683
Ul zamonda borcha xalq sohibjamol bo‘lur”[1, 94]. Anbar Otin, ayniqsa, xotin-
qizlarning ma’rifatli bo‘lishini muhim hisoblaydi. Onalar farzand kamolotida eng
muhim vazifani bajaruvchidir, har bir buyuk shaxsning
iqbolida ularning katta
xizmati bor. Ona notinch bo‘lsa, xorlik va kamsitilishdan boshi chiqmasa, haq-
huquqlari poymol qilinsa, u voyaga yetkazadigan bolalar ham qo‘rqoq, kaltabin,
jur’atsiz bo‘lishi kunday ravshan. Anbar Otin zamondosh ayollarning taqdiridan
tashvish chekadi. Ularning hech bir erkinlikka ega emasligi, ilm olishga imkoniyati
yo‘qligi uni xavotirga soladi. Ayollar aslida qanday
yashashi kerakligi haqidagi
orzu-umidlarini kelajak o‘y-xayollari orqali bayon qiladi: “Ul vaqt qizlar ilmi
dunyoviy tahsilig‘a muyassar bo‘lub, urfon taxtida qaror topib, ellar va ulug‘lar
safig‘a doxil bo‘lurlar, alar g‘ayrat va mehnatda erlarg‘a hamfo va yovar bo‘lib,
obro‘ topib, hurmat va ikromg‘a sazovor bo‘lurlar”[1, 95]. Shoira bir umr millat
taqdirini o‘ylab yashadi. U yashagan davrda shoiralarga salbiy munosabat
bildirilgan bo‘lsa-da, she’rlari qadr-qimmatini topmasa-da,
ijod qilishdan
to‘xtamadi. Anbar Otin shunchaki yozmadi, u she’rlarini zamondoshlari qalbiga
kirib borishini, ularning dardiga malham bo‘lishini xohladi. Shoira shu qadar
vataniga muhabbatliki, har kungi duolarida ham yurt farovonligini so‘rab,
iltijo
qiladi:
Saning dargohingga man yolborurman, Rabbano Ollo,
Duo qilsam ijobat qil, Elim haqida har yaldo.
Maning turgan erimMovarounnahrdir ismi,
Xaloyiqni suvingdin benasib etma, Xudovando [1, 40].
Anbar Otin orzusi, nurli xayollari bugun haqiqatga aylangandek. Shoira
ijodini o‘rganish, eng avvalo, hozirgi hayotimiz uchun shukrona keltirish
lozimligini o‘rgatsa, shuningdek har doim farzandlar
tarbiyasida hushyor turish
shartligini ham uqtiradi.Ommaviy axborotlar kurashi ketayotgan bir davrda milliy
g‘ururga ega bo‘lgan, o‘zligini topgan, xalq koriga yaraydigan, eng muhimi, el-
yurt erkinligi uchun doimo tirgak bo‘ladigan ozod, hur avlod tarbiyasi hamon
dolzarbligicha qolmoqda. Tarixni mukammal o‘rganmoq, ma’rifatparvar ijodkorlar
merosidan bahramand bo‘lmoq yoshlar uchun katta tarbiya maktabi bo‘ladi. Shu
ma’noda, Anbar Otin ijodi ibratomuz va qimmatlidir.
Dostları ilə paylaş: