673
“Yana Kamoliddin Husayn Gozurgohiy erdi, agarchi so‘fiy emas erdi, mutasavvif
erdi. Alisherbek qoshida mundoq mutasavviflar yig‘ilib,
vajd va samo qilurlar
ekandur. Aksaridin muning usuli yaxshiroq ekandur... Bir tasnifi bor “Majolis ul-
ushshoq” otliq. Sulton Husayn Mirzoning otig‘a bog‘lab bitibdur...”
“Tazkirai a’immah” – Abulmuhsin Muhammad Boqir asari bo‘lib, 1544-yilda
fors tilida bitilgan. [5, 55]
Sulton Muhammadfaxriy ibn Muhammadamiriy Hiraviyning (903/1497-98–?)
“Ravzat us-salotin” (“Sultonlar gulshani”) asari (958/1551-962/1555) “Majolis
un-nafois” ta’sirida, uning zayli (ilova, davomi) sifatida bitilgan. Asarning tarkibi
Allohning hamdi, Payg‘ambar na’ti, sababi ta’lif, niyati ta’lif va asar muqaddimasi
hamda yetti bobdan iborat. Muhammad Avfiyning “Lubob ul-albob”idan keyin
sulton shoirlar haqidagi fors tilida yozilgan 2-tazkira, agar biz Avfiy tazkirasi
tarkibida saroy bilan aloqada bo‘lgan amirlar, imomlar, olimlar ham kiritilganiga
e’tibor qaratsak, bu asar faqat sulton, amir va voliy shoirlar ijodiga bag‘ishlangan
birinchi tazkiradir. [5, 55-57, 59]
Ayol shoiralar haqidagi “Tazkirat ul-xavotin”, “Tazkirat un-niso”, “Axtari
tobon” asarlari an’anasini davom ettirgan “Javohir ul-ajoyib” (“Ajoyib javohirlar”)
Faxriy Hiraviy tomonidan 963/1555-yilda tuzilgan bo‘lib, asarda 25 shoira haqida
ma’lumotlar va ularning she’rlaridan namunalar keltirilgan. Mehriy Hirotiy
(Gavharshod Begim nadimasi)ning Hofiz Sheroziy g‘azaliga
yozgan javobiyasi
tufayli shoiralar haqida tazkira yaratishni niyat qilgan. Mohimbegim
(Akbarshohning enagasi, Shoh Taxmasp majlislarida qatnashgan), Hojibegim-
Mohimbegim (Hasanshoh Arg‘un zavjasi)ni madh etadi. Mahistiyi Ganjaviydan
boshlab Nisoiy nomli shoira bilan tugallangan. [5, 57-58]
“Latoyifnoma” (928/1521) Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”
tazkirasining fors tiliga Faxriy Hiraviy qilgan tarjimasi. Asl nusxaning ba’zi
yerlarini qisqartirgan, agar “Majolis”dan 459 shoir o‘rin olgan bo‘lsa,
“Latoyifnoma”da 574 shoir haqida so‘z yuritilgan. “Majolis”dagi 76
shoirni
chiqarib, tazkiraning 8-majlisida ularning o‘rniga 2 shoirni kiritgan. IX majlisni
ilova qilib, unda 189 shoir haqida ma’lumot beradi. Bundan 12 tasi turk shoiridir.
Shuningdek, “Majolis”da “turkdir”, “turkcha yozmishdir” kabi turkiy adabiyotga
bevosita daxldor shoirning beshtasini o‘z asariga qo‘shmagan holda, qolgan 41
turk shoirlari she’rlarini ham forschaga tarjima qilgan. “Zikri latoyifi umaroyi
nomdor” va “Zikri latoyifi salotini komgor” qismlarini to‘ldirgan. Bu asarni Shoh
Ismoil va uning o‘g‘li Abunnasr Mirzo hamda
Xuroson amiri Turmushxon
nomiga baxsh etib, Xuroson vaziri Xoja Habibullohga taqdim etgan. [5, 58]
Asarning muallif tomonidan qo‘shimcha tarzda kiritilgan 9-majlisida
bevosita hazrat Navoiyning hayoti va ijodiga murojaat etgan. Faxriy buyuk shoir
asarlaridan 14 tasi nomini ham sanab o‘tadi. [21, 9]
674
“Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) – Saxiy Bey (v.1548) asari (1538).
Onado‘lida turkiy tilda yozilgan birinchi tazkira. Alisher Navoiyning “Majolis”
asari ta’sirida tartib berilgan. Asarning nomlanishi, tabaqalarning joylanishida
Navoiy tartiboti saqlangan. Faqat Navoiy Boyqaroga 8-majlisni bag‘ishlagan
bo‘lsa, turk tazkirachisi o‘z hukmdori Sulaymon Qonuniyga 1-tabaqani
baxshida
qilgan. Muqaddima qismida esa o‘zigacha tazkira yozgan Hirot maktabi vakillari
Jomiy, Davlatshoh va Navoiy tazkiralariga, ijodiga baho bergan. [5, 60] [26, 31]
[27]
“Tazkirat ush-shuaro va Tabsirai nuzamo” (“Shoirlar tazkirasi va nozimlar
qiyofalari”) – Saxiy Beyning “Hasht behisht” tazkirasi ta’sirida Abdullatif Latifiy
(1491-1582) tomonidan 1546-yilda yozilgan. Muallif Navoiyga taqlidan “Fusuli
araba”, “Nazm ul-javohir” asarlarini yozgan. Tazkira muqaddima, uch fasl va bir
xotimadan iborat. Sulaymon Qonuniyga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 334 shoir
haqida ma’lumot bor. [5, 62] [26, 33] [28]
“Tuhfai Somiy” – Som Mirzo Safaviyning (1517-1567)
fors tilidagi asari
(1550). Shoh Ismoil Xatoiyning o‘g‘li. 975/1567-da ikki o‘g‘li bilan birgalikda
Shoh Taxmasp buyrug‘i bilan o‘ldirildi. Biroq, Maqsud Shayxzoda Som Mirzoni
Ismoil Safaviy o‘ldirtirgan deya yanglish ma’lumot bergan. Nima bo‘lganda ham
Som Mirzo shahzoda sifatida emas, xattot, shoir va olim sifatida tarixda qoldi.
Xatoiy, Boyqaro va Bobur kabi sulton shoirlar asarlaridan turkcha namunalar
berilgan. Boshqa fors tazkirachilaridan farqli o‘laroq
buyuk turk shoirlariga
alohida fasl (6-fasl) bag‘ishlagan. “Tuhfai Somiy” Ozarboyjondagi ilk tazkira
sifatida qaraladi. Tazkira muqaddima, sahifa nomi ostida 7 fasl va xotimadan
iborat.
Shoirlarning tabaqalariga, o‘ziga va she’riyatga munosabati asosida 703
shoir haqidagi ma’lumot va ularning asarlaridan namunalar tartib berilgan. [5, 63]
[13, 339] [21, 208]
“Muzakkiri ahbob” (“Do‘stlar zikri”)
Dostları ilə paylaş: