Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullayev M. O‘zbek adabiyoti tarixi.-Toshkent.O‘qituvchi,1964.
733
2. Abduraxmon Jomiy. Saylanma.-Toshkent.Adabiyot va san’at,1971.
3. Rahmonov N. O‘zbek adabiyoti tarixi.-Toshkent,2017.
4. Qur’on. Yusuf surasi.Sharq yulduzi,1990-y,11-son.
5. Yormatova.D. Yusuf va Zulayho.-Toshkent,Navro‘z,2014.
SHOH HIJRON “SHOHNOMA” SIDAGI INSON TABIATI
TASVIRINI GERMENEVTIK TALQINDA O’RGANISH
Gavhar KUVONDIKOVA
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
Annotatsiya
. Ushbu maqolada dunyo epik she‘riyati dahosi Abulqosim
Firdavsiyning “Shohnoma”si xususida, “Shohnoma”ning Shoh Hijron tomonidan
o‘zbek tiliga nasriy va nazmiy tarjimasi va shu asardagi inson tabiati tasviri,
xotin-qizlar
masalasi
borasida
ma‘lumotlar
mavjud.
Shuningdek,
adabiyotshunoslik metodologiyasida germenevtik talqin nazariyasiga oid
tushunchalar kiritilgan.
Kalit
so‘zlar:
Shohnoma, germenevtika, talqin, inson, ontologiya, tarixiy-
falsafiy, ijtimoy-madaniy, Rustam, Siyovush, Suhrob
Kishilik tarixida shunday san‘atkorlar borki, ular o‘zlarining odamiylik,
adolatsevarlik, vatanparvarlik va do‘stlik kabi gumanistik fikrlari bilan
umuminsoniy ahamiyat kasb etadilar. Abulqosim Firdavsiy ham ana shunday
umumbashariy ahamiyatga molik bo‘lgan mutafakkirlardandir. Dunyo epik
she‘riyatining gultoji bo‘lgan ”Shohnoma” dagi vatanparvarlik do‘stlik,
qahramonlik, xalqlar ittifoqini ulug‘lash, o‘zoro qonli urushlarda zulmga qarshi
nafrat, tinchliksevarlik, adolatparvarlikka da‘vat kabi chinakam insoniy xislatlarni
targ‘ib etish g‘oyalari hozir ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.
Ana shuning uchun ham biz dunyodagi turli xalqlar adabiyotlarini ko‘zdan
kechirar ekanmiz, juda ko‘p san‘atkorlar Firdavsiyni hurmat bilan tilga
olganliklarining, uning ulkan dahosiga ta‘zim etib yuksak baholaganliklarining
guvohi bo‘lamiz.Jumladan Firdavsiy o‘zbek xalqiga yaqindan tanish bo‘lgaan
adibdir. O‘zbek xalqi uni o‘z klassik shoirlari kabi sevadi, hurmat qiladi.
Shohnomaxonlik o‘zbek xalqi orasida keng tarqalgan ko‘p asrlik tarixga ega
bo‘lgan adabiy madaniy urf odatdir. “Shohnoma” o‘zbek kitobxonlariga aslicha va
o‘zbek tiliga qilingan nasriy tarjima orqali tanishdir.
734
Xorazmlik adib Hasan Muhammad 1497-yili “Siyovush”dostonining
o‘zbekcha nasriy bayonini yaratdi. Keyinchalik u Xorazm va Qoraqolpog‘istonda
“Siyovush” ertagininig yaratilishiga bir zamin bo‘ldi. 1750-55 yillar oralig‘ida
Qo‘qonlik shoir Shoh Hijron “ Shohnoma”ning “Bijon va Manija” dostonidan
“Iskandarning vafoti” tasvirlangan bobigacha nasriy tarjimasini yaratadi.
Tarjimaning muqaddimasida Shoh Hijron asarni nasriy nusxadan ag’darganligini
uqtirgan bo’lsa-da, lekin ora-sira keladigan she’riy parchalar tarjimasida
baytlarning Firdavsiy qalamiga mansubligini ta’kidlagan. Demak u foydalangan asl
forsiy “Shohnoma” ham nazm va nasrda bo’lgan. Bu o’zbekcha tarjimada xalq
kitoblari, rivoyatlari, qissalarining uslubi xiyla kuchlidir. Shoh Hijron Firdavsiy “
Shohmona” sini Qashg‘ar hokimi Xo‘ja Jahonxo‘jam iltimosiga ko‘ra tarjima
qilgan.[1]
Shohnoma oliy darajada tartibga solingan asar. Kompozitsiyasi ham puxta.
Firdavsiy o‘zining bu ulkan asarida juda ko‘p falsafiy g‘oyalar, siyosiy
muommolarni ilgari suradi, ko‘p xarakterlar yaratadi, peyzajlar chizadi, jang
sahnalarini tasvirlaydi. Bu ulkan dostonning ufqi shunday kengki, uning butun
boyligini hali hech bir tadqiqot yoki biror kitob ochib berolgani yo‘q
Shu boisdan, ushbu asarni yana chuqurroq tushunish, uning asl mazmuniga
yaqinroq borish va aynan Firdavsiy aytmoqchi bo‘lgan g‘oyalarni anglash uchun
Germenevtik talqin tamoyilidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Germenevtik talqin o‘zi nima? “ Germenevtika” grekcha “hermeneukos” so’zidan
olingan bo’lib, “tushuntiruvchi”, “talqin etuvchi” ma’nosini beradi. Ya‘ni adabiy
talqin nazariyasi, badiiy matnni tushunish va tushuntirish metodologiyasi sifatida
adabiyotshunoslik sohasida xususiylashganda germenevtika o‘z falsafiy-nazariy
imkoniyatlarini namoyon qiladi.[2] Rus adabiyotshunosligida germenevtika bilan
M.M.Baxtin shug‘ullangan. U bir boshqa madaniyatni tushunish uchun unga
“ko’chib o’tish” shart emas, aksincha o‘z madaniyati doirasida mustahkam turish
kerak deb hisoblaydi.
Tushunish bu boshqa bir insonning ma‘naviy-ruhiy olamini anglash, his
etish, uning maqsad g‘oya niyatlarini o‘qib olish demakdir. Chunonchi badiiy asar
sohibi har doim ham o‘z qalbida kecahyotgan tuyg‘ularni, inson va borliq xususida
hissiy qarashlarini qog‘ozda to‘liq ifoda eta olmaydi. Shu sabab muallifning
ma‘naviy dunyosi, badiiy olami matnda ifodalangan mazmunga nisbatan ancha
keng bo‘ladi. Tushunishdagi sub‘yektivlik ham tarixiylik ham, psixologizm ham
ana shu jihatdan e‘tiborga olinadi.Germenevtik usul olimga matnni talqin etishning
nazariy- metodologik usullarini o‘rgatadi. Badiiy matndagi qahramonlarni talqin
etayotganda, lozim bo‘lsa adabiyotshunos ularni o‘z shaxsiyati bilan taqqoslaydi-
indefikatsiyadan keng foydalanadi. Germenevtik doira vositasida matnning “ichiga
kirishi”, qismlarga ajratishi va qayta jamlab xulosalar chiqarishi mumkin bo’ladi.
735
Xususan, Shoh Hijron “Shohnoma’’ sidagi asosiy ramziy manbalar asosida
inson tabiati va uning o‘ziga xos parametrlari yotadi. Ushbu asarning asl
mohiyatiga yetish ijodkor ko‘zlagan g‘oyalarni chuqurroq anglash uchun asardagi
turli tarixiy-siyosiy, madaniy, ijtimoiy, falsafiy kontekstlarni aniqlash va talqin
etish lozim. Buning uchun quyidagilarga e‘tibor qaratamiz: tarixiy kontekstda
inson tabiati tasvirini aniqlash; ijtimoiy-madaniy dunyoqarashning inson omiliga
ta‘siri (uyg‘onish davridagi musulmon madaniyatining falsafiy tafakkuri);
asardagi shasxning ontologik va gnoseologik parametrlarini ochib berish.
“Shohnoma” ning yuksak cho‘qqilaridan biri “ Siyovush” dostoniga bir nazar
tashlasak. Shoh Hijron inson hayoti uchun tinchlikning qadrini nihoyat yuqori
ko‘tarib Suhrobning o‘limi, Rustamning fojeasini nechog‘lik tasirchan yozib
bergan bo‘lsa ham butun hayotini sarf etib yozgan “Shoh asari”ni qayta o‘qib tahrir
etar ekan, ko‘ngli to‘lmaydi. U tinchlik elchisi balki tinchlikning jarchisi bo‘lgan
Siyovush obrazini yaratadi. Yoshligida o‘zi ham jangchi bo‘lgan Firdavsiy
ruhiyatida o’zgarish yuz beradi. Endilikda u urush va sulh masalalarig yangicha
kayfiyat bilan qaray boshlaydi.[3]
Mamlakat obod, xalq faravon bo‘lmog‘i uchun tinchlikning qadrini,
xotirjamlikning bahosini yanada chuqurroq tushunadi va yurakdan his etadi. Endi
uning uchun yer-suv talashib, soxta obro‘ talashib qon to‘kish jaholat , aql xiralik-
laridangina iborat bo‘lib ko‘rinadi.
Jaholatda bekor qon to‘kmak nechun,
Dilni adovatga asr etmak nechun?!
deb yozadi shoir, hamda sulh va adolat haqidagi g‘oyalari ifodasi, jahon
adabiyotida eng qadim va yuksak mahorat bilan yozilgan drammatik fojeadan
iborat bo‘lgan “Siyovush ” dostonini yozib, “Shohnoma”ga qo‘shadi.
Tadqiqotchilar “Siyovush” dostonini jahon adabiyotida urush va tinchlik
masalalarini badiiy-falsafiy tahlil qiluvchi deb baholaydilar. Bunda Siyovush
obrazi tinchlik mash‘ali bo‘lib porlaydi, u tinchlikning buyuk yalovbardoridir.
Firdavsiy Siyovush obrazida o‘z estetik ideali- aqlli, bilimdon va eng muhumi
adolatpanoh podshoh obrazini yaratib xalqlar do‘stligiga erishib, xalqqa farovonlik
baxsh etmoqchi, adolatli hayot yo‘lini ko‘rsatib bermoqchi, ko‘p ijtimoiy
muommolarni shu yo‘l bilan hal etmoqchi bo‘ladi. Ammo hayot haqiqati bu
idealdan ustun keladi. Siyovush fojeasi shundan dalolat beradi. Shuni ham aytish
kerakki, yoshligida ko‘proq “Urushqoq buqa”deb atalgan Rustam obrazi ham bu
dostonda yana rivojlantiriladi. Bu obrazning yana yangi qirralari ochiladi. Endi
uning insoniy hislatlari ko‘proq namoyon bo‘ladi. U avvalo, Siyovushdagi mana
shu eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab yetishtirgan murabbiy, ikkinchidan u
Siyovush bilan birga Afrosiyobga qarshi borar ekan Siyovushning janjalni tinch
yo‘l bilan hal etish haqidagi fikrlarini qadrlaydi, ammo ehtiyot choralarini
736
ko‘rishga undab, bu yo‘ldagi urinishlariga qarshilik ko‘rsatmay, o‘z holiga tashlab
keladi.
Shunday qilib bu dostonda butun epopeyaning asl g‘oyalari yanada chuqurroq
va yorqinroq ifoda etiladi. Shoir insonga ozozr bermaslikka, yomonlikning urug‘ini
quritioshga da‘vat etadi. Odam eng qimmatli gavhar, kimki kishiga yomonlikni
ravo ko‘rsa, uning o‘zi falokatga duchor bo‘ladi.
Birovga sog‘insa har kim yomonlik,
Nihoyat ul o‘zi topmas omonlik.
Boshqalar hayotini o‘z hayotidek saqlash lozim deb uqtirgan insonparvar
shoir hatto chumoliga ham ozor bermaslikka chaqiradi:
Kim chumoli ko‘nglin etar ekan g‘ash,
Ichi qarodiru yurak bag‘ri tosh.
Har ishda yumshoqlik ko‘rsatkil avval,
Ishing boshlasin urushi janjal.
Urushlarni faqat vatanga hujum bo’lganidagina joiz degan shoir, barcha
narsaning ijodkori inson deb biladi.
Insondan yaxshilik nur va ravshanlik,
Insonsiz dunyoda yo’q farovonlik.
Shoir hayotni qadrlashga undaydi-da, zarurat majbur qilmasa, qon to‘kmaslik
kerakligini juda ko‘p joyda ta‘kidlaydi.
Bilib qo’y yaxshimas qon to’kish also,
Begunohlarga hech keltirma balo!
Sababsiz jang boshlar ekan qay inson,
Bo’lur jigari qon, rango za’faron.
Shuning uchun ham insoniy fazilatlardan chekingan har bir insonga Firdavsiy
dev, jin tamg‘asini bosadi.
Kim odamiylikdan chekinsa agar,
Uni dev, jin degil, odammas digar.
Ana shunday insoniy hislari, g‘oyalar, fikr va tuyg‘ulari uchun uning asari
asrlar bo‘yi srevilib, o‘qilib kelinmoqda, til-dan tilga tarjima qilinmoqda.
“Shohnoma”ning bosh qahramoni Seyistonlik bahodir Rustami Dostondir.
Shuni qayd qilib o‘tmoq kerakki, Rustam yengilmas va mag‘rur tabiatli bahodir,
ammo o‘z podshohida chin dildan sadoqatli. U o‘z vatani, o‘z xalqining
balogardoni. Bu yo‘lda u hech qachon qattol jangdan tap tortmaydi, ammo shu
bilan bvirga u harbiy nayrangga ham usta. Masalan, o‘z o‘g‘li Suhrob bilan
bo‘lgan jangda unga kuchi yetmaydi, jangning ikkinchi kuni Suhrobning zarbidan
otidan otilib tushgan Rustam hiyla ishlatib yolg‘on bilan o‘limdan qutulib
qolganini olaylik, unga hanjar urishga tayyor Suhrobga:
737
Rustam nazar tashlab, so‘z ochar bazo‘r,
Seni hali navqiron hali ko‘zing ko‘r.
Men senga bochayin, shergir bahodir,
Juvonmardlararo borqandayin sir.
Boshqacha bizdagi oinu odat,
Tantilikda imon topadi ziynat.
Hali ish ko‘rmagan yosh Suhrob bu aldov so‘zlarga ishonib yengilgan
raqibni qo‘yib yuboradi, ammo ertasiga u huddi shunday vaziyatda harbiy
shuhratga berilib ketgan otasining rahmsiz tig‘ida halok bo‘ladi.
Shoh Hijron “Shohnoma”da Jamshid, Faridun, Suhrob, Rustam, Zoli Zar,
Gudarz, Gev kabi vatanparvar, fidoyi erkak qahramonlar bilan birga vatanning
pushtu panohi bo‘lmish sadoqatli ma‘shuqa, tadbirkor shoh ayollar obrazini ham
yaratgan. Biz asarning dastlabki sahifalaridanoq shoirning ayollarning jamiyatda
tutgan o‘rniga alohida hurmat bilan qaraganligini sezamiz. Jamshidning qizlari,
Kovaning rafiqasi va boshqalar siymosida biz ayollarga xos iffat-nazokatni, aql-
farosatni ko‘ramiz. Ular kerak bo‘lganda razolat va jaholatni dadil la‘natlay
oladilar. Rustami Dostonning qizi, mashhur bahodir Gevning rafiqasi Bonugushasp
maydonga chiqishi bilan ayollar jasorati yanada yorqinroq ko‘rina boshlaydi. Ne-
ne pahlavonlar uning ishqida o‘rtanib, yakkama-yakka olishuvdazabun bo‘ladi.
Gurdofaridning esa ismi jismiga mos. U mashhur jahonpolvon xonadonida
dunyoga kelgan.Jang-u jadallar, mashaqqatli safarlarda otasining yonida turib,
jo’shqin hayot og‘ushida voyaga yetgan.Turon hokimi Afrosiyobning qizi eronlik
bahodir Bijonni sevadi. U shohning qizi bo‘lishiga qaramay, mehnatkash pokiza,
sofdil, insonparvar, qonli urushlarni la‘natlaydi. O‘z maqsadiga erishish yo‘lida
tinmay yelib yuguradi, kurashadi. Sevikli yori zindonga tashlangan, otasi
tomonidan tahqirlanib, ko‘chaga haydab yuborilgan Manija kishilarning xizmatini
bajarib, bozor va guzarlarda tilamchilik qilib kun kechiradi: tutqunlikda yotgan
Bijonga oziq-ovqat yetkazib turadi. Manijaning tadbirkorligi va ko‘magi tufayli
Rustam podsho Bijonni tutqunlikdan ozod etadi.
“Shohnoma” tarkibiga kirgan ko‘pchilik dostonlarda tinch-totuv yashash
uchun kurash, xalqlar do‘stligi g‘oyasi chuqur ifodalangan. Asar ayol
qahramonlaari siymosida ham ana shu yuksak go‘ya ancha puxta mujassamlangan.
“Shohnomada ” keltirilgan Zardushtiylik ta‘limotining asosi bo‘lgan ezgulik
va yovuzlik o‘rtasidagi asosiy ontologik kurshni Shoh Hijron kosmologiya
darajasida emas, balki inson tabiatining o‘zida ham ko‘rib chiqadi. Uning fikricha,
yovuzlik inson axloqiy jihatdan zaiflashganda ya‘ni ongsiz ong darajasi ustidan
nazoratni yo‘qotganda paydo bo‘ladi. Inson o‘zini aql bilan boshqarar ekan, u
yaxshilikni saqlab qoladi, yomonlik esa Shoh Jamshid bilan bo‘lganidek insonning
o‘zida aql va axloqiy postulatlar zaiflashgandan keyin paydo bo‘ladi. Shuning
738
uchun ham Shoh Hijron ezgu insoniy amallargina hayotni baxtli qiladi, insonni
haqiqatga yaqinlashtiradi deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: |