Yuz ofarin so‘zingga “Lubbi lubob” ko‘rmay,
Arzi jamol etarmu oyina ob ko‘rmay?
668
Bu kitobning yaxshi muqaddima va hoshiyalar bilan nashr etilishi O‘rta Osiyo
va Eron madaniy tarixiga oid ko‘p qimmatli bir ma’xazning keng ilmіy tadqiqot
doirasiga kirishiga sabab bo‘ldi. [2, 60-61] [5, 29-39] [13, 302-303] [14, 9-10]
XIV asrda yozilgan biror-bir tazkirasi haqida ma’lumot bizgacha yetib
kelmagan. XV asrda Muhammad Tabodgoniyning “Tazkirat ul-habib”; Davlatshoh
Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”; Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” (7-
ravzasi), “Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds”; Alisher Navoiyning “Majolis un-
nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat shamoyim ul-futuvvat” tazkiralari vujudga
keldi.
“Tazkirat ul-habib” (“Do‘stlar tazkirasi”) – Muhammad Tabodgoniy (vaf.
1486) asari bo‘lib, tasavvufiy ruhdagi tazkira. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ni
tuzishda undan foydalangan.
Muallif haqida ma’lumot Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari 659-
fiqrasida berilgan: “Alar Shayx Zayniddin Xavofiy q. s. ning kibor xulafosidindur.
Zohiriy va botiniy ulumda komil. Qirq qo‘lg‘a yaqin irshod sajjodasi ustida istiqlol
bila mutamakkin erdilar. Dastur bu emishki, Shayx masjidida tarovihda si pora
Qur’onni bir xatm qilur ermishlar…” [5, 41] [15, 432-434] [17, 34-35]
Amir Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh al-Gʻoziy as-Samarqandiyning
(~839/1437-1495) forsiydagi “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asari
Alisher Navoiyning taklifi bilan 1487-yilda yozilgan va Navoiyga bag‘ishlangan.
Tazkirani Navoiy “Majolis un-nafois” asarida “Majma’ ush-shuaro” deb yuritgan.
Asar muqaddima, yetti tabaqa va xotimadan iborat: “Bu kitobni osmon tabaqalari
tariqasida yetti tabaqaga bo‘ldim, ki uning har bir tabaqasi yigirma fozilga mastur.
Va bu tabaqalarga muqaddima va xotima ham qo‘shdim”. Asarda 156 nafar shoir
haqida ma’lumot berilgan. Muqaddimada kitobning yozilish sabablari va 10 nafar
mumtoz arab shoiri qisqa satrlarda tilga olinadi. Tazkira tarixiy-zamonaviy
xarakterga ega bo‘lib, faqat tazkira xotimasida zikr etilgan mazkur olti nafar shoir
uning zamondoshlari bo‘lgan. Asarda XIV–XV asrlarda O‘rta Osiyo va
Xurosonning madaniy va siyosiy hayotiga oid ma’lumotlar ham bor. Keltirilgan
tarixiy ma’lumotlar ichida Eronda sarbadorlar harakati va ularning davlati
xususidagi faktlar diqqatga sazovordir. Sarbadorlar harakatiga bag‘ishlangan va
noma’lum shaxs tarafidan yozilgan “Tarixi sarbadoron” kitobi bizgacha yetib
kelmagan. Bu xususdagi ayrim, lekin qisqa ma’lumotlar Hofizi Abru, Abdurrazzoq
Samarqandiy, Muinuddin Isfizoriy, Mirxond va Xondamir asarlarida, shuningdek
mashhur arab sayyohi ibn Battutaning xotiralarida uchraydi. Lekin, Davlatshoh
keltirgan ma’lumotlar to‘la va kengroqdir. Davlatshoh o‘z asarini yozishda
o‘zigacha bo‘lgan tazkiralardan tashqari jug‘rofiy va tarixiy asarlarga ham
tayangan. Chunonchi, Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad al-Istaxriyning “Kitob
masolik val mamolik (“Yo‘llar va mamlakatlar haqida kitob”), Abdulhay
669
Gardiziyning “Zayn al-axbor” (“Ziynatlangan xabarlar”), Abulfazl Muhammad ibn
Husayn Bayhaqiyning “Tarixi oli Sebuktakin” (“Sebuktakin avlodining tarixi”) va
b. 1318/1900-yilda Xivada Muhammad Rafi’ ilk bor o‘zbekchaga o‘girgan,
keyinroq “Shoirlar bo‘stoni” nomi bilan qisqartirilib nashr qilingan.
Asar juda katta davrni (asosan IX–XV asrlar) o‘z ichiga olgan va asosli
materiallarga boydir. To‘g‘ri, har qanda ilmiy asarda bo‘lganidek, “Davlatshoh
tazkirasi”ning ijobiy tomonlari ham, nuqsonlari ham bor. Fikrimizcha, uning ijobiy
tomoni qariyb yetti asr ichida O‘rta Osiyo va Eronzaminda o‘tgan yirik shoirlarni
bir yerga to‘plab berganligidir. Uning nuqsonlariga kelsak, ba’zan yillar, u yoki bu
shoirning tug‘ilgan joyi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Masalan, XII asrda yashagan
Nizomiy Aruziy Samarqandiy haqida so‘z yuritib, uni “Vis va Romin” dostonining
muallifi deydi, qolaversa, Nizomiy Ganjaviy ham “Xamsa”dan oldin ana shu
nomdagi asar yozgan degan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi. Vaholanki, Nizomiy
Aruziy ham, Nizomiy Ganjaviy ham “Vis va Romin” degan asar yozgan emaslar.
Mazkur asarning asl muallifi Faxriddin Jurjoniydir. [5, 41-44] [13, 295-300] [16,
3-15] [21,7] [25, 62-64]
Abdurahmon ibn Nizomiddin Ahmad ibn Shamsiddin Nuriddin Jomiy (1414–
1492) qalamiga mansub fors tilidagi “Bahoriston” asarining 7-ravzasi 1487-yilda
Sa’diy Sheroziy ruhida yozilgan. Yettinchi ravzada 39 shoir haqida ma’lumot
berilgan. [5, 44-46] [17, 70-71]
“Majolis un-nafois” (“Nafislarning majlislari”) – Nizomiddin Mir Alisher
Navoiy (1441-1501)ning mashhur tazkirasi. 1491-92 yillari o‘zbek tilida yozilgan,
1498-yilda to‘ldirilgan. Sakkiz majlisda 459 shoir haqida ma’lumot berilgan.
Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib
joylashtirilgan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi,
mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida koʻrsatilgan. Har bir shoirga
berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan. Asar boshi kichik
muqaddima bilan ochiladi. Asar so‘ngida “Xilvat” sarlavhasi ostida Husayn
Boyqaro huzuridagi oliy majlislardan ikki lavha (birinchi lavhada Xusrav
Dehlaviyning hindcha she’rlari haqida, ikkinchisi hisorlik yosh shoir haqida)
keltirilgan.
Turkiy tildagi ilk tazkiraligi bilan ahamiyatli. Navoiy bu asarida o‘zi yashagan
zamonga yaqin shoirlar, o‘z zamondoshi bo‘lmish ijodkorlar haqida ma’lumot
bermoqqa harakat qilgan. Tokim ularning otlari o‘chib ketmasin. Har bir shoir
to‘g‘risida qisqa ma’lumot va uning she’rlaridan bir bayt nishona qilib o‘tilgan.
“Majolis un-nafois”ning Jomiy va Davlatshoh asarlaridan farqi ikki omil bilan
izohlanadi:
1. Jomiy va Davlatshoh, asosan, o‘tmish shoirlari haqida ma’lumot beradi.
Navoiy esa o‘ziga zamondosh bo‘lgan adabiyot ahllari haqida so‘zlaydi.
670
2. Jomiy va Davlatshohning asarlarida shoirlar asarlari yuzasidan tahliliy va
adabiy-tanqidiy mulohazalar kam. Buning ustiga, ularda ayrim tarixiy faktlar bilan
afsona va rivoyatlar qorishib ketgan. Navoiy esa faktik materiallarnigina bayon
qiladi hamda yozuvchilar haqida keng va izchil adabiy-tanqidiy mulohaza
yuritgan. Ma’lumotlar aniqligiga diqqat qaratgan. Taxminiy faktlarni alohida
e’tirof etgan.
Asarning 1-2-3-boblari xronologiya, 4-bob hududga, 5-6-7-8-boblar kasb-kori
va mansabiga qarab taqsimlangan. 1-majlisda 46, 2-majlisda 91, 3-majlisda 175, 4-
majlisda 72, 5-majlisda 21, 6-majlisda 31, 7-majlisda 22, 8-majlisda 1 nafar shoir
zikr etilgan. Tazkira umumiy kompozitsion tuzilishdan tashqari, undagi
majlislarning o‘zida ham ma’lum ichki tartib bor. “Majolis un-nafois” asari
ko‘pgina xususiyatlari bilan XVI-XIX asrlar davomida o‘zbek, tojik, ozarbayjon
va fors tillarida yozilgan tazkiralarga namuna – ibrat bo‘ldi. Sodiqbek Sodiqiyning
“Majma ul-xavos”, Malehoning “Muzakkir ul-as’hob”, Hasanxo‘ja Nisoriyning
“Muzakkir ul-ahbob”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy”, Lutf Alibek Ozariyning
“Otashkadai Ozariy”, Fazliyning “Majmuai shoiron”, Ahmad Tabibiyning
“Majmuai si payravi g‘azaliyoti Feruzshohiy” va “Majmuai si payravi
muxammasoti Feruzshohiy”, Po‘latjon domulla Qayyumiyning “Tazkirai
Qayyumiy” asarlari shular jumlasidandir. [2, 23] [5, 46-52] [17] [18, 222-230] [19,
21] [20, 536-546] [21, 203-209]
Tarixiy-irfoniy tazkiralarda atoqli mutasavvif va olimlar shaxsiyati,
dunyoqarashi va ijodiy merosini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularga “Tabaqot
us-sufiya” (Abdurahmon Sulamiy, X -XI asrlar), “Tabaqot us-sufiya” (Abdulloh
Ansoriy, X asr), “Tazkirat ul-avliyo” (Farididdin Attor, XII asr), “Nafahot ul-uns”
(Abdurahmon Jomiy, XV asr), “Nasoyim ul-muhabbat” (Alisher Navoiy, XV asr)
kabi tazkiralarni kiritish mumkin. Tasavvufning aksariyat tariqatlari markazi
hisoblangan Movarounnahr, Xuroson va Hindiston hududlarida maqomotlar ichida
Fariduddin Attorning “
Dostları ilə paylaş: |