Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Алишер Навоий. Сабьаи сайёр. Нашрга тайёрловчи: С.Ҳасанов.
Тошкент. Ғофур Ғулом номидаги нашриёт матбаа бирлашаси. 1991
2.
Boltoboyev H., Mahmudov M. Adabiy-estetik tafakkur tarix. Monografiya.
2-jild.”MUMTOZ SO‘Z” 2016. 212-b.
3.
Муллахўжаева К. Алишер Навоий ғазалётида тасаввуфий тимсол ва
бадиий саньатлар уйғунлиги. Тошкент. Академнашр. 2019. 154-б.
4.
Komilov N. Najmiddin Kubro. 2002-yil. 22-b.
5.
Шайх Нажмиддин Кубро. Тасаввуфий ҳаёт. Нашрга тайёрловчилар
И.Ҳаққул, А.Бектош.-Тошкент: Мовороуннаҳр, 2004.
AMIRIY TUYUQLARIDA MAVZU VA G‘OYA
Dilshunos INOMOVA
QDPI o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi
2-bosqich magistranti
(O‘zbekiston)
Annotasiya
: Ushbu maqolada tuyuq va uning genezisi, Amiriy tuyuqlarining
mavzu va g‘oyalari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
tuyuq,istiora,tajnisli qofiya.
Аннотация:
В данной статье рассказывается о туюке и его генезисе,
темах и идеях Амири туюка.
Ключевые слова:
туюк, метафора, формальная рифма.
Abstract:
This article talks about tuyuq and its genesis, themes and ideas of
Amiri tuyuq.
Key words
: tuyuk, metaphor, formal rhyme.
695
Adabiyotning kichik lirik janrlardan biri bo‘lgan tuyuq turkiy xalqlar yozma
adabiyotiga xos janrlardan biri bo‘lib, ko‘p asrlardan beri rivojlanib keldi.
Sharqshunos va adabiyotshunos olimlarning fikrlariga ko‘ra, tuyuq janrining
klassik poetika talablariga mos keluvchi namunalari Burhoniddin Ahmad Sivasiy
(1344-1398)qalamiga mansubdir.G‘ozi Burhonddin Sivasiy o‘z davrining davlat
arbobi, olimi va shoiri bo‘lib, fors, turk va ozarbayjon tillarida g‘azallar, ruboiylar,
tuyuqlar yaratgan. Uning ,,Tarjih ul-tavziq”, ,,Iksir ul-adat fi asror ul-ibodat” nomli
arab tilida yozilgan asarlaridan tashqar shoir vafotidan to‘rt yil avval tartib berilgan
she’riy devonida ishqiy-tasavvufiy mavzularda yozilgan 119 ta tuyuq mavjud. Bu
devonning fotonusxasi 1943-yil Istambulda nashr etildi.
Tuyuq so‘zi turkiy so‘z bo‘lib, tuymoq, his qilmoq ma’nolarini anglatadi.
Turkiy xalqlar she’riyatidagi to‘rt misrali, tajnisli qofiyaga asoslangan, ramali
musaddasi maqsur(kamdan kam hollarda ramali musaddasi mahzuf)vaznida
yoziluvchi lirik janr.Tuyuqlar ko‘proq a-a-b-a tarzida qofiyalanadi, shuningdek a-
a-a-a yoki a-b-a-b tarzida qofiyalangan ko‘rinishlari ham mavjud. Tuyuqning
tajnisli qofiyaga ega bo‘lishi shart hisoblanmaydi. Shunga qaramay, tajnisli
qofiyaga ega bo‘lgan tuyuqlar kengroq tarqalgan, tajnisli qofiyani janrni
belgilovchi xususiyat sifatida tushunish ko‘proq ommalashgan. Alisher Navoiy
ham ,,Mezon ul-avzon” asarida ,,tuyug‘dirkim, ikki baytqa muharrardir va sa’y
qilurlarkim,tajnis aytilg‘ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdir….” deb
hisoblaydi,ya’ni tajnisli qofiya masalasida qat’iy talab qilmasa-da, ,,tajnis aytish”
ga harakat qilish lozimligini uqtiradi.[1: 339]
Tuyuqning o‘zbek yozma adabiyoti janri sifatida to‘la shakllangan va badiiy
ijod jarayonida ancha keng qo‘llanilgan hamda bu janrning atama sifatida tuyuq
so‘zining qo‘llana boshlanish davri XIV asrning so‘nggilari va XV asrlarga
to‘g‘ri keladi. O‘zbek dunyobiy adabiyotining Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy kabi
ko‘zga ko‘ringan namoyondalarining bu janrning shakllanishi va rivojidagi
xizmatlari katta. Ayniqsa, mavlono Lutfiy, keyinroq Alisher Navoiy va Zahiriddin
Muhammad Boburlar tuyuqnavislikda mashhur bo‘ldilar,uning eng ko‘p va eng
go‘zal namunalarini yaratdilar.O‘zbek adabiyotida yaratilgan tuyuqlarning aksari
sevgi, sadoqat, visol umidi, hayot zavqi g‘oyalarini ifodalashga bag‘ishlangan.
Ularni ishqiy minyaturalar olami deyish mumkin.[2:93]
Jumladan, Amiriyning bir qator tuyuqlari go‘zal yorga bag‘ishlangan bo‘lib,
oshiqning dil izhori,yorga nisbatan ,,arazi” barcha-barchasi tuyuqlarda so‘zlar
jozibasi orqali aks etttirilgan. Amiriy tuyuqlariga bir yoqalama qaralganda ular
faqatgina go‘zal yorga, sevikli insonga bag‘ishlangandek ko‘rinadi. Lekin
tuyuqlarning tag zamirida Allohga bo‘lgan ishq aks etganligi anglashiladi.
Bodasiz betobman bu kecha man,
696
La’ling istab emdi jondin kechaaman.
Sohili maqsadga yetgaymanmu deb,
Ko‘z yoshim daryosida suv kechaman.[3:440]
Amiriyni ushbu tuyug‘i a-a-b-a tarzida qofiyalangan bo‘lib , tajnisli qofiyani
hosil qilgan so‘zlarning ma’nosiga to‘xtalib o‘tsak:birinchi baytdagi ,,kecha man “
so‘zi ,,Kecha men bodasiz qoldim” degan ma’noni beradi. Ikkinchi baytdagi
,,kechaman” so‘zi ,,Jondan kechish”, to‘rtinchi baytdagi ,,kechaman” so‘zi ,,suvni
kechish” ma’nosida foydalanilyapti.
Amiriyning ushbu tuyug‘i bir qarashda bodasiz qolgan oshiqning holi, arz-
dodi bilan boshlangadek tuyiladi. Lirik qahramon kecha bodasiz qolganligini
yozg‘iradi, uning boda bilan oshno tutinishiga sabab esa ikkinchi satrlarda oshkor
bo‘ladi, la’lingni istab ya’ni la’l deyilganda yorning so‘zi nazarda tutilgan va
ushbu satrlarda istiora she’riy san’ati ishtirok etgan.Istiora arabcha so‘zdan olingan
bo‘lib vaqtincha omonatga, oriyatga olmoq degan ma’nolarni bildiradi. Istiora
mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, bir so‘z shaklini vaqtincha ,,omonatga olib”,
boshqa, ya’ni ko‘chma ma’noda ishlatish. Istiorada so‘z ma’nosidan boshqa
ma’noda ishlatish o‘xshashlik asosida amalga oshadi. [1.12Istiora ikki narsa
o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi.Tashbehdan farqli ravishda, o‘xshatish
vositasi va o‘xshatish sababi qo‘llanilmaydi.[4:168]
Amiriy tuyuqda qo‘llagan ,,La’l” so‘zi aslida tabiatda uchraydigan qimmatbaho
qizil tosh, ushbu tuyuqda esa, yorning iliq so‘zlari. La’l qizil rangli bo‘lganligi
uchun yorning qip-qizil labiga o‘xshtailyapti. La’l ko‘chma ma’noda so‘zni ham
anglatadi, ya’ni bunda yana bir ma’no anglashiladiki, la’l qimmatbaho tosh
hisoblanar ekan, u yorning so‘ziga qiyoslansa demak yorning so‘zi ham ana shu
la’ldek qimmatbaho va azizligini anglash mumkin. Demak, lirik qahramonning
bodasiz betob ahvolga tushib qolishiga sabab yorning la’lisiz qolganligi,
seviklisining shirin va mo‘tabar so‘zlarida ayro tushganligidan deyishimiz
mumkin. Uchinchi baytda ,,sohili maqsad” maqsad sohiliga yetish uchun ko‘z
yoshi daryosidan kechib o‘tishini ta’kidlaydi. Amiriyning yuqorida keltirilgan
tuyg‘ida bir qarashda anglashiladigan ma’nolarni umumlashtirdigan bo‘lsak,
bodasiz oshiq betob ahvolda qolganligi, yorning la’lini ,,so‘zini” xohlab jondan
kechishi, maqsadkariga,orzulariga yetishish uchun esa ko‘z yoshi sahrosidan
kechib o‘ta olishi haqida so‘z boradi. Lekin ushbu tuyuqda yangi ma’no qirralarini
tushunish, anglash mumkin. Mumtoz adabiyotda ,,boda” , sharob” kabi tasavvufiy
atamalari ishq ma’nosida qo‘llaniladi, ishqki uning sohibi Ollohdir. Majoziy
ishqdagi yor inson bo‘lib, payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam yoki
tariqat peshvosi piri komil nazarda tutiladi. Shuningdek, ota-ona, farzand, ayniqsa,
go‘zal ayol yoki ko‘rkam yigit ham yor obrazi oraqli tasvirlanadi. Haqiqiy ishq
nuqtayi nazaridan esa Ollohdir Amiriyning yuqorida keltirilgan tuyug‘ida ham
697
Ollohga bo‘lgan ishq tasvirlanadi,lirik qahramonning maqsadga yetish uchun ko‘z
yoshi daryosida kechishi,la’lini xohlab jondan kechishida Ollohning jamoliga
yetishish orzusi, istagi yotganligini anglash mumkin.
Amiriyning quyida keltirilgan baytida ham Olloh ishqida kuyib-yongan,
lekin o‘zining bu ahvolidan mamnun inson holati tasvirlangan:
Ul pariy jonimga o‘tlar yoqadur,
Kuyganim ko‘nglimga yaxshi yoqadur.
Ishqida har yon tushub jismimda chok,
Telbamen,pirohanim beyoqadur.[3:440]
Ushbu tuyuq ham a-a-b-a tarzida qofiyalangan,tajnisli qofiyani hosil qilgan ,,
yoqadur “so‘zi
Yoqadur – o‘t,olov yoqish.
Yoqadur- ma’qul kelish,to‘g‘ri kelish.
Beyoqadur-kiyimning yoqasi ,beyoqadur yoqasi yo‘q
Shoir ul pariyning joniga o‘tlar yoqishini,bu o‘t ish o‘tini Ollohga bo‘lgan ishqni
tasvirlaydi,bu holat jonini ishq o‘tida kuyishi ko‘ngliga yaxshi yoqayotgannini
keying satrlarda tasvirlaydi.Nedirki Ollohga bo‘lgan ishq tufayli his qilayotgan
og‘riqlari ham oshiq uchun hush yoqishi tabiiy holdir. Yorning ishqi tufayli
oshiqning jismiga choklar tushganki, pirohan (kiyim)ining beyoqaligiga ham
ahamiyat bermaydi,chunki satr boshida,,Telbamen “ deya jar soladi, bu telbalik esa
bir o‘ziga, yaratgan Holiqqa bo‘lgan ishqning natijasidir.
Amiriy tuyuqlarida ifodalangan mavzu va g‘oyalar bir qarashda ishq-
muhabbat,hijron kabilarga bag‘ishlangandek tuyulsa-da,ularning zamirida chuqur
ma’no va ifolara yotadi. Adabiyot, she’riyat ixlosmandi ushbu tuyuqaldan o‘zi
uchun,ruhiyati,ilmiyati uchun kerakli ozuqani ola oladi.Chunki ulardagi badiiy
o‘xshatishlar, istioralar, tajnisli qofiyalar o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmay
qo‘ymaydi, shu bilan birga ma’naviy bilim bermasdan qolmaydi. Amiriy tuyuqlari
shoh va shoirlikni bir jismga, ruhiyatga sig‘dira olgan insonning naqadar ilmga,
Olloh tomonida singdirilgan iste’dodga, ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Dostları ilə paylaş: |