Foydalanilgan adabiyotlar:
722
1.
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”,
2008.
2.
Эркин Воҳидов. Муҳаббатнома. Сайланма., Тошкент, “Ғафур Ғулом
номидаги Адабиёт ва санъат”, 1986.
3.
Умиров Ҳ. Адабиёт қоидалари. Тошкент, “Ўқитувчи”, 2010.
TURKIY XALQLAR ADABIYOTIDA OZARBAYJON
ADABIYOTINING TUTGAN O‘RNI
Shahnoza G‘ofurova
turkolog (tadqiqotchi – pedagog)
Annotasiya. Bu maqolada turkiy xalqlarning, o‘g‘uz guruhiga mansub,
ozarbayjon xalqi adabiyoti qadimiy bo‘lishi bilan bir qatorda, ko‘lami va miqyosi
jihatidan ham ulug‘vorligini aks ettiradi. Turkiy xalqlar adabiyotida o‘ziga xos
o‘rin tutgan
Ozarbayjon adabiyoti haqidagi ayrim ma’lumotlar orqali quyidagi maqolada,
ana shu haqiqatni anglatish,targ‘ib va tashviq qilish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Ma’lum manbalarga tayanib yozilgan maqolada, ozar xalqining adabiy va madaniy
merosi asrlar osha boshqa qardosh xalqlar adabiyoti bilan chambarchas aloqada
ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Kalit so‘zlar. Turkiy xalqlar adabiyoti, Ozarbayjon adabiyoti, qahramonlik
eposi, turkiy xalqlar folklori, adabiy aloqa, asar, ozarbayjon shoir va olimlari,
”Panj ganj”
Ozarbayjonlar turkiy xalqlarning o‘g‘uz guruhiga mansubdirlar va ular
qadimdan bugungi kundagi Ozarbayjon Respublikasi, hamda Shimoliy Eron
hududida yashab kelishadi.
Ozarbayjon adabiyotining qardosh turkiy xalqlar adabiyoti bilan juda
ko‘plab mushtarak jihatlarini ko‘rishimiz mumkin.Masalan, qadimgi eposlardan
boshlab ko‘radigan bo‘lsak, “Qo‘rqut Ota kitobi”, “Ko‘ro‘g‘li”, “Oshiq G‘arib“
kabi eposlarni turkiy xalqlar folklorida uchratganimizdek,ozarbayjon adabiyotida
ham duch kelamiz. Demak, ushbu dostonlar barcha turkiy xalqlarning etnik
mushtarakligini,qardoshligini aks ettiradi va bu xalqlarning qadimiy adabiyoti
namunalarini tashkil etadi. Bunday adabiy o‘xshashlik turkiy xalqlarning bir
ildizga egaligi,tarixan qondosh xalq bo‘lganidan darak beradi.
Ozarbayjon xalq og‘zaki ijodi janr jihatidan rang-barangdir va bu rang-
baranglikdagi mavzular ham o‘ziga xos. Folklor jihatdan o‘xshash bo‘lgan ozar
xalqining dostonlari,ertaklari mavzu jihatdan o‘zbek folkloriga ham tanishdir.
723
Yana hajviy latifalarga ham e’tibor beradigan bo‘lsak, Melik - Mamed, Kal
Ahmad sarguzashtlaridan iborat latifalari esa Nasriddin Afandi va Aldar Ko‘sa
hangomalarini yodimizga soladi.
O‘g‘uzlar, jumladan, ozarbayjonlar folklorining muhtasham yodgorligi
“Qo‘rqut Ota kitobi” taxminan VII – VIII asrlarda yozilgan b‘lib,12 qismdan
iborat.
Ozarbayjon xalq dostonlari va termalarining eng yaxshi namunalari XVI –
XVII asrlarda Qurboniy, Sarioshuq, Abbososhuq,Valexoshuq kabi oshuqlar tilidan
yozib olingan. Milliy san’atning o‘ziga xos turi bo‘lgan oshuqlar she’riyati xalq
madaniy hayotiga sezilarli ta’sir o‘tkazib kelgan. XIX – XX asrlarda yashab ijod
qilgan oshuqlardan Alekser, Gusayn Bozalganli, Asad Rizayev, Mirza Bayramov,
Shamshir Gojayev kabilarning qo‘shiqlari juda mashhur bo‘lgan. [1.12.]
Ozarbayjon yozma adabiyotining eng qadimgi yodgorliklari bizgacha yetib
kelmagan. XI – XII asrlarda fors tili ta’siri kuchayishi tufayli Xatib Tabriziy,
Bahmanyor, Qatron Tabriziy, Xoqoniy, Mahastiy Ganjaviy kabi yirik ozarbayjon
olim va shoirlari o‘z asarlarini fors tilida yozishgan. Nizomiy Ganjaviy asarlari esa
ozarbayjon adabiyotining yuksak cho‘qqisini anglatadi. XIII – XIV asrlarda
Avxadiy Marog‘iy, Zulfiqor Shirvoniy, XV – XVI asrlarda Nasimiy, shoh Ismoil
Xatoiy, Muhammad Fuzuliy, XVII – XVIII asrlarda Soib Tabriziy, Masihiy,
Vidodiy, Voqif va boshqa shoirlar yashab, ijod qilishgan.
XIX – XX asrlarga kelib ozarbayjon adabiyoti o‘sha davrning zamonaviy
janrlari hisoblanmish, novella, doston, dramalarga murojaat qila boshladi. Realist
adib M.F. Oxundov, ma’rifatparvar shoir Said Azim Shirvoniy, dramaturg
N.N.Narimonov, novator hajvchi shoir Mirza Alekper Sobir XIX asr ozarbayjon
adabiyotini yangi asarlar bilan boyitishdi. XX asr o‘rtasi va ikkinchi yarmida
Sulaymon Rustam, Rasul Rizo, J. Jabborli, M. Ibrohimov, Samad Vurg‘un kabi
iste’dodli adiblarning asarlari boshqa tillarga tarjima qilinib, jahon xalqlari
adabiyotiga kirib bordi.
Ozarbayjon va boshqa turkiy xalqlar qadimdan o‘zaro adabiy aloqada bo‘lib
kelishgan, shu jumladan, o‘zbek xalqi bilan ham. Nizomiy asarlarining ayrimlari
o‘rta asrlardayoq o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Bular, ”Maxzan ul-asror”, “Haft
paykar”, Navoiy esa “Panj ganj” dan ta’sirlanib, o‘zining mashxur “Xamsa” sini
yozdi.
Muhammad Fuzuliy asarlari, ayniqsa, uning “Layli va Majnun” dostoni
XVII asrdan boshlab, Turkiston madrasalarida o‘quv qo‘llanmasi vazifasini
bajargan. Fuzuliy Turkiston xalqi uchun sevimli bo‘lgani sabab, “navoiyxonlik” ,
“bedilxonlik” maktablari qatorida “fuzuliyxonlik” davralari ham tashkil etilgan.
VII – VII asrlarda arab tili, IX asrdan boshlab esa fors tili davlat tili
bo‘lganligi sababli, ko‘plab ozarbayjon ijodkorlari o‘z asarlarini arab va fors
724
tillarida yozishgan. Mumtoz ijodkorlar sifatida tanilgan Ismoil Yassor, Ahmad
Tabriziy, Xatib Tabriziy, Shervoniy, Nizomiy Ganjaviylar o ‘z asarlarini arab va
fors tillarida bitishgan. Muhammad Fuzuliy kabi mumtoz ijodkorlardan tashqari,
XIX – XX asrlarda yashab ijod qilgan ijodkorlar asarlarining kattagina qismini fors
tilida bitilgan ijod namunalari tashkil qiladi. Shulardan biri Mirza Fatali
Oxundovdir.
XI – XII asrlarda arablar ta’siri susayib, Ozarbayjonda mahaliy davlatlar
vujudga kela boshladi. Ana shu davrda saroy adabiyoti rivojlandi. Bulardan Abul –
ul Ganjaviy, shoir va astronom Falakiy – Shervoniy, shoira Maxseti Ganjaviydan
ko‘plab g‘azal, ruboiylar meros bo‘lib qoldi. Ilk ozarbayjon yozuvchilaridan
hisoblanmish, Gatran Tabriziy Ganja va Tabriz hukmdorlarining saroy shoiri
bo‘lgan. Uning qasidalari va “Qobusnoma” asari bugungi kungacha yetib keldi.
XIII asrgacha ozarbayjon adabiyotida folklor asarlar bilan bir qatorda, arab
va fors adabiyotining ham ta’siri kuchli bo‘lgan.
XVI –XVII asrlarda Ozarbayjonda turk sultonlari hukmronlik qildi. Bu davr
ozarbayjon adabiyotida ijtimoiy voqealarga munosabatning kuchayganligi ko‘zga
tashlanadi. Ayniqsa, Vidodiy, Voqif kabi shoirlar ijodida bunga duch kelamiz.
XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib, Ozarbayjonda teatr san’ati keng
yoyildi. Boku va boshqa shaharlarda teatrlar tashkil etila boshladi. Bu esa
dramaturgiyaning rivojlanishiga turtki berdi. Narimon Narimonov, Natafbek
Vezirov, Asadbek Axverdov singari dramaturglar ozarbayjon adabiyoti sahnasiga
kirib keldi.
XX asr o‘rtalarida ozarbayjon adabiyotida yangicha asar shakllari badiiy
jihatdan ancha rivojlana boshladi. Roman, qissa, hikoya, she’r, doston, dramalar
turli mavzularni tanlanib, ulardagi hayot hodisalari, kishilarning ichki dunyosi
ta’sirli ko‘rsatib berildi. Bu davrda Samad Vurg‘un, Sulaymon Rustam, Rasul
Rizo, Mamad Rahim va davrining hozirjavob, taniqli ijodkori Muhammad
O‘rdubodiy (“Tumanli Tabriz”), Mehdu Husayn (“Absheron”), Mirzo Ibrohimov
(“Buyuk tayanch” , “Shunday kun keladi”) singari adiblar, Ozarbayjon adabiyotini
romanlar bilan boyitdi. Yana shu yillarda she’riyat ham yetakchi o‘rinni egallagan
edi. Bu davrgacha bo‘lgan mumtoz she’riy asarlarning aksarida intim
tuyg‘ularning tarannumi aks etgan bo‘lsa, endi tasvirlar o‘zgarib siyosiy-ijtimoiy
mavzular keng yoritila boshladi. Ozarbayjon adabiyotida siyosiy lirikaning go‘zal
namunalari yuzaga keldi. Masalan, Sulaymon Rustamning “Ikki sohil” she’riy
turkumlari, Rasul Rizoning “Chapay”,“Germaniya” asarlarini ko‘rishimiz mumkin.
Ozarbayjon adabiyotida o‘sha yillarda poema janri ham o‘zgacha ahamiyat
kasb etdi va salmog‘i oshib bordi. Bunga sabab, o‘sha hukumron mafkuradan kelib
chiqib, davr voqeligini his-hayajonga boy tarzda mazmunan keng, hajman kattaroq
tarzda tasvirlash kerakligi bo‘ldi. Bunga misol qilib, Mamat Rahimning “Sayat
725
Navo” va boshqa dostonlarini keltirish mumkin bo‘ladi. Urush yillarida esa boshqa
sovet xalqlari adabiyotida eng ustuvor mavzu bo‘lgan urush mavzusi , ozarbayjon
adabiyotini ham chetlab o‘tmadi va bu yillardan boshlab nasr yetakchilik qila
boshladi. O‘sha yillarda tarixiy mavzularga murojaat qilish kengaydi. Natijada, M.
O‘rdubodiyning “Tumanli Tabriz”, A.Abdulhasanning “Buzulayotgan dunyo”,
Mirjalolning “Shamo”, “Yosh yigit manifesti” kabi romanlar o‘rtaga chiqdi.
XX asrning o‘rtalaridan boshlab zamonaviy mavzudagi eng yaxshi roman va
qissalar ozarbayjon adabiyotiga yana bir yutuq, aniqroq aytadigan bo‘lsak,
adabiy burulish bo‘lib kirib keldi. Ular quyidagilar, M.Husaynning “Sahar”,
“Absheron”, “Qora qoyalar”, Mirzo Ibrohimovning “Buyuk tayanch”, Valiyevning
“Gulshan”, S.Rahmonning “Ulug‘ kunlar” asarlaridir. [2.183. ]
O‘zbek va ozarbayjon adabiy aloqalari tarixi uzoq o‘tmishdan boshlanadi.
Keyingi yillarda bu aloqa yanada mustahkamlandi. Ozarbayjon adiblarining
ko‘pgina asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda o‘zbek
ijodkorlarining asarlari ham ozarbayjon mutarjimlari tomonidan ozor tiliga tarjima
qilinmoqda.
XV asrda yashab ijod qilgan Zahiriddin Muhammad Boburning memorial
asari hisoblanmish, “Boburnoma” qomusiy asari ozar tiliga 2 marta tarjima qilindi
va ozar adabiyotida o‘rganilayotgan asarlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Birinchisi Fuzuliy Bayati folklorshunos,til tarixi va tasavvuf adabiyoti
sohasida tanilgan olimlardan bo‘lsa, ikkinchisi Ramiz Askar tarjimasida 2011-yil
Bokuda nashr qilindi.
Ramiz Askar o‘z tarjimasini rus va turk tilidagi tarjimalar asosida
tayyorlagan. Mutarjim asarni bugungi kundagi zamonaviy o‘quvchilarni inobatga
olib, Bobur tilidagi o‘ziga xos ibora va hikmatli so‘zlarni soddalashtirilgan holatda
tarjima qilgan.
Ozarbayjon yozuvchilarining asarlarida O‘zbekiston mavzusi ham aks etgan.
S.Rustam “Qadrdon shahar”, “O‘zbek qardoshimga”, M.Dilboziy “O‘zbek qiziga”,
Y.Shirvon “Qardosh O‘zbekistonda” ocherklar turkumi , M.Ibrohimov “Ulug‘
do‘stlik” asarida o‘zbek xalqi hayotini badiiy tasvirlar bilan ifodalab berdi. [3.136.]
Ozarbayjon adabiyoti qadimdan to bugungi kungacha deyarli barcha qardosh
xalqlar bilan adabiy aloqada bo‘lib kelmoqda.Bunda mutarjimlar ham muhim rol
o‘ynamoqda. Lekin qardosh tillardagi ohang va lug‘atlar shu qadar bir-biriga
yaqinki,tarjimasiz ham qalbingga kirib boraveradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ариф М. Азербайджанская литература. – Москва. 1979.
2. Краткая литературная энциклопедия. Т.1. – Москва. 1962.
3. Краткая литературная энциклопедия. Т.2. – Москва 1964.
Dostları ilə paylaş: |