645
Borliq yorishib, inson yashashi uchun qulay qilib yaratildi. Olam paydo
bo’lganidan Odam alayhissalomni yaratib, unga jon ato etgunga qadar oradan
ma’lum bir muddat o’tgan edi (YUqorida keltirilgan oyatda ham ana shu muddatga
ishora qilingan). Ammo ana shu muddatda ham, insonsiz olamning zamirida ham
haqiqati Muhammadiya bor edi, uning javhari, mohiyatini tashkil etardi [7,12].
Me’roj oqshomi bo’lubon jilvagohida
To’quz sipehr na’li firoqig’a jabhaso.
Me’roj kechasi to’qqiz falak otining tuyog’i tuprog’iga aylandi.
Ushbu bayt
orqali Payg’ambarimizning Alloh huzuriga yuksalish voqeasiga ishora qilinyapt.
Xususan, Payg’ambar alayhissalom Madinaga hijrat qilishlaridan oldin Alloh u
kishini Isro va Me’roj martabasiga erishtirdi. Rasulullohning Makkadagi Masjidi
Haromdan Baytulmuqaddasga bir kechada borib kelishlari Isro deb, shu kuni
kechasi
osmonga chiqib, ruhiy olam bilan tanishib qaytganlari esa Me’roj deb
ataladi.
Yoronlarini har biri irfon safosidin
Durji xilofat ichradurur durri bebaho.
“Do’stlarining har biri ma’rifat huzuridan hissa olib, xalifalik sadafi ichra bir
bebaho durdir”.
Amiriy ushbu baytda tashbeh va husni ta’lilning go’zal namunasi orqali islom
olamida o’ziga xos o’rin qoldirgan choryorlarga ishora qilyapti. Payg’ambardan
keyin dastlabki to’rt xalifa islomning keng tarqalishiga asosiy rolь o’ynagan
kishilar edilar. Ular haqida Payg’ambarning hadislari ham bor: “Do’stlarim go’yo
yulduzlar singarilar. Qaysi biriga ergashsangiz, to’g’ri yo’lni topursiz”.
Keyingi bayt “xulafoyi roshidin” – to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi xalifalarning
avvalgisi sanalmish Abu Bakr as-Siddiq va undan so’ng xalifalik taxtiga o’tirgan
xalifalar orasida birinchi bo’lib Amir al-mo’minin nomini olgan kishi Umar
roziyallohu anhu haqidadir [8,1].
Bubakr sodiq erdi-yu, sidq etti oshkor,
Ummar adolat ayladi, zohir qilib saxo.
“Abu Bakr sodiq edi va o’z sidqini amalda ko’rsatdi, Umar saxovat ko’rsatib,
adolat qildi”.
Usmon erur kalomi Xudovand jome’i,
Ziynat topib sharofatidin sharm ila hayo.
“Usmon Haq kalomini jamlovchi bo’ldi, uning shafoatidan ibo va hayo ziynat
topdi”.
Manbalarning ko’rsatishicha, Usmon ibn Affon saxovat sohibi bo’lgan. U
kishi islomni qabul qilgach, o’z mol-mulki va davlatini bu yo’lga sarf eta
boshlaydi. Usmon haqida gap ketganda Payg’ambar: «Jannatda mening yo’ldoshim
646
Usmon bo’ladi» deganlari ham bu zotning yuksak
maqe-martabasidan dalolat
beradi [8,21].
Sheri Xudo, vasiyi nabiy, Murtazo Ali,
Duldulsavori arsai maydoni “lo fato”.
“Xudoning sheri, payg’ambarning vasiyatini bajaruvchi Ali Murtazo mardlik
maydonining duldul minuvchisi edi”.
Baytdagi “lo fato” so’zining ma’nosi – “Alidek jo’mard boshqa topilmas”
(hadis). Muhammad alayhissalom islomni keng yoyish niyatida Alini YAman
yurtiga jo’natadi, qo’liga bir qora bayroq ham tutqazadi. Ali bo’lsa qisqa bir
muddatda ancha yutuqlarni qo’lga kiritdi, u erlarga islomni tarqatishga va u er
xalqini musulmon qilishga ulgurdi.
G’azalning maqtasini Amiriy munojot aylab, shunday yakunlaydi:
Tuttum, Amir, umid iliki birla domane,
Mahshar kuni shafoat erur sandin iltijo.
“Men Amir umid qo’li bilan uning etagini tutganman – qiyomat kuni meni
shafoat qilishingni iltijo qilaman”.
Ma’lumki, Payg’ambarimizga ummatlarini shafoat qilish huquqi berilgan.
Xususan, Amiriy munojotlarda o’zining
behad gunohkorligini, ojizligini, Alloh
taoloning rahmati va mag’firatiga muhtoj ekanligini, Haqning lutfidan hech qachon
umid uzmasligini samimiy, chinakam so’zlar bilan bayon qiladi.
Har qanday devon Allohga hamd va Rasululloh alayhissalomga na’t
mazmunidagi g’azallar bilan boshlanishi zarurligini birinchi talab sifatida
keltiriladi va Amiriy devonidagi dastlabki to’rt g’azal
aynan Alloh hamdiga
bag’ishlanadi, keyingi uch g’azalda Rasuli akramga, sallallohu alayhi vasallam,
bo’lgan muhabbat izhor etiladi va eng asosiysi, ularda munojot ruhi yaqqol sezilib
turadi. Amiriy yuksak e’tiqodli inson bo’lib tarbiya topgan, hech qachon
Allohning zikrini unutmagan, Haqni sevgan musulmon o’z Robbisiga qanday iltijo
bilan o’tinsa, xuddi shunday yuksak maqomda o’z Parvardigoriga tobelik va qullik
izhor etgan. Islom dini aqiydasiga ko’ra,
tavba insonni poklaydi, gunohlari
Allohning huzurida o’chirilishiga, afv etilishiga sabab bo’ladi, yuksak maqomlarga
ko’taradi.
Dostları ilə paylaş: