690
FUTUVVAT G‘OYALARI VA RANGLAR UYG‘UNLIGI
(Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni hikoyatlari misolida)
Sardorbek UMAROV
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch
doktoranti
Annotasiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni
misolida futuvvat g‘oyalari bilan ranglar o‘zaro uyg‘un holda talqin qilindi.
Ijodkorning badiiy niyatini ochib berishda ranglarning tasavvufiy ma’nolari yetti
hikoyatga bog‘lab o‘rganildi.
Kalit so’zlar:
Futuvvat, qoliplash, fatiylik, javonmardlik, yetti hikoyat,
ranglar uyg‘unligi.
Annotation:
In this article, in the example of Alisher Navoi’s epic “Sab’ai
Sayyar” colors are interpreted in harmony with the ideas of futuvvat. Thye
mystical meanings of colors have been explored meanings of colors have been
explored in seven stories to reveal the artist’s artistic intent.
Key words:
Futuvvat, molding, fate, bravery, seven stories, color
illustration.
Dunyo madaniyati va adabiy-estetik tafakkuridagi g‘oyaviy-badiiy
taraqqiyotning rivoji bevosita tasavvuf adabiyoti va uning o‘zagi sanalmish
futuvvat ilmiga ham daxldordir. Asrlar davomida Islom madaniyati bag‘rida
rivojlangan futuvvat ilmi o‘zining mohiyati va ahamiyati bilan tasavvuf ilmining
bir bo‘lagi sifatida rivojlandi.
Futuvvat ilmi ko‘hna Sharq adabiyotida chuqur o‘rin olgan ta’limotdir. Pok
ilohiy ishq, Haq va haqiqat, sof insoniy xislatlar, kamolot kasb etish, ishq va inson
konsepsiyalari, soflik, saxovat, himmat, axiylik, fatiylik kabi sifatlarini o‘zida jam
etib adolat va haqiqat timsoli bo‘lmish Mutlaq
ilohga muhabbat zavqi ushbu
mo‘tabar ilmning asosini tashkil etadi. Zohiriy jihatdan futuvvatning asosini xalq
ichida ma’lum bir ijtimoiy guruhlarga uyushib, xalqning g‘amlari va qayg‘ulari,
zolimlar zulmidan ezilgan xalqning manfaatlarini himoya qilguvchi mard, jasur
yigitlar tashkil etgan bo‘lsa, botiniy jihatdan esa
qalbda Allohni nomini zikr
qilishni qo‘ymaydigan, saxovat va himmatni o‘zining qalbiga jo qilgan, iymonli,
diyonatli, mard, saxiy inson tushuniladi. Futuvvat ilmining ijod ahliga qattiq ta’sir
etishi va ijod ahlini o‘ziga maftun etishi tufayli futuvvat g‘oyalari badiiy ijod
olamiga ham ta’sir etdi.
691
Hozirgi kunda tasavvuf adabiyoti va mumtoz adabiyotshunosligimizning
oldida turgan eng katta dolzarb masalalardan biri – futuvvat g‘oyalarining tasavvuf
adabiyotida tutgan o‘rni, ahamiyati va g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlarini aniqlash
masalasidir. Chunki bizning oldimizda daho so‘z san’atkorlarining bizga qoldirgan
boy adabiy meroslarini keng ko‘lamda o‘rganish, ularning tub zamirida yotgan
badiiy-estetik, didaktik qarashlarini topib kelajak avlodga yetkazishdek ulkan va
hayrli vazifalar turibdi. Ana shunday ulkan va hali to‘liq tadqiq etilmagan
ishlardan biri bu Alisher Navoiy asarlarining tub zamiriga
singib ketgan futuvvat
g‘oyalarini tahlil va talqin qilish vazifasidir.
Alisher Navoiyning barcha asarlarida futuvvat g‘oyalari ochiq aytib
o‘tilmasa-da, umumiy asar mazmuniga singdirib yuborilgan. Masalan, “Sab’ai
sayyor” dostonida keltirilgan yetti hikoyatda ham bu yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Navoiy yetti hikoyatni umumiy bir mushtaraklik asosida bog‘lab yaxlit
kompozisiya asosida bayon qiladi. Yetti hikoyatni umumiy mushtaraklik jihatidan
futuvvat g‘oyalari bog‘lab turadi.
Dostondagi yettilik bilan bog‘liq tushunchalar asarning o‘ziga xos
qirralarini ochib bergan. Masalan, yetti gumbaz,
yetti hafta, yetti kun, yetti qasr,
yetti musofir, yetti xil rang orqali dostondagi voqealarni tabiatdagi jarayonlar bilan
bir garmoniyada tasvirlanadi. Bu esa ijodkorning tabiat va inson bir butun
uyg‘unlikda o‘ziga xos mohiyat ifodalanishini ko‘rsata
olganligiga guvoh
bo‘lamiz. Shu jihatdan ham olib qaraganda ham ranglar jilosi koinotdan pastga
qarab harakatlanadi. Bu ranglar bir-biriga uyg‘un ravishda insonning ruhiy holati
bilan bog‘lanib ketgan. Navoiy bu ranglar garmoniyasi orqali shoh Bahromni ruhiy
holatlarini tasvirlaydi. Asardagi rang-tasvirlarni qo‘llashdan eng katta maqsad ham
shoh Bahromning maishatbozlikdan voz kechib xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan
edi. Shu sababli Navoiy adolat va raiyat masalasini futuvvat talablari bilan
hamohang tarzda tasvirlashga harakat qiladi.
Dostonda alohida ahamiyat kasb etgan yetti hikoyatidagi
ranglar tasviri
haqida fikr bildirishdan avval ranglarning tasavvufiy mohiyati haqida eslash joiz.
Shoir hikoyatlarni yozishda ranglardagi ramziy qirralarni keng o‘rganadi.
Ranglarning mohiyatini futuvvat g‘oyalari asosida tekshirib ko‘radi. Ranglar bilan
bog‘liq tasavvurlarning ilk ildizlari folklor motivlariga, xalq og‘zaki ijodiga va
diniy urf-odatlarga borib bog‘lanadi. Tasavvuf ilmida rang solih insonning ruhiy
holatini va maqomlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, bu
haqida Najmiddin Kubro so‘z yuritib, aqli avval ma’naviy ilm va g‘aybiy
hisni
topib, qalbda ma’nolar zuhr etishi va ma’no manbai (qalb) da barham topguncha
solih olti xil holatni boshdan kechirishini ranglar orqali tushuntiradi: oq rang –
islom, sariq rang – iymon, zangori rang – ehson va ko‘k rang – yaqin ishonch, qizil
– irfonni, qora rang – hayratni (fano) belgisini bildirgan.
Dostları ilə paylaş: