramonlarning ruhiy holati, ular harakat qiladigan ekzotik olamni ko’rsatib
berish uchun aynan tabiat tasvirining ahamiyati haqida fikrlar keltirilgan.
Milliylikni ifodalashda peyzajning o’rni Usmon Azimning bir qancha she’rlari
misolida yoritib berilgan.
Kalit
so’zlar:
peyzaj,
sentimentalism,
romantiklar,
peyzaj
unsurlari,milliy ifoda, xalqona ohang, milliy ruh
.
Peyzaj hayotni aks ettirishning muhim vositasi sifatida birinchi marta
sentimentalizm va romantizm yo’nalishiga mansub ijodkorlar asarlarida qo’llanila
boshlandi. Sentimentalistlar odatda o’z qahramonlarini odamning ruhi va his-
tuyg’ulariga yaxshi ta’sir
qiladigan, shovqinli shaharga qarama-qarshi bo’lgan
sokin, osoyishta tabiat fonida ko’rsatdilar. Romantiklar o’z qahramonlarining
bo’ronli his-tuyg’ulari va ehtiroslarini ochib berish, qahramonlar harakat qiladigan
ekzotik olamni ko’rsatib berish uchun tabiat manzaralari tasviri – peyzajdan
foydalanganlar. Peyzajning ahamiyati esa realistik asarlarda eng ko’p namoyon
bo’ldi. Usmon Azim adabiyotga kirib kelgan davr adabiyotida realizm ruhi
hukmron edi. Shu jihatdan Usmon Azim she’riyatida tabiat manzaralari tasvirining
mo’l-ko’lligi bejiz emas.
Milliylikni ifoda etishda peyzaj har bir xalq she’riyatida juda muhim, ko’p
jihatdan eng markaziy va yetakchi ro’lni bajaradi.
Bir qishloqda yashaydi o’g’lon,
Oddiygina dehqonning o’g’li.
U boqadi olamga hayron,
Nelargadir to’ladi ko’ngli. [1, 31].
Usmon Azimning yoshlik yillarida yozilgan ushbu she’rida
shoirning
tug’ilish ibtidosiga guvoh bo’lamiz. Shoir she’rda qishloqda yashaydigan o’sha
o’g’lonni shoir qilgan o’zini o’rab turgan qishloqning tabiati ekaniga poetik urg’u
beradi. Bola oddiygina dehqonning o’g’li, olamga hayron boqadi, “zangor
osmonga qarab, bir zumgina qoladi qotib”, shunda zangor osmon dehqon
o’g’longa “nimanidir tortiq qiladi”. Bu uning shuuriga yuqtirilgan shoirlik iqtidori,
dunyoni poetik ranglarda ko’ra olish qobiliyatidir.
Ma’ragancha qirlarda qo’zi,
Dikir-dikir yugurgani on,
605
Ne uchundir lovullar ko’zi,
Titroq ichra qoladi o’g’lon. [1, 31].
Qishloq tabiatining go’zal va sodda manzarasi shoir qalbining ilk hayratlari
mevasidir. U quvonchdan hayqiradi, ba’zan “sharsharalar aqlini oladi”, sharshara
birdan nimanidir dehqon o’g’lonning jajjigina yuragiga soladi. Shunda shoir o’z
fikrini xulosalaydi, osmon va sharshara nasib etgan o’sha "nimadir”
jajji qalbda
talvasa boshlab, “tug’iladi shunda bir shoir, she’r misoli yuragi toza”, deya o’z
xulosasini tugallaydi. Ushbu tabiat tasviri qishloq makoniga tegishli va bu
milliylikni ifodalagan peyzajning bir namunasi deyish imkonini beradi.
Peyzaj
unsurlari har bir joyda bir xil, masalan Amerikada ham, O’zbekistonda ham bahor
bir xil, lekin peyzajdan foydalanishda milliy ifoda bor.
Osmonga ham otgum tosh,
Gunohkor bo’lsa quyosh.
Gunohkor bo’lsa quyosh,
Qaytib tushmagaydir tosh. [1, 42].
Bu she’rda lirik qahramonning tabiat bilan yaqinlashuvini kuzatamiz.
She’rdagi ta’kid biroz bo’rttirib ko’rsatilgan bo’lsa-da, unda lirik qahramon o’zini
tabiatning bir qismi sifatida bilishini, gunohkor bo’lsa, quyoshni ham ayab
o’tirmasligini bayon etadi. Keyingi bandda esa, osmon ham g’anim bo’lsayu, tosh
qaytib
tushsa ham parvo qilmaydi, “bir tosh tushsa tushibdi, tog’day boshimga
manim”, deb mag’rur turadi.
Usmon Azim she’riyatida shakliy-uslubiy izlanishlarining ijodiy davom
etganligi sababli ham yangi va yaxshi she’rlar dunyoga kelaveradi. Shoir ijodiy
eksperimentlardan cho’chimaydi. So’z san’atining keyingi rivoji yo’lida sezilarli
va muhim tajribalarini amalga oshiraveradi. Bu bilan o’zbek tilining poetik
imkoniyatlarini ham ko’p jihatdan ochib berishga muvaffaq bo’ladi.
Bahor kelsa podachi Bolta
Sigirlar yeb ketmasin deb, ilk boychechak boshida o’tirarkan,
Samarqandni bir ko’rmoqni istaydi.
(Uzoqda suvoriylar ufqqa ot qo’yar).
[1, 80-81].
“Armonsiz odam haqida hikoya” nomli ushbu she’rda oddiy qishloq
odamlarining mo’jaz va beg’ubor orzulari borligini, lekin ularni hayot o’z
yo’rig’iga yurgizgani – tirikchilik tashvishlari o’zi jo’n bo’lsa ham bajarish imkoni
bo’lgan kichik orzularni amalga oshishiga yo’l qo’ymasligi aks ettirilgan.
Bahordan keyin yoz keladi, yoz kelganda podachi Bolta “oshi halol”ini yig’ib
qaytarkan, “qishloq ko’chasida namozshom chog’i Samarqandni bir ko’rsam”,
deb yana xayol suradi. Kuzak kelganida podachi Bolta “huvillab kengaygan dala
qarshisida” go’yoki “qanotsiz qush kabi qayg’uli turadi” va hasrat bilan
“Samarqandni bir ko’rsam” deb pichirlaydi. Qish kelganida podachi Bolta “erta