705
aspektda o’rganish masalalari haqida fikr yuritilgan. Muommoning dolzarbligini
ko’rsatishga harakat qilingan.
Kalit sozlar: davrlashtirish, arxaik davr, individual-ijodiy davr,
traditsionalizm
Annotation:
In
this article, Professor Dilmurod Kuronov's article on the
study of literature from a historical perspective and the issues of studying our
national literature from a historical perspective are discussed. An attempt was
made to show the relevance of the problem.
Key words: periodization, archaic period, individual-creative period,
traditionalism
Аннотация:
Данной статье обсуждаются статья профессора
Дилмурода Куронова об изучении литературы с исторической точки зрения и
вопросы изучения нашей национальной литературы с исторической точки
зрения. Сделана попытка показать актуальность проблемы.
Ключевые слова: периодизация, архаический период, индивидуально-
творческий период, традиционализм.
Adabiyotshunos olim professor Dilmurod Quronov 1998-yil ,,Jahon
adabiyoti’’ jurnalining birinchi sonidagi maqolasida ,, …asr sarhisobi boshlangan
ekan ,tanqid oʻzining bosh vazifasi - saralamoqqa kirishmog’i zarur’’[4:28] deb
yozgan edilar. Qozoqboy Yo’ldoshev o’zining ,,Yoniq soʻz” kitobida Ozod
Sharafiddinov boshchiligidagi mualliflar guruhi tomonidan tuzilgan ,,XX asr
oʻzbek adabiyoti tarixi” darsligi haqida fikr yuritar ekan, adabiyotni davrlashtirish
uchun ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot bosqichlari
mezon qilib olingan, lekin adabiy
jarayonni aynan shu tahlit ilmiy va estetik asoslari ko’rsatib berilmaydi.
Vaholangki, bir davrga mansub badiiy hodisalarda farqli jihatlardan ko’ra umumiy
jihatlar ko’proq degan fikrni beradi.
Haqiqatdan ham adabiyotshunosligimizni nazariy asoslar bilan o’rganila
boshlanganiga shuncha vaqt bo’lgan bo’lsa ham hanuzgacha davrlashtirish
masalasida aniq bir toʻxtamga kelinmagan. Jahon adabiyotshunosligida ham bu
masalada aniq bir xulosalar berilmagan boʻlsada, hozirgi adabiy jarayon javharida
yotuvchi jihatlarni nazarda tutgan holda adabiyot taraqqiyotining uch bosqichini
ajratish tarixiy poetikada koʻpchilik mutaxassislar tomonidan eʼtirof etilgan.
Yevropa adabiyotshunoslari badiiy tafakkurning eng umumiy va barqaror uchta:
1. Arxaik yoki mifopoetik.
2.Traditsionalistik yoki nirmativ.
3. Individual-ijodiy yoki tarixiy tiplari mavjud.
Domla ushbu kategoriyalar haqida gapirar ekan, jahon adabiyotshunosligidagi
bu davrlashtirishga insoniyat tamaddunining
umumiy jihatlari asos qilib
706
olinganligini yozadi. Haqiqatan ham insoniyat tamaddunida taraqqiyot bir xilda
kechmagan, ijtimoiy-siyosiy qarashlarda tafovut borligi ham bor gap.Bu o’rinda
milliy mentalitet masalasini ham hisobga olsak, domlaning oʻrtaga tashlagan
muammosini naqadar dolzarb ekanligini his qilamiz
Xususan tradistionalizim yoki normativ poetika bosqichini Yevropada antik
Yunonistondagi miloddan avvalgi VI-V asrlardan XVIII asr oʻrtalarigacha,
Sharqda esa milodiy I asrdan XIX asr oxiri XX asr boshlariga qadar boʻlgan davr
oralari bilan belgilanadi. Ushbu davr haqida gap ketganida adabiyot alohida soha
sifatida
ajralib chiqdi, uning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Eʼtibor qilsak
Sharqda ushbu davr I srdan XIX asr oxiri XX asr boshlariga qadar davom
etganligini ko’rishimiz mumkin. Lekin masalaning boshqa tomoni ham borki,
Sharqning oʻzida ham taraqqiyot turlicha vaqtlarda yuz bergan.
Umuman sharq adabiyoti uchun berilgan ushbu davrlashtirish vaqtlarini
milliy adabiyotimizga tadbiq etilsa bir qancha tafovutlarni
korishimiz mumkin
boʻladi va adabiyotshunoslar oldiga adabiyotni tarixiy aspektda organish
zaruriyatini qoʻyadi.
Individual-ijodiy tafakkur bosqichining o’zini oladigan bo’lsak, mazkur
bosqichda jamiyatda shaxsning maqomi o’zgargani singari badiiy ijodda ham
shaxs mavqeyi o’zgara bordi. 3- bosqichga kelib muallif shaxsi markaziy o’rinni
egallay bordi. Mazkur bosqichda muallif belgilangan me’yorlarga og’ishmay rioya
qilish majburiyatidan forig’ bo’ldi. Muallif olamni va o’zini anglash uchun so’zdan
erkin foydalanishi, so’zga xususiy ma’nolar yuklay oladigan bo’l;di.
Yevropa adabiyotshunoslari Sharqda ushbu davr XIX asr oxiri XX asr
avvalidan boshlangan deb belgilaganlar. Ammo milliy adabiyotimizni o’rganish
asnosida biroz farqli jihatlar ko’zga tashlanadi.
Davrlashtirish masalasiga kelganda aksar hollarda biz yengilgina ijtimoiy-siyosiy
tuzumga qarab davr chiziqlarini belgilashga o’rganib qolganmiz.
Misol muchun,
Sobiq Sovet tuzumi davrini Sho’rolar davri adabiyoti deb nomlaymiz. Adabiyot
sohasi o’rganuvchilaridan adabiyot yoki adabiyotshunoslikning davrlashtirish
masalasidan bahs yuritilsa, aniq bir javob berishga qiynaladilar. Mana shu
jihatlarni inobatga olgan holda domla Quronovning
Milliy adabiyotni tarixiy
aspektda o’rganish zarur degan xulosalarida jon bor. Agar ushbu masala atroflicha
o’rganilsa, o’ylaymizki,yangi-yangi tadqiqot ishlai uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: