692
rang (bosqich) dan boshqa rangga tadrijiy ravishda o‘tishi
uning takomilini
anglatadi. “Favoyih ul-jamol”
[5.12-b]
asarida esa yetti rang ruhiy holat belgisi
sifatida berilgan. Tasavvufda solihning ilk bosqich e’tiqod va iymoni, ko‘pincha,
yashil, qizil va qora ranglar bilan izohlanadi. Yashil rang – qalbning barhayotligi
ramzi, undan keyin keluvchi qizil – aqiq tosh ranggi esa aqli kabir (hikmat) ning
rangidir. So‘fiylarning ruhiy holati aynan ranglar bilan bog‘liqdir. Ranglar
solihning Alloh tomonga qo‘ygan qadamining bosqichlarini ifodalab turadi.
Zangori rang – solikning tavba qilib tariqatga qadam qo‘yganini ifodalaydi.
Sariq
rang – solihning Alloh yodi bilan yashashini va iymonga erishishini anglatadi.
Qizil rang esa solikning ruhi vujudidan ajrala boshlaganini va Haq ma’rifatiga
yaqinlashayotganini bildiradi. Oq rang – haqiqatni anglash va yurakning
poklanishiga ishora qiladi. Yashil rang vahiylikdan darak beradi. U sirlarning
siriga, g‘aybga oshnoligini bildiradi va solihning asl mohiyatga yetishganini ham
anglatadi. Mazkur ranglar solihning Alloh tomon ruhiy safarini anglatsa, qora rang
Allohdan xalq sari safarni bildiradi. Futuvvat ilmida qora rang sirlar xazinasini
egallashni va hayratga g‘arq bo‘lishni ifodalaydi. Hayratdagi ruh shariatning
mag‘zi –
hikmatni yangidan idrok etib, qorong‘u bir dog‘ ranggiga o‘raladi.
Nihoyat solih ruhi yana Alloh huzurida paydo bo‘ladi. Keyin u qora rangdan halos
bo‘lib rangsiz holatga kiradi. U yakranglik orqali o‘z maqsadiga yetadi.
Navoiy o‘zining g‘oyaviy-badiiy maqsadini ifodalashda o‘zidan oldingi
o‘tgan ustozlarning ranglar haqidagi tasavvufiy fikr-mulohazalarini inobatga olgan
holda, uni falsafiy jihatdan boyitib hikoyatlarining mazmun-mohiyatiga singdirib
yuboradi. Hikoyatlardagi musofirlar tomonidan aytilgan har bir hikoyatlar alohida
rang tasvir bilan tasvirlanadi. Masalan, “Farrux va Axiy” hikoyatida qora rang
ustuvorlik qiladi. Navoiy qora rangni futuvvat (fatiylik) bilan bog‘laydi. Qora rang
juda ko‘p ma’no qirralariga ega. U ijobiy va salbiy sifatlarni ham ifodalab keladi.
Qora rangni salbiy rang sifatida qabul qilish insonning mistik (mifologik) tafakkuri
bilan bevosita bog‘liqdir. Qora rang yoshlikni, buyuklikni ham ifoda etadi.
Qadimda qora rang turkiylar uchun buyuklik ma’nosida qo‘llangan. Qora rang turli
xil tashkilot va firqalarning ramziy belgisi sifatida ifodalangan. Masalan, salb
yurishida qora rang ularda ramziy ma’no kasb yetgan va kiyimlarida bu rang o‘z
aksni topgan. Kichik Osiyodagi axiylar harakatida ham qora rang ramziy ma’no
kasb etgan. Xuroson javonmardlarida ham qora rang yoshlik, navqironlik, mardlik
sifatida qadrlangan. Navoiy ham ushbu hikoyat
orqali saxovatning Allohdan
kelishi va inson qo‘lidan kelganicha Xalqqa yaxshilik qilish g‘oyasini ilgari suradi.
Xalqqa qancha yaxshilik qilinsa, insonning ruhiy dunyosi shunchalar Haq
ma’rifatini anglashga tomon yuksalaveradi.
Ikkinchi hikoyatda sariq rang orqali insonning iymonga qarab harakatlanishi
ifodalanadi. Masalan Zayd Zahhobning xatolarga yo‘l qo‘yib keyin avf etilishi,
693
saxiylik ko‘rsatishlari va “ Lo Iloha illolloh” kalimasini
keltirishidan anglash
mumkin. Demak, Navoiy sariq rang orqali zohiriy jihatdan qimmatbaho oltinni
nazarda tutgan bo‘lsa, botiniy jihatdan esa musulmon uchun oltindan ham aziz
bo‘lgan iymon masalasiga alohida diqqat qaratadi.
Uchinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida esa yashil rang – ehsonni
bildiradi. Navoiy ehson orqali saxovat va karam g‘oyasini ilgari suradi.
Hikoyatning kirish qismida Navoiy Sa’dning juda ko‘p ehsonlar qilishini alohida
tasvirlaydi. Futuvvat ilmining bir yo‘nalishi bo‘lgan javonmardlikda yashil rang
saxovat va ehson ma’nosida qo‘llanadi.
[2. 212-b]
Yashil
rang bundan tashqari
solihning tavba qilib tariqatga qadam qo‘yganini, asl mohiyatga qarab intilishini,
sirli g‘aybga talpinishini, donishmandlikni va qalbning barhayotliligini ifodalab
keladi. Hikoyatda Sa’d ham o‘z qismatini bilishga intilishi va buning natijasida
donishmand Faylaqusni uchratishi bu rang orqali yanada aniqroq ifodalanadi.
Asarda qoradan boshlangan ranglar asta sekinlikda
ochiq ranglar tomon
harakatlanadi. Natijada Bahromning ruhiy holati ham yaxshilana boshlaydi.
Hikoyatlardagi ranglar ikki xil ma’noda qo‘llangan. Birinchisi Bahromning ruhiy
iztiroblarini ifodalasa, ikkinchi tomondan esa ranglar hikoyatlarning qatiga
yashiringan ramziy ma’nolarni ifodalaydi. Ushbu yetti hikoyatni tahlil qilgan juda
ko‘plab olimlar ranglar orqali faqat Bahrom holati bilan bog‘liq tomonlariga
ko‘proq urg‘u berishadi. Vaholanki, ranglar faqat Bahrom holatinigina emas, balki
u bilan birgalikda hikoyatlarning mazmun-mohiyatini ham ifodalab keladi. (S.U)
Chunki Navoiy “Sab’ai sayyor”dan “g‘araz yetti hikoyatdir”, deb bejizga
aytmagan.
[1. 3-б]
Shu sababli hikoyatlardagi rang-tasvir
masalasini ikki jihatini
uyg‘un holda o‘rganish dostondagi hikoyatlar poetikasini to‘g‘ri anglashga yordam
beradi.
To‘rtinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida ifodalangan gulgun qizil
may ranggi irfonni anglatadi. Qizil rang solik insonning ruhi vujudidan ajrala
boshlaganligini va Haq ma’rifatiga yaqinlashayotganini anglatadi.
[3.154-б]
Hikoyatdagi shoh Jo‘na va Mas’ud o‘zlarining adolati va himmatlari orqali irfon
bosqichiga ko‘tarilgan solih obraz sifatida tasvirlanadi.
Beshinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida tilga olingan moviy ko‘k
nilufar rang oshiq va mashuqning ruhiy holatini ifodalaydi. Ushbu rang tasavvuf
adabiyotida ishonch ma’nosida qo‘llangan. Ranglardagi tovlanishlar koinotning
qoraligidan boshlanib, yerga tomon intiladi.
Oltinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida sandal (jigarrang) rang
ruhiy holat belgisini ifodalab kelgan. Sandal rang hikmat ma’nosida qo‘llansa,
yettinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida esa oq (kofuriy)
rang sifatida
tasvirlanadi. Oq rang tasavvuf adabiyotida keksalik, donishmandlik, intiho, “badan
mulki”ning tanazzulini bildiradi. “Sabʼai sayyor”dagi yettinchi hikoyat bunday
694
ishora va ramzlardan butkul xoli emas. Hali hayot gulining o‘nidan biri
ochilmagan Bahrom oq qasrda Dilorom haqidagi quvonchli mujdani eshitadi. Unda
o‘likdan tirikka evrilish, hayotini tugagan joyidan qayta boshlash imkoniyati aynan
oq qasrda paydo bo‘ladi. Yaʼni intiho nuqtasida ibtido tasvirlanadi. Navoiy “odina
kuni” taʼrifi ostida, yigirma oltinchi bob boshidayoq, Bahrom hayotidagi tong,
yangilanishga ishora qiladi. Ayni paytda,
oq qasrda kutib olingan tong, ibtido,
quvonch va o‘tkinchi farah bilan bir qatorda, maʼnaviy intiho, tanazzul, qayg‘u-
alamni ham ifodalab keladi. Zotan, zamin saodati, qanchalik farahbaxsh
bo‘lmasin, o‘tkinchi va “quyi olam” tomon eltuvchi vositadir. Bahrom qismatining
qon o‘pqoniga tushish bilan yakunlanishi bunday xulosa qilishimizga to‘la imkon
beradi.
Dostları ilə paylaş: