753
"Namangandan yetishib chiqqan yorqin iste’dod egalari haqida gapirganda,
adabiyotimizga chaqmoqdek kirib kelgan otashin shoir Usmon Nosir siymosi ham
ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
Gʻoyat qisqa – bor-yo‘g‘i o‘n yillik ijodiy faoliyati davomida shoirning 5 ta
she’riy kitobi, 2 ta dostoni va bir qator dramatik asarlari nashr etilgani, dramalari
sahnaga qo‘yilgani,
uning Pushkin, Lermontovning mashhur dostonlarini o‘zbek
tiliga ulkan mahorat bilan tarjima qilgani sizlarga ma’lum, albatta.
Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan 25 yoshida qamalib, qatag‘on
qilindi. Chunki mustabid tuzum bunday millatparvar, vatanparvar insonlarni
o‘zining eng ashaddiy dushmani, deb hisoblar edi.
Usmon Nosir bir she’rida: “Bargdek uzilib ketsam, unutmas meni bog‘im”,
deb yozgan edi.
Albatta, u “bog‘” deganda, jonajon Vatanini, bag‘rikeng
xalqimizni nazarda
tutganini anglash qiyin emas", - dedi Prezident [1. 1].
Sen, yuragimning chashma suvi sen,
Sen, ko’zlarimning gavhar nurlari.
Sening bahoingni kim so’rasa, de:
“Bahom – umringning bahosiga teng!”
Usmon Nosir haqida so’z borganda beixtiyor shoir Erkin Vohidovning
quyidagi so’zlari yodimga tushadi: “Dunyoda oz umr ko’rganlarni eslaganda,
odatda u tirik bo’lganda falon yoshga kirgan bo’lardi, oqsoqol bo’lib, qariyalar
qatorida munkillab yurgan bo’lardi, degan kabi gaplar aytiladi.
Men negadir
Lermontov, Yesenin, Hamza va Usmon Nosirni munkillab yurgan chol sifatida
ko’z oldimga keltirolmayman. Ular chaqmoq bo’lib dunyoga kelganlaru
chaqmoqday olovli iz qoldirib, dunyodan o’tganlar. Iste’dod shunday bir gavharki,
u dengiz tubida, sadaf ichida ham gavhar; iste’dod shunday bir zilol irmoqki, uning
har qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor; iste’dod shunday
bir gulki, uning har bir ochilmagan g’unchasida chamanlarning bo’yi, tarovati bor.
Usmon Nosir iste’dodi ana shunday gavhar, ana shunday irmoq, ana shunday gul
edi” [2.3 b.].
Haqiqiy she’r
xalq dilini, orzu istaklarini, tuyg’ularini, insonga har
tomonlama dahldor voqealar mohiyatini ochib beruvchi, ko’ngil torlarini
chertuvchi, taskin bo’ladigan va albatta xalq tilida bo’lishi kerak.
Usmon Nosir
bitgan she’rlarini xalqimiz sevib, qayta va qayta o’qiydi. Chunki ular- “Haqiqiy
she’rlar”dir.
Bunday she’rlar hech qachon eskirmaydi. Har o’qilganda yangi-
yangi ma’nolar kashf etiladi.
Usmon Nosirning hayoti haqida gapiradigan bo’lsak, 1912- yil 13-noyabrda
Namanganda tavallud topgan. Uning hayot yo’li biroz murakkab, qiyinchiliklarga
754
boy bo’lgan. Otasidan erta yetim qolgan Usmon Nosir Qo’qondagi bolalar uyida
tarbiyalandi, Shoirning o’zi bu erta ayriliq to’g’risida shunday yozadi:
Keldim, yana yodimga tushdi,
O, shaharim, o’sgan yerlarim.
Hayol yana qush kabi uchdi,
Yana seni kuylar she’rlarim…
Yig’lab o’tardim ko’chalardan;
Ko’z yoshimni shimgan yer guvoh.
Topib kelib, tun kechalardan
Internatga bermadingmi, oh?
Yetim qolganimni bilaman:
Men beshikda, huddi ikkita
Cho’yan soqqa kabi ko’z bilan
Jon berishin ko’rganman unda…
…Otam o’ldi men sarson bo’ldim.
Shum yetim- deb so’kdilar meni.
Ajab kunga mubtalo bo’ldim,
Ko’chalarga quvdilar meni.
O’sha kunlar dilimda hayot.
(Og’ir g’amni unutib bo’lmas!)
Shoir qalamidan tushgan misralar o’z dardi, hissiyotlari o’zgalar ko’ngliga
ham ko’chadi. Ko’chganda ham yurakni larzaga solib, qalb tug’yonlarini chertib,
o’quvchini chuqur o’yga solib ko’chadi. Usmon Nosir she’rlari
qismati kabi
achchiq dardni tuydiradi. Bu holatni bir so’z bilan tushuntirish qiyin.
“Bolaligidan she’rlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor
yo’g’i o’n besh yilgina, ya’ni qamoqqa olinguncha astoydil shug’ullandi. Shu oz
fursatda o’zining qanchalik nodir iste’dodga ega ekanligini yaqqol ko’rsatdi. Yosh
shoirning “Quyosh bilan suhbat” (1932), “Safarbar satrlar” (1932), “Traktorobod”
(1934), “Yurak” (1935), “Mehrim” (1935) kabi she’riy to’plamlari hamda
“Norbo’ta” (1932) va “Naxshon” (1935) kabi dostonlari va “Atlas”, “Zafar”,
“So’ngi kun”, “Dushman” kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir 1937-yilning 14-
iyulida “xalq dushmani” sifatida
qamoqqa olindi va Toshkent, Magadan,
Kemerovo turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin bo’lmagan
qiynoqlarga duchor bo’lgan shoir 1944-yil Kemerovoda halok bo’ldi” [3. 14-15].
Dostları ilə paylaş: