Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Анбар Отин. Шеърлар. Рисола. Тўпловчи ва сўзбоши муаллифи: Фотима
Ҳусаинова. -Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1970.
109 б.
2.
Анбар отин. Шеърлар. Нашрга тайёрловчи: Л. Қаюмов, Ф.Ҳусаинова. -Т.:
Ўзадабийнашр, 1963. 64 б.
684
3.
Алпомиш. Айтувчи: Фозил Йўлдош ўғли. Нашрга тайёрловчилар: Ҳоди
Зариф, Тўра Мирзаев. -Т.: Янгийўл, 2019.
4.
Дилшод. Танланган асарлар. Нашрга тайёрловчи: М. Қодирова. -Т.: Ғафур
Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. 96 б.
5.
Б. Қосимов ва б. Миллий уйғониш даври ўзбек адабиёти. -Т.:
“Маънавият”, 2004. 298 б.
BADİİYATGA YO‘G‘RİLGAN TARİX HAQİQATİ
(Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani misolida)
Hilola RAYİMOVA
Qo’qon DPI tadqiqotchisi
So’z san’ati bo’lgan badiiy adabiyot va tarix haqiqati masalasi necha
zamonlardan buyon serqirra masala sifatida yashab kelmoqda. O’tgan asrning
ikkinchi yarmidan boshlab, xalqimiz o’tmishiga, tarixiy shaxslar taqdiri va
hayotiga qiziqish nihoyatda kuchaydi. Tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga
aylantirish adabiyotda ustuvor yo’nalishlardan hisoblanadi. Zotan, tarix
voqelikning bo’lib o’tgani haqida so’zlasa, badiiy adabiyot uning qay tarzda
bo’lganini ifodalab beradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, adabiyot
har qanday tarixiy voqeani shunchaki tasvirlamaydi. Uning markazida inson omili
turadi va insoniy tuyg’ularni, uning kechinmalarini tasvirlash hamisha birinchi
o’ringa chiqadi. Tarixga bosib o’tilgan yo’l sifatida qaraydigan bo’lsak, uni
qanchalik istamaylik orqaga qaytarib bo’lmaydi. Shuning uchun u hech vaqt
qo’shib-chatilmasdan tadqiq etilishi va avlodlarga bor haqiqati bilan yetkazilishi
kerak.“Badiiylik” sa’atning, jumladan, so’z san’atining asosiy, doimiy
xususiyati. Juda qadim zamonlardan buyon hozirga qadar ko’plab olimlar
badiiylikni xilma-xil talqinlar, ta’rif-u tavsiflar etib kelishadi. Ammo biror bir
olim badiiylik haqidagi mening talqinim to’g’ri, deb da’vo qila olmaydi. Chunki
san’atning qoni va joni bo’lmish bu hodisaning sir-sinoatlari beadad bo’lib, u
har bir davr adabiyotida, uning turlicha yo’nalish va oqimlarida, har bir milliy
adabiyot va uning ayricha olingan namoyondasida o’ziga xos tarzda namoyon
bo’ladi, deb ta’kidlaydi adabiyotshunos B.Sarimsoqov.
O’zbek adabiyotida xalqimiz shonli tarixining salobatli zarvaraqlarini teran
badiiy tahlil qilishga mo’ljallangan ko’plab yirik hajmli asarlar yaratilgan.Xalqimiz
tarixining turli bosqichlarini tasvirlash, Tarixning turli davrlarini tasvirlash, millat
ma’naviy hayotida muhim ro’l o’ynagan iste’dod sohiblari shaxsiyatining jamiyat
hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini ko’rsatib berish, tarixiy voqelik va shaxs
685
munosabatlarini yoritish o’zbek tarixiy romanlarining asosiy vazifalaridan
hisoblanadi.
Bugungi kunda roman janri faqat mazmun jihatidan emas, balki struktura
nuqtai nazaridan ham keskin o’zgarishlarga uchramoqda. Jumladan, tarixiy roman
ichida ham estetik chuqurlashish sodir bo’lmoqda. Bugungi ijodiy erkinliklar
qurshovida yozuvchi o’zini aniq tarixiy faktlar girdobiga solib qo’yishni istamaydi,
uning ijod qilgisi, keng hayolot dunyosini ishga solgisi, tarixning bo’sh o’rinlarini
to’ldirgisi, real tarixiy shaxslar biografiyasi bilan o’ralashib qolmay,
umumlashgan, tipik harakterlar yaratgisi keladi.[1,285] Va bu qahramonlari bilan,
yaratgan asarlari bilan kitobxon diqqatiga sazovor bo’ladi. Xususan, Isajon Sulton
qalamiga mansub “Alisher Navoiy” romani ushbu fikrlarimiz isboti o’laroq
dunyoga kelgan. Roman bilan tanishib chiqqan kitobxon asarda badiiy to’qimadan
ko’ra tarix haqiqatiga ko’proq o’rin ajratilganligining guvohi bo’ladi. Jumladan,
Alisher Navoiyning “Yazd” cho’lida Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashuvi
Navoiy hazratlari haqida juda koʻp badiiy, ilmiy asarlar yaratildi. Jumladan,
Oybek, Mirmuhsin, Vohid Zohidov, Aziz Qayumov, Suyima G‘aniyeva kabi
adabiyotimizning zabardast vakillari Hazratning abyotlari-yu, go‘zal odob ila
kechirgan umrlarini vasf etdilar. Asarni qo‘liga olgan o‘qirmanlar qatorida menda
ham bir savol dunyoga keldi. Nazdimda, asarlarida falsafiylik va oddiylikni
birlashtira olgan, Vatanimizning turli burchaklarida oddiy insonlar va ularning
xayol kechmishlarini tasvir etadigan Isajon Sulton nega tarixiy mavzuga qo‘l urdi?
Nega endi Navoiyga murojaat etdi? Ushbu asar Oybekning, Mirmuhsinning
asarlaridan qay darajada farq qila oldi? Mana shu savollarga javob olish ilinjida
asar mutolaasiga sho‘ng‘ib ketdim. O‘qir ekanman, xavotirlarim tuman yanglig‘
tarqab ketdi. Asar tom ma’noda “avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas” kitob bo‘lganini
kitobning dastlabki satrlaridan anglab olish mumkin. Asarning boshlanmasi Hazrat
Navoiy asarlari kabi Allohga hamd bilan boshlanadi. Allohning yaratuvchilik
qudrati, uning “Karim” sifati, birgina kalomi, ya’ni “bo‘l” so‘zi ila butun koinot,
jonzotlar va o‘zini sevdirish uchun yaratgan inson zotiga jon ato aylashi marjondek
tizilgan tashbehlar asosida hamd qilinadi. Alisherbekning sahrodan topilishi
vaqtida ham onaning o‘z farzandiga muhabbati va mehrini yashira olmasligini,
otada esa bu tuyg‘ular yashirin holatda kechishini ularning so‘zlarida, o‘zlarini
tutishlarida va qarashlarida aks ettiradi. Kitobxon e’tiborini Navoiy hazratlari
qalamiga mansub ko‘plab g‘azallarning dunyoga kelishi, uning buyuk bir mo‘jiza
sifatida turk nazmida porlashi maftun etadi. Mening qalbimga esa aynan
Hazratning “Jonon qizil, sorig‘, yashil” radifli g‘azallari yozuvchi tufayli yaqin
bo‘lib qoldi. Alisherbek Ko‘hsordan o‘tar ekan uch xil tusdagi kichik tog‘larni
ko‘radi. Ularning biri qizil, biri esa sariq, uchinchisini bo‘lsa yosh archalar qoplab,
yashillikka yuz burgan edi. Shu joyda yozuvchi ustalik bilan takrorlanmas tashbeh
686
ishlatadi: “Alloh azza va jallaning qudratini qarangki, shom sajdasiga yumalagan
quyoshning tavbadan qizarishi, ko‘k toqida uyilgan qoramtir bulutlar ostidagi
sariqlik va yuksak tog‘ ustidagi yashillik uch rangni samoviy aksiday tuyuladi. Bu
mo‘jizalarning bunday ajoyib silsilasi yigitcha ongida ajoyib larza paydo qiladi”.
Bilamizki, Navoiy hazratlari hali bir muchal yoshiga yetmay “Orazin yopqoch
ko‘zimdin…” deb boshlanuvchi g‘azallari bilan Mavlono Lutfiyning e’tibor va
nazarlariga tushdilar.
Asarning asosiy g‘oyasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, Isajon Sulton avvalgi
ijodkorlardan farqli ravishda o‘z ijod mahsulini 4 qismga, Alisherbekning
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining devonlari nomi ila ataydi. Alisherbekning
bolalik va yigitlik davridagi aqli teranlik, o‘tkir mulohazakorligi, ilmi va zehni ila
kattalarni ham shoshirib qo‘yishi, asarlarining dunyoga kelishi ham hazratning
kichik yosh vaqtlaridan xayolida bo‘lgani va yoshi ulg‘ayganda ularni hayotida
yozganini batafsil tasvir etadi. Jumladan, uning Bobur ismli yigit bilan tanishuvi, u
yigitning suv chiqarib, yurtini obod aylagani va yoriga yetishishi uning kelajakda
Farhod timsolini yaratishi uchun ilhom manbayi bo‘lgan ersa ajab ermas. Asarda
kichik obraz sanalsa-da, lekin ko‘nglimdan chuqur o‘rin egallagan Qutb ham
Navoiyning yuksak shaxs sifatida voyaga yetishida muhim rol o‘ynaydi va
umrining oxirida ko‘zining oq-u qorasi bo‘lgan Alisherbekning vafot etganini
eshitib koʻnglidan nimadir uzilgan boʻldi va oʻz odatiga koʻra bir yil motam tutdi.
Kamol Turbatiy, Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Fayzulloh Abullays
Samarqandiy, Ahmad Hojibeklarning qiyinchiliklar chog‘ida Navoiyni har dam
qo‘llab-quvvatlaganliklari buyuk iste’dod sohibining kamolotga yetishuvida
muhim rol oʻynagani asarda alohida ta’kidlanadi. Do‘sti uchun o‘zi rohatidan
kechishi, ya’ni Abu Said Mirzo huzuriga bormay dam Mashhadda, dam
Samarqandda xor-u zorlikda tentirab yurishi ham do‘stiga nisbatan chuqur ehtirom
va sadoqat timsoli edi. Kitobga qo‘shimcha sifatida kiritilgan “Avvalgilarga
o‘xshamas” deb atalgan qissaning oxir so‘zlarida:
Ko‘nglim ichra dard-u g‘am, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas, misralari keltiriladi.
Mening fikrimcha, ushbu go‘zal bayt orqali yozuvchi o‘zining arz-holini
bildirgandek bo‘ladi, ya’ni Hazrat Navoiy ham “Hayrat ul-abror” asarlarining
so‘nggi maqolatida ustozlar ishonchini oqlay oldimmi degan hadik borligini aytib
o‘tadi. Xususan, nazarimda yozuvchimiz ham shuni maqsad qilgan bo‘lsa ajab
emas. Ko‘p yillar mobaynida dilining tub-tubiga joylab qo‘ygan orzusining go‘zal
bir ravishda ro‘yobga chiqayotgani haqida mulohazalarini bayon etgandek
bo‘ladi.[2,73]
Isajon Sultonning asar boshida Alisherbekning ustozi Kulohiy tomonidan
aytilgan va hazratning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlariga kiritilgan turk va arab
687
lisonining taraqqiyoti, arab tili Qur’onning kalomi ersa, turk tili she’riyat bo‘stoni
ekanligi juda go‘zal tasvir etiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, ijodkor o‘zining boshqa romanlari
kabi “Navoiy” romanida ham ko‘rkam so‘zning jozibasini ko‘rsata oladi. Tarixiy
shaxslarga, voqealarga, Navoiyning nazm bo‘stoniga o‘zining soddalik va
falsafiylik ohanglarini uyg‘unlashtira oladi.
Alisher Navoiy tengsiz so’z san’atkori sifatida nafaqat o’z davrining,
bugungi kun dolzarb muammolarini V asr oldin his eta olgan dahodir.
Navoiydek buyuk insonni asrlardan asrlarga barhayot o’tishing boisi, uning
asarlaridir. Hazrat Navoiy haqida filmlar, teatrlar, badiiy asarlar yaratilgan. Lekin
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy“ romani yuqoridagi yaratiqlardan farqli
ravishda Navoiy qalbini, Navoiy tuyg’usini, Navoiy his etgan dardlarni kengroq
ochib berishga qaratilgan. Navoiy jamiyat va davlat ichida bo’lsa ham, uning
ichki dunyosini “Meni”ni ochib berishga erishilgan.Shuningdek, Navoiy davri va
XV asr hayoti uchun tipik bo’lgan bo’lgan voqea hodisalar turli obrazlar
zanjiriga birlashtirilgan. Yozuvchi bu o ‘rinda juda ko’p izlanishlar olib
borganligi, o‘nlab tarixiy, badiiy asarlarga murojaat qiladi. Dunyo
adabiyotshunosligida intertekstuallik degan adabiy hodisa bo’lib, unda yozuvchi
uning mohiyati yozilgan asar tarkibida boshqa mualliflar asarlaridan parchalar olib
foydalanadi. Isajon Sulton esa bu jarayonda tarixiy hodisalarning
ifodalanishida aynan Navoiy asarlaridan olingan parchalardan, voqealardan
foydalanadi. Asar aytib o’tishimiz joizki, Navoiyning “Xazoyin ul –Maoniy “kabi
4 qismdan iborat. Boblarning har biri esa voqea va hodisalar jo etgan bo’limlardan
iboratdir. Bo’limlarning qisqaligi, nomlanishdagi ajoyibliklar ham kitobxonni
befarq qoldirmaydi. Adib xuddi asarni Navoiyni Chordevoniga mohirlik bilan
taqsimlab chiqqan. Asarda Navoiyning bolaligidan toki umrining so’nggi
kunlarigacha bo’lgan voqealar tarixiy faktlar bilan yoritilgan. Shuni ham alohida
ta’kidlash joizki asarda tarixiy voqealar asos qilib olingan bo’lsada, badiiylik,
ifodaviylik yuqori. Asarda Navoiy ilk tog’oyisi Muhammad Ali bilan kaklik ovida
gavdalanadi. Yosh bo’lishiga qaramasdan qalbida hayvonot va nabodot olamiga
muhabbati sezilib turadi. Bolakayning “Yo’q –Yo’q otmang“ deya kaklikni
ottirmaganligi, uning poloponlariga rahmi kelishi yoshgina Navoiy qalbida mehr-
muhabbat tuyg’ulari barq urganligidan dalolatdir. Navoiyning bolalik
cho’glarida ham o’ziga xos vazminlik, mulohaza bilan ish yuritishini madrasa
tahsilida, Abu Abdulloh Kulohiy darslarida, turli she’riyat kechalarida o’zini
tutishida ko’rishimiz mumkin. Yosh bo’lishiga qaramay “Mantiq-ut tayr “ni zo’r
qiziqish bilan mutolaa qildi.Yozuvchi Navoiy portretini quyidagicha tasvirlaydi.
“Yoshgina kalta olacha to‘n hiyol qiyiq ko‘zli g’ayratli bolakay. Navoiy qalbiga
adib tomonidan ezgulik yaxshilik urug’lari moxirlik bilan jo etilgan. Asarda
688
Husayn Bayqoro tomonidan “Ikkimiz ikki tur lashkar boshida bo’lar ekanmizda?
Siz o’z qo’shningizni so’z mulkiga yoyabering, men esa inson cherigini jangu
jadallarga yo’llay. Har ikkisida ham g’alaba muqarrar bo’lsin“ deya xitob qilishi
ham juda jozibali tarzadai ifodalangan. Shuningdek Husayn Boyqaro va Navoiy
orasidagi sadoqat, do‘stlik o‘zaro ishonch, ham fikirlik ularni umri davomida
hamroh bo‘ldi. Husayn Boyqaro santanat ishlarida oilaviy munosabatlarda,
janglarda Navoiy bilan maslahatlashib ish yuritadi. Biz buni Astrobot
hokimi bo‘lganida Abulmuhsin Mirzo o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal etishda
Abulmuhsinga“Padar so‘z ham aytganda hatto bosh ko‘tarilmas, kiprik
qoqilmas. O‘g’il-ila padar o‘rtasida xalq turgaydir. Navoiy qalbida Husayn
Boyqoroning mastlik chog’da o‘z nabirasini qatl hukmiga imzo qo‘yganligi, shahid
ketgan 11 yashar Mo‘minmirzoning o‘limi chuqur qayg’uga soladi. Alisher
Navoiy Sulton Husayn Boyqaro iltimosiga ko‘ra shaxzoda Badiuzamonga
shunday nasihatlar beradiki, saltanat osoyishtaligiga o‘z hissasini qo‘shadi,
Navoiy asarida xalq g’ami bilan yashaydi, har bir harakati xalqning faravon
yashashiga qaratilgan edi. Uning tantiligini, jomardligini oddiy yigit Xusrav
suv chiqarayotganida ozgina mablag’ga muhtoj ekanligimi biliboq, hamyonidan
bir necha dinorni chiqarib yigitga uzatgan lavhasida ham ko’rish mumkin .Asarda
Shayboniyxon, Abulhayrxon, Shoxrux Mirzo, Abusaid Mirzo, Husayn
Boyqaro, Jomiy, Lutfiy, Sharafiddin Al Yazdiy, Paxlavon Muhammad, Said
Xasan Ardasher, Shayx Kamol Turbatiy, Mavlono Abulays, Abu Abdulloh
Kulohiy kabi tarixiy obrazlar keltirilgan. Asardagi har bir obraz mohirlik bilan
tanlangan. Har bir qahramon go’yoki Navoiy siymosini to’liqroq yaratishga
safarbar qilingandek go’yo. Navoiyning shunday buyuk inson bo’lishiga u
yashagan muhit, atrofidagi ilm-u irfon egalari munosib hissa qo’shgan deb
bilamiz.Asarni yaratishda adibdan juda katta ma’suliyat, tarixiy, dunyoviy bilim
talab etilganini sezishimiz mumkin. Boisi yozuvchi hech bir adib
tomonidan tilga olinmagan, xalq tili bilan aytganda tesha tegmagan so’zlardan
o’rinli foydalanadi “Hiriy “, “Hirurud” deya Hirotni erkalab aytilishi, “Tug’yonlar
fasli“ deya bahorni e’tirof etishi ham o’ziga xos yondashuv deb o’ylaymiz.
Yozuvchi o’z maqsadini faqat qahramonlar xatti-harakati,nutqi bilan emas,
tabiat manzaralarini tasvirlash orqali ham yoritib beradi. Peyzajni shunchalik
mohirona tasvirlaydiki, go’yo o’zingizni asar ichida yurgandek tasavvur
etasiz.Asarda “Havzi mohiyonda bir tantana“ nomli bo’lim so’ngida quyidagi
fikrlar keltirilgan. ”Shu kichik jussali, tiniq nigohli bolakay kelajakda butun
turk mamlakatlari uzra fikr qanotini keng yoyadigan, qushlaru hayvonot
olamlaridan to o’n sakkiz ming olam mo’jizalarigacha nazar soladigan, ma’rifat
vodiylarini kezib, Adam dashtidan xabar oladigan avliyo bo’lib yetishishidan
Muhammad Ali tog’oyining ham, boshqalarning ham xayoliga kelmasdi“
689
[3,15] degan fikrlar bilan yakunlangan. Bu shunchaki bir go’zal orzu bo’lsa ham,
undanda buyuklikni zabt etdi deyishimiz mumkin. Shuningdek, asarda
keltirilgan “Dumli yulduz” voqeasi ham kelajakdagi yuksalishdan dalolatdir.
Bugungi kunda Navoiy asarlarini sevib o’qimagan, satrlarini yod bilmagan
biror o’zbek topilmasa kerak. Nafaqat o’zimizda, balki butun dunyoda Navoiy
ijodiga qiziqish kundan kunga oshmoqda. Biz o’zbek farzandlari faqatgina
faxrlanmasdan, buyuk insonlarga munosib avlod bo’lishimiz lozim. Xulosa
o’rnida shuni aytish mumkinki, Mustamlakachilik davrida Navoiy mavzusida
asarlar yozgan-u, lekin istiqbolga erishmagan, adiblarimiz tanqid va
ta’qibga uchragani rost . Abdulla Qodiriy “O’tkan kunlar “i, Mirkarim Osim
tarixiy asarlari, Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar “i , Oybek “Navoiy “ romani
uchun og’ir jazolarga uchragani sir emas. Bu esa adiblar qalbida hadik,
adabiyotimizda esa bo’shliq paydo etdi. Yozuvchi Isajon Sulton asardan asarga,
romandan romanga o’sib borayotgani uni tobora barkamollashib borayotganini
anglatadi.[4,286] Isajon Sultonning ushbu romani aynan shu barkamollik
nishonasi sifatida yuzaga kelgan va o’sha asriy bo’shliqni to’ldirishga xizmat
qilgan. Har bir qo’liga qalam olgan yozuvchining yillar davomida diliga tugub
qo’ygan, barcha fazilatlarni birgina obrazda jo etmoqchi qahramoni bo’ladi.
Adibning ham aynan shunday orzusi Navoiy siymosini yaratish bo’lsa ajabmas.
Asrlar o’tsada qadri quyi enmayotgan buyuk insonni yana bir bora yaratishda adib
qalbida qo’rquv bo’lgani shubhasiz. Bu asar necha uyqusiz tunlarning
guvohi, adoqsiz savollarning javobidir. Shunday ma’suliyatli vazifani yuksak
mahorat bilan uddalagan, hajm jihatdan salmoqli, muazzam va nodir asar yillar
o’tgani bilan o’z qadr-qimmatini yo’qotmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
A.Kattabekov. O‘zbek adabiy tanqidi. Maqolalar to’plami.Toshkent. Turon-
Iqbol 2011. 285-bet
2.
O’zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali 2022/8-son
3.
Isajon Sulton.Alisher Navoiy.Roman. Toshkent 2021.15-bet
4.
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o’rganish masalalari. Xalqaro
konferensiya materiallari. “Adast-poligraf”. Toshkent-2022.
Dostları ilə paylaş: |