671
boshidan XV asr oxiriga qadar Osiyo, Afrika va Yevropa qit’alarida yashab o‘tgan
770 avliyoning hayotidan ibratli hikoyatlar hamda o‘git va hikmatlardan namunalar
keltirilgan. Asar muqaddima, asosiy qism va xotimadan iborat. Alisher Navoiyning
“Nasoyim ul-muhabbat” asari tasavvuf ahliga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, unda forsiy
va turkiy nazmning ko‘pgina namoyandalari haqida
ham asarning mavzuyi bilan
bog‘liq tarzda ma’lumotlar keltirilgan, boshqacha qilib aytganda, Alisher Navoiy
ushbu asarida mashhur shoirlar hayotiga faylasufona yondashib, bir tomondan, ular
faoliyatidagi o‘rta asrlardagi tasavvuf va uning ko‘rinishlarini kuzatsa,
ikkinchi
tomondan, ularning badiiy ijodlari va alohida xizmatlarini ham ta’kidlaydi.
“Nasoyim ul-muhabbat” bir tildan ikkinchi tilga aynan o‘girilgan asar emas,
balki ijodiy yondashuvga tayanilgan erkin tarjima namunasi hisoblanadi. Bunga bir
necha sabab bor: birinchidan, “Nafahot ul-uns” murakkab ilmiy-nazariy asar
bo‘lib, undagi arabcha va forscha ta’birlar va hikmatlar asosan ramz va ishora
tilida aytilganligi sababli tasavvuf istilohlaridan bexabar kimsaning bu so‘zlar
mohiyatini anglashi qiyin kechadi. Shuning uchun, Navoiy kerakli joylarda matnni
qisqa izoh va sharh bilan boyitib borgan. Jomiy
tazkirasining muqaddimasida
valiylik nazariyasiga ilmiy yondashilganligi sababli, Navoiy turkiyzabon
o‘quvchilar dunyoqarashini hisobga olgan holda mustaqil ravishda nisbatan sodda
va tushunarli muqaddima yozgan; ikkinchidan, Jomiy o‘z asarini yozishda asosan
Imom Yofi’iy, Sullamiy hamda Ansoriyning tazkiralariga tayangan. Navoiy esa
asosiy manba – Jomiyning tazkirasidan tashqari, Farididdin Attorning “Tazkirat ul-
avliyo” asaridagi 19 nafar mashhur avliyo, Shayx Farididdin Shakarganjdan so‘ng
Hindistonda yashab o‘tgan 31 shayx, shuningdek 100 dan ortiq turk mashoyixlari
haqidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha tarzda keltirgan. Shuningdek,
Nosir Xusrav,
Shayx Mahmud Shabustariy, Ozariy, Lutfiy, Ashraf, Nasimiy, Shayx Imodiddin
Faqih, Mavlono Jomiy kabi valiylik maqomiga erishgan shoirlarga ham o‘rin
ajratilgan. O‘zi bevosita muloqot qilgan valiysifat zamondoshlaridan Ali Yazdiy,
Bobo Xokiy, Bobo Ali Mast Nisoiy, Bobo Xushkeldi
singari Xudoning nazari
tushgan aziz zotlar haqida ham ma’lumot berib, shayxlar sonini 618 dan 770 ga
yetkazgan.
Navoiy chishtiya tariqatining Hindistondagi yirik namoyandalari hayotini
yoritishda Sayyid Muhammad Dehlaviyning “Siyar ul-avliyo”, Badriddin Is’hoq
Dehlaviyning “Asror ul-avliyo” (Shayx Farididdin Shakarganj manoqibi),
“Tabaqoti Nosiriy” kabi muhim va mo‘tabar manbalarga suyangan. Farididdin
Attorning asarlari (“Mantiq ut-tayr”, “Tazkirat ul-avliyo”), Sharafiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma”si (Bobo Sungu, Shayx Boyazid haqidagi boblar), Sulton
Husayn Boyqaroning xotiralari (Bobo Xushkeldi, Bobo Ali Mast Nisoiy), ismi
keltirilmagan ishonchli kishilar rivoyat qilgan hikoyatlar hamda o‘zining
672
kuzatuvlari va xulosalari asosida turk mashoyixi
va zamondoshlari haqidagi
haqiqatlarni tiklashga erishgan.
Jomiy asarini tarjima qilish jarayonida Navoiy o‘z asarini yangi ma’lumotlar
bilan to‘ldirish asnosida qisqartirish yo‘lidan ham borgan. Bahs va ixtilofga sabab
bo‘ladigan ayrim shayxlar haqidagi fasllarni tashlab ketgan. Chunki, mazkur
masalalar mohiyatini anglab yetish uchun kitobxon tasavvuf va irfonning borliq,
butun va bo‘lak, kul va juz, hol va maqom, ja’m va tafriqa, tahqiq va taqlid kabi
tushunchalardan xabardorlik bilan birga fiqh ilmini ham mukammal egallagan
bo‘lishi kerak. Unda asar xalq uchun emas, xoslar uchun bo‘lib qolar edi. Navoiy
o‘quvchini murakkablik va anglashilmovchilikdan uzoq tutish maqsadida bunday
parchalarni tushirib qoldirgan.
Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da mavjud manbalar
asosida shayxlarning
tarjimai holi, tug‘ilgan yili va vafoti haqidagi aniq sanalarni ham keltirishga
harakat qilgan. Ammo bu prinsipga qat’iy rioya etilmagan. Ba’zi shayxlarning
yashagan davri va tug‘ilgan joyi ma’lum emas. Ma’lumotlar hajmi ham har-xil.
Ba’zi shayxlar haqida ikki-uch sahifa ma’lumot berilgan bo‘lsa, ayrimlari haqida
ikki-uch og‘iz so‘z bilan kifoyalangan. Ammo barcha oriflarning qaysi shayxdan
ta’lim olganligi, silsila
omonatini kimdan olganligi, kimlarning suhbatiga
yetishgani haqida imkoni boricha aniq va ishonchli ma’lumotlar berilgan.
Navoiyning ushbu tazkirani yozishdan maqsadi shayxlarning tarixiy siymosini
yaratish emas, balki o‘quvchida ularning ma’naviy olami haqida tasavvur hosil
qilish bo‘lgan. [18, 231-232] [21, 242-246] [22, 81-97] [23, 5-8] [24]
XVI asr tazkirachilik yo‘nalishida samarali davrlardan biri bo‘ldi. Kamoliddin
Husayn Gozurgohiy Fanoiyning “Majolis ul-ushshoq”,
Dostları ilə paylaş: