742
qishdan beri guppi chopon” yangilanmaydi. “Faqat qish
kelib ketgan sayin alak
guppining yengi o‘zgaribgina turadi va astari yil sayin yangidan-yangi yamoqlar
bilan boyiydi. Shu guppi butun umrida birgina marotaba va shunda ham
Maxdumdan beruxsat” tog‘ora yuzini ko‘rgan. Maxdumning ro‘zg‘or yuritishdagi
ziqnaliklarini ta’riflayman desak, Ra’noning “kulgulik uchun” yozilgan mana bu
so‘zlaridan oshirib bir nima aytolmaymiz:
Yog‘lar to‘kilsa yerga, yotib yalar taqsirim,
Bo‘lsa bozorda pastlik sotib olar taqsirim.
Maxdumning bu xasislik darajasiga kelishi otasining vafotidan so‘ng, oilasi
ko‘p tanglikka tushib qiynalganligi uchun oxiri tahsilni tark etib, qorin to‘ydirarlik
kasb izlashga majbur bo‘lganligidir. Yuqori mansab egasi bo‘lishga loyiq otasining
boshiga tushgan kulfatdan so‘ng oilaning boy berilgan imtiyoz va sharfi Solih
maxdumga tinchlik bermaydi.
Uning qalbida mudrab, yashirinib yotgan merosiy
his-tuyg‘ular jahd bilan Anvarni sarmunshiylikka ko‘ndirishga urinayotganida
go‘yo birdaniga bosh ko‘taradi:
“Oyiga qirq tillo vazifa, anvoyi hadyai shohona,
yana – eldan ko‘riladigan obro‘, hurmat, hay, hay, hay…”.
Maxdumning yuragini
o‘rtagan, ichdan uni “hay, hay”latgan asosiy haqiqat shu edi. Shu ma’noda
maxdumning mansab borasidagi falsafasini to‘g‘ri talqin qilishga urinish lozim.
Ammo maxdum tipidagi odamlar nechog‘lik pishiq va bilag‘on bo‘lishmasin,
taqdirning nogahoniy zarbalaridan ham chetga qocholmaydilar. Va o‘zlari inongan,
o‘zlari orzu qilgan, o‘zlari ideallashtirgan xosiyatsiz bir kuchning sharafsiz
qurbonlari safidan joy oladilar.
Asarni “Mehrobdan chayon”
deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib
tanlashdan maqsad – muqaddas dargoh, ya’ni sajdagohdan chiqqan, o‘sha
dargohga nomunosib, qallob, munofiq,
tuban kimsalarga, hasadgo‘y, e’tiqodsiz
kishilarga ishoradir. Yozuvchi Solih maxdum, Abdurahmon domla, Shahodat
muftiy, Kalonshohlar obrazi orqali zalolatga ketgan ba’zi ruhoniylarning asl
basharasini ochib beradi. Ularning iflos bir moziyidan
tortib hozirgi kunigacha
tasvirlab, xalqni aldash, laqillatish kabi hunarlarni o‘zlariga kasb qilib olgan ba’zi
domlalarning holatiga achinadi. Bu hol bilan jamiyat tobora zalolat botqog‘iga
botib
ketaverishidan
afsuslanadi.
Shahodat
muftiy,
Kalonshoh,
Abdurahmonlarning asl qiyofasini biz, ular o‘zlarining asil kasbi bo‘lmish fitna
to‘rlarini to‘qiyotganda ko‘ramiz. Imzosiz xatning shar’an to‘rt pulga qimmatligini
Kalonshohsiz ham yaxshi bilgan mirzolar manfaatlari taqozosi bilan asil
basharalarini ko‘rsatishadi. Abdulla Qodiriy fikricha, yomon odam ko‘rinishidan
qanchalik kelishgan bo‘lishidan qat’iy nazar, odamlar ko‘ziga
sovuq va xunuk
ko‘rinadi. Abdurahmon domla shunday xunukliklarning yorqin timsolidir. U
“manfur ko‘zli, qabih niyatli” odam, “ifloslikda, g‘iybatda g‘oliblikdan xursand
bo‘ladi, kulib turadi”, “yerga qaragan holda iljayadi”. Abdurahmon yoshlikdan
743
iflos bir moziy(zamon)ning mahsuli sifatida axloqsiz bo‘lib yetishadi, imomlikda
ham ma’naviy tubanlik unga doimiy hamroh bo‘ladi.
Xon va Anvar tortishuvida
xon obrazida savodsiz, johil, qo‘pol, odamsifat
bir maxluqni ko‘ramiz va beixtiyor ko‘nglimizdan “podshosi shu darajada tuban
bo‘lgan xalq qanday qilib o‘z qaddini ko‘tarsin”, degan xayollar kechadi.
Jilovxonadagi sohbat asnosida Safar bo‘zchining sodda qarashlari bilan tanishamiz,
beg‘araz va keng fe’lliligiga guvoh bo‘lamiz. Nozikning bir ko‘rishdagi muhabbati
haqidagi hikoyasidan qamoqdagi muhabbatga zor qizning ko‘nglidan voqif
bo‘lamiz. Anvarning sarmunshiy bo‘lishini tilagan Sultonalining maxdumga
aytgan so‘zlaridan qarshimizda bag‘rikeng bir inson turganini anglaymiz. Sultonali
Mirzo, Safar bo‘zchi,
Muhammad Rajabbek, Toyir, Qobil, Oysha bibilar obrazi
orqali oddiy xalq va hukumat vakillarining insof-diyonati, o‘zbekona samimiyatini
ko‘rsatadi.
Adabiyotshunosligimizda “sevgi uchburchagi” degan norasmiy bir istiloh
mavjud: oshiq, ma’shuq va ag‘yor. Ushbu uch subyektning har biri bir-biroviga
munosabatini namoyon qilgan taqdirdagina muhabbat mojarosi yuzaga chiqadi.
Sirtdan qaralsa, asarda ham shu uch subyektni ko‘ramiz. Ag‘yor rolida mulla
Abdurahmon. Biroq oshiq va ma’shuq o‘zlarining
hayotiga tinimsiz aralashib
turadigan ag‘yorning fitnalaridan bexabar. Vaqti kelib o‘z hayoti va muhabbati
qanday yechimga kelishi Ra’noning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib qolgan holatda biz
Ra’no yuragining nechog‘li ulkan qahramonlikka tayyor ekanligining guvohi
bo‘lamiz:
Dostları ilə paylaş: