712
Moni’i tag‘ofulmu yo itob erur bois?
Bir tabassum etmaslar la’li gavharafshonlar(113).
Mazkur g‘azal Amiriy devonida 15 baytni tashkil etadi. Mazkur g‘azal
ma’shuqa ta’rif tavsifiga bag‘ishlangan bo‘lib, matla’dan to 6 baytgacha
ma’shuqadan shikoyat ruhi ustivorlik qiladi. 7 baytdan boshlab esa, ma’shuqaning
xattu xoli, zulfi, Fazliy tazkirasida tushirib qoldirilgan 9-10-baytlarda esa qomati,
ko‘zlari va kipriklari ta’rif tavsif etiladi. 11-baytda vasl, 12-baytda qoshlar, tushirib
qoldirilgan 13-14-baytlarda kipriklar, lablar tavsif etiladi. Ko‘rinadiki, tazkirada
tushirib qoldirilgan baytlar g‘azal mazmun-mohiyatini buzilishiga olib kelgan.
“Jon aro yuz dog‘ ila ko‘nglumni ozorin ko‘rung” (3,188) g‘azalidan 2-
baytdan so‘ng 1-bayt:
Ko‘nglumiz band o‘lsa, tong yo‘q, uqdayi har mo‘yiga
Bu qaro jon rishtasidin zulfining torin ko‘rung (2.204).
“Ko‘rung” radifli g‘azal devonda jami 10 bayt bo‘lib, tazkirada tushirilgan
bayt ikkinchi baytdagi ma’shuqa sochlarining ta’rifini
davomi sifatida kelgan
bo‘lib, avvalgi baytda aytilgan o‘rgimchak to‘riga o‘xshatilgan soch, mazkur
baytda quyidagicha ta’riflanadi: “Har bir toriga ko‘ngilning band bo‘lishiga
ajablanmang, hajrida qoraygan jon iplaridan paydo bo‘lgan sochlarining torlarini
ko‘ring”.
“Mani Majnung‘a ma’vo bo‘lmish emdi ishq sahrosi”
misrasi bilan
boshlanuvchi g‘azalning (282 -283) 9-baytidan keyin 1 bayt tushib qolgan.
Gul ila sunbulingdin farqdur, ey bog‘bon, bilkim,
Aning ruxsori gulfomi bila zulfi mutarrosi (331
-332
).
Mazkur g‘azal Amiriy devonida 15 bayt. Tazkirada berilmagan g‘azal 10-
baytda keltirilgan bo‘lib, bog‘bonga murojaat tarzida: “Ey bog‘bon, gul bilan
sunbuldan ul go‘zal yuzi va sochining farqi shundaki, yuzi, sochi xushbo‘y
taratadi.
Devondan tushib qolgan baytlarni ko’rib o’tamiz. “Ey,
yuzung mohi
malohat, nutqi jonbaxshing fasih” (2,70) g‘azalidan 1 bayt (tazkirada 9-bayt)
uchramaydi:
“Qum fa-anzur” jo‘yborini niholidur qading.
Tubiyi jannatga sarvi qomating keldi rajih (3,90).
Mazkur g‘azal na’t xarakterida bo‘lib, tazkirada 11 bayt, devonda 10 bayt.
Devondan tushib qolgan baytda qad haqida gap boradi. Bizningcha, Fazliy
tazkirasidagi bayt g‘azal umummundarijasiga mos keladi.
“Sho‘xeki, noz ila mani o‘lturmay o‘lturur” g‘azalidan (2,88) 1 bayt
(tazkirada 8-bayt):
Keldi-yu yetti kulbai ahzonima dame,
713
Ul sarvinoz gulshani o‘lturmay o‘lturur. (3,129)
Ushbu g‘azal tazkirada 10, devonda 9 bayt.
Tushirilgan bayt
ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmunga mos keladi. Ya’ni, intizor oshiqning g‘am
kulbasiga kelgan ma’shuqa bir dam to‘xtamasdan, holidan xabar olmasdan
o‘ldiradi.
“Elga odatdur nechukkim go‘yu chavgon o‘ynamoq” g‘azalidan (2,155)
1 bayt (tazkirada 6-bayt)tushirilgan:
Go‘ydek boshingni maydon ichra qildi pomol,
San kim-u, ey telba, ul oy bila chavgon o‘ynamoq (3,177).
Mazkur g‘azal tazkirada 7, devonda 6 bayt. Tazkirada to‘liq berilgan deb
hisoblaymiz. Chunki tushirilgan baytdagi fikrsiz mazmun to‘laqonli
ochilmay
qoladi. Ya’ni xalq orasida chavgon bilan to‘p o‘ynash keng tarqalgan bo‘lib,
matla’da shu o‘yinga ishora qilinib, ishq maydonida esa to‘p o‘rnida jon o‘ynaladi,
degan fikr beriladi. So‘ngra baytma-bayt fikr rivojlantirilib boriladi. Tushirilgan
bayt g‘azalning avj nuqtasi bo‘lib, xuddi to‘pdek boshingni ishq maydonida
oyoqosti
qilishi tabiiyda, ey telba, sen kim bo‘libsanki, ul oy bilan chovgon
o‘ynaysan?
“Ey, dudog‘ing rashki Kavsar xatti rayhon ustina” g‘azalidan (2, 302) 1 bayt
(tazkirada 2-bayt) tushirib qoldirilgan:
Ul uchuq ermas labi la’ling mukallal aylagan,
Balki, almose durur yoqutu marjon ustina (3,242).
Ushbu bayt devonda yo‘q. Tazkirada 7, devonda 6 bayt. Demak, tazkirada
to‘liq berilgan. Ma’shuqaning lablari va ular ustidagi mayin tuklar ta’rifidan keyin,
navbatdagi baytda fikr davom ettirilib, lab ustidagi uchuqqa ham go‘zal o‘xshatish
qilinadi. Go‘yo u uchuq emas, balki, yoqut (lab)va marjon (tish) ustidagi olmosga
o‘xshatiladi.
“Kelmadi
kulbam sari ul sarvi gul andom, oh” (2, 293) g‘azalidan 2 bayt
(tazkirada 6-7-bayt):
Ul parivash xalqa zulfig‘a sayd etmak uchun,
Charx uzra bo‘lmish maloik qushlarig‘a rom, oh.
Nola olamg‘a nihon ishqimni qildi oshkor,
Oqibat xalq ichra rasvo qildiyu badnom, oh (3,275)
Gʻazal tazkirada 10 bayt bo‘lib, devonda 8 bayt. Devonda tushirilgan baytlar
natijasida umumiy ruhga putur yetadi. Tushirilgan baytlardagi fikrlarda oshiq
ohining natijasida ishqi olamga oshkor bo‘lib, o‘zi esa xalq ichida rasvo
bo‘lganligi aytiladiki, busiz, g‘azal matni mukammal bo‘lmaydi.
“Qoyil o‘lmas suhbatiga porsolardin biri” g‘azalidan (2,353) 1-bayt
(tazkirada 6-bayt).
714
Husn eli ko‘btur olam ichra sho‘xi dilrabo,
O‘xshamas ul oyga, lekin dilrabolardin biri.
(3,279)
Mazkur g‘azal tazkirada 8, devonda 7 bayt. Tushirilgan baytda: “Husn eli
orasida sho‘x dilrabolar ko‘p topiladi, lekin o‘shal dilrabolardan hech biri ul oyga
o‘xshamaydi, degan mazmun ifodalanganki, busiz g‘azal mukammal bo‘lmasdi.
Umuman olganda, Fazliy tazkirasi va Umarxon devonidagi she’rlarni
qiyosiy o‘rganish matnshunoslik borasidagi chalkashliklarni oldini oladi. Asarning
asliyatini tiklashga yordam beradi, eng muhimi, shoirning g‘oyaviy badiiy niyatini
ifoda etgan so‘zlar, baytu misralar tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: