675
Navoyining “Majolis un-nafois” asari an’analari davom ettirilgan.
Birinchi bob,
to‘rtinchi faslida “Amir Haydar Alisherning muqaddas yodi” sarlavhasi ostida
buyuk shoirning “Xamsa”si va turkiy g‘azallarining umumiy hajmi, forsiy tildagi
she’rlaridan parcha keltiriladi. Hasanxoja Nisoriy hazrat Navoiyni tushida ko‘rish
sharafiga muyassar bo‘lganligini va Navoiyning “Bizning ash’orimizdan biror
narsa yod bilurmisan?” - degan savoliga javoban quyidagi maqta’ni o‘qiganini
aytadi:
Ey Navoiy, sen kimu mehrob-u masjid istamak,
Qaydakim, xo‘blar ayog‘in qo‘ysa, sen boshingni qo‘y!
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiritilgan she’rlar orasida mazkur maqta’
bilan yakunlanuvchi she’r uchramaydi. Nisoriyning e’tiroficha, tazkirani
yaratishdan maqsad “…Amir Alisherning “Majolis un-nafois”idan keyin yuzaga
kelgan barcha fozillarning dongdor nomlarini bir bitik qaydiga kiritib va ularning
yoqimli nafaslari isini dimog‘iga yetkazish” bo‘lgan.
Xotimada muallif bobosi
Abdulvahobxoja, otasi Poshshoxoja, bir muncha vaqt Shayboniy Rustamxon
xizmatida shayxulislomlik qilgan Abdusamadxoja, ruboiynavis Shohxojalarga
to‘xtalgan.
Nisoriy o‘zining tazkirasida, oz bo‘lsa-da, tarixiy ma’lumotlarni ham
keltirgan.
XVI asr Movarounnahr, Xuroson va Hindiston kabi oʻlkalar adabiyoti,
madaniyati, tarixi va ijtimoiy tafakkuri hamda musavvirlik, musiqa, xattotlik,
miniatyura kabi san’atning turli yo‘nalishlari haqida maʼlumotlar olishda muhim
manba boʻla oladi.
“Muzakkiri ahbob”ning hozirgacha jahon kutubxonalarida saqlanayotgan 14
ta qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Shundan muallif hayotligida ko‘chirilgan 5 tasi
OʻzR FA ShI da saqlanadi. [2, 65] [5, 70-75] [11, 64-66] [21, 8] [29, 46] [30] [31,
11-13]
“Nafois ul-maosirot” (“Hozirgi nafis shoirlar”) –
Aloud-davla ibn Yahyo
Sayfi Husayniy tomonidan XVI asrning 70yillarida fors tilida Hindistonda
tuzilgan. Markaziy Osiyodan Hindistonga borib, boburiylar saltanatida turg‘un
bo‘lib qolgan adib va olimlar haqidagi ma’lumotlar jamlangan.
“Ruzi ravshan” (“Ravshan kun”) – Muhammad Muzaffar Husayn Sabo ibn
Mavlaviy Muhammad Yusuf asari. Hindistonda boburiylar davrida tasnif qilingan.
Ayrim manbalarda “Tazkirai Husayniy” deb yuritiladi. [5, 76]
“Gulshani shuaro” (“Shoirlar gulshani”)
– Ahmad Mehdiy Ahdiy
Bog‘dodiyning (v.1593) turk tilidagi asari (1564-93). Muallif qariyb 30 yil
davomida tazkirasi ustida ishladi.
Tazkira
muqaddima, uch ravza va xotimadan iborat bo‘lib, 381 shoir haqida
ma’lumot berilgan. Shunday 147 shoir Bog‘dod turklaridir. Asarning ayrim
nusxalari uch ravzali, ayrimlari to‘rt ravzali. [5, 76-78] [32]
676
“Mashoyir ush-shuaro” (“Shoirlar mashoirasi”) – Oshiq Chalabiy (1520-
1571) asari (1568). Asar turk tilida bo‘lib, 425 shoir ijodi haqida ma’lumot
beruvchi tazkira muqaddimasida muallif – zaboni turkiyning dostonsaroyi, fasohat
bulbuli, ya’ni Navoiy ja’m etdugi “Majolis un-nafois”ki,
hajlai nozi kavoibi
aro‘isdur”,-deya Navoiydan so‘z ochadi. Va davomida 1481-yilda taxtga chiqqan
Sulton Boyazid II (1447-1512)ga Navoiy yuborgan 33 g‘azal va sultonning amri
bilan ularga nazira yozishni Ahmad Poshoga topshirgani aytilgan. Tazkira arab
alifbosi tartibida asosida shakllantirilgan. [5, 79] [33]
“Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) – Hasan Chalabiy Xinolizoda
(1546-1604) asari (1585-1586). Turk tilidagi ushbu tazkira muqaddima,
sulton
shoirlar, shahzoda shoirlar va asl shoirlar tarzida uch fasldan iborat. Uslubi og‘ir
va g‘oyat san’atkorona yozilgan bu asar 640 shoir va adib haqida. [5; 82, 85] [34]
“Majma’ ul-fuzalo” (“Fozillar to‘plami”) – Xoja Muhammad Orif Baqoiy
Buxoriy-Andijoniy asari bo‘lib, hijriy 990-yil oxirida (1582-yil dekabrda)
Andijonda shayboniy hukmdorlaridan Isfandiyor bin Xusrav bin Yormuhammad
bin Jonibek Sulton taklifi bilan yozila boshlagan, 1003-1005 (1595-1597) yillari
Hindistonda Akbarshoh davrida nihoyasiga yetkazgan.
Muallif asli Buxoroda
tug‘ilgan, Mushfiqiyning shogirdi bo‘lgan. Asarning yagona nusxasi Pokistondagi
Laxo‘r universiteti kutubxonasida saqlanadi. Bu tazkira afg‘onistonlik olim
Abdulhay Habibiyning “Nusxahoyi xattiy”, A.Naqaviyning “Tazkiranavisi dar
Hind-u Pokiston”, eronlik Gulchin Maoniyning “Tarixi tazkirahoyi forsiy”
asarlarida tavsiflangan.
“Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) – Sayliy Samarqandiy asari. 1580-
yillar atrofida yozila boshlangan. Muallif homiy izlab, Kobulga boburiy
Muhammad Hakim Mirzo bin Humoyun podshoh huzuriga yo‘l olgan. Asar
tugallanishi arafasida Sayliy vafot etgan. Bu tazkiranavis haqidagi xabar Mutribiy
Samarqandiyning “Nusxayi zeboyi Jahongir” tazkirasida berilgan. Taxminimizcha,
asar XVI asr ikkinchi yarmidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Sayliy
tazkirasining keyingi taqdiri ilm ahliga ma’lum emas. [5, 86-87]
“Riyoz ush-shuaro” (“Shoirlar silsilasi”)
– Muhammad Sodiq Boltu
Samarqandiy asari. Tazkiraga 1598-1599-yillarda tartib berilgan. [5, 87] [35, 142]
“Tazkirai shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) – Mustafo Jorullohzoda Bayoniy (v.
1597) turk tilidagi asari (1597-98) muqaddima, uch bo‘limdan iborat. [5; 87,89]
[36]
“Haft iqlim” (“Yetti iqlim”, 1593-1594) – Amin Ahmad Roziy asari (XVI asr
oxiri) bo‘lib, boburiyzoda Akbarshohga bag‘ishlangan.
Dostları ilə paylaş: