Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


XIX ASR QO‘QON ADABIY MUHITIGA ALOQADOR



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə346/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   431
Anjuman Boku (6)

XIX ASR QO‘QON ADABIY MUHITIGA ALOQADOR
MANBALAR TADQIQI 
 
Ahadjon MUHAMMADIYEV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Shahrisabz Davlat pedagogika instituti
Tillar fakulteti dekani 
Email: 
abdulahad-muhammad@mail.ru
 
 
Annotatsiya.
Maqolada XIX asr Qo‘qon adabiy muhitiga aloqador 
manbalarning ilmiy tadqiqi haqida so‘z yuritiladi. SHuningdek, mavzu mohiyatini 
ochishda Muhyiddin Xo‘qandiy qalamiga mansub manbalar ham tahlil etilgan

 
XIX asr o‘zining murakkabligi, chigal voqea-hodisalari, ayanchli yillari va 
shuning bilan birga taraqqiyparvar g‘oyalarning kuchli ta’sirida o‘tgan bir davr 
sifatida o‘zbek adabiyoti tarixida muhrlanib qoldi. CHor Rossiyasining O‘rta 
Osiyoga bosqini, hududimizda mavjud boshqaruv tuzilmalarining o‘zaro 
kelishmovchiligi, siyosiy-ijtimoiy hodisalarni tahlil eta olmasligi fojiaviy 
oqibatlarni keltirib chiqardi. Natijada, xalqimiz istibdod iskanjasiga tushdi. Ana 
shunday alamli mag‘lubiyatlar, mutlaqo yangi ko‘rinishdagi voqelik va siyosiy-
ijtimoiy munosabatlar jarayoni deyarli harakatsiz yotgan ma’naviy-madaniy 
qarashlarni uyg‘otib yubordi. CHunonchi, o‘zbek adabiyotining tadrijiy bosqichi 
sanalgan Qo‘qon adabiy muhiti ushbu murakkab davrning ko‘zgusi sifatida 
maydonga chiqdi. SHaxsni va u yashayotgan jamiyatni barqaror etadigan komil 
inson g‘oyasini tadqiq etdi, uni rivojlantirdi. 
Mazkur adabiy maktabning yorqin namoyandalari Muqimiy, Muhyi, 
Furqat, Zavqiy, Qoriy, Zoriy, Muhayyir, Rojiy, Muhsiniy, Tamkin, Nisbatiy, 


774 
Yoriy, Mavlaviy Yo‘ldosh, Nusrat, Nayyiriy, Shaydoiy, Umidiy-Havoiy, Roiq, 
Sipandiy, G‘aribiy kabi o‘nlab shoirlar o‘z ijodlari bilan ziyolining jamiyatdagi 
o‘rni va vazifasini bir qadar aniqlab berishga muvaffaq bo‘ldilar. Xususan, davr 
mushkulotlari ildizini tashqaridan emas, ichkaridan axtarishga da’vat etdilar. 
Shaxsning ma’rifati naqadar yuksak bo‘lsa, u shu qadar mustahkam engillik 
mohiyat kasb etishini isbotlashga urindilar.
Qo‘qon adabiy muhitida o‘ziga xos o‘rin egallagan, uning shakllanishiga, 
rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri Muhyiddin Muhammad Rizo 
Oxund o‘g‘li Muhyidir.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, Muhyi taxallusi bilan ijod qilgan boshqa 
shoirlar ham bo‘lgan. Po‘latxon Qayyumovning «Tazkirat-ush-shuaro» asarida 
Shayx Abdulqodir Jiloniy (Muhyi) hamda Qaerdan ekani noma’lum bo‘lgan Sadrul 
olam unvonli Muhyi taxallusli shoirlar haqida ma’lumotlar bor. SHuningdek, 
«Ensiklopediyai adabiyoti toҷik»ning 2-jildida Muhyii Loriy, Muhyii Hisoriylar 
haqida ham ma’lumotlar uchraydi. Quyida shular haqida ikki og‘iz mulohaza 
yuritamiz: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin