“YUSUF VA ZULAYHO” DOSTONI VA SHU TURKUMDAGI
DOSTONLAR
Muattar XATAMOVA
Guliston davlat universiteti 2-bosqich
magistranti.Tel:+998994876768.
Annotatsiya
. Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotida “Yusuf va
Zulayho’’dostonining yaratilishi va shu turkumdagi doston hamda qissalarni
ko‘rib chiqamiz.
Kalit so‘zlar
: qissa, doston,xalq og‘zaki ijodi, syujet,majoziy ishq, haqiqiy
ishq, to‘rtlik.
730
Аннотация.
В данной статье мы рассмотрим создание эпоса Юсуф и
Зулейха в узбекской классической литературе, а также былины и рассказы
этой серии.
Ключевые слова
: новелла, эпос, фольклор, сюжет, метафорическая
любовь, настоящая любовь, четыре.
Annotation.
In this article, we will consider the creation of the Yusuf and
Zuleikha epic in Uzbek classical literature, as well as epics and stories in this
series.
Key words
: short story, epic, folklore, plot, metaphorical love, real love,
four.
Keyingi yillarda mumtoz asarlarni tadqiq qilish masalasi hukumat tomonidan
qayta ko‘rib chiqilib, “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-sonli qarori qabul
qilindi. Qarorda “Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy
madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va
ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas
qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida
tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom
ettirilayotganligi’’ ta’kidlangan.
“Yusuf va Zulayho’’dostoni butun yer yuzidagi xalqlarning durdona asari
hisoblanadi.”Yusuf va Zulayho’’ dostoni turli tillarda yozilgan va qadim
o‘tmishimizdan bugungacha milliy boylik sifatida ulug‘lanib kelinadi.
Asarning dastlabki tarixi eramizgacha bo‘lgan xalq og‘zaki ijodidan
boshlangan.Bilamizki,bu doston va uning qahramonlariga musulmonlarning
“Qur’on’’da va shuningdek, “Tavrod’’ va”,Injil’’da ham alohida suralar
bag‘ishlangan[3.B.421].
“Qur’on’’da qissalarning eng go‘zali deb atalgan Yusuf qissasi juda qadimiy
sujetlardan biri bo‘lib,u dastlab Muso alayhissalomga nozil qilingan “Tavrod’’
ning birinchi kitobiga,keyin Iso alayhissalom ta’limotini o‘z ichiga olgan
“Injil’’ga kiritilgan.
O‘zbek adabiyoti tarixida go‘zal Yusuf mavzusi birinchi marotaba Ali ismli
shoirni qiziqtirgan.Ali tomonidan Qur’ondagi asosiy voqealar ilgari
suriladi.E.E.Bartelsning ta’kidlashicha ,Ali Xorazmlik bo‘lgan.U fors
mualliflariga taqlid qilmasdan asar yozishga kirishdi.Uning asari xalq og‘zaki
ijodiga xos to‘rtlik shaklida yozadi.Bu shakl turk xalqlari og‘zaki ijodiga juda
yaqin.Alining
qissasi
mazmun
tomonidan
ham
fors
poeziyasi
bilan
bog‘lanmagan.U Qur’on variantiga amal qiladi.Ali Qur’onda berilgan afsonaviy
731
qissani turkiy xalqlar o‘rtasida keng tarqatishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygan.Asarning keng tarqalishi va shuhrat qozonishiga asosiy sabab uning
mazmun mohiyatidagi muhabbat talqinidir.Dostonda olg‘a surilgan ishq g‘oyasida
dastavval Yaratganga bo‘lgan muhabbat haqida so‘z ketadi.inson barcha qiynoq
va sinovlardan o‘tib,sabr-bardosh bilan ilohiy ishqqa yetadi.Ishq yo‘lidagi
muhabbat azoblarini,firoq va hijronda o‘rtanish visolning mavjudligini bildiradi.
Shuni aytish joizki,bu dostonning 150 nusxasi bo‘lib,ularning talqinlari bir-
biriga o‘xshamaydi.Ulardan 50 tasi badiiy asarlardir.Bu nazm gulshanida javlon
urgan,qalami o‘tkir buyuk siymolar ishq dostonini o‘zlaricha talqin
qilib,kitobxonlarga yetkazib berdilar.Faqat doston oxiridagi baxtli visol ko‘ngilga
xush yoqadi[5.B.5].
Shuni aytish joizki,dostonning eng mashhurlarini Firdavsiy,Abdulmuayyid
Balxiy,Shohin Sheroziy,Shahobiddin Am’aq,Abdulloh Ansoriy,Xo‘ja Mas’ud
Iroqiy,Abdurahmon Jomiy va boshqalar yaratgan deyishimiz mumkin.Yusuf
mavzusini sharq xalqlari adabiyotida birinchi marotaba buyuk fors-tojik shoiri
Abulqosim Firdavsiy tomonidan ishlangan.Bu fikrni N.M.Mallayev o‘zining
“O‘zbek adabiyoti tarixi’’kitobida tasdiqlaydi:,,Bu mavzuda yaratilgan eng
qadimgi badiiy asarlardan biri Firdavsiy nomiga nisbat berilgan “Yusuf va
Zulayho’’dostonidir. Jumladan,turli davrlarda turkiy adabiyotda ham shu
mavzuda 50 ga yaqin asar ijod qilingan.Masalan,Qul Ali,Nosiriddin
Rabg‘uziy,Haydar
Xorazmiy,Mulla
Yusuf
Yorkandiy,Nozim
Hiraviy,Sayqaliy,Xiromiy,Salohiy,Andalib,Hoziq kabi ijodkorlar qissa va
dostonlar bitganlar. Asar syujeti asosida asarlar yaratish XX asrda ham davom
etdi.Xususan,Hamza Hakimzoda Niyoziy “Qiroat’’ kitobida bu qissani sodda til
bilan qisqacha hikoya qilgan ,Nozim Hikmat “Go‘zal Yusuf’’pyesasi,Ramz
Bobojonov “Yusuf va Zulayho’’musiqali dramasini yaratdi.Jomiyning “Yusuf va
Zulayho’’asari XIX asrda Ogahiy tomonidan o‘zbekchaga tarjima qilindi.
O‘zbek shoiri Durbekning (XIV asr oxiri-XV asr boshi) “Yusuf va
Zulayho’’ asarigina bizgacha yetib kelga[3.B.430]..Bu doston 1409-yili yozilgan.
Doston asosini sharqda mashhur Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyat tashkil
etgan.”Yusuf va Zulayho’’dostonining qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston Fanlar
Akademiyasi Sharqshunoslik instutida,Parij va Istanbul kutubxonalarida
saqlanadi.Yusuf haqidagi ilk dostonlarda Yusuf va Zulayho ilohiy obraz sifatida
tasvirlansa,keyinchalik Yusuf va Zulayho muhabbati dunyoviy talqin qilina
boshlandi.Durbek va Abdurahmon Jomiy dostonlarida bosh qahramonlar
Zulayhoni Go‘zal qiz sifatida tasvirlaganlar.Durbek Qur’onning “Yusuf sura’’si
voqealariga ijodiy munosabati,Ilohiy kitob va doston matnidagi o‘xshash hamda
tafovutli nuqtalar xususida teran mushohadalar diqqat markazida tutiladi.
Dostondan Yusuf obrazi nafsi-notiqa,ya’ni jilovlangan va orif odamlarning nafsi
timsoli sifatida ko‘rsatilgan.
732
Abdurahmon Jomiyning uchinchi kitobi bo‘lmish “Yusuf va Zulayho’’1483-
yilda yozilgan.Sharqda bu dostonning juda ko‘p variantlari mavjud bo‘lib,uni
qalamga olgan har bir ijodkor asarga biror o‘zgarish va yangilik ko‘rsatishga
harakat qilgan.Jomiyning bu asari adabiyotshunoslar talqinicha,taqdirga tan
berishga chaqiruvchi asar bo‘lmay ,aksincha insonni yuksak tuyg‘ular yo‘lida har
qanday kuchlarga qarshi bosib o‘tgan musaffo muhabbat g‘alabasini madh etuvchi
jo‘shqin asrdir. Ogahiy tarjimasi uchun asos qilib olingan Jomiyning “Yusuf va
Zulayho’’ dostoni fors-tojik va turkiy tillarda bu mavzuda yozilgan asarlarning
eng mukammali,ayni zamonda ,badiiy jihatdan eng kuchlisi hisoblanadi.Shuning
uchun ham bu doston yaqin va o‘rta sharq xalqlari orasida keng tarqalgan va katta
shuhrat qozongan.Dostondagi aksariyat talqinlar majoziy mohiyatga ega. Yusuf va
Ya’qub payg‘ambarning nafsi-jonning m oddiy tomonidir.Yusufning birodarlari
sa’yi-harakatlari insondagi badaniy quvvatlar –ichki sezgilarning ramzidir.
Zulayhoning Yusufga intilishi va unga sevgi-muhabbat izhor qilishi insonda istak-
xohishnng ma’naviy tomonidir. Yusufning xotindan o‘zining olib qochishi va
uning xohish irodasiga ko‘nmasligi aqlning o‘z olamiga ustuvor turishi ,hissiyot
quli bo‘lmasligining ramzidir.
Yusufdagi insonga xos bo‘lgan ijobiy fazilatlar uning donoligid
a,xalqparvarligida,xushmuomilaligida,vatanparvarligida hamda otasiga bo‘lgan
farzandlik muhabbatida yaqqol seziladi.
Dostonda baxtsizlikdan qutilish uchun chidash,sabr –toqat qilish kerakligi
aytiladi.Ayni mana shu sabr Yusufni poklikka,nafsni yengib,butun bir mamlakatni
boshqarib,xalqni qahatchilikdan,ochlikdan omon olib chiqadi. Yusuf ocharchilik
yillarida to‘yib ovqat yemas edi.Undan:”Qo‘lingda dunyoning noz-u ne’matlari
bor ekan, nima sababdan och yuribdan?”-deb so‘raganlarida:” Agar to‘q
bo‘lsam,ochlarni unutaman deb qo‘rqaman”,-der edi. Shu sababli Yusufda insoniy
fazilatlarning yorqin namunasi aks ettirib turadi[3.B.437].
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki,shaxsni barkamol qilib yetishishiga,eng
muhimi,uning ma’naviy dunyosi boyishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri deb
biz bemalol badiiy adabiyotni ko‘rsatishimiz mumkin bo‘adi.
Ta’kidlashimiz mumkinki,asrlar davomida payg‘ambarlar sarguzashti faqat
ilohiy kitoblar doirasida qolib ketgan emas.Bunday ibratli lavhalar axloqiy-
ta’limiy
olamning
ko‘rkam
namunasi
sifatida
insonlar
qalbiga,
shuningdek,og‘zaki hamda yozma badiiy adabiyotga teranroq kirib borgan.
Demak,mazkur doston yosh avlodning ma’naviy shakillanishida katta hissa
qo‘shadi.Masalan,asardagi Yusufning sabr-toqatligi,vatanparvarligi,ota-onaga
hurmati va boshqa jamiki fazilatlari yoshlar uchun o‘rnak bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: |