Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom
nashriyoti, 28,32,116,127,291-b.
BOLALAR SHE’RIYATIDA SHAKL VA MAZMUN ORIGINALLIGI
Gulnoza ABDULLAYEVA,
FarDU o‘qituvchi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalar she’riyatining shakliy-mazmuniy
yangilanishlari Abdurahmon Akbar va Dilshod Rajab poetikasi, individual
uslubining o‘ziga hosliklari asosida geometrik figurali, raqamli va teskari
sarlavhali she’rlari tadqiqqa tortilgan.
Kalit so‘zlar:
Uslub, estetika, shakl va mazmun, so‘z san’ati, badiiy
mahorat, vizual poetika
Аннотация:
В данной статье исследуются формы и содержательные
обновления детской поэзии на основе поэтики Абдурахмана Акбара и
Дильшада Раджаба, а также стихотворение с геометрическими фигурами,
числами и перевернутыми названиями с учетом особенностей их
индивидуального стиля.
Ключевые слова:
Стиль, эстетика, форма и содержание, искусство
слова, художественное мастерство, изобразительная поэтика.
Annotation:
In this article the form and content updates of children's poetry
are studied based on the poetics of Abdurahman Akbar and Dilshad Rajab, and
627
their poems with geometric figures, numbers and reversed titles based on the
peculiarities of their individual style.
Keywords:
Style, aesthetics, form and content, word art, poetic skill,
visual
poetics.
Voqelikdagi har qanday narsa o‘zining tashqi ko‘rinishi (shakli) va shu
shakl orqali anglashilayotgan mohiyat (mazmun)ga ega. Shakl va mazmun
kategoriyalari umumfalsafiy xarakterda bo‘lib, ular voqelikni (narsani)idrok
qilishda muhim ilmiy abstraksiyalardir. Zero, shakl va mazmun tarzida bo‘lishi
shartli, negaki ular-yaxlit bir narsaning har vaqt birgalikda mavjud bo‘lgan va bir-
birini taqazo etadigan ikki tomoni. Shakl narsaning bevosita biz ko‘rib turgan, his
qilayotgan tomoni va aynan u bizga o‘sha narsaning nimaligini-mazmun
mohiyatini anglatadi. Mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun
bo‘lmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas. Boshqa har qanday narsa
singari badiiy asar ham shakl va mazmunning yaxlit birligidir. Badiiy asar
qimmatini belgilashda mazmun va shaklning o‘zaro muvofiqligi eng muhim
mezonlardan sanaladi.[1.56-59] Shunday ekan, shakl va mazmun masalasiga
birday e’tibor qaratish muhim. Bu hodisa bolalar adabiyoti, xususan, she’riyati
uchun ham asosiy me’zon sanalib, ijodkor ijodiy niyatidan kelib chiqqan holda
asarining shaklini, ifodalamoqchi bo‘lgan mazmunini belgilaydi. Shakl va mazmun
yaxlitligi kategoriyasidan chetga chiqmagan holda novatorona asarlar yaratadi.
She’riyatda yosh kitobxon e’tiborini avvalo shakl o‘ziga tortishligi sir emas, mohir
ijodkor ko‘zda tutgan mazmunni o‘sha shakllar doirasiga sig‘dirishi, ikkisiga ham
originallik baxsh etishi lozim. Bolalar she’riyatida eng muhim jihatlar so‘zda
aniqlik, shaklda ixchamlik, uning tafakkuriga mos mazmunni berishdir.
Olim E.Ochilov “...bolalar she’riyatining yutug‘i-falsafiy ruhining
kuchayganligi, shakliy-mazmuniy jihatdan izlanishlar olib borilayotganda...Hozirgi
bolalar she’riyati shakiy izlanishlarga ehtiyoj sezmoqda ... Abdurahmon Akbar
“Raqam-she’r”lar yozdi, Dilshod Rajab ham shunday izlanishlar olib bormoqda,
so‘zlarning imkoniyatlaridan foydalanib, narsalaning shaklini chizadi va ko‘z
oldingizda gavdalantiradi”[2.160],- deb ta’kidlab o‘tadi. Abdurahmon Akbarning
“Uyquchining tushlari” to‘plamiga kirgan “Rasmdan she’riy saboqlar”, “Raqamli
she’rlar”, “She’riy hikoyalar”, “Ismli she’rlar”, “Bir daftar savol”, “Xato she’rlar”
kabi she’rlari bolalar she’riyatida tub burulish yasadi. Rahmatulla Barakayev
shoirning bu izlanishlarini ijobiy baholaydi. “Abdurahmon Akbarning shakliy
izlanishlari ham e’tiborga molik. Bunday she’riy usul o‘zbek bolalar adabiyoti
uchun yangilik. Bu she’rlarning o‘ziga xosligi haqida fikr yuritilganda, dastavval
ijodiy izlanish mahsuli sifatida baholash joiz. Zero, yosh kitobxon she’r o‘qir ekan
hatto uning g‘ayritabiiy shaklidan ham zavq topadi”[3.
http://saviya.uz
]. Shoirning
628
she’rlari bolalarni fikrlashga, dunyoqarashini oshirishga, kashfiyotchilikka,
ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk bo‘lishga chorlaydi. Yangi davr o‘zbek
adabiyotida (kattalar adabiyotida) Faxriyorning “Geometrik bahor” turkumiga
kirgan she’rlari adabiyotimizda yangi hodisaga aylandi. Shoir she’r matnida turli
geometrik shakllar va grafik belgilardan muhim ifoda vositasi sifatida foydalangan.
D.Quronov “Geometrik bahor” turkum she’rlariga fikr bildirganda, uning ildizi
qadim o‘tmishga borib taqalishini va xattotlik yoki kalligrafiya san’ati
an’analarining davomi, uning rivojidagi yangi bosqich ekanligini aytib o‘tadi.
G‘arbda o‘tgan asr boshlaridan keng ommalashgan figurali she’rlar va
kaligrammalar kalligrafiya san’atiga borib tutashadi, F.Rable, S.Polotskiy,
G.Derjavin, L.Keroll va ko‘plab shoirlar ijod etgan, hamda fransuz shoiri Gyom
Apolliner grafik she’rlarning yangi bosqichidagi o‘ziga xos ko‘rinishini yaratgan,-
deb e’tirof etadi.[4.
Quronov.uz.]
Bu borada bolalar adabiyotida ham bir qancha yangilanishlar yuzaga keldi.
Xususan, bolalar she’riyatida Abdurahmon Akbar va D.Rajablar ma’lum bir
shakllar-figuralar yordamida rasmli she’rlar bitadi. Bu she’rlarda chuqur falsafiylik
aks etmagan, sababiki, bu she’rlar yosh kitobxon tafakkur tarzi, dunyoqarashiga
mo‘ljallab yaratilgan. Uning zamirida bolalarni kashfiyotchilikka chorlovchi,
tafakkur dunyosini kengaytiruvchi va estetik zavq beruvchi (kitobxon nimanidir
kashf qilganday zavqlanadi) holatni ko‘ramiz. Dilshod Rajab bu xususiyatlarga
qo‘shimcha ravishda insonga xos bo‘lgan xususiyatlarni narsa-buyumga
ko‘chiradi, tarbiyaviy vazifasini ilgari suradi, asar mazmunidan kelib chiqqan so‘z
harflari yordamida suratlari mahorat bilan chizadi. Shoir tarbiyaviy jihatni tasvir
orqali o‘quvchiga singdiradi, ya’ni an’anaviy g‘oyani yangicha shaklda namoyon
qiladi. Ma’lumki, bolalar narsa-buyum, ya’ni predmetlarning tashqi belgilariga
ahamiyat beradilar va ko‘pincha shu xususiyatlari ko‘z oldida gavdalanadi.
A.Akbar va D.Rajablar bolalarning bu jihatlarini alohida e’tiborga olgan holda
predmetlarning shaklini aks ettirib, novatorona she’rlar yaratdilar. Abdurahmon
Akbarning “Rasmdan she’riy saboqlar”[5.203] turkum she’rlari mushohadaga
chorlovchi saboqlardan iborat bo‘lib, so‘z va shakliy komponentlarni sinkretik
tarzda ifoda etadi va bu she’rlar shakily izlanishning samarasi sanaladi. Badiiy so‘z
sirli tarzda shakllarga, raqam va so‘z o‘yinlariga yashirinadi. She’r kompozitsion
jihatdan qismlarga bo‘lingan bo‘lib, har biri raqamlanib, saboqlarga ajratilgan.
“Saboq” deb atashiga sabab, ham shakllarni, ham rasm chizishni o‘rgatadi. Bundan
ko‘rinadiki, shoir bolalar she’riyatining ma’rifiy ahamiyatini unutmagan, faqat
shaklbozlikka berilmasdan bolalar adabiyotining barcha vazifalarini singdira olgan.
1-saboq
Chiz mana bunday uchburchak
629
Chiz yana bunday uchburchak
Ostiga tort uzun chiziq
Ustiga tort uzun chiziq
Chizgan rasming Norqo‘zi
Bo‘lar xatjildning o‘zi.
Shoir geometrik figuralarni ifodalab, kitobxonni fikrlashga undaydi. Bola
she’rni o‘qishi davomida so‘z yordamida tasavvurida surat chizadi, so‘ngida
“Xatjild” yuzaga keladi. Figuralar bolaning taasurotiga ta’sir etadi va uni o‘qish
davomida xatjild rasmini kashf qilganday zavqlanadi. She’rga bo‘lgan qiziqishini
yanada oshiradi. O‘quvchi bunday she’rlarni o‘qishi davomida go‘yo kodlangan
maxsus belgilarni kashf qilish bilan birga, o‘zi asarni qayta idrok qilib, yangidan
asar yaratadi. Ijodkor oldiga qo‘ygan bolalarni kashfyotchilikka, kreativlikka
undovchi maqsadini o‘ziga xos tarzda namoyon etib, unga erisha olgan. A.Akbar
misralarda figurlar nomini aytib, ostida ularning rasmini ham ko‘rsatib o‘tadi,
bunday tasvir usuli bolani geometrik shakllar va ularning nomi bilan tanishtiradi,
to‘g‘ri chizishni o‘rgatadi va bu holat fanlar integratsiyasini yuzaga
keltiradi.[6.560-565] Geometriya, rasm, adabiyot (so‘z san’ati) fanlarini
sintezlashtiradi, fanlar integratsiyasini yuzaga keltiradi, ko‘ramizki, bu adabiyotda
va ijodkor uslubiy mahoratida originallik sanaladi. Olim Izzat Sulton “Adabiy asar
mazmuning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning yangiligi (originalligi)dir.
Har bir katta-kichik asarda shu vaqtgacha adabiyotning tasvir doirasiga kirmagan
hayotiy material va tilga olinmagan g‘oyalarning mavjudligi badiiylikning asosiy
shartlaridan biridir”[7.71],-deya badiiy asardagi yangilanishlarga ijobiy fikr
bildiradi. Shoirning she’rlarida esa shaklda ham, mazmunda ham originallikni
ko‘ramiz. Jahon adabiyotida she’rni turli shakllarda berish yoki she’r tarkibida
ma’lum shakllarni keltirgan holda fikrlarni ifoda etuvchi she’riyat mavjud bo‘lib,
vizual she’riyat nomi bilan yuritiladi. Vizual she’riyat-
bu she'riy matnning bir turi
bo'lib, unda she’riyatning grafik tasviri va maxsus tavsiflovchi elementlardan
foydalanish muhim rol o'ynaydi. Qoidaga ko’ra matnning tashqi ko'rinishi
she’rning umumiy ma'nosiga hamohang bo‘luvchi qo‘shimcha semantik ma’noni
bajarib keladi. Yuriy Gik vizual she‘riyatga “adabiyot va an’anaviy tasviriy san’at
630
(rasm, grafika) kesishmasidagi badiiy janr” [8.
https://ru.m.wikipedia.org
.
],- deya
ta’rif beradi.
Dilshod Rajabning shakliy yangilanishlarga misol bo‘luvchi she’rlarida ham
tarbiyaviylik dominant belgi sanaladi. Uning “baxshi bola-yaxshi bola” to‘plamiga
kirgan “Musavvirning she’rlari”turkum she’rlari ham uslubiy izlanishning mahsuli
bo‘lib, kontekstda shoir ifodalamoqchi bo‘lgan narsa-buyum, holatni so‘zlar
yordamidagi tasviri beriladi. “Tanbeh” she’rida narsa-buyum detallari yordamida
she’rning g‘oyaviy funksiyasi yoritiladi. Unda shoir o‘z nutqi orqali haskashga
tanbeh beradi. Haskash misolida dangasa, ishyoqmas bolalar nazarda tutilgan.
To‘plaganing bor-yo‘g‘i [9.80]
Ikki uyum xas-xashak,
Darrov cho‘zilib olib
Yotganing ne, Xasxashak?
Shuncha yerni ag‘darib,
O‘tirmasdan yana, ko‘r.
Ishlayman, deb BELKURAK
Tikka turar, ana, ko‘r.
Ishlayman, deb B
E
L
K
U
R
A
K
T I K K A
U
N
R
A
A K
R O‘
She’rning o‘ziga xosligi shundaki, tasvir va ibrat majoziylashtiriladi, shoir
quruq pand-nasihat uslubidan foydalanmaydi, balki an’anaviy tarbiyaviy
mazmunga shakliy novatorlikni sintezlashtiradi. Xaskash o‘zi tik tura olmaydi,
doim yerda yotgan holda turadi, belkurak esa, yerga sanchib qo‘yilsa tik turadi.
Ushbu tabiiy holatdan jonli -holat manzarani yaratadi ya’ni tabiiylik jonli manzara
yaratishga sabab bo‘lgan. She’r yetti misradan iborat bo‘lib, so‘nggi yettinchi
misrada belkurakning harflardn yasalgan tasviri beriladi. Bunday ifoda usuli
yordamida yosh kitobxon ko‘z o‘ngida manzara jonlanadi, uning qiziqishlari
631
ortadi. Birinchi banddagi ikkinchi va to‘rtinchi so‘zlari “xas-xashak- xasxashak”
paronimlikni hosil qilgan, ya’ni talaffuzi bir-biriga yaqin, mazmuni va yozilishi har
xil, bu bolada so‘zni farqlash ko‘nikmasini hosil qiladi, xotirasida mustahkam
saqlanishiga sabab bo‘ladi.
O‘rganishlar asosida Abdurahmon Akbar va Dilshod Rajabning rasmli
she’rlari kitobxonni xayratga solishi, zavqlantirishi, bolaning tafakkuri-intelekti
bilan bog‘liqligi, ularning dunyoqarashi fikrlashlarini kengaytirishi, fanlar
integratsiyasi, voqellik asosida berilishi maktabgacha va ilk maktab yoshidagi
bolalarga mosligi bilan umumiylik kasb etadi. Shu bilan birga o‘ziga xos xususiy
jaihtlari ham mavjud bo‘lib, A.Akbarning shakllar asosida berilgan she’rlarida
quyidagi tendensiyalar ko‘zga tashlanadi.
a) shakllarning nomi muallif tomonidan aytib o‘tiladi va chizib ko‘rsatiladi.
Bu yosh kitobxonni geometrik shakllar komponenti bilan tanishtiradi, xotirada
muhrlanishiga sabab bo‘ladi;
b) geometrik shakllar she’r tarkibida boshdan oxiriga qadar beriladi;
c) yosh kitobxon muallif bilan birga harakat qiladi, berilgan topshiriqni
ketma-ket bajaradi va so‘ngida o‘zi kashf qilganday xursand bo‘ladi;
d) she’r buyruq ohangida bo‘lib, topshiriqni bajarishga undaydi va potensial
imkoniyatlarini, kashfiyotchilik jihatlarini oshiradi;
e) asarda narsa-buyum shakllari tayyor holda berilmasdan, bosqichma-
bosqich chizib boriladi va she’r so‘nggida yaqqol tasvir namoyon bo‘ladi, bu
bolaning qiziqishlarini yanada oshiradi, qiziqib she’rni oxiriga qadar diqqat bilan
o‘qiydi;
f) she’rning tarbiyaviy ahamiyatidan ko‘ra ma’rifiylik jihati, anglash va
ijodiy idrok konsepsiyasi dominantlik kasb etadi.
Dilshod Rajabning yuqoridagi she’rida esa quyidagi individuallik ko‘zga
tashlanadi.
a) she’rda asosan narsa-buyum, yoki holatning shakli so‘z yordamida
yasaladi;
b) so‘z yordamida berilgan tasvir she’rning oxirgi misrasida aks etadi;
c) muallifning o‘z harakati yordamida tasvir chizadi, o‘quvchiga buyruq
ohangida topshiriq berilmaydi;
d) she’r mazmunida tarbiyaviy funksiya yetakchilik qiladi.
e) narsa-buyum, holatlarning xususiyati majoziylik kasb etadi, bolaga o‘rnak
vazifasini bajaradi.
Originallikka asos bo‘luvchi raqamli, teskari sarlavhali, bosh harflar va
harflar o‘yini asosida yozilgan she’rlar ham bolalar adabiyotini bir qadar
yuksaltirdi. A.Akbarning raqamli she’rlarida misralardagi so‘zlarning ayrim
qismlari raqamlar asosida bergan bo‘lsa(
Dostları ilə paylaş: |