716
izlanishlari Turk- Islom ravnaqida benihoya katta shakilda ma’no va ahamiyat
kasb etishini isbotlab bergandir.
) . Haqiqatdan ham Yassaviy boshlab bergan
tasavvuf yo‘li o‘zidan
keyingi Kubroviya, Naqishbandiya, Qodiriya kabi yetuk
tasavvuf yo‘nalishlarining takomillashuvi uchun ham xizmat qildi. Yassaviy
tariqati va uning ijod yo‘li haqida Qozog‘istonlik olim Dossay “Ahmet Yesevî
düşüncesinde Vahdet-I Vücut” [4, 41] nomli maqolasida shunday yozadi: “Ahmad
Yassaviy o‘zining “Mirot ul qulub” risolasi” da vahdat ul-vujudga erishish yo‘llari
va ma’nosini ko‘satgan bir dasturulamaldir. Unda muhabbat, suv va g‘ayrat uchligi
haqida va ular vahdat ul-vujud ta’limotining asosi ekanligi haqida yozadi.
Yuqorida berilgan muhabbat bu bandaning Rabbisiga, Rabbisining bandaga
bo‘lgan muhabbatidir. Suv esa, bir vaqtning o‘zida
suv va olovning mazmunini
o‘zida biriktiradi. Bu degani solikda ma’naviy tajriba, olimdan oldin o‘lish, nafsini
mahf qilish demakdir. Bu yerdagi uchinchi butunlik shavqdir. Shavq arabcha
sog‘inch ma’nosini bildirib, Olloh taolo bilan uchrashishni orzu qilgan
mutasavvufning eng oliy maqsadidir. Tasavvufning vahdat ul-vujud ta’limoti bu
Yaratgan va odam o‘rtasidagi uzviylik, Tangrini tanish va unga bandalik (qullik)
qilishni targ‘ib qiluvchi ta’limotdir. Yassaviyning bu masalada ham oldingilardan
bo‘lib Yaratganga erishish yo‘lining eng oliy ko‘rinishlaridan bo‘lmish vahdat ul-
vujud ta’limoti haqida ham o‘zining “Miroat ul qulub” risolasida keltirganilgini va
bu orqali o‘ziga ergashuvchi muridlariga to‘g‘ri va ishonchli yo‘lini
ko‘rsatganligini yuqoridagi fikrlarimizni isbot sifatida ko‘rsatishimiz mumkin.
Tasavvuf tarixidan ma’lumki har bir solik o‘zining tariqat yo‘lini ustozi belgilab
bergan virdlar (kundalik qilinadigan zikr, ibodat turi) orqali ustozining ra’yi va
ko‘rsatmasi bilan bosib o‘tadi. Olimning izlanishlari
va Yassaviy haqida bergan
ma’lumotlarining barchasi voqe bo‘lgan ma’lumotlardir. Ahmad Yassaviy ijodini
faqat tasavvuf olimlarigina emas, balki, falsafa fani ixlosmandlari ham o‘rgangan.
Turkiyalik falsafa fanlari nomzodi, dotsent Salih Açikgözning “Felsefe anabilim
dali” [5] nomli kitobida Yassaviyning falsafiy qarashlari haqida shunday
ma’lumotlarni keltiradi: Yassaviy dunyoni anglash va bu dunyoga kelishimizni
hohlagan zodning istak va buyruqlarini so‘zsiz
anglash kerak ekanligini, ularni
ihlos bilan ado etish kerak ekanligini, bu amallarning qay tartibda ado etilishi va u
amallaring kayfiyati qanday ko‘rinishda ado etilishi kerak ekanligini Yassaviy
ijodida ko‘rishimiz mumkin ekanligini yozadi. Yassaviy tariqati XII asrda
shakillanib Yassaviy va uning izdoshlari ijod namunalaridan hayot falsafasi,
islomiy dunyoqarash va islomiy hayot tarzini o‘rganish mumkinligi yozadi.
Yassaviy ijodini keng o‘rganish ishlari olib borgan jadid adabiyotining yetuk
mutaffakir olimlaridan bo‘lmish Fitrat o‘zining
Yassaviy hayoti va ijodiga
bag‘ishlangan maqolasida “O‘tgan shoirlar, adiblar, so‘fiylar orasida Yassaviy
qadar ta’sirini kengaytirgan bir kishini uchratib bo‘lmaydi”,[1] – deya berilgan
717
ta’rifining naqadar haq ekanligi hozirgacha isbotini topib kelmoqda. Fitrat o‘zining
tassavufga bo‘lgan qiziqishlari va o‘sha davrda Yassaviyga nisbatan berilayotgan
xato ta’riflarga javoban o‘zining yuqoridagi adabiyotshunoslikka, xususan, tariqat,
tasavvuf, Yassaviy to‘g‘risida haqiqatlarni izlab topishga bel bog‘laydi. Fitrat
“Ahmad Yassaviy to‘g‘risida matbuotimizda bir-ikki yo‘la gaplar bo‘lib etgan edi.
Lekin ular quruq maqtashlar ham anchagina falsafalardan to‘ldirilg‘on, sh
uning
uchun Ahmad Yassaviy hikmatlarini bo‘lg‘ani kabi tasvir qilib berish xizmatidan
ojiz maqolalar edi”, –
deb baholaydi, shu davrdagi tadqiqotlarni ta’riflay turib.
Fitrat shu davrda o‘zining adabiyotshunoslikka doir izlanishlari asnosida bu
masalaga batafsil to‘xtaladi. Fitart Yassaviyning, bir rivoyatda Yassi (bugungi
Turkiston) shahrida, yana bir rivoyatda Sayramda tug‘ilgani haqida yozadi. Uning
qachon tug‘ilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q, lekin qachon vafot topgani haqida
ma’lumotlarda hijriy 562-yilda deb beriladi. “Devoni hikmat”da Yassaviy o‘zining
quyidagi
To‘rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo‘lg‘ay,
Necha yurib xaqqa xizmat qilgay —
misralaridan uning hijriy to‘rtinchi asrning ikkinchi yarmida dunyoga kelgani
haqida xulosa qilish mumkin. Fitrat o‘zining tasavvuf ahkomlari va uning ta’rifida
bejiz Yassaviy ijodidan boshlangani yo‘qligini aytib “O‘rta Osiyoning shayxlari,
eshonlari Yassaviyni o‘zlariga pir, ustoz deb taniydilar. Ahmad Yassaviydan keyin
uning uslubida she’r yozmoq turk shayxlari orasida “mo‘da shakiliga kirgan”, [1] –
deya tarif beriladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Yassaviy ijodining o‘rganilishi,
uning tariqat ilmini yoyilishiga qo‘shgan hissasi o‘laroq turkiy xalqlar adabiyotida
turgan o‘ziga xos ijodi ham tahsinga loyiqdir. Yasssaviy ijod yo‘li, uning
an’analari o‘ziga asos sifatida qabul qilgan va shu asnoda ijod qilgan shoirlar
ijodining o‘rganilishi, Yassaviy tariqatidagi o‘ziga xos sifatlarni o‘rganish turkiy
xalqlar adabiyotining rivoji uchun xizmat qilishi shubxasiz. Yassaviy
izdoshlarining turkiy xalqlar adabiyotida tutgan o‘rni va ularning zalvorli ijodi
hozirgi kunda ham o‘rganilib kelinmoqda va bu yo‘nalishda kelgusida ham ko‘plab
ilmiy izlanishlar qilinishi tabiiy.
Dostları ilə paylaş: