726
ABDULLA AVLONIY – MOHIR DRAMATURG VA TARJIMON
Dilafro‘z QALANDAROVA,
Nizomiy nomidagi TDPU,
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
dots.v.b., f.f.f.d., PhD
Oybek JO‘RAYEV
Nizomiy nomidagi TDPU, O‘zbek tili
va adabiyoti yo‘nalishi
3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada jadid adabiyotining yirik vakili hisoblangan
Abdulla Avloniyning tarjimonlik mahorati va uning “Advokatlik osonmi?”,
“Pinak” kabi dramatik asarlari haqida soʻz yuritiladi.
Kalit so‘zlar: jadid, drama, tarjima, maktab, darslik, matbuot, millat, tahlil,
asarlar.
Jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan biri –Abdulla Avloniydir. U
oʻzbek davlatchilik tarixida oʻz oʻrniga ega shaxs. Abdulla Avloniy 1878-yilning
12-iyulida Toshkentda hunarmand kosib oilasida dunyoga keladi. Jamiyatga,
umuman, millatga foydasi tegadigan, bashariyat tarixida oʻz nomi bilan yaxshi
fikrlar qoldiradigan insonlarning bolaligida boʻladigan qiyinchilik yosh Avloniyni
ham chetlab oʻtmadi. Adibning tarjimai holida keltirishiga koʻra, 13 yoshidan
boshlab mardikorlik qilib, oilasiga yordam beradi. Yozda ishlab, qishda
oʻqiganligini aytib oʻtadi. O‘tkir Hoshimov ta’kidlaganidek, “kitob oʻqiydiganlarda
pul yoʻq, puli borlar kitob oʻqimaydi” misralarida haqiqat bordek tuyuladi. Bu
qiyinchiliklar yosh Avloniyni maqsadidan qaytara olmadi. O‘n ikki yoshida Oʻqchi
mahallasida joylashgan madrasaga chiqdi. Yoshligidan matbuotga qiziqqan
Avloniyga “Tarjimon’’ gazetasi dunyo xabarlaridan yaqindan tanishish
imkoniyatini beradi.
Avloniy o‘n to‘rt yoshidan boshlab “Qobil”, “Shuhrat”, “Hijron”,
“Abdulfayz”, “Avloniy”, “Indamas” taxalluslari ostida she’rlar bita boshladi. Bu
ijod jarayoni keyinchalik Avloniyni hikoya, feleton, drama, pyesa janriga mansub
asarlar yozishiga tamal toshi vazifasini o‘tadi. Abdulla Avloniy hayotning barcha
jabhasida oʻzini sinab ko‘rdi. Xususan, matbuot bilan shugʻullanib, “Taraqqiy”,
“Shuhrat”, “Osiyo”, “Turon” nomli gazetalar chiqarilishiga oʻz hissasini qoʻshdi.
Mazkur nashrlar ichidan “Osiyo” va “Shuhrat” adibning uyida chiqarilgan.
Bundan tashqari adib maorif ishlari bilan shugʻullandi va darsliklar yaratdi.
1909-yilda “Jamiyati xayriya” nomli yetim bolalarni o‘qitishga moʻljallangan
727
jamiyat maktabini tuzdi. Bu maktab keyinchalik katta muassasaga aylanib, ta’lim
olish uchun chet elga bolalarni oʻqishga yuboruvchi markazga aylanadi. Fitrat
aynan shu muassasa orqali 1909-yilda Istanbulga oʻqishga yuborilgan edi [1, 6].
Abdulla Avloniy deganda oʻzbek farzandining koʻz oldiga “Tarbiya bizlar
uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”
[2, 5] degan satrlar keladi.
Avloniy tarjimashunoslikda ham o‘zini sinab koʻrdi. Jumladan, “Badbaxt
kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Oʻliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man
oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Karam” kabi sahna uchun moʻljallangan
dramatik turga mansub boʻlgan asarlarni ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga oʻgiradi
va ularni sahnada oʻynash uchun tayyorlaydi. Bu asarlarning koʻpchiligi
Ozarbayjon klassik adabiyotining nodir tuhfalari hisoblanib, insonlarni ezgu niyat
va yaxshilik qilish, sevgi va muhabbat kabi oliyjanob tuygʻularni tarannum etadi
hamda jamiyatdagi illatlar, kamchilik va nuqsonlarni, ayniqsa, ma’naviy tuban
kimsalarni qattiq qoralaydi.
Avloniy faqatgina tarjimachilik bilan shugʻullanmadi. Oʻzi sahna uchun
asarlar ham yaratdi. Bular, “Pinak”, “Advokatlik osonmi?”, “Ikki sevgi”, “Biz va
siz”, “Portugaliya inqilobi” kabilardir.
Adibning “Advokatlik osonmi?” asarida Yevropada huquqshunoslik boʻyicha
oʻqigan, yangi fikrli yosh bir musulmon yigiti toʻgʻrisida gap ketadi. Asardagi
ushbu obraz Abdulla Avloniyning idealidagi obraz hisoblanadi. Yigirma to‘rt
yoshda boʻlgan, aholining qilgan ishlaridan, oʻz haq-huquqini talab qila
olmasligidan, oʻzlari tuzatib boʻlmas xatoga yoʻl qoʻysalarda, yordam berishlarini
talab qilishidan aziyat chekuvchi obrazdir.
Mehriniso – erining soʻziga yurmaydigan, shariatga amal qilmaydigan,
kiyinishi boyning xotiniga xos boʻlsa-da, erini piyonista, qimorboz, mushtumzoʻr
ekanligini aytib, eri bilan oʻrtasidagi nikohni kesdirishini soʻraydigan, agar bu ish
amalga oshsa, uni yaxshigina rozi qilishi haqida ma’lumot beruvchi obraz.
Egamberdi
– mazkur qahramonning xatti-harakatlari bugun ham
jamiyatimizda bot-bot uchraydi. Egamberdi “akaxonlarining” (barakallachilar)
gapiga kirib juda katta toʻy qilib, qarzga botgan arobakash (aravakash). Agar
qarzini toʻlamasa Orifjon ismli boy uyini musodara qilishidan qoʻrqib yurguvchi
obrazdir.
Haydarali – ikki-uch kun oldin molini oʻgʻirlatgan va oʻgʻri kim ekanligini
topgan, talaffuzida anchagina kamchiligi bor, molni oʻgʻirlagan inson millati
qozoqligidan xabardor, xat-savodi bo‘lmagan bir obraz.
Abdujabbor – Davronbekning xizmatkori. Davronbek kechqurun soat beshda
kelishini aytib, uyga ariza yozib berishini soʻrab kelgan odamlarga ertaga keling
deb tayinlasa hamki, berilgan topshiriqni bajarmay, oʻzboshimchalik bilan
728
odamlarni aldab, ulardan bir-ikki, uch-toʻrt soʻmdan pul olgan, oʻzi savodsiz boʻla
turib, odamlarni chuv tushirgan “tadbirkor” obrazi.
Davronbek oʻsha davr odamlarining oʻz haq-huquqlarini bilmasliklarini, ilm-
ma’rifat olishga harakat qilmaganliklaridan juda eziladi. Bu ham kamlik
qilganidek, ariza yoki maslahat soʻrashga kelganlarning hammasi “advokatlik
osonmi?” deb masxara qilib ketishidan noliydi va oʻsha davr odamlariga shunday
baho beradi: “Mana koʻrasiz, bizning xalqning holi! Hammasini yigʻishtirib
kelsangiz, bir pichoqqa sop boʻlmaydur” [ 3, 144].
Kompozitsiyasi jihatidan yuqorida tahlilga tortilgan asarga oʻxshash
asarlardan yana biri bu – “Pinak” dramasi hisoblanadi. Asar Turkiston turmushidan
olingan bir pardali fojea boʻlib, 1915-yil 25-fevralda bosib chiqarilgan.
Asar Tursun ismli 62 yoshlardagi koʻknori istemol qiluvchi bir ogʻukashning
gapi bilan quyidagicha boshlanadi: “Alhamdulillo, bugun chahor ishkal but
(xudoga shukur, bugun toʻrtda ishkal bor. Togʻoramda koʻknorim, oldimda qand-
magʻizim, bir yonimda choynakda choyim…” (tarjima bizniki – O.J.) [4, 146].
Oʻsha davr tuban kimsasining bir vakili hisoblangan Tursun – juda qoʻrqoq
kimsa. Tolib sekin bildirmasdan uyiga kirib uni qoʻrqitganida, uning kayfi uchadi.
Gapni qarang-a, Oʻrusvoy choyni u uchun mozor bosib, shu kambagʻallar ichsin
deb chiqarib qoʻygan emish. Tolib ikki marta Tursun aka deb chaqirganini
eshitmagandan soʻng eshik taqillatganini yov bomba tashladi deb qoʻrqib ketadi.
Lekin bu Tolibning qoʻshnisini chaqirishi edi. Tolibni yoshligida onasi oʻqitish
kerak deb otasiga aytadi. Lekin otasi oʻgʻling oʻqib imom boʻlarmidi yoki mudarris
boʻlarmidi deb rad javobini beradi. Undan koʻra bozorga chiqib ishlasin, oʻrus
tilini oʻrgansin deydi. Vaqt oʻtishi bilan Tolib yomon odamlarga qoʻshiladi va
qimorboz boʻlib qoladi.
Asarni oʻqir ekansiz bir qadar kulgili gaplarga duch kelasiz. Tolib qoʻshnisi
Tursunga oʻgʻlingizni oʻqiting deb nasihat qiladi. Bunga javoban Tursun ham
oʻgʻlini uning gapiga kirib oʻqitayotganini aytadi, lekin Tursun ham Tolibga
qimorbozligingni tashla deya javob tariqasida nasihat qiladi. Tursunning gaplarida
jon bor, u haqiqatni gapiradi, lekin oʻz oʻgʻli Valiga koʻknori berishi soʻzi amaliga
toʻgʻri kelmaydigan inson ekanligidan darak beradi. Tolibning qoʻshnisini ziyorat
qilib kelishidan maqsad pul qarz olish edi. Besh tanga pulni olib, olti tanga qilib
berish evaziga pulni olib chiqib ketadi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay Foʻlod (bu ism
hozirgi Poʻlat ismining diaxron shakli – O.J.) kirib keladi. Boʻlgan voqealardan
xabardor Fo‘lod Tolibni kuch bilan toʻxtatish kerakligini Tursunga maslahat
beradi. Shu mahalda Vali kirib keladi va Tolibni qimorda yutqazgani va
yoqalashganidan xabar beradi. Ma’lum vaqtdan keyin Tolibning kirib kelishi va
yana pul soʻrashiga guvoh boʻlgan Foʻlod Tolibga bu kishida pul yoʻq deb javob
bergani uchun ikkalasini ham olov ichida qoldirishi, ya’ni papirus chekish
729
bahonasida bildirmasdan kerosin sepib olov ichida qolishi, bu ham kamlik
qilganidek, uch soʻm pulini qo‘rqanidan berib qoʻyganiga oʻzi ham hayron qoladi.
Tolib chiqib ketadi, Tursun va Foʻlod qoʻrqanidan Otajonni ham olib kelishadi.
Ular kelgunlarigacha bir guruh Tolib boshchiligidagi qimorbozlar Tursunning
uyiga joylashib yashirinib olishadi. Tursun, Foʻlod, Otajon kelib qarashsa,
Tolibning tanasi yerda yotgan edi. Uni oʻlgan deb oʻylab tashqariga chiqarib
tashlash uchun koʻtarganlarida, Tolib ular orqasidan hushtak chaladi. Tursun va
uning sheriklari qochib qolishi bilan asar yakunlanadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Abdulla Avloniy ushbu dramatik asarlarni
yozish orqali oʻsha davrda jadidchilar tomonidan ochilgan va oʻz mafkuralarini
yoyishga xizmat qilayotgan teatr uchun yaxshi asarlar yarata olish edi. Yuqorida
nomlari keltirib o‘tilgan asarlarning barchasida qoloqlik va ma’naviy pastlikdan
qochish, xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, ilm olmagan inson taqdiri oxir-oqibatda
qanday yakun topishi mumkinligini koʻrsatishdan iborat edi. Abdulla Avloniy buni
toʻlaligicha eplay oldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ҳамидулла Болтабоев. Фитрат ва Жадидчилик. Тошкент.: Ўзбекистон
Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007. Б-6.
2. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: Sharq, 2006.
3. “Advokatlik osonmi?”. www.ziyouz.com kutubxonasi. 144-b.
4. Pinak. www.ziyouz.com kutubxonasi. 146-b.
5. Qalandarova D, Jo‘rayev O. Abdulla Avloniy – o‘zbek ma’rifatchiligining
asoschisi. “Pedagogical sciences and teaching methods” Copenhagen “Science
Edition” Volume1, Issue 13. May 2022. Б. 113-116.
Dostları ilə paylaş: |