679
ANBAR OTIN IJODIDA HURLIK MASALASI
Nasiba JO‘RAQULOVA,
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori
instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek shoirasi Anbar Otin ijodining badiiy mazmun-mohiyati
haqida fikr bildirilgan. Shoiraning haqsizlik, zulm, zo‘ravonlik kabi illatlar tanqid
qilingan she’rlari
tahlil qilinar ekan, ayniqsa, xotin-qizlar erksizligi, uning yosh
avlodga salbiy ta’siri xususida bildirilgan fikrlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
isyon, hurriyat, axloqiy tarbiya, vatanparvarlik, milliy g‘urur.
Аннотация
В статье посвященной творческому
наследию узбекской поэтессы
Анбар Отин глубоко осмыслены идеалогическое направление и его
содержание. Вместе с тем подробно проанализированы её стихотворение,
критикующие бесправие, насилие и унижение. Особенно, подвергнуты
жесткой критике, такие унижения
как бесправие женщин и его
отрицательное влияние на молодое поколение.
Ключевые слова:
мятеж, свобода, духовное наследие, патриотизм,
национальная гордость.
Annotation
In the article devoted to the creative heritage of the Uzbek poetess Anbar
Otin, the ideological direction and its content are deeply comprehended. At the
same time,
her poem, which criticizes lawlessness, violence and humiliation, is
analyzed in detail. Especially, such humiliations as the disempowerment of women
and its negative impact on the younger generation are subjected to harsh criticism.
Keywords:
rebellion, freedom, spiritual heritage, patriotism, national pride.
Ma’rifatparvar shoira Anbar Otin Qo‘qon adabiy muhitida alohida mavqega
ega. Uning
ijodida favqulodda dadillik, qaramlikka qarshi oshkora isyon, ruh
ozodligiga intilish hislari yetakchilik qiladi. Zero, shoiraning butun umri qayg‘u-
hasratda o‘tdi. Bu g‘am, eng avvalo,
el-yurt ahvoli, millat fojeasi bilan bog‘liq
ediki, Anbar Otin devoni debochasida o‘z holatini shunday ta’riflaydi: “Zamonani
norasoligi va xalq ko‘rgan zulmu taaddilarni o‘z ko‘zi ilan ko‘rib mushohida etib
el va yurt holig‘a yig‘lag‘on va quvvati etganicha nafis til ila munojot qilg‘on
kamina zaifai munglig‘ Anbar oy binti Farmonqul Marg‘ilonidurman” [1, 13].
Anbar Otin merosini kuzatish asnosida ko‘rish mumkinki, shoira zulm, haqsizlikka
aslo toqat qilolmaydi. Bu, albatta, shoira yashagan ijtimoiy muhit bilan bog‘liq.
680
Ma’lumki, Anbar Otin 1870-1914/1917 yillarda yashab, ijod qildi. XIX asr 2-
yarmi Turkiston tarixidagi eng murakkab davr bo‘lganligi ma’lum. Xonliklardagi
siyosiy ziddiyatlar, mazlum xalqning xoru zorlikda yashayotganligi yetmagandek,
Rusiya bosqinchilarining yurtni bosib olishi,bir qarashda do‘stdek ko‘ringan
istilochilarning mahalliy aholini kamsitish siyosatini qo‘llaganligi, shubhasiz, davr
ijodkorlari qarashlarida aks etdi. Anbar Otin bu haqda shunday yozadi:
Qo‘shulib mulki Farg‘ona o‘rusg‘a bu saro bo‘ldi,
O‘rus o‘zbek elig‘a bir tug‘ushg‘ondek og‘o bo‘ldi.
O‘ruslar ishda pishg‘on vajhidin hushyordur oncha,
Raiyat foydasig‘a so‘zlamoqqa rahnamo bo‘ldi.
Valekin hukmronlik vajhidin og‘ir bo‘lub ishlar,
Yaroqlar ikki xil, zarbidin og‘riq bedavo bo‘ldi.
Oliqlar bir qator erdi, to‘lashga bo‘lmadi darmon,
Soliqlar qo‘shqator o‘lg‘ach el emdi mosuvo bo‘ldi.
Quvonib ibtidoda o‘yladi el, “zulm ketdi”, deb,
Kelib zolim, mulozim birla tezda hampo bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: