Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Kulliyyot – 1. biror narsaning barcha juzvlarini o‘z ichiga olgan



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   431
Anjuman Boku (6)

3. Kulliyyot – 1. biror narsaning barcha juzvlarini o‘z ichiga olgan 
holati; 2. Yozuvchi – shoirning ko‘p asarlarini o‘z ichiga olgan to‘plam.
4. Kulliyyot – 1. bir turdagi narsalarning to‘plami; ash’or — she’rlar 
tshplami 2. hamma narsa; mudriki — bilag‘on, hamma narsani biluvchi. 
5. Kulliyot – 1. (arab. – to‘liqlik, bir butunlik; umumiy tushincha; fakultet.) 
– bir turdagi narsa (juzv) larning to‘plami, she’riy to‘plam. 
6. Kulliyot (arab. – to‘la, butun) – 1) muayyan adibning to‘la yoki asosiy 
asarlari to‘plami. Kulliyot adib ijodida xarak-terli ayrim janrlardagi asarlardan 
tuzilishi ham mumkin. Maye, «Kulliyoti qasoyidi Xoqoniy» («Xoqoniy qasidalari 
kulliyoti»). Kulliyotga shoir yoki yozuvchining hamma asarlari kiritilgan bo‘lishi 
ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Navoiyning Toshkent, Sankt-Peterburg, Parij va 
Istanbul kutubxonalaridagi Kulliyotlari mukammal emas. Ammo shoirning asosiy 
asarlarini o‘z ichiga olganligi uchun kulliyot deb yuritiladi. 
2) O‘n ikki maqom tizimiga mansub vokal musiqa asarlari turi. She’riy 
matnida nag‘malar yoki kuylar doirasi (advor annag‘am), o‘n ikki maqom, yigirma 
to‘rt shoʻba, olti ovoza va usullar doiralari (advori zurub)ning nomlari keltirilib
ular majoziy ma’noda maqom yo‘llarining tuzilish tartibini aks ettirgan. Maye, 
Kavkabiy, Tabibiy, Mutribiy asarlarida Kulliyot namunalari keltirilgan. Bu asarlar 
makom va shoʻbalarning ijro etilish vakti va o‘rnini ko‘rsatib turgan. 
7. Kulliyot (arab.) Bunday kitoblarda bir muallifning butun asarlari yoki 
ijod mahsulining katta bir qismi jamlangan. Kulliyotlar turkiy adabiyotda Alisher 
Navoiy asarlaridan tuzila boshlangan. Bu yumushni shoirning o‘z kotiblaridan biri 


660 
Darvesh Muhammad Toqiy amalga oshirdi. U 15 yuz yillikning 90-yillarida 
Navoiy bilan hamkolikda ishlab, uning kulliyotini ishlab chiqdi. Kulliyot besh yil 
davomida (1495-1500) kitob shaklida yakunlangan. Navoiy hayotligi chog‘ida o‘z 
nazorati ostida tuzilgan ushbu kulliyotga turkiy tildagi deyarli barcha asarlari 
(“Mahbubu-l-qulub” dan tashqari) jamlangan edi. Qo‘lyozma kitob hozir 
Istanbuldagi To‘pqopi – Revan kutabxonasidagi (808-ko‘rsatkichi ostida) 
saqlanmoqda.
Navoiy asarlari bo‘yicha keyingi yuzyilliklarda ham ko‘plab kulliyotlar 
tuzilgan. O‘zbek matnshunosligida bu an’ana 20 yuz yillikning boshlariga qadar 
davom etdi. Hozirgi kezda qo‘lyozma fondlarida mutafakkir asarlarining turli 
davrlarda tuzilgan kulliyotlarini uchratish mumkin. Ularga kiritilgan asarlarning 
soni ham har xil; to‘plamning tarkibi uni tuzgan kotib yoki buyurtmachining 
xohishi, davr ehtiyojidan kelib chiqib belgilangan.
Birini 1824-1830-yillarda kotib Abdurahim ibn Muhammad Fozil 
Qoshg‘ariy tuzib ko‘chirgan. Ushbu kitob hozir O‘zR FA Sharqshunoslik 
institutining H.Sulaymonov fondida (316- ko‘rsatkichli qo‘lyozma) saqlanmoqda. 
Ushbu nodir, ajoyib bezakli qo‘lyozmaga Navoiyning o‘n olti asari kiritilgan. 
Mazkur fondda Navoiyning turli davrlarda ko‘chirilgan yanv to‘rtta kulliyoti bor 
(526, 2589, 163, 1248- ko‘rsatkichli qo‘lyozmalar. 
Kulliyotning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha asarlar (nasr, 
nazm va h.) bir muqova ichida bo‘lishi lozim. Masalan, Navoiy kulliyotining 
Istanbul (1496-1497) nusxasi tarkibi quyidagicha: 1. Munojat. 2. Debocha. 3. 
Arbain. 4. Siroju-l-mustaqimin. 5.Nazmu-l-javohir. 6. Lisonu-t-ayr. 7. Nasoyimu-l-
muhabbat. 8. Hayratu-l-abror. 9. Layli va Majnun. 10. Farhod va Shirin. 11. Saba’i 
sayyor. 12. Saddi Iskandariy. 13. Gʻaroyibu-s-sig‘ar. 14. Navoduru-sh-shabab. 15. 
Badoe’u-l-vasat. 16. Favoyidu-l-kibar. 17. Majolisu-n-nafois. 18. Tarixi agbiyo va 
hukamo. 19. Tarixi mulki ajam. 20. Halati Sayyid Hasan. 21. Holati Pahlavon 
(Muhammad). 22. Vaqfiya. 23. Mezonu-l-avzon. 24. Xamsatu-l-mutahayyirin. 25. 
Muhokamatu-l-lug‘atayn. 26. Munshaot. 
Kulliyot so‘zi adabiy manbalardagi va adabiy istilohiy ma’nosi bu bir adib 
hayoti davomida ijod etib yaratgan asarlarni o‘zi yoki muxlislari tomonidan jamlab 
bir butun asar holatiga keltirilishidir. Kulliyotlar turkiy, arabiy va forsiy tillarda 
juda ko‘p yaratilgan. “Sharq kitobat san’atining yuksak, an’anaviy shakliga aylanib 
qolgan kulliyot buyuk shoir va adiblarning asarlari majmuasidan tuzilgan kitobdir.. 
Ushbu fikrlardan ham ma’lum bo‘lmoqdaki, kulliyotlar Sharq yozma manbalarida 
o‘ziga xos o‘rin egallagan.
Kulliyotlar har qanday yashab ijod etgan shoir yoki yozuvchilarning 
asarlaridan ham tuzilavermas ekan. “Zotan kulliyot, ko‘p qirrali porloq daho 
mahsuli va jahon madaniyati xazinasiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan barkamol va 


661 
hamisha barhayot asarlar majmuasi bo‘lgani uchun, o‘z asarlaridan kulliyot tuzish 
har kimga ham muyassar bo‘lavergan emas. Jahon kutubxonalarida saqlanib 
kelayotgan kulliyotlarning klassik namunalari Sa’diy, Hofiz, Amir Xusrav 
Dehlaviy, Jomiy, Bedil kabi zotlar asarlaridan tashkil topgan
58
. Shular singari 
badiiy ijod, ilm, fan, tarix, falsafa sohasidagi hamisha barhayot asarlari bilan 
ma’naviy madaniyat tarixida butun bir dunyo yaratgan Navoiy ham kulliyot 
sohiblari qatoridan joy olgan.” Bu fikrlardan esa, o‘tmishda yashab, ijod etib 
o‘tgan buyuk Ajdodlarimizning salmoqli meroslari haqida to‘xtalinmoqda. 
Sa’diyning Davlat adabiyot muzeyida №1 va №28 inv raqamlar ostida 
saqlanayotgan qo‘lyozma asarlarining ilmiy-managrafik tavsifi. 
“Qora va qizil siyoh bilan juda yaxshi ko‘chirilgan qo‘lyozma. Yirik 
asarlarning boshlanishida oltin suvi, qora va ko‘k ranglar bilan asar nomlari 
o‘rtasiga bitilgan juda chiroyli lavhalar bor. Har asar boshlangan birinchi sahifa 
zarhal va turli ranglar bilan chizilgan bezaklarga ega. 
Qo‘lyozma chiroyli, mayda nastaliq xati bilan sahifalarga qiyalatib bir ustun 
shaklida bitilib, atrofi zarhal va ko‘k rangli jadval bilan o‘ralgan. Arabcha sonlar 
bilan raqamlangan. Boshi va oxirida bir necha bo‘sh varaqlar bor. So‘nggi-443 
sahifada kolofon matni, kitob sohibining muhri bor. 
Muqovasi qizil rangli charmdan, oltindan o‘yib ishlangan naqshlari bor. 443 
varaq; 16X26,5. 
SVR, II, 78-82, №№ 926-933; VI, 215-216, № 4432-4433; VIII, 150-152, 
№ 5726-5727”. 
Yuqorida keltirilgan tavsiflardan ko‘rinib turibdiki, asarlar ancha mohirona 
ko‘chirilgan. 
Garchi, o‘lkamiz turkiy diyor sanalsada, o‘zga tillarda yaratilgan go‘zallikni, 
ezgulikni va pand nasihatni tarannum etgan har qaysi tildagi asarni huddi o‘z ona 
tilida yaratilgan asarlarni qanday sevib, o‘qib ta’sirlangan bo‘lsalar ana o‘sha 
asarlardan ham huddu shu zaylda foydalangan. Balki, bunga o‘sha vaqtlarda 
davlat idoralarida forsiy tildan foydalanilgani ta’sir etgandir. Bunisi bizga ma’lum 
ham va muhim ham emas. Huddu shunday, asarlari suyulib o‘qilgan adiblardan 
biri mashhur fors-tojik shoiri, adibi va mutafakkiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy 
(یزاريش یدعس) (1203 1292) yili Sheroz shahrida tug‘ilgan. Uning maqomi fors tojik 
adabiyotida juda yuksak bo‘lib, xususan, boy hayotiy tajriba asosida yaratgan 
«Bo‘ston» (1257) va «Guliston» (1258) asarlari unga olamshumul shuhrat keltirdi. 
Sa’diyni g‘azal janrining kashshofi va ustodi sifatida ham ulug‘lashadi, chunki 
ungacha forsiy sheriyatning yetakchi janrlari qasida, doston, masnaviy, qit’a va 
58
Firdavsiy va Nizomiy qo‘lyozmalari asosan dostonlardan iborat bo‘lgani uchun ular kulliyot deyilmay, 
«Shohnoma» va «Xamsa» nomi bilan atalib kelinadi. 


662 
ruboiy edi. Rudakiy, Sanoiy, Xoqoniy, Jamoliddin va Kamoliddin Isfahoniylar 
ko‘plab g‘azallar yozgan bo‘lsalar-da, ular qasida va qit’a xarakteriga ega bo‘lib, 
o‘zaro mustaqil alohida baytlardan g‘azal yaratish an’anasini Sa’diy boshlab berdi. 
U g‘azalchilikdagi o‘zigacha olib borilgan izlanish va tajribalarni rivojlantirib
g‘azalni takomilga yetkazdi, keyin Xusrav Dehlaviy, Hasan Dehlaviy, Xoju 
Kirmoniy kabi zabardast shoirlar uni yanada taraqqiy ettirib, Hofiz Sheroziyga 
yetkazdilar, Hofiz esa uni yuksak cho‘qqiga olib chiqdi. Sa’diy g‘azallari 4 
devondan iborat bo‘lib, ular «Tayyibot» («Latif g‘azallar»). «Badoe’» («Yangi 
g‘azallar»), «Xavotim» («Xotima g‘azallar») va «G’azaliyoti qadim») («Eski 
g‘azallar»)lardir. Bularning barchasini bir muqova ostida birlashtirilib “Kulliyoti 
Sa’diy” deb nomlanilgan. Shunday kuliyotlardan biri Alisher Navoiy nomidagi 
Davlat adabiyot muzeyida №1 inv. raqami ostida saqlanib kelinmoqda. Kulliyot 
tarkibiga adibning quyidagi asarlari kiritilgan: 
1 «Debocha» (1a-41a). 
2. «Guliston» (41b-110a). 
3. «Bo‘ston» (110b-200a). 
4. «Qasoidi forsiy» (200b-236a). 
5. «Al-tarji’» (236b-241a). 
6. «Kitobi tayyibot» (241b-325a). 
7. «Kitob ul-marosiy» (325b-330a). 
8. «Kitob ul-mullaot» (330b-335a). 
9. «Kitobi badoyi’» (335b-336a). 
10. «Kitobi xavotim» (336b-380a). 
11. «Kitobi g‘azaliyoti qadim» (380b-387b). 
12. «Sohibati Shayx Sa’diy» (387b-414b). 
13. «Kitobi muzohikot» (414b-421b). 
14 «Hazliyot» (421b-443a). 
Ko‘chirilgan vaqti-1048/1638 yil. Kotibi - نب ديعس بنذملا دبع Abdul Muznab 
Sa’id bin Ahmad.
223 
28 
YANA O‘SHA 
Qo‘lyozma 11 asardan tashkil topgan bo‘lib, joylashishiga ko‘ra, yuqoridagi 
nusxalardan farq qiladi.
Novvotrang Sharq qog‘oziga chiroyli nastaliq xati bilan ko‘chirilgan nusxa. 
Matn qora va qizil siyohlar bilan bir tekis qilib yozilgan. Atrofi turli rangli jadval 
bilan o‘ralgan. Ayrim sahifalarning hoshiyasidagi matn ham zarhal naqshlar bilan 
bezatilgan. Deyarli hamma asarlar juda chiroyli ishlangan lavhalar bilan 
boshlanadi. Poygirlari bor.


663 
Nusxa ko‘chirilgan sana ko‘rsatilmagan. Matniy belgilariga ko‘ra, XIX
asrning birinchi yarmiga mansub. Nuqsoni: 193, 194 va 197-sahifalar o‘rni 
almashgan, 1-sahifa ancha uringan, ayrim varaqlari yirtilgan, qo‘lyozmaning 
so‘nggi varaqlari hamda muqovaning ikkinchi qismi yo‘q. 
Muqovasi kartondan, ko‘k rangda, chetlari charm va naqshinkor. 386 varaq; 
16,5X27,5. 
224 
238 
«BO‘STON»I SA’DIY 
Ta’lim-tarbiyaga oid masnaviy shaklida yozilgan doston. O‘n bobdan iborat. 
Dostonda turli hikoya va badiiy lavhalar bor. Ular adolat, karam, rahm-shafqat, 
sevgi, yuvoshlik kabi xislatlarni targ‘ib etadi. Qiziqarli badiiy shaklda berilgan. Bu 
asar yana «Sa’diynoma» deb ham atalgan. 655/1257 yilda yozilgan. 
Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan vaqti 1027/1616 yil. 
Eski, yomon saqlangan qo‘lyozma. Ayrim varaqlari yo‘q. Oqish, Sharq 
qog‘ozida qora va qizil siyohlar bilan go‘zal nastaliq xatida yozilgan. Matn oltin 
ramka bilan o‘ralgan. Boshlanishida san’atkorona yasalgan lavha bor. Unda 
«Bismillo» so‘zi yozilgan. Muqovasi to‘q zangori rangdagi kartondan yasalgan. 
Tamg‘alari bor. Sahhof- Muhammad sahhof. 108 varaq. 7X13,5.
SVR, II, 83084, № 934-943. 
225 
56/IV 
YANA O‘SHA 
Yaxshi, to‘liq nusxa. Juda chiroyli nastaliq xati bilan novvotrang Sharq 
qog‘oziga qora siyoh bilan yozilgan. Sarlavhalari qizil rang bilan ajratilgan. Matn 
dastlab zarhal, keyin qizil rangli jadvalga olingan. Doston oltin suvi va turli ranglar 
bilan juda nozik ishlangan, muallif nomi tushirilgan naqshinkor lavh bilan 
boshlangan. Poygirlari bor. Ko‘chirilgan vaqti-1231/1816 yil. Kotibi: Muhammad 
Sharifbek. 126 varaq. (281b-410a); 17,5X26. 
226
389/II 
«GULISTON»DAN TANLANMALAR 
Muallifi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy. 
Ushbu kitob 2-6 sinflar uchun fors tilidan o‘qish kitobi tarzida tuzilgan. 
Kitobni tuzuvchi Sa’diyning «Guliston» kitobi va boshqa kitoblardan 
o‘quvchi bolalar uchun to‘g‘ri keladigan hikoyalarni tanlab olgan, bu hikoyalar 
matni uchun fors-o‘zbek tili lug‘atlari tuzib chiqqan. Kitob oxirida ( 44-50 sahifa) 
Kotib - Mullo Ortiq roqim. Noshiri - Muhammad Rasul Rasuliy.
Toshkent shahridagi «Gʻulomiya» bosmaxonasida 1229/1911 yillar chop 
etilgan. Nuqsoni: oxiri yo‘q. Muqova karton qog‘ozda, ta’mirlangan. 50 sahifa 
(sahifalangan). 25 varaq. 12,5X25. 


664 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin