I. Qo‘lyozma bayozlar. 1. Bayoz. O‘ZFA qo‘lyozmalar instituti fondida
№2407-u va
№3929-u inventar raqamlari bilan saqlanayotgan nusxalar [1].
Mazkur manbalarda ham shoir Muhyining ko‘pgina g‘azal, muxammas va
musaddaslari kiritilgan. Asarning noshiri, nashr etilgan yili, kotibi va matbaasi
ma’lum emas. Ayni shu ma’lumotlar keltirilgan qismlari saqlanmagan. Biroq
mazkur manba Muhyi ijodini o‘rganish jarayonidagi ayrim kemtikliklarni
to‘ldirishga xizmat qila oladi.
2. Bayozi Gulshani asror. O‘ZFA qo‘lyozmalar instituti fondida №170-o‘
inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxa [2].
Mazkur manbada ham Muhyining o‘nga yaqin she’rlari kiritilgan. shoir
devonlaridan joy olgan ayrim g‘azallardagi chalkashliklarni mazkur manba
yordamida qayta to‘ldirganmiz.
3. Bayozi Muhyi. Qo‘lyozma. G‘afur G‘ulom nomidagi Farg‘ona viloyat
adabiyot muzeyi jamg‘armasida
№101 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxa
[3].
4. Bayozi Muhyi. O‘zFASHI qo‘lyozma asarlar bo‘limida № 9874
inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxa. Asar 1286 hijriy yilda Muhyi
tomonidan ko‘chirilgan. Manbaning o‘lchami: 10,5x17 sm ni tashkil etadi [4].
Bilamizki, Muhyi o‘z davrining eng xushxat xattotlaridan sanalgan. Muhyi
o‘z qalami bilan yozgan deyarli ko‘pgina asarlarida
nim shkasta xatidan
foydalangan. Bu esa uning bu boradagi yuksak mahoratidan darakdir.
Ta’kidlash kerak, bayozlar har-bir davrning e’tirof etilgan, keng
jamoatchilik tomonidan tan olingan, eng muhimi, bayoz tuzuvchisining didiga mos
shoirlar ash’ori asosida barpo etilgan. Bayozlarning yana bir muhim jihati
shundaki, unda nafaqat zamondosh shoirlar, balki bir necha asr avvalgi shoirlar
ash’ori ham kiritilavergan. SHu ma’noda Muhyining bu bayozidan Alisher Navoiy,
Fuzuliydek o‘zbek adabiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan shoirlar she’rlarini ham
o‘qish mumkin.