741
Ra’no bilan bog‘liq ishqiy holatlarning romantik tasviri asarning realistik
qimmatini zarracha bo‘lsin tushirmaydi, aksincha romanning o‘qishliligini
ta’minlaydi. Shuning uchun asarda romantik syujet tug‘diradigan ko‘tarinkilik va
shiddatning paydo bo‘lmasligi, hikoyaning sodda va ravon tusda, ortiqcha
ehtiroslarga berilmasdan va o‘quvchini ham hayajonli vaziyatga tushirmasdan
davom etishi oldimizda sof romantik xarakterdagi asar emas, o‘zgacha bir badiiyat
dunyosi turganini isbotlaydi.
Voqeaning o‘quvchi ko‘nglida tug‘diradigan shiddatini pasaytirish,
romantika unsurlarining ahamiyatini ozaytirish uchun yozuvchi juda oddiy va ko‘p
marta sinalgan yo‘ldan boradi: voqeani boshlab qo‘yadi-yu, darhol o‘quvchini
undan chalg‘itadigan tafsilotlar bilan tanishtiradi. Solih maxdumning xarakterini
ta’riflaydi, xasisligining sabablarini tushuntirishga harakat qiladi, oila a’zolari
bilan tanishtiradi, Nigor oyim va Ra’nolarning xarakteristikasini yozadi,
portretlarini chizadi. Bu tafsilotlar o‘quvchining estetik zavqlanishiga ta’sir qilishi
bilan birga voqealarni to‘ldirib ham boradi. Xonlik tuzumining xarakteri haqidagi
epizodlar ijtimoiy muhit kartinasini yaratadi. Solih maxdum, Nigor oyim, Ra’no
portretlari esa, ular voqeaning doimiy ishtirokchisi bo‘lgani uchun avvaldan
ta’kidlab qo‘yiladi, ortiqcha savollar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Romon syujetini so‘zlab o‘tirishning hojati yo‘q. Zero, ko‘pchilik bu tarixiy
roman va uning filmi bilan tanish. O‘qishni boshlashingiz bilanoq, Ra’noning otasi
Solih maxdum va uning qiliqlaridan jahlingiz chiqa boshlaydi. O‘ta razil,
qurumsoq, qo‘l ostida 200 tillosi, 2 sandiq saruposi bo‘la turib, har kuni qattiq non
yeyishi va oilasiga ham xuddi shunday munosabatini kuzatasiz. Solih maxdum
obrazi romandagi eng pishiq ishlangan obraz ekanligi ma’lum [2]. U kitobxonni
ham juda qiziqtiradi, ham ko‘p mushohadaga chorlaydi. Maxdum qat’iy “ramka”ga
solinadigan qahramon emas. Zero, Solih maxdum inson tabiatidagi kamchilik va
chirkindan chirkin illatlarniginamas, ichki murakkablik, ishonish qiyin bo‘lgan
nafsoniy evrilishlarni ham ochib beradigan serqirra bir obrazdir. Romanda muallif
yengil hazil-muoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali Solih
maxdum tabiatiga xos “maqtab bo‘lmaydigan” xususiyatlarni batafsil ko‘rsatadi.
Bunday xususiyatlarning tashqi va ichki ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni
paytda maxdumning “hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik” fazilatlarini ham
ta’kidlaydi:
Dostları ilə paylaş: