VIII–XVI ASRLAR TAZKIRACHILIGI TARIXI
Lochinbek AXMADALIYEV,
O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi
Davlat adabiyot muzeyi tayanch-doktoranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tazkira janrining shakllanish jarayonidan tortib XVI
asrgacha bo‘lgan vaqtda Movarounnahr, Xuroson, Xorazm, Sharqiy Turkiston,
Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Anado‘lu kabi hududlarda maydonga kelgan
tazkiralar qisqacha ilmiy tavsifi berilgan. Tazkira janri, uning genezisi va tadriji,
spetsifikasi xususida ham ma’lumotlar jamlangan.
Kalit so‘zlar:
tazkira, qo‘lyozma, xattot, litografiya, adabiyotshunoslik,
avtograf, muzey, maqola, arxiv.
Аннотация:
В данной статье дается краткая научная характеристика тазкир,
появившихся в таких регионах, как Мовароуннахр, Хорасан, Хорезм,
Восточный Туркестан, Индия, Иран, Афганистан, Анатолия, от становления
жанра тазкира до XVI века. Также собрана информация о жанре тазкира, его
генезисе и развитии, а также его характеристиках.
Ключевые слова:
гравюра, рукопись, каллиграфия, литография,
литературоведение, автограф, музей, статья, архив.
Annotation:
This article provides a brief scientific description of the tazkiras that
appeared in regions such as Movarounnahr, Khorasan, Khorezm, East Turkestan,
India, Iran, Afghanistan, Anatolia, from the formation of the tazkira genre to the
16th century. Information about the tazkira genre, its genesis and development, and
its specifications is also collected.
Key words:
engraving, manuscript, calligraphy, lithography, literary studies,
autograph, museum, article, archive.
Adabiyot tarixi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, adabiy
guruhlarning shakllanish tarixi, genezisi va tadriji kabi masalalarni o‘rganishda
tazkiralarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki, tazkira nafaqat adabiy
manba, balki o‘tmish hayoti haqida ma’lumot beruvchi o‘ziga xos tarixiy hujjatdir.
Sharq adabiyotshunosligida bizgacha yetib kelgan dastlabki tazkira,
adabiyotshunoslar tomonidan janr talablariga to‘laqonli javob bera oladigan tazkira
deya nomlangan asar Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-
Saolibiy an-Nishopuriy (350/961 – 429/1038) ning “Yatimat ad-dahr fi mahosin
she’r ahl ul-asr” (“Asrning yaxshi kishilari to‘g‘risida durdonalar”) asaridir.
665
Tazkira 4 qismdan iborat. Har bir qism 10 bobni tashkil qiladi.
“Yatimat ad-dahr” tazkirasining to‘rtinchi qismida Saolibiy 124 ta O‘rta Osiyo
va xurosonlik arab tilida ijod etgan shoirlar haqida ma’lumot berib, she’rlaridan
parchalar keltirgan. [5, 13-18] [9, 4-16]
XI asr ham tazkirachilik taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu
davr jarayonida as-Saolibiyning bevosita ishtiroki va ta’siri yaqqol ustunlik qiladi.
Mazkur asrda muallif “Tatimmat al-Yatima”, “Kitob al-mahozirat vat-tamsil”
tazkiralarini yozdi. Bundan tashqari, Abu Tohir Xotuniy Sovajiyning Manoqibu-
sh-shuaro”si Abul Hasan al-Boxarziy “Dumyat al-qasr va usrat ahl al-asr”
tazkirasi ham shu asrda maydonga kelgan. [5, 19]
“Tatimmat al-Yatima” muqaddimadan tashqari “Yatimat ad-dahr” kabi 4
qismga bo‘lingan. Hozirgacha bizga asarning uchta qo‘lyozma nusxasi ma’lum.
“Yatimat ad-dahr” va “Tatimmat al-Yatima” shoirlarini hozirgi geografik nuqtai
nazaridan biror xalqqa nisbat berish ham mumkin emas. Bu shoirlar X asr oxiri va
XI asr birinchi yarmidagi, Saolibiy so‘zi bilan aytganda, xurosonlik va
movarounnahrlik shoirlardir. [5, 20], [10, 3-14]
Abu Mansur as-Saolibiyning yana bir tazkirasi “Kitob al-mahozirat vat-
tamsil” (“Suhbat va nodir so‘zlar kitobi”) – 403/1012-yilga qadar arab tilida
yozilgan va Shams al- Maoliy Qobus ibn Vashmgirga bag‘ishlangan. X-XI
asrlarda yashagan Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan shoirlarning she’rlaridan
namunalar va nodir so‘zlari asosida tuzilgan. To‘rt faslda masal va maqollar,
hikmatli so‘zlar va she’riy namunalar mavzularga ko‘ra tasniflangan. [5, 20]
Abul Hasan Ali ibn al-Boxarziy (vaf. 467/1074) “Dumyat al-qasr va usrat ahl
al-asr” (“Qasr sanami va asr ahlining boshpanasi”) asarini ustozining “Yatimat ad-
dahr”iga ergashib yozgan. [5, 21]
Abu Tohir Xotuniy Sovajiyning “Manoqib ush-shuaro” (“Shoirlar tabaqalari”)
asari Malikshoh Saljuqiy davri (1072-1092)da Isfahonda tuzilgan. Tazkira
bizgacha yetib kelmagan. [5, 21] Davlatshoh Samarqandiy o‘z tazkirasini yozishda
tayanch manbalardan biri bo‘lgan. Asar haqida faqat angliyalik sharqshunos Stori
ba’zi fikrlarni aytib o‘tgan, xolos. [11, 63]
XII asrda
Abul Maoliy Sa’d al-Varroq al-Xatiriyning “Ziynat ad-dahr”,
Nizomiy Aruziy Samarqandiyning “Majma’ ul-navodir”, Imodiddin Abu Abdulloh
Muhammad al-Isfahoniyning “Xaridat al-qasr va jaridat ahl al-asr”, Abul Hasan
Ali ibn Bassomning “Az-Zahira fi mahosin ahl al-Jazira”, Yoqut Hamaviyning
“Moʻjamu-l-udabo”, Shamsiddin Mahmud Andxudiyning “Ziynat uz-zamon”
tazkiralari vujudga keldi. [5, 22]
Abul Maoliy Sa’d ibn Ali al-Varroq al-Xatiriy (vaf. 567/1172)ning arab
tilidagi “Ziynat ad-dahr” (“Zamona ziynati”) tazkirasi Abul Hasan Ali ibn al-
Boxarziyning “Dumyat al-qasr” asarining (zayli) davomi sanaladi. [5, 23]
666
“Majma’u-l-navodir” (“Nodir to‘plam”) – Ahmad ibn Umar ibn Ali an-
Nizomiy al-Aruziy as-Samarqandiy (XI asr oxiri – 1160) asari (448/1156-57).
“Chahor maqola” (“To‘rt maqola”) nomi bilan mashhur. Asarni ilk bor ushbu nom
bilan Davlatshoh Samarqandiy atagan.
G‘uriylar sulolasiga mansub shansobiylardan Abul Hasan Ali ibn Mas’ud
Hisomud-davla vad-diynga bag‘ishlangan, o‘zbek tiliga “Nodir hikoyatlar” nomi
bilan tarjima qilingan. Kitob muqaddima, asosiy qism va xotimadan tashkil
topgan.
Mazkur asardagi ayrim voqealar ibn Isfandiyorning “Tarixi Tabariston”
asarida aynan keltirilgan. U esa Nizomiy Aruziydan 60 yil keyin bitilgan bo‘lsa-da
biror o‘rinda “Majma’ un-navodir” eslanmaydi. XIII-XVII asrlarda bitilgan
ko‘plab asarlar, jumladan, M.Avfiyning “Lubob ul-albob”, D.Samarqandiyning
“Tazkirat ush-shuaro”, A.A.Roziyning “Haft iqlim”, H.Qazviniyning “Tarixi
Guzida”, noma’lum muallifning “Tarixi Siyiston”, L.A.Ozariyning “Otashkadayi
Ozariy”, H.Nahchivoniyning “Nigoriston” asarlarida muhim manba sifatida tilga
olingan.
Rus sharqshunosi N.A.Boldirevning keltirishicha, asarning 12 ta qo‘lyozma
nusxasi mavjud, shulardan ikkitasi XIV asrga, qolganlari XVII-XIX asrlarga oid.
1887-yilda Tehronda uning ilk litografik nashri ham chop etilgan. Eron olimi
Mirzo Muhammad Qazviniy 1909-yilda asarning uch qo‘lyozmasi asosida tanqidiy
matnini nashr ettirgan. Asarning nisbatan muakammal matni 1957-yilda Tehronda
Muhammad Muin amalga oshirgan. O‘zbekistonda ushbu asarning ilk nashri 1985-
yilda forschadan Mahmud Hasaniy tarjimasi, Hamidjon Homidiy va Naim
Norqulovlar so‘zboshisi, N.Norqulov izohlari asosida qilingan.
2005-yilda A.P.Qayumov ham mazkur asarni tarjima qildi. Tarjima 2005-
yilning 8-avgustida boshlanib 1-sentabrda nihoyalangan: “Chahor maqola”
Nizomiy Aruziy Samarqandiy asarining dariy (fors) tilidan o‘zbek tiliga
tarjimasini 1-sentabr 2005 payshanba kuni tugalladim. Aziz Qayumov,
01.09.2005. Toshkent sh.”. Tarjima qo‘lyozmasi O‘zR FA Alisher Navoiy
nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanadi. Uning nashri esa 2021-yilda
O.R.Jo‘raboyev tahriri va so‘zboshisi ostida amalga oshdi. O.R.Jo‘raboyevning
ta’kidlashicha, asarning M.Qazviniy va M.Muin ilmiy nashrlari asosida
M.Hasaniy, A.Qayumovlar tomonidan tushirib qoldirilgan o‘rinlar to‘ldirilgani
holida nashrga tayyorlanmoqda. [5, 23-24] [12, 3-8] [13, 301]
Imodiddin Abu Abdulloh Muhammad al-Isfahoniy (vaf. 597/1201) “Xaridat
al-qasr va jaridat ahl al-asr” (“Qasr durdonasi va asr ahllari to‘g‘risida ma’lumot”)
tazkirasi arab tilida bitilgan bo‘lib, 10 jilddan iborat. Abul Maoliy al-Xatiriyning
“Ziynat ad-dahr” (“Zamona ziynati”) asari davomidir. XII asrda Iroq, Shom, Misr,
667
al-Jazira va Mag‘ribda yashagan shoirlar haqidagi ma’lumotlar va ularning
asarlaridan namunalar jamlangan.
Andalusiyalik Abul Hasan Ali ibn Bassom (vaf. 542/1174) 4 qismdan iborat
“Az-Zahira fi mahosin ahl al-Jazira” (“Al-Jazira (Andalusiya y.o.) ahlining
fozillari to‘g‘risida qimmatli xazina”) tazkirasini Abu Mansur asariga o‘xshatma
tarzida tartiblagan. [5, 24-25]
Abu Abdulloh Shahobiddin Yoqut ibn Abdulloh ar-Rumiy Abud-Durar
Muhazzabuddin al-Hamaviy (1179, Kichik Osiyo – 08.20.1229., Halab) 1213-yil
safarga chiqib, 16 yil davomida “Moʻjam ul-udabo” (“Adiblar to‘plami”) asari
yozdi. Tazkira “Irshod al-arib ilal ma’rifat ad-adib” (“Adibni o‘rganish uchun
mohirlar uchun qo‘llanma”) va “Tabaqot al-udabo” (“Adiblar tabaqalari”) deb ham
yuritiladi. Londonda 7 jildda, Qohirada 20 jildda chop etilgan. Asli 7 jildli bu
biografik asarida VII asrdan XIII asr boshlarigacha yashagan 1100 adib va olimlar
haqida ma’lumot bergan. Yoqut Hamaviy asarlari XIII asrgacha boʻlgan davr
geografiyasi, adabiyoti, tili, tarixini oʻrganishda muhim manba sanaladi. [5, 25-27]
Aslan buxorolik bo‘lib, keyinroq Samarqandda yashagan adabiyotshunos,
tarjimon Nuriddin Muhammad ibn Tohir ibn Usmon Muhammad Avfiy Buxoriy
(1171/77, Buxoro – 1233, Hindiston) Xorazm, Marv, Nishopur, Hirot, Gʻazna
shaharlariga sayohat qiladi. Xorazmda Najmiddin Kubro va uning shogirdi
Majididdin Bag‘dodiy (Farididdin Attorning ustozi) bilan suhbat quradi. Uchinchi
davri (1220–1240)da mo‘g‘ullar istilo etgan joylarni tark etib, 1219-yilda Sind va
Mo‘lton hukmdori Nosiriddin Qobajaning nazdida boshpana topadi. Ana shu yerda
u 1221-yilda podshohning vaziri Aynalmulk Rahmiddin al-Husayniy nomiga
bag‘ishlab o‘zining shoirlar tazkirasini, ya’ni “Lubob ul-albob”ini yaratdi.
Keyinchalik Loho‘r va Dehliga ketadi va umrining so‘ngiga qadar Hindistonda
Shamsiddin Eltutmish dargohida adabiy faoliyatini davom ettiradi.
“Lubob ul-albob” fors tilidagi birinchi tazkiradir. Bunga sabab shu vaqtgacha
fors tilida yozilgan tazkiralar bizgacha to‘liq yetib kelmagan. U nafaqat fors
adabiyotining, balki XIII asrning bizga ma’lum yagona tazkirasi hamdir. Asarda
X–XIII asr boshlarida yashagan 300 shoir haqida ma’lumot berilib, u muqaddima
va 12 bobdan iborat. Dastlabki 4 bob nazariy ma’lumotlardan iborat bo‘lib, 5-12
boblar davomida IX–XIII asrlarda Movarounnahr, Xuroson, Hindiston va Iroq
shoirlari haqida ma’lumot berilgan.
Hatto XIX asr boshlarida Qo‘qon adabiy muhitida “Lubob ul-albob” ma’lum
va moʻtabar bir kitob bo‘lib tanilganini biz shoir Fazliy bilan shoira Mahzuna
o‘rtasidagi mushoirada Fazliyning bir imosidan payqab olishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: |