744
keyin o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bu chiroyli, sog‘lom qizlar to‘rt devor ichida
o‘zlarini qayoqqa urishni bilmay, azbaroyi zerikib, dimiqqanlaridan haramga kirib
kelgan
har bir ayolga yopishishadi, ermak qilishadi. Har biri bir yigitni baxtli
qiladigan mazlumalarning go‘zal bazmini to‘rt devordan boshqa hech kim
ko‘rmaydi, sho‘x va go‘zal laparlari shu devorlar orasida singib yo‘q bo‘ladi.
Birinchi qarashda bir oz “yalang‘och” tuyulgan bu sahnalar xon saroyida sil bo‘lib
o‘lgan qizlar haqidagi har qanday hikoyadan ham qattiq ta’sir etadi kishiga.
Chunki bunda insonning eng ulug- fojiasi – muhabbat va ona bo‘lish baxtidan
umrbod mahrum bo‘lgan ayollar fojiasi bor.
Dostonlarda uchraydigan adabiy priyomlar – do‘stning eng og‘ir kunda
yordamga kelishi (Anvarning do‘sti vafot etsa ham shu do‘stlik
sharofati bilan
Anvar kambag‘allik balosidan qutulib ketadi, yana bir do‘sti – Sultonali esa Anvar
uchun jonini ham berishga tayyor bo‘lib, Xudoyorxon jallodlari tig‘i ostiga keladi,
dor tagiga yetgan Anvarni sodiq do‘stlar qutqarib qoladilar), og‘ir damlarda
ma’shuqaning tashabbusni o‘z qo‘liga olishi (“Alpomish” dostonida Oybarchin
qalmoq pahlavonlari bilan kurashga kirishadi – romanda esa Ra’no oxirgi damda
Anvarni xon zulmidan birga qochishga undaydi) kabi xislatlar asar o‘zbek
xalqining badiiy an’analariga mos ravishda bitilganini isbotlaydi.
Roman poetikasining til va ifoda xususiyatlariga diqqat qaratadigan bo‘lsak,
A.Qodiriy nutqida 20-yillardagi o‘zbek ziyolisining til xususiyatlari yaqqol
ko‘rinadi. Muallif nutqida uchraydigan singormonizm
hodisasining asar tiliga
o‘ziga xos joziba bag‘ishlaganligi quvonarli hol. Voqealarning rivojlanish
jarayoniga mos ravishda muallif nutqida ham ayrim o‘zgarishlar kuzatiladi.
Masalan, Anvar va Ra’noning uchrashuvi bilan bog‘liq o‘rinlarda yozuvchi baland
pafosda gapiradi, nasrdan nazmga o‘tib ketadi, uchinchi shaxs tilidan berilayotgan
hikoya beixtiyor birinchi shaxs tilidan davom ettiriladi. Voqelar shiddatli
rivojlanayotgan joylarda esa muallif nutqi kalta-kalta, lo‘nda, faqat harakatni
bildiradigan fe’llar ishtirokida bo‘ladi.
Abdulla Qodiriy asarlari uning betakror poetik tafakkuridan darak beradi.
Badiiy tafakkur esa nutq hodisasi bilan bog‘liq, albatta. Har bir millat adibi o‘z
milliy
tilida fikr yuritadi, shu milliy tilning lug‘at boyligiga tayanib ijod qiladi.
E’tibor berilsa, Abdulla Qodiriy Xudoyorxon obraziga ham aynan tilga e’tibor
masalasida milliy tuyg‘ularni singdiradi [3]:
“Xudoyor muhr bosish asnosi
yozilg‘an yorlig‘ va nomalarni o‘qutib eshitar, munshilarning eshitilmagan arab
va fors so‘zlari orqaliq to‘qug‘an yarim turkiy jumlalariga aksar vaqt tushunmas:
“Enalaring arapqa tekkanma?” deb mirzo, muftilarni koyir edi”
[1, 28].
Xudoyorxonning “turkiy jumlalar”ga alohida qaragani,
Anvarning inshosini
maqtagani muhim jihatlardan biri. Yana bir muhim jihat shuki, adib ayni
epizoddagi Xudoyorxon nutqiga xuddi tilshunos kabi roman hoshiyasida shunday
745
bir izoh yozadi:
“Xudoyor qipchoqlar ichida o‘skani uchun tili o‘zbekchadir.
Enalaring so‘zidagi “ng” harfini “ng” ravishida qalin so‘zlaydir. Hozirg‘i isloh
qiling‘an harfimizda bu qaling “ng”ning maxsus shakli yo‘qdir”
, [1,28].
Asarda tasviriy vositalardan ham keng foydalanilgan. Buni albatta xalq
og‘zaki so‘zlashuv nutqidan foydalangan holda tasvirlagan. Ayniqsa, asar
qahramonlari tashqi qiyofasini mohirlik bilan chizgan. Masalan, Baxtiyor obrazida
“…uning gavdasi misoli bir gupchak bo‘lsa, shu gupchakning yuqorisida katta bir
suv qovoqni bosh bo‘lsin deb o‘rnatgan edilar”, deya hajvga yo‘g‘rilgan ta’rifni
ko‘ramiz. Qodiriy voqelikni tasvirlashda so‘zlarni
nihoyatda topqirlik bilan
qo‘llaydi. Jumladan, Ra’noni ta’riflar ekan, uning portretini eng nafis bo‘yoqlarda
chizishga urinadi:
“Ra’noning ismi jismiga yohud husniga juda muvofiq tushgan
edi… Bu go‘zal qiz och ra’no gulining tusida yoki oq-sariq tusida yaratilgan edi”,
“…jodu ko‘zi kishiga qattiq qaraganda qoralikdan boshqacha yana bir turli
qizg‘ish nur sochar edi”,
deya kipriklari ostida nafis surma borligini, qoshi, burni,
yuzi, qisqasi, sochining uzunligini, barmoqlaridagi xina gullarini qiz husniga
monand ta’riflar ekan, bulardan ko‘ngli to‘lmay, axiyri qizni
“Qo‘qondagina
emas, umuman Farg‘onaning kuylariga qo‘shilib maqtalaturgan edi”
deydi.
Qodiriy xalq tili xazinasini puxta egallagan. Shuning uchun adibning tasvirida har
bir so‘z hayotiylik kasb etadi.
Asarning “Qiziqlar” nomli bobida tomog‘i ostidagi cho‘g‘ir qovundek
bo‘qoq g‘ovlab yotgan Baxtiyorni, kir yaktagidan badani ko‘ringan bir qo‘li bilan
yelkasini qashib, ikkinchisi bilan ishtonbog‘ini
ushlab olgan Bahrom qiziq
obrazida yozuvchining satirik mahorati bo‘rtib ko‘rinadi. Chunki “burni o‘rnida
yuqoriga qarab qurbaqa o‘rmalagan maxluq”ning tashqi qiyofasidan, xunuklik va
ifloslik bir-biridan o‘tgan bu qiziqlarning:
“Bir poy kafshni yeb qo‘yibsizlar-
ku”
,
“Bo‘qog‘ingga kafshning o‘kchasi tiqilib qolipti-ku”
yoki
“Singli taloq bitni
qochirdim-da!”
kabi “askiyalar”ni o‘qiganda, nahot shunday “qiziqchilik”dan zavq
olgan Xudoyorxonday primitive odam katta bir o‘lkani o‘n yillar davomida idora
qilgan bo‘lsa?! – degan o‘y kitobxon qalbini larzaga soladi. Yozuvchining maqsadi
ham kitobxonda aynan shu fikrni uyg‘otish bo‘lsa ne ajab?
Roman to‘qimasida ko‘proq poeziyada qo‘llaniladigan tazodni esga soluvchi
qarshilantirish usulidan ham keng foydalanilgan. Bunga eng oddiy misol sifatida
boblarning joylashtirilishini ko‘rsatish mumkin. Masalan, Anvarning gullar va
orzular og‘ushida kechgan yoshligi tasvirlangan bobdan so‘ng mulla
Abdurahmonning madrasalardagi kir yoshligi tasvir etiladi. O‘quvchi har ikki
qahramonning ichki tabiatini chuqurroq his qilishi
uchun bunday kompozitsion
joylashtirish ayniqsa muvofiqdir.
“Mehrobdan chayon” hayot haqiqatini bo‘rttirmay va yashirmay o‘z holicha,
jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini
746
o‘ziga xos ohanglar, bo‘yoqlar vositasida kashf etib bergan o‘xshashi yo‘q san’at
namunasidir.
Dostları ilə paylaş: