Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Jalolov A. O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining rivojlanish jarayoni.
Filol.fan.dok... – Toshkent,1993.
2.Madaminov A. Zavqiy. – Toshkent, Sharq, 2003.
3.Pardaev Q. “Al-Isloh” va XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti. – Toshkent,
“Mahalla va oila”, 2021.
4.Shayxzoda M. Asarlar. Olti tomlik. Beshinchi tom. – Toshkent, Adabiyot va
san’at, 1973.
623
5.Qayumov A. She’riyat jilolari. – Toshkent, “O‘qituvchi”, 1997.
FUZULIYNING BADIIY MAHORATI
Shodiyor NORMURODOV,
Toshkent shahar Bektemir tumanidagi
290-maktab direktori, filolog.
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Muhammad Fuzuliyning badiiy mahorati,
shoir she’rlarida badiiy san’atlarning qo’llanishi, shuningdek, uning obraz
yaratishdagi o’ziga xos jihatlari borasida tahliliy fikrlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Obraz, kolorit, peyzaj, ta’zod, talmeh, husni ta’lil, adabiy
ta’sir, shohbayt, lisoniy, badiiyat.
Abstract.
In this article, analytical opinions about the artistic skills of
Muhammad Fuzuli, the retention of artistic arts in the poet's poems, as well as his
unique aspects in creating an image are givenю
Key words:
Image, color, landscape, literary effect, linguistic, artistic.
Аннотация.
В данной статье даны аналитические суждения о
художественных
способностях
Мухаммеда
Фузули,
сохранении
художественных приемов в стихах поэта, а также его своеобразии в создании
образа.
Ключевые слова:
Образ, цвет, пейзаж, литературный эффект,
языковой, художественный.
Turkiy adabiyot namoyondalarining badiiy mahorati shundaki, ular sharqona
andozalarni, osori aqiqalarni, milliylikni, ayniqsa, ta’rif-u tavsifni o’ta mohirona
ifodalay olganlar.
Atoyining nozik qochirimlari, Sakkokiyning tasvir unsurlari, Lutfiyning
soda tili-yu, Navoiyning shohbaytlarida sharqning rang-barang turkona jilolarini
his etamiz.
Fuzuliy she’riyati – ana shunday buloqlardan qonib, ularning haroratini
tuyib, ulardan ilhomlanib yaralgan nazm.
Muhammad Fuzuliy she’riyati bilan ana shu an’analarni munosib davom
ettirdi. Shoir so’zda, ifodada nozikta’bligi bilan o’ziga xos maktab yaratdi.
Fuzuliyning lisoniy imkoniyatlarida turkiy tilning bor jilolari ko’rinadi.
Shoir tashbehlarida yor vasfini, hijronni, sog’inch-u ayriliqni shu qadar
ta’sirchan ifodalar bilan beradiki, bu ta’rif-tavsiflar orqali nafaqat zohiriy, balki
botiniy go’zallik ham tasvirlanadi.
Fuzuliy g’azallarida, ayniqsa, ta’zod san’atining go’zal namunalaridan
uchratamiz:
624
Yor qilmazsa manga jabru jafodan qayg’ri,
Man anga aylamasam mehru vafodan qayri.
49
Yor menga jabr-u jafo qilmasa, men undan mehr-u vafoni darig’ tutmayman,
deydi lirik qahramon. Bu baytda jabr-u jafo bilan mehr-u vafo o’zaro jidlangan,
ya’ni qarama qarshi qo’yilgan.
Yo man ahota ilmukal ashyoa kullaho
50
Ha ibtido sanga mutasavvir, na intiho
51
Yuqoridagi baytda shir-u shakar san’ati, ya’ni ham arab tilidagi misra, ham
turkiy misra o’zaro hamohang tarzda qo’llangan.
Mazkur bayt bevosita ilohiy ishq bilan bog’liq bo’lib, lirik qahramon
yaratganga murojaat qiladiki, barcha ilmlarning egasi, sen na boshlangansan, na
tugaysan. “Qur’oni karim” dagi “Ixlos” surasida ham aytiladiki: “Olloh tug’magan
va tug’ilmagan. U yolg’iz, tanho bo’lgani uchun ham buyukdir”.
Bu baytda ibtido va intiho tushunchalari, ya’ni boshlanish va yakunlanish
o’zaro zidlanadi.
Muhammad Fuzuliy she’riyatida talmeh san’atidan ham samarali
foydalanadi.
Masalan: Ilm ganji, asosini ajdaho
52
Yoki:
Ya’qubda nishonai shavqing g’am-u alam,
Yusufda nash’a nazaring behjat-u baho.
53
Birinchi baytda Muso payg’ambarning asosini ajdahoga aylantirishga qodir
zot, keying baytda Yoqub va Yusuf payg’ambarlarning ham barcha kechmishlarini
yozgan deya talqin etiladi.
Yuqorida payg’ambarlar nomining keltirilishi orqali shoir talmeh san’atining
go’zal namunalarini yaratadi.
Ey o’lib me’roj burhoni ulluvi shon sanga!
Yera inmish ko’kdan istiqbol edub Furqon sanga.
54
Mazkur baytda esa biryo’la 2 xil san’atning omuxta qo’llanganini ko’ramiz.
1)
“Yer” va “ko’k” so’zlari o’zaro ta’zodni, ya’ni zidlikni bildirsa;
2)
“Furqon” so’zi – “Qur’on” ning yana bir nomi.
Shuningdek, baytdagi sen, ya’ni yaratuvchi zot, xohlasang, me’rojda,
samoga, falakka olib chiqa olasan va aksincha, xohlasang, “Qur’on”day buyuk
mo’jizani ko’kdan yerda tushurish qudratiga egasan, deyiladi.
Bunday betakror satrlarni Muhammad Fuzuliy she’rlarida juda ko’plab
uchratish mumkin.
Oshiqa shavqingla jon vermak ekan mushkul dagil,
Chun Masihi vaqtsan, jon vermak osondur sanga
55
Yuqoridagi baytda esa Iso Masih payg’ambarining nomini keltirish orqali
49
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 291-b.
50
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 28-b.
51
Ma’nosi: Ey limning butun narsalarini saqlovchi
52
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 28-b.
53
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 28-b.
54
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 32-b.
55
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 34-b.
625
talmeh san’ati yaratilgan.
Fuzuliy g’azallarida talmeh san’ati namunalari misolida, asosan, doston
qahramonlari nomi: Farhod, Shirin, Layli, Majnunlar va payg’ambarlar nomi ko’p
uchraydi.
Shoirning mashhur quyidagi shohbayti halihanuz o’z jozibasini yo’qotgan
emas:
Muqavvas qoshlaringkim, bo’sma birla rang tutmishlar,
Qilichlardirki, qonlar to’kmak ila zang tutmishlar.
56
O’smadan rang olgan tutashgan qoshlar qilichga o’xshatiladi. Go’yo ular
oshiqlarini o’ldiraverib qonlari o’zida zanglab qolgan qilichlarga qiyoslanadi.
Odatda, sharq she’riyatida ko’zlar – jallod deb tasvirlanadi. Ammo
Fuzuliyning mahorati shundaki, u ko’zlarni emas, aksincha, qilichga o’xshash
qoshlarni qotillikda ayblayapti.
Bu shoir badiiyatining gultoji deyish mumkin.Bunda husni ta’lil va tashbeh
san’ati qo’llangan. Chunki mashuqaning qotil qoshlar qonlar to’kib zanglagan
qilichlarga o’xshatilishi – betakror tasvir jozibasini ko’rsatadi.
Yoki yana:
Ko’zi yoshlularin holing na bilsun mardumi g’ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o’landan so’r,
57
Ya’ni ishqdan, hijrondan bexabar inson ko’z yoshlarini to’kayotgan oshiq
holini qayerdan bilsin axir.
Yulduzlar sayrini tunda bedor bo’lgan insongina bila oladi.
Shoir g’azallarida kitobat san’atidan ham mahorat bilan foydalangan.
Kitobat san’atida arab alifbosidagi harflardan ma’noni kuchaytirish uchun g’ozal
tasvirlar yaratadi.
Sandan bo’lubdur Ahmadi mursal maqomi qurb,
Taxsini “Yo” vu “sin” ila “To” vu “Ho”.
Yuqoridagi baytda esa Ahmad, ya’ni Muhammad alayhisalomning yana bir
nomlarini keltirib talmeh san’ati yaratilgan bo’lsa, «Yo» vu «sin» va «To» vu
«Ho» misralarida arab alifbosidagi harflarni sanash barobarida “Qur’oni Karim»
dagi ikki buyuk sura «Yosin» va «Toha» suralarini ham tilga oladi.
Bunday fuziliyona shohbaytlarni juda ko’plab kuzatishimiz, keltirishimiz
mumkin.
Ko’rinadiki, Muhammad Fuzuliyning nafaqat turkiy adabiyotda, balki sharq
adabiyotida ham o’rni bor. Shoirning betakror obraz yaratish mahorati, milliy
koloritning o’ta noziklik bilan she’rlarida singdirishi natijasida uning g’azallariga
o’ziga xos joziba kasb etadi.
Shoir yaratgan obrazlarda lirik qahramon o’ta nozik qalb egasi, nigohlarida
ma’no mujassam, dunyoqarashidan kelib chiqib didi ham juda nozik xilqat.
G’azallardagi ifoda yo’sinida esda qolarli o’xshatishlar, sifatlashlar,
qiyoslarni uchratasiz. Uning lirik qahramon haqida va uning yuzi, ko’zi, qoshi,
qomati, hatto yurishi ham o’z tasvir vasitalari bor. Bu tasvirlar o’quvchiga malol
56
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 116-b.
57
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 127-b.
626
kelmaydi, aksincha uning didini o’stiradi.
Qo’qon adabiy muhitida ijod qilgan ijodkorlar, ma’rifatparvar shoirlar
Muhammad Aminxo’ja Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat
g’azallarida ham ana shu nafasni his etasan. Ayniqsa, tabiat manzaralari – peyzaj
tasvirlarida bu yorqinlik aniq seziladi.
Garchi Fuzuliy ozarbayjon adabiyotining yirik vakillaridan sanalsa-da,
o’zbek adabiyotida ham uning adabiy ta’siri kuchli.
Navoiyday buyuk alloma bilan biz davrda ijod etgan shoir she’riyatini
turkona lutflarning eng nozik namunalari deyish mumkin.
G’azallarni o’qir ekansiz, ularda fuziliyona yondashuv aniq sezilib turadi.
Chunki shoir go’zallikni qalban his etadi, oddiy insonlar ko’ra olmaydigan
hodisalardan ta’sirchan tasvirlar yaratadi. U boshqa shoirlardan farqli o’laroq inson
hissiyotlarini tabiat bilan bog’laydi va peyzaj orqali chiroyli tashbehlar yaratadi.
Fuzuliy she’riyatining tili nafis, ifoda yo’sini yengil, tasvirlari hayratlarga
to’la nazm. Bu badiiyatning nozik jihatlari hali kata-katta ilmiy tadqiqotlarga
mavzu bo’lishiga ishonamiz.
Dostları ilə paylaş: |