643
ularning haqiqiy payg’ambar ekanini tan oldirish uchun mo’’jizalar beradi. Muso
alayhissalomga ham Alloh taolo ko’plab mo’’jizalar bergan. mo’’jizani Qur’oni
karim ba’zida oyat-alomat deydi. Bu oyatdagi ulkan alomatdan murod Muso
alayhissalomga berilgan katta mo’’jiza – qo’llaridagi hassaning ilonga aylanishidir.
Alloh taolo “Toho” surasida xabar bergan: "Musoga “Bandalarim ila kechasi
yo’lga tush, ularga dengizdan quruq yo’l och, etib olishlaridan xavf qilma va
qo’rqma”, deb vahiy qildik” (77-oyat). Muso alayhissalomning qissalari Qur’oni
karimda eng ko’p kelgan qissadir.
Ya’qub diydasin yoruq aylab nasim ila,
Ayyub mehnatig’a berib sabr ila davo.
Bir nasim bilan YA’qub ko’ziga nur ato etib,
Ayyub sabri tufayli
mashaqqatlari ajrini topdi. Mavlono YA’qub CHarxiy buyurganidek, “Balo –
Ilohiy imtihondir, kimki baloga sabr qilsa, Parvardigor inoyatidan benasib
qolmagay... Parvardigor Fir’avnga Misr podsholigini
imtihon tariqasida berdi,
alaloqibat shirkka yuz burdi, YUsufni YA’qub diydoridan benasib qildi, quduq
ichida ilohiy vahiy saodatiga musharraf ayladi va balolarga ko’rsatgan sabrining
mukofoti tariqasida Misrda aziz etdi” [7,78]. Ushbu
baytda YUsuf alayhissalom
voqeasi va uning otasi YA’qub alayhissalomning farzand dog’ida ko’z nuridan
ayrilishi-yu, “Sabr va metin” ramzi sifatida keluvchi Ayyub alayhissalomning
butun jismini qoplab olgan yaralardan sabru bardosh ila engib o’tganligiga talmeh
san’ati orqali chiroyli ishora qilingan.
Amiriyning ma’rifiy-badiiy hamdlari ruhiy-ma’naviy riyozat bosqichlari
Haqni tanish usulining asosi ekanligini badiiy ifodalashga ham qaratilgan. Hamd
g’azallarida har bir ma’naviy kamolot bosqichida solikning Haq sifatlarini tobora
ko’proq va chuqurroq anglab borishi, Iloh ma’rifatini
aynan qaysi nuqtagacha
ilg’ashi yaqqol tasvirlangan. Solik va Haq orasidagi munosabatlarni bosqichma-
bosqich tasvirlab borish, har bosqichda suluk ahlining ruhiy-ma’naviy jihatdan
yuksalib, Haqqa yaqinlashib borishi va xuddi shu jarayonda Haqning unga
munosabatini ma’rifiy
asoslash, gavdalantirish shoir hamd g’azallari mavzu va
g’oyalar olamining asosiy xususiyatidir. Kamolotga riyozat yo’li orqali boriladi.
Ruhiy-ma’naviy kamolot bosqichidan o’tish jarayonida jismning imkoniyatlari
qisqarib, ruhning yukasalishi uchun to’siq o’zlik (jism, nafs), “menlikdan nishon”
mahv bo’ladi. Natijada inson Iloh va Hayotning, ya’ni o’zining asl mohiyatini
anglaydi. Bu esa komillik mezonidir. SHuning uchun Amiriy hamd g’azallarining
qahramonlari oddiy mo’minlik darajasi bilan cheklanib qolmay, Haq siru sinoatiga
etishishga bel bog’lagan komil inson bo’lish ishtiyoqida
ishq olovida poklangan
oshiq, ilmi ilohiyda barchadan bilimdon orif, faqir, Haqdan o’zga narsaga
qiziqmaydigan majzublik holatidagi g’aniydir. SHariat hukmlari, Qur’oni karim va
Hadisi sharif asosida Olloh va uning cheksiz sifatlaridan xabardorlik, o’zining
644
mohiyatan shu qudrat sohibi bilan birligini his qilish natijasida oddiy hukmlar
ijrochisi bo’lish
bilan qanoatlanmay, ichki ruhiy hurlikka, ilmi g’aybga ehtiyoj
sezgan solik Amiriy hamd g’azallarining umumiy qahramonidir.
Dostları ilə paylaş: