Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


AMIRIYNING ILK HAMD G’AZALI TAHLILI



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
AMIRIYNING ILK HAMD G’AZALI TAHLILI
 
Musharrafxon IMOMALIEVA
O’zRFA doktoranti 
 
Annotasiya:
Maqolada Amiriyning turkiy devonidagi ilk hamd g’azal tahlilga 
tortilib, unda shoir she’riyatining irfoniy-tasavvufiy mohiyati yorqin aks etgani 
ko’rsatib beriladi. 
Kalit so’zlar: 
g’azal, hamd, tasnif, talqin, tahlil, an’ana, o’ziga xoslik, 
mahorat. 
 


640 
Husayn Voiz Koshifiy “Badoe’ ul-afkor fi sanoe’ il-ash’or” asarida she’rlarni 
mazmuniga qarab 12 turga ajratadi: tavhid (Alloh taolo hamdiga bag’ishlangan 
she’rlar), na’t (Muhammad rasululloh (s.a.v.)ga bag’ishlangan she’rlar), manqabat 
(sahobalar va avliyolar haqidagi she’rlar), asror (so’fiyona-orifona mazmunidagi 
she’rlar), midhat (madh) shular jumlasidandir. SHayx Ahmad Taroziyning “Funun 
ul-balog’a”da she’r navlarini 10 ga bo’lib, “har qaysida agar Tengri azza va jallaga 
hamd aytsalar, oni tavhid derlar. Va agar Muhammad Mustafo alayhissalotu vas- 
salomni vasf qilsalar, na’t derlar. Agar Tengri hazratinda tazarru’ qilsalar, munojot 
o’qurlar. Va xulafoi roshidinni ta’rif qilsalar, manoqib, manqabat va tamadduh
o’qurlar...” [2,32], – deb yozadi.
“Hamd” so’zi “Navoiy asarlari lug’ati”da maqtov, madh [3,763] deb 
berilgan. Islomiy aqidaga ko’ra, maqtov faqat va faqat Allohgagina loyiq, unigina 
maqtash mumkin va shart. SHundan ham ma’lum bo’lib turibdiki, bevosita Olloh 
ta’rif va tavsif etilgan g’azallar hamd g’azallar deyiladi. Hamd g’azallarning
aksariyatida shoir Alloh barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligini badiiy til 
bilan ta’riflaydi. 
Devon tartib berishda dastlabki g’azallarni hamd va munojot, na’t va 
manqaba mavzularida bitish an’anasiga Alisher Navoiy asos solgan bo’lib, bu 
haqda uning o’zi “Badoe’ ul-bidoya” devonining debochasida batafsil to’xtalib 
o’tgan. Albatta, Navoiydan oldingi turkiygo’y shoirlarda ham hamd va na’t 
mavzusidagi g’azallar uchraydi. Ammo ularning devonlari keng tarqalmagani bois, 
mazkur an’ananing sarchashmasi Navoiy devonlaridan boshlanadi, deyishga 
to’laqonli asosimiz bor. Alisher Navoiyning “alif” turkumidagi g’azallarning 
dastlabki 9 tasi hamd, munojot va na’t mavzusiga bag’ishlanganini e’tiborga olsak,
Amiriy she’riyati mavzusiga ko’ra asosan ishqiy yo’nalishda bo’lib, tabiiyki, 
ularda majoziy va haqiqiy ishq talqini o’zaro omuxta bo’lib ketgan. Diniy 
mavzudagi she’r va baytlar ozchilikni tashkil qiladi. Uning devoni “Avval ba nomi 
Xoliqi zuljudu val-ato”, “Zihi hamdi Xudovondoki, bordur Xoliqi ashyo...”, “Jahon 
vujudi vujudingdin o’ldi nopaydo...”, “Zihi, Sone’ki, andin bor o’lub olam aro 
ashyo...”, “Zihi, qudrat qilib bir amr ila kavnu makon paydo...”, “Nechuk 
hamdingg’a bo’lg’aykim qadimu lamyazal paydo...” misralari bilan boshlanuvchi 
hamd g’azallar va “Vasfing qilurda topti ko’ngul ko’zgusi jilo...”, “Batashrifil 
inoyat “Qad kasono mujid al-ashyo...” misrali na’t g’azallar bilan boshlanib, keyin 
ketma-ket ishqiy g’azallar bilan davom etadi va faqat oxirida “h” (hoyi havvaz) 
harfi bilan tugagan g’azallar ichida “YUzing Mushaf dedim, bo’ldim jamoling 
siridin ogah” misrasi bilan boshlanadigan na’t g’azal, “n” (nun) harfi bilan tugagan 
g’azallar orasida “Najot istar kishi shar’i nabida ustuvor o’lsun” misrasi bilan 
boshlanadigan diniy ruxdagi bir g’azal va ba’zi bir diniy mazmundagi baytlarga 
duch kelamiz. Amiriy ham alifbo tartibiga qat’iy rioya etgan holda, devonida


641 
hamd, na’t va munojot mavzusidagi g’azallarni alifbo tartibida joylashtirgan. 
Jumladan, devonning “fotiha g’azali”ning dastlabki so’zi “avval” bo’lgani va bu 
so’z “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman” ma’nosini beruvchi 
basmala oyati mazmuniga ishora ekanligini hisobga olib, mazkur g’azalni hamd–
basmala g’azal desak ham bo’ladi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin