703
,,Turkistondagi jadidchilik harakati ham Yevropa ma'rifatchiligi singari
mafkura edi. Konkret ijtimoiy-tqrixiy sharoitda-yurt
mustamlaka zulmi ostida
ezilgan, jahon taraqqiyotidan uzilib, qoloqlik domiga tushib qolgan bir paytda bu
xilda yashab boʻlmasligini teran idrok etgan ziyolilar ijtimoiy hayotni isloh qilish,
millatni taraqqiy ettirish harakatiga tushgan edilar".[2:13] ,,Choʻlpon nasri
poetikasi"dan olinga ushbu fikrlar orqali adabiyotshunos jadid adabiyoti oʻzining
shakl hamda mazmun darajasi jihatidan Yevropa marifatchilik adabiyoti singari
maʼlum gʻoyalarga ega boʻlganligini, faqatgina millatning yuksak tafakkurli
farzandlarigina buni oʻz vaqtida anglab, harakatga tushganini aytadi. Shu
jumladan, Choʻlponning ham ushbu safda ekanligini taʼkidlar ekan, Choʻlpon oʻz
boshidan nimaki zulm, adolatsizlik oʻtkazgan boʻlsa, barchasi millat va xalq uchun
boʻlganligini aytadi.
Choʻlpon asarlarining janr xususiyatlarini belgilash borasida soʻz borganida
ham adabiyotshunoslikda koʻp
yillar chalkash, tahrirga muhtoj boʻlgan
maʼlumotlarga duch kelamiz. ,,Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914-yil 6-sonida
eʼlon qilingan ,,Qurboni jaholat" asari Choʻlponning birinchii nasriy asari sifatida
qaralib, shoir tomonidan ,,feleton" deb belgilangan. Adabiyotshunoslikda uzoq
yillar davomida ,,ushbu asar ,,feleton" emas, hikoya talablariga mos keladi. Asar
janrini belgilashda Choʻlpon xatolikka yoʻl qoʻygan" degan fikr oʻrnashib qolgan.
Bu haqida adabiyotshunos S.Mamajonov ,,Garchand ,,Qurboni jaholat"ni
yozuvchining oʻzi feleton desa-da, asl mohiyatiga koʻra hikoyadir. Choʻlpon uning
tanqidiy ruhiyatidan kelib chiqib feleton deya belgilagan boʻlishi mumkin"[4:5]
deya izohlaydi. Dilmurod Quronov ,,Choʻlpon nasri poetikasi"da olimning asar
janri borasidagi fikrlariga qoʻshilgan holda, maʼlumotlarga aniqlik kiritadi.
,,Sadoyi Turkiston" gazetasining 6-sonini koʻzdan kechirar ekanmiz, katta harflar
bilan ,,feleton" deb yozilgan, ikki tarafidan naqsh bilan bezatilgan, ostida kichikroq
harflar
bilan hikoya nomi ,,Qurboni jaholat" yozilgan. Odatda janr belgilanganda
sarlavha ostida yozilar edi. Ehtimol, u paytlar bu narsa rasm boʻlib ulgurmagandir.
Gazetalar taxlamini varaqlashga davom qilsak, 24-sonda yana yuqoridagicha
tartibda yozilgan ,,feleton"soʻziga duch kelamiz. Uning ostida hikoya nomi
,,Doktor Muhammadiyor" sarlavha ostida esa yana ham kichikroq harflar bilan
,,hayoliy hikoya" deb yozilgan. Tabiiy savol tugʻiladi: agar Choʻlpon ,,Qurboni
jaholat"ni tanqidiy ruhidan kelib chiqib ,,feleton"
desa unda nega keyingi
hikoyasining janrini ham shunday belgilaydi? Oʻylashimizcha, ,,Doktir
Muhammaddiyor" sarlavhasi tepasidagi feleton soʻzi uning janriga ishora
qilmaganidek, avvalgi hikoya eʼlon qilingan sondagi feleton soʻzi ham
Choʻlponga aloqador emas. Gap shundaki, feleton soʻzining dastlabki maʼnosi
hozirgisidan birmuncha farqli edi. Matbuotda ilk bor 1800-yil 28- yanvardan paydo
bo’lgan atama fransuzcha ,,varoq" soʻzi bilan bogʻliq. Oʻshanda ,,Jurnal de deba"
704
nomli Parij gazetasi qoʻshimcha varoq ilova qildiki, bu gazetaning feleton nomli
yangi rukniga asos soldi. Yevropa matbuotida tez ommalashib ketgan bu rukn
ostida odatda nosiyosiy, norasmiy materiallar, eʼlonlar, moda yangiliklari,
teatr
talqinlari hikoya va hatto romanlar eʼlon qilina boshladi. Atamaning hozirgi
maʼnoda qoʻllanishi publitsistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqidiy ruhidagi alohida
janrini anglata boshlashi 19-asr oxiriga togʻri keladi. Bizningcha, har ikki hikoya
eʼlon qilinganda uchratganmiz ,,feleton" soʻzi Choʻlponga taalluqli boʻlmas, balki,
gazeta tahririyatiga tegishlidir."[2:27] Dilmurod Quronov ushbu dalillarni keltirar
ekan, zamondoshlarining taʼkidlashicha, Choʻlpon mazkur hikoyalar yozilgan
davrda anchagina adabiy, ilmiy
bilimlarga ega ekanligini, Choʻlponning madrasa
va rus-tuzem maktabi taʼlimini koʻrganligini, bu orqali esa mumtoz va jahon
adabiyoti namunalaridan xabardor inson boʻlganligini ilova qiladi. Bu fikrlari
orqali esa, uzoq yillar adabiyotshunoslikda oʻrnab qolgan ,,Choʻlpon ,,Qurboni
jaholat" asarining janrini belgilashda xatolikka yoʻl qoʻygan" degan yanglish fikrga
oydinlik kiritadi.
Xulosa qilib aytganda, Choʻlpon ijodini asliyatga yaqin tahlil qilishda,
Choʻlpon hayoti va ijodiga doir maʼlumotlarga tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan
qarashda, uning asarlarini bugungi kun yoshlariga singdirishda ustoz Dilmurod
Quronovning xizmatlari beqiyosdir. Domlaning Choʻlpon tugʻilgan yil, ,,Kecha va
kunduz" asarining ijtimoiy va psixologik tahlil uygʻunligi
borasidagi qarashlari
keyingi maqolalarimizning bosh gʻoyasi boʻladi.
Dostları ilə paylaş: