Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə344/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   431
Anjuman Boku (6)

СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ 
1.
Л. Тимофеев. С. Тураев. Словарь литературоведческих терминов. 
Москва «Просвещение», 1974. 
2.
С. Зенкин. Введение в литературоведение. Теория литературы/Москва, 
2000. 
3.
М. Галиева, А. Борова. Особенности раскрытия женского образа в 
произведениях русских писателей/Международный журнал «Вестник 
науки» №5 (38), 2021. 
4.
Х. Хоссейни. Тысяча сияющих солнц/Фантом пресс, Москва, 2008. 
 


770 
MANBALARNING MATNIY TADQIQ ETISH 
MUAMMOLARI 
 
O’ZBEK “GO’RO’G’LI” DOSTONLARINING QO’LYOZMA 
NUSXALARI
 
San’at SARIYEV
 
Urganch davlat universiteti dosenti,
filologiya fanlari doktori (DSc)
(O’zbekiston) 
Dunyo xalqlari ma’naviyatining negizini tashkil etuvchi milliy 
qadriyatlar 
tizimining 
asosiy 
qismini 
asrlar 
davomida 
yaratilib, 
sayqallanib kelgan badiiy tafakkur durdonalari tashkil etadi. Jahon 
xalqlari milliy ma’naviyatining ko’zgusi bo’lgan folklor asarlari, xususan, 
uning ko’p qatlamli epik tafakkurini o’zida aks ettirgan dostonlarni 
o’rganish yosh avlodni tarbiyalashda muhim omillardan biri sanaladi. 
Ushbu boy va qadimiy badiiy merosning salmoqli qismi xalq eposi 
namunalari hisoblanadi

 
Ajdodlarga xos bo’lgan ana shunday ma’naviy etuklikning tub ildizlarini 
aniqlash va uning mohiyatini yoritish uchun xalqimizning boy va keng qamrovli 
og’zaki ijodini, xususan, epos tabiati hamda uning yashab kelish tamoyillarini 
tadqiq etish har jihatdan muhimdir.
“Go’ro’g’li” eposi qo’lyozma variantlarining yuzaga kelish jarayoni ham xalq 
ma’naviy olamining qadimiy an’analariga borib bog’lanadi. Zero, “Go’ro’g’li” 
dostonlari ko’pgina xalqlar orasida juda keng tarqalgan. Bu dostonlar o’zbek, tojik, 
turkman, ozarbayjon, turk, qozoq, qoraqalpoq, arman, gruzin, kurd xalqlari epik 
ijodiyotida o’ziga xos turkumlarni tashkil etadilar. Go’ro’g’li Sibir tatarlari, 
bulg’or turklarining sevimli
E
pik qahramonlaridan biridir. Turkumning ayrim 
lavhalari O’rta Osiyo (Buxoro) arablaridan ham yozib olingan. Bunday keng 
hududda, asosan, turkiy elatlar va qisman turkiy bo’lmagan xalqlar orasida keng 
tarqalgan, turkumlashishning barcha xillarini o’z ichiga olgan bunchalik ko’p 
tarmoqli biror-bir epik asarni dunyo folklorchiligi bilmaydi” [1.3]. 
Dostonlarining xalq orasida saqlanib qolgan qo’lyozma nusxalarini aniqlash 
maqsadida olib borgan izlanishlarimiz natijasida “Go’ro’g’li” turkumi 
dostonlarining quyidagi qo’lyozma variantlarini topishga muvaffaq bo’ldik: 
1. O’z R FA SHarqshunoslik institutida: №836-inv., №3150-inv., №2962-
inv., №3279-inv., №953-inv., №529-1-inv., №8042-inv., №12045-inv., №5350(1)-
inv., №9590-inv., №12222-inv. 
3. O’z R FA Til va adabiyot instituti Folklor arxivida 3 ta qo’lyozma variant: 
№1647-inv., №1429-inv., №1751-inv. 
4. Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyidagi qo’lyozma variant: №100-
inv., 


771 
5. Prof.S.Ro’zimboevning shaxsiy arxivida 2 ta qo’lyozma variant: 
(“Bozirgon”, “Xirmondali”.) 
Ushbu manbalarni tahlil qilish jarayonida ularning ayimlari takror nusxalar 
ekanligini inobatga olib, asosiy, birlamchi deb topgan manbalarni asos qilib oldik 
va qolganlirini esa asosiy manbaning g’oyaviy-badiiy qimmatini asoslab berish 
uchun tahlil jarayonlarida foydalandik. 
O’rta Osiyo xalqlari folklorida, xususan, o’zbek xalq og’zaki badiiy 
ijodiyotida alohida o’rin tutadigan bu epos Xorazm vohasida, ayniqsa, keng 
tarqalgan. Folklorshunos M.Saidov “Go’ro’g’li” turkumi dostonlari haqida fikr 
yuritar ekan, “o’zbek xalqi orasida bu eposni avvalo Xorazmdan axtarish kera” 
[2.139], - deb yozgan edi. Professor T.Mirzaev esa “Go’ro’g’li” turkumi dostonlari 
o’zbeklar orasida bir-biridan jiddiy ravishda farq qiluvchi ikki versiyada 
tarqalganligini qayd qiladi [3.133]. Bu versiyaning birinchisi Xorazm “Go’ro’g’li” 
dostonlari bo’lsa, ikkinchisi eposning Xorazmdan boshqa viloyatlarda tarqalgan 
turkum dostonlaridir. 
Professor S.Ro’zimboevning ko’rsatishicha, hozirgacha Xorazmda tarqalgan 
“Go’ro’g’li” turkumi dostonlarining umumiy soni yigirma to’rtta bo’lib, shundan 
hozirga qadar o’n sakkiztasi yozib olingan [4.134]. Boshqa viloyatlarda tarqalgan 
“Go’ro’g’li” dostonlarining soni haqida so’z ketganda baxshilar orasida aytilib 
yuradigan “Go’ro’g’li” qirq doston» degan naqlnamo gap ko’p eslanadi. Ammo 
professor T.Mirzaev to’g’ri qayd etganidek, bu o’rinda “qirq” raqami an’anaviy 
bo’lib, u haqiqiy holni ifoda etmaydi. Aslida o’zbek elida tarqalgan “Go’ro’g’li” 
dostonlarining soni yuzdan oshadi. Hozirgacha folklorshunoslar tomonidan yozib 
olingan va O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi 
Til va adabiyot instituti Folklor arxivida saqlanayotgan “Go’ro’g’li” dostonlarining 
soni oltmishga bordi. Turkumning variantlari va Xorazm “Go’ro’g’li”si bu hisobga 
kirmaydi [5.133]. Darhaqiqat, T.Mirzaevning o’zi “Go’ro’g’li” dostonlarining 
sharqiy versiyasiga mansub 59 ta asar nomini keltirgan [5.133]. 
SHunisi e’tiborliki, Xorazm dostonchiligi an’analarining bir tarmog’i 
qissaxonlik bilan bog’lanib ketadi. Bu an’ana abyniqsa, Xorazmdagi qissaxon-
xalfalar ijodiga ko’proq taalluqlidir [7.13]. SHu sababli o’zbek “Go’ro’g’li” 
dostonlarining yozuvga ko’chirilishi ham, asosan, Xorazmdan boshlangan, desak 
xato qilmagan bo’lamiz. O’sha paytlardayoq yosh baxshilar dostonlarni yoki 
ulardan parchalarni ana shunday qo’lyozmalar orqali o’zlashtirib, keyinchalik 
ularni og’zaki ravishda kuylashga o’tganlar. Demak, Xorazm baxshilarining kitob 
vositasida doston aytishi o’ziga xos an’ana hisoblangan. CHunki, 1863-yilda 
Xorazmga kelganda ko’proq qo’lyozmalar yig’ishga e’tibor qaratgan venger olimi 
H.Vamberining keltirishicha: Xorazm baxshilarida “Baxshi kitobi” deb ataluvchi 
maxsus qo’lyozmalar bo’lib, ular “... o’rganuvchi shogird - baxshilarning yonida 
olib yuriladigan kichik kitobchadir” [8.34]. 1908-yilda Xorazmga kelgan 
sharqshunos A.Samoylovich baxshilarning kitobiy doston kuylaganliklariga ham 
e’tiborini qaratib: “xivalik baxshining o’zi dutor chalib, kitobiy dostonni ijro 
etayotganida uning yonidagi ikki sozanda bulamon chalishib, unga jo’r bo’lib 
turishdi” [9.22] - deb yozadi. 


772 
Qoraqalpoq folklorshunosi Q.Ayimbetov, Xiva xoni Suyav baxshini 
chaqirtirib “Go’ro’g’li” dostonini ayttirgani va o’zi dostonning qo’lyozmasiga 
qarab o’tirgani, baxshi hatto bir so’zda ham yanglishmaganligini qayd qilib o’tadi 
[10.132]. Demak, Xorazm baxshilari so’nggi davrlarda dostonlarni, asosan, yozma 
matnlar orqali o’rganib, og’zaki ijroga o’tganlar. Dostonlar xalq orasida shu 
darajada ommalashib ketganki, xalq dostonlarni yodlab olgan. Baxshilar orasida 
dostonlardagi she’riy parchalarni tashlab ketish yoki unga qo’shimcha qo’shish ayb 
sanalgan. Alloma H.T.Zarifov ham shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, “Xorazm 
dostonlari yozma adabiyot va shahar madaniyatidan xabardor bo’lgan noma’lum 
savodli baxshilar tomonidan qayta ishlangan nisbatan muntazam tekstga ega” 
[11.240] – deb yozadi. 
YUqoridagi ko’chirmalardan ko’rinadiki, Xorazm vohasida dostonlarning 
yozma variantlariga murojaat qilish nafaqat qissaxonlar va qiroatxon xalfalar, balki 
baxshilar uchun ham an’anaga aylangan. Bu an’ananing Xorazm vohasida 
yoyilgan deyishimizning boisi shuki, qo’lyozma variantlar turkman va qoraqalpoq 
baxshilari hamda qissaxonlari uchun ham doston o’rganishda asosiy manba bo’lib 
xizmat qilganligi turkman folklorshunosi B.Qarriev [12.128], qoraqalpoq 
folklorshunosi Q.Maqsetov [13.132] asarlarida qayd qilingan. 
“Go’ro’g’li” dostonlarining qo’lyozma variantlari Xorazm vohasida istiqomat 
qilgan xalq baxshilari uchun teng xizmat qilganligi sababli turkman, qoraqalpoq va 
Xorazm o’zbeklari orasida tarqalgan versiyalar bir-biriga juda o’xshash keladi 
[14.60].
Bu masalaning bir tomoni bo’lsa, ikkinchidan Xorazm vohasidagi o’zbek, 
turkman va qoraqalpoq baxshilari repertuaridagi dostonlarning hajman kichik, 
ixchamlashgan ekanligi ham ularning barqaror matnlarga ega bo’lgan yozma 
variantlarga asoslanganligidadir.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin